I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
20
21
Ko‘pchilik Konstitutsiyalar muqaddima (preambula), asosiy 
normativ qism va yakunlovchi qismlardan iborat bo‘ladi.
Muqaddima  qismida  jamiyat  va  davlat  taraqqiyotining 
asosiy  bosqichlari  hamda  rivojlanish  istiqbollari  ko‘rsatib 
beriladi.
Asosiy  qism  bo‘lim,  bob  va  moddalardan  tashkil 
topadi.  Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 
Muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat.
Yakunlovchi qism esa davlat hokimiyatining davomiyligini 
ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.
Ayrim  Konstitutsiyalarda  ularga  kiritilgan  qo‘shimchalar 
hajmi juda katta bo‘ladi. Ba’zi konstitutsiyalarda esa ilovalar 
ham bo‘ladi.
Konstitutsiya  loyihalari  turli  davlatlarda  turlicha 
tayyorlanadi.  Konstitutsiya  loyihalarini  tayyorlashning 
quyidagi usullarini ko‘rsatish mumkin:
•Loyiha  maxsus  konstitutsiyaviy  komissiya  tomonidan 
tayyorlanadi.
•Loyihalar  siyosiy  partiyalar  va  jamoat  birlashmalari 
tomonidan taqdim etiladi.
•Loyiha parlament yoki hukumat tomonidan tayyorlanadi. 
Masalan, Fransiyaning sobiq Prezidenti De Goll Fransiyaning 
1958-yilgi Konstitutsiyani tayyorlashda faol ishtirok etgan .
•Loyihani  tayyorlashda  sobiq  mustamlaka  qiluvchi 
mamlakatlar  faol  ishtirok  etadi.  Masalan,  Buyuk  Britaniya 
o‘zining 
sobiq 
mustamlaka 
davlatlarida 
ularning 
Konstitutsiyalarini tayyorlashda qatnashgan.
•Loyiha  Konstitutsiyaviy  ta’sis  majlisi  tomonidan 
tayyorlanadi. Bunga Italiya (1947-yilgi), Braziliya (1988-yilgi), 
Rossiya (1993-yilgi) Konstitutsiyalari misol bo‘la oladi.
Konstitutsiyani  qabul  qilishning  quyidagi  usullarini 
ko‘rsatish mumkin:
Konstitutsiya davlatning Asosiy Qonunidir.
Konstitutsiya - oliy yuridik kuchga ega.
Konstitutsiya  alohida  tartibda  qabul  qilinadi  va 
o‘zgartiriladi.
Konstitutsiya - eng muhim siyosiy hujjat.
Konstitutsiya - eng muhim mafkuraviy hujjat.
Konstitutsiya - eng muhim yuridik hujjat.
Konstitutsiya milliy huquqiy tizimning o‘zagini (yadrosini) 
tashkil etadi.
Konstitutsiya - huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning 
asosi.
Konstitutsiyalarning  yuridik  mazmuni  uning  tarkibini 
tashkil etuvchi normalarda ifodalanib, ushbu konstitutsiyaviy 
normalar shaxs, jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soladi.  O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining yuridik mаzmunini quyidagi 
konstitutsiyaviy normalar tashkil etadi:
qonun  chiqaruvchi;  ijroiya;  sud  organlari  faoliyatining 
konstitutsiyaviy  asoslarini  yaratuvchi;  inson  huquqlari 
va  erkinliklarini  tartibga  soluvchi  normalar;  fuqarolik 
jamiyati  asoslarini  tashkil  etuvchi;  tashqi  siyosat  asoslarini 
tashkil  qiluvchi;  moliya,  mudofaa,  xavfsizlik  masalalarini 
tashkil  etuvchi;  Bugungi  kunga  kelib,  Konstitutsiyalarning 
konstitutsiyaviy tartibga solish predmeti doirasining kengayib 
borishi  esa,  hozirgi  zamon  Konstitutsiyalariga  xos  alohida 
xususiyat sifatida e’tirof etiladi.
Konstitutsiya ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita 
ta’sir  ko‘rsatadi.  Shu  sohalarga  qarab  Konstitutsiyaning 
quyidagi turli funksiyalarini ko‘rsatish mumkin.
•Yuridik funksiyalari - huquqning asosiy manbayi.
•Siyosiy funksiyalari davlat hokimiyati tashkil etilishining 
asoslarini o‘rnatadi.
•Mafkuraviy funksiyalari jinoyatning eng asosiy ma’naviy-
g‘oyaviy qadriyatlarini mustahkamlaydi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling