I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
18 19 •Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari. Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo‘lish mumkin: •Demokratik Konstitutsiyalar. •Avtoritar Konstitutsiyalar. •Totalitar Konstitutsiyalar. Konstitutsiyaviy huquq fanida Konstitutsiya tushunchasi ikki xil ma’noga ega, deb qaraladi. Shu ma’noda formal va moddiy Konstitutsiya farqlanadi. Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquq fanida formal Konstitutsiya deganda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan, qabul qilinishi va o‘zgartirilishi alohida tartibda amalga oshiriladigan qonun tushuniladi. Moddiy Konstitutsiya deganda esa davlat hokimiyatini tashkil etishni tartibga soluvchi normalar yig‘indisi tushuniladi. Bundagi asosiy narsa tartibga solish predmeti va ijtimoiy munosabatlarning mazmunidir. Fransuz olimi F.Ardan: “Konstitutsiya — davlat hokimiyatining sinonimidir. Shuning uchun, hatto yozma hujjat bo‘lmaganda ham davlat o‘z Konstitutsiyasiga ham ega bo‘ladi. Agar davlat yozma hujjatga ega bo‘lganda ham Konstitutsiyani o‘zida aks ettirmaydi”, - deb yozgan edi. Zamonaviy konstitutsiyaviy huquq fanida moddiy yoki amaliy Konstitutsiya deganda, davlat hokimiyatini hayotdagi amalga oshirilishi tushiniladi. Moddiy Konstitutsiya - real harakatdagi amaliy Konstitutsiyadir. Formal yoki yuridik Konstitutsiya - davlatning asosiy qonunidir. Yuridik Konstitutsiya davlat hokimiyatini tashkil etish va shaxsni huquqiy maqomini belgilash asoslarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya eng muhim yuridik hujjat, oliy normativ — huquqiy akt sifatida quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi. •Formal Konstitutsiya - Asosiy Qonun bo‘lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega. Ikkinchidan, konstitutsiyalarni shakliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: •Yozma konstitutsiyalar. •Og‘zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar - Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari. •Yaxlit konstitutsiyalar - Konstitutsiya matni yaxlit bo‘lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O‘zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo‘la oladi. •Yaxlit bo‘lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar - bunday Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat bo‘ladi. Masalan, Shvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari. •Yumshoq konstitutsiyalar - bunday Konstitutsiyalar oddiy qonunlar kabi o‘zgartiriladi. •Qattiq konstitutsiyalar - alohida murakkab tartibda o‘zgartiriladi. Masalan, AQSh, Rossiya, O‘zbekiston konstitutsiyalari. •Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir. •Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar - Iroqda 1970- yil Birlashgan Arab Amirligida 1971-yildan beri harakatda bo‘lgan konstitutsiyalar. Uchinchidan, konstitutsiyalarni ularning ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bo‘lish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar sub’ektlarining Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul qilingan bo‘lib, har xil ijtimoiy mazmunga ega. •G‘arb mamlakatlari Konstitutsiyalari. •Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari. •O‘tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling