I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
26
27
baho berib, ishni tashkil etishni yanada yaxshilash maqsadida 
25 kishidan iborat tarkibda yangi ishchi guruhi tuzdi va uning 
zimmasiga yanada aniqroq vazifalarni qo‘ydi.
Bu vazifalar:
• xorijiy mamlakatlarda huquqiy demokratik davlat qurish 
tajribasini o‘rganib, umumlashtirib, uning huquqiy jihatlarini 
Konstitutsiya loyihasini ishlashda hisobga olish;
• O‘zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush 
tarzini,  taraqqiyoti  tajribasini,  deputatlarning,  turli  ijtimoiy 
guruhlarning,  milliy-madaniy  markazlarning  mulohazalari 
va  takliflarini  o‘rganish  va  natijalardan  loyiha  ishlashda 
foydalanish;
• Konstitutsiyaviy komissiya a’zolaridan tushgan takliflarni 
ko‘rib chiqish va loyihaga ular asosida o‘zgartirishlar kiritish.
Ana  shu  vazifalarni  bajarish  asosida  1992-yil  sentаbr 
oyining  oxirida  ancha  takomillashgan  loyiha  vujudga  keldi 
va  26-sentаbrdagi  komissiya  qarori  bilan  loyiha  umumxalq 
muhokamasi  uchun  ommaviy  axborot  vositalarida  e’lon 
qilindi va bu bilan loyiha tayyorlash yangi bosqichga kirdi.
1992-yil  26-sentabrda  muhokamaga  qo‘yilgan  loyiha 
yuzasidan tushgan taklif va istaklar o‘rganilib, inobatga olinib, 
loyihaga  o‘zgartirishlar  kiritilib,  yangi  tahrirda  21-noyabrda 
yana  muhokama  uchun  e’lоn  qilindi.  Konstitutsiya  ishlab 
chiqish  va  qabul  qilishga  O‘zbekistonning  o‘ziga  xos 
yondashuvi, aytish mumkinki, Konstitutsiya qabul qilish jahon 
tajribasiga  O‘zbekistonning  qo‘shgan  hissasi  bo‘ldi.  Chunki 
aksariyat hollarda loyiha bir marta muhokama qilinadi.
Hech  ikkilanmay  aytish  mumkinki,  muhokama  haqiqiy 
—  demokratik,  erkin  va  oshkora  o‘tdi.  Ommaviy  axborot 
vositalari  har  qanday  fikrni  to‘siqsiz,  o‘zgarishsiz  e’lоn 
qildi.  Televideniе  va  radioda  muntazam,  to‘g‘ridan  to‘g‘ri 
muhokamaga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil 
Shu  maqsadda  xorijiy  mamlakatlar  tajribasi  o‘rganildi, 
e’tiborga olindi, demokratiya masalalarini hal qilish vazifasi 
Konstitutsiyamizning  mazmun-mohiyatini  belgilashda  bosh 
omil bo‘ldi.
Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqilar ekan, ana shu vazifalar 
to‘la bajarilishi bilan, Konstitutsiya normalariga, qoidalariga, 
xalqimiz  davlatchiligining  an’analari  singdirildi,  shu  tufayli 
xalq  diliga  yaqin  va  hamma  tushunadigan  hujjat  yaratish 
mumkin bo‘ldi.
Jahon  qonunchilik  tajribasi  o‘rganilishi  bilan  bir  qatorda, 
milliy qonunchiligimiz, uning asosi bo‘lgan bobokalonlarimiz 
ta’limoti,  jumladan,  «Temur  tuzuklari»  yanada  sinchiklab 
o‘rganildi  va  loyihada  foydalanildi.  Bularning  hammasi 
Konstitutsiya  yaratilganda  kuchli  zaminga  tayanilganligini 
ko‘rsatdi.
Konstitutsiya yaratilishida muqobil Konstitutsiya loyihalari 
tayyorlanganligi,  qiyoslash  va  chuqur  o‘rganish  asosida, 
ularning eng ma’quli tanlab olinib, takomillashtirilib, u asosida 
yagona loyiha tayyorlanganligi to‘g‘ri yo‘ldan borishga sabab 
bo‘ldi.
Konstitutsiya  loyihasining  dastlabki  varianti  1991-yil 
noyabrda  158-moddadan  iborat  loyiha  tayyorlanib,  uning 
ustida 1992-yil bahorigacha juda katta ish olib borildi. Loyiha 
tayyorlash  davrida  O‘zbekiston  hayotida  olamshumul  voqea 
sodir bo‘ldi — u mustaqillikka erishdi. Konstitutsiya mazmun 
mohiyatiga  mamlakatimizning  mustaqillikka  erishishi 
katta  ta’sir  qildi.  Loyihaning  birinchi  varianti  guruhlarda 
takomillashtirilib,  1992-yil  boshida  149-moddadan  iborat 
loyihaning ikkinchi varianti tayyorlandi. Navbatdagi komissiya 
yig‘ilishida  qilingan  ishlar  muhokama  qilindi  va  vazifalar 
belgilandi.  Komissiya  qilingan  ishlarni  o‘rganib  chiqib,  unga 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling