I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
32 33 qo‘shimchalar kiritish, qonun, qaror va boshqa hujjatlarni qabul qilish, o‘zgartirishga nisbatan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi bilan bog‘liq normalar boshqa qonunlarda ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 29-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, konstitutsiyaviy qonunning, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarning loyihalarini qabul qilish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy ichida uning keng muhokamasini inobatga olgan holda ko‘rib chiqishi mumkin. Agar Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilmasa, uni ko‘rib chiqish kamida bir yildan keyin qayta boshlanishi mumkin. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 24-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda ularga kiritilgan o‘zgartish sub’ektlari tomonidan (masalan, AQShda 3/4 qismi tomonidan ma’qullanishi), ba’zi mamlakatlarda esa (masalan, Daniya, Shveytsariya) referendumda ham tasdiqlanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchiiik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlariga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oldingi tahrirdagi 127-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi” deb belgilangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazkur moddasiga 2003-yil 24-aprelda kiritilgan tuzatish va qo‘shimchalardan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi” deb o‘z ifodasini topdi. Demak, Konstitutsiya qabul qilish va unga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish yuqorida ko‘rsatilgan konstitutsiyaviy normaga asosan, Oliy Majlis palatalari yig‘ilishining 2/3 qismi ovozi roziligini bildirgan taqdirdagina yoki referendum yo‘li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun asoslangan ma’lumotlar, takliflar murojaatlar va xalqning to‘liq fikri o‘rganilgani to‘g‘risidagi dalillar bunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan konstitutsiyani qabul qilish, o‘zgartirish va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling