I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasining
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
3-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasining
ishlаb chiqilishi vа qаbul qilinishi. Har bir mamlakatning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tartibga solish alohida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo‘lib, ularning tizimida salmoqli o‘rinni huquq bilan tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar tashkil etadi. O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibidan chiqib, mustaqillikka erishgach, o‘z davlatchiligini tashkil qilish zarurati tug‘ildi. Bu davlat qanday bo‘lishi, unda fuqarolar nimaga ega bo‘lishi, shaxs bilan fuqaro munosabatining qanday bo‘lishi haqidagi masalalarni hal qilishni kun tartibiga chiqardi. Bularni, avvalo, huquqiy jihatdan to‘g‘ri hal qilish zarur edi. Bu esa ma’lum huquqiy hujjat bo‘lishini taqozo etdi. Dunyo davlatchilik tarixida bu masalalar Konstitutsiya qabul qilish bilan hal qilib kelingan. 1978-yilda O‘zbekistonda qabul qilingan Konstitutsiya mazmun mohiyati, masalalarni hal qilishi •Ta’sis (konstitutsiyaviy) majlis tomonidan. Braziliya (1988), Portugaliya (1976), Bolgariya (1991), Ruminiya (1991) Konstitutsiyalari shu usul bilan qabul qilingan. •Amaldagi parlament tomonidan - O‘zbekiston (1992) Xitoy (1992), Tanzaniya (1977) Konstitutsiyalari misolida. •Referendum yo‘li bilan - Rossiya (1993), Fransiya (1958), Qozog‘iston (1995), Kuba (1976), CHili (1980) kabi davlat konstitutsiyalari referendum yo‘li bilan qabul qilingan. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda Konstitutsiyalar hadya etish yo‘li bilan ham qabul qilinadi. Hadya etishning 3 yo‘li mavjud: •Mutlaq monarxiya sharoitida Konstitutsiyani o‘z xalqiga podsho, qirol, sulton, monarx hadya qiladi. Buni Nepal (1962), Saudiya Arabistoni (1992) Konstitutsiyalari misolida ko‘rishimiz mumkin. •Metropoliya mustamlakachi davlat o‘z mustamlakasiga Konstitutsiya hadya qiladi va uning mustaqil davlatligini tan oladi. Buyuk Britaniya 1979-yil Zimbabvega Konstitutsiya hadya qilgan. •Harbiy yoki revolyutsion Kengash Konstitutsiyani hadya qiladi. Masalan, Misr, Suriya, Iroq, Afg‘oniston Konstitutsiyalari shu tarzda qabul qilingan. Konstitutsiyaviy nazorat - davlat hokimiyati organlari faoliyati va normativ-huquqiy hujjatlari Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish iborat faoliyatdir. Konstitutsiyaviy nazorat ob’ektlari qatoriga davlatning ichki qonunlari, hali kuchga kirmagan xalqaro shartnomalari, ijroiya hokimiyatning hujjatlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish aktlari, ayrim hollarda jamoat birlashmalarining aktlari kiradi. Konstitutsiyaviy nazorat ob’ektlari turli davlatlarda turlichadir. Konstitutsiyaviy nazorat o‘z mohiyatiga ko‘ra, birinchidan, dastlabki, ya’ni normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirguniga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling