I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
30
31
Konstitutsiya  yaratilishida  xalqimiz  ishtirok  etar  ekаn, 
uni bu ishga yo‘llash, xalq fikridan oqilona foydalanish juda 
katta  аhаmiyat  kаsb  etdi.  Konstitutsiya  yaratilishi  va  qabul 
qilinishida  xalq  tafakkuridan  to‘g‘ri  foydalanildi  va  natijada 
hech bir davlatning Konstitutsiyasidan kam bo‘lmagan asosiy 
qonunimizga ega bo‘ldik.
O‘zbekiston  Konstitutsiya  qabul  qilishda  faqat  jahon 
tajribasidan  foydalanish  bilan  cheklanmay,  Konstitutsiyaviy 
rivojlanish  tajribasiga  o‘z  hissasini  ham  qo‘shdi.  Jumladan, 
loyihaning  ikki  bosqichda  muhokama  qilinishi,  oilaning 
alohida  bobda  mustahkamlanishi  va  boshqalar  bunga  misol 
bo‘la oladi.
O‘zbekiston  tarixida  bir  nechta  konstitutsiyalar  qabul 
qilingan bo‘lib, ularning mazmun va mohiyati o‘sha davr shart-
sharoitlari bilan o‘lchanadi. 
Qayd  etish  kerakki,  Konstitutsiyaga  o‘zgartirish  kiritish 
tartibining  murakkabligi  uning  barqarorligini  ta’minlash 
usullaridan biri sanaladi. Bu borada xorij tajribasiga murojaat 
etadigan  bo‘lsak,  turlicha  yondashuvlar  mavjudligini 
kuzatamiz.  Masalan,  qator  mamlakatlarda  oddiy  qonun 
loyihasi parlamentning birgina a’zosi tomonidan taklif qilinishi 
mumkin bo‘lsa, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi 
loyiha  esa  faqat  Prezident,  hukumat  yoki  deputatlarning 
muayyan guruhi (masalan, Turkiyada - parlament a’zolarining 
1/3  qismi),  federatsiya  sub’ektlari  (masalan,  Braziliyada  - 
shtatlarning  yarmi)  tomonidan  kiritiladi.  Bundan  tashqari, 
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, qoida tariqasida, 
parlamentning  har  bir  palatasida  malakali  ko‘pchilik 
tomonidan  ma’qullanishi  lozim.  Masalan,  Avstriya,  Italiya, 
Niderlandiyada parlament a’zolarining 2/3 qismi ovozi zarur 
bo‘lsa,  Gretsiya,  Ispaniyada  3/5  qismini  tashkil  etishi  lozim 
bo‘ladi.  Parlament  Konstitutsiyaga  o‘zgartirishlarni  qabul 
qilgach, ayrim davlatlarda mazkur o‘zgartirishlar federatsiya 
qilib  qo‘yish  asosiy  g‘oyalar  bo‘lib,  ularni  Konstitutsiyaning 
asosiy prinsiplari, deb hisoblash mumkin.
Konstitutsiya  qabul  qilishdan  maqsad,  faqat  bugungi  kun 
ijtimoiy  munosabatlarini  tartibga  solish  emas,  kelajakda 
erishish zarur bo‘lgan masalalarni ham belgilab olish va ularni 
huquqiy asosda ro‘yobga chiqarishdir.
Farqlarni 
aniqlashtiradigan 
bo‘lsak, 
amaldagi 
Konstitutsiyamiz,  avvalo,  inson  manfaatlari  ustunligini 
o‘rnatdi.  Davlat  va  uning  organlarining  fuqarolar  oldida 
mas’ulligini  (Konstitutsiyaning  2-moddasi),  inson,  uning 
hayoti,  erkinligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa  huquqlari 
oliy  qadriyat  hisoblanishini  belgiladi  (13-modda).  Amaldagi 
Konstitutsiya  yakka  siyosiy  partiyaning  yagona  mafkuraviy 
hukmronligiga  barham  berdi  va  ijtimoiy  hayot  siyosiy 
institutlar,  mafkuralar  va  fikrlarning  xilma-xilligi  asosida 
rivojlanishini,  hech  qaysi  mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida 
o‘rnatilishi mumkin emasligini o‘rnatdi (12-modda).
O‘zbekiston  mustaqillikka  erishib,  o‘z  Konstitutsiyasini 
ishlab  chiqishga  kirishar  ekan,  asosiy  maqsad  sifatida 
Konstitutsiya  xalqaro  talablarga  javob  berishi  kerak, 
dеgan  masalani  qo‘ydi.  Bu  narsa  Konstitutsiyamizning 
“Muqaddima”sida ham qayd qilindi.
Konstitutsiya  Muqaddimasi»da  O‘zbekiston  demokratiya 
va  ijtimoiy  sodiqlikni  namoyon  etishi;  xalqaro  huquqning 
umume’tirof  etilgan  qoidalari  ustuvorligini  tan  olishi; 
fuqarolarning  munosib  hayot  kechirishlarini  ta’minlashga 
intilish;  insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  barpo 
etishni  ko‘zlashi  va  Konstitutsiyaning  barcha  normalari 
hamda qoidalari ana shu maqsadlarning ro‘yobga chiqishini 
ta’minlashga qaratilishi Konstitutsiyaning xalqaro talablarga 
javob  berishini  ko‘rsatadi.  Demokratik  davlatlar  tajribasida 
fuqaro  bilan  davlat  munosabati  belgilanishida,  fuqaro 
manfaati ustun turadi. Bu Konstitutsiyamizda o‘z aksini topdi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling