I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
50
51
bir  hоkimiyat  tаrmоg‘i  bir  biridаn  fаrqli  hоkimiyat  shаklini 
аmаlgа оshirаdi
8
.
Umuman “hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi” 
nazariyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati yagona, yaxlit, bir butun, 
deb  emas,  balki  turli  hokimiyat  (qonun  chiqaruvchi,  ijro 
etuvchi va sud vakolatlarini amalga oshiruvchi hokimiyatlar) 
funksiyalarining  yig‘indisi  sifatida  tushuniladi.  Bunday  turli 
funksiyalarni  amalga  oshiruvchi  hokimiyat  organlari  bir-
biridan mustaqil ravishda harakat qilishlari lozim. Lekin bu 
uchala  hokimiyat  idoralari  bir-biriga  bog‘liq  emas,  degan 
ma’noni  bildirmaydi.  Aksincha,  ular  bir-birini  to‘ldiradi  va 
nazorat qilib boradi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
12-moddasida  “O‘zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot 
siyosiy  institutlar,  mafkuralar  va  fikrlarning  xilma-xilligi 
asosida  rivojlanadi.  Hech  qaysi  mafkura  davlat  mafkurasi 
sifatida  o‘rnatilishi  mumkin  emas”,  deb  mustahkamlanishi 
davlatimizning demokratik mohiyatidan kelib chiqadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z taraqqiyot 
va  istiqlol  yo‘lini  mustaqil  va  erkin  belgilab  oldi.  Endilikda 
mustaqil davlatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy poydevorini 
yaratish  asosiy  vazifa  bo‘lib  qolgan.  Bunda  bizga  eski, 
zo‘ravonlik  bilan  o‘rnatilgan  kommunistik  mafkura  mutlaqo 
to‘g‘ri kelmay, millatimizni birlashtiradigan, jipslashtiradigan 
mafkuraga  muhtojlik  yaqqol  sezilib  qoldi.  Bir  so‘z  bilan 
aytganda,  milliy  mafkuramizni  yaratish  dolzarb  masalaga 
aylandi.
Shu  yo‘lda  qo‘yilgan  dadil  qadam  bu  tariximizda  birinchi 
marta Konstitutsiyamizning 12-moddasida belgilangan me’yor 
bo‘ldi.  Unda  ilk  bor  O‘zbekistonning  ijtimoiy  hayoti  siyosiy 
institutlar,  mafkuralar  va  fikrlarning  xilma-xilligi  asosida 
rivojlanishi  belgilandi.  Demak,  bu  bilan  bitta  mafkuraning, 
8 Paul A. Arnold, Jason L. Stern, How the United States Is Governed // Pg. 35.
tutsiyasining xalq hokimiyatchiligi tamoyiliga asoslanganligini 
yana bir karra yaqqol ko‘rsatadi.
Hozirgi  zamonda  davlat  hokimiyati  tizimining  bo‘linishi 
davlat  hokimiyatining  demokratik  sharoitda  tashkil  etilishi 
va faoliyatining asosiy prinsiplaridan ekanligiga shubha yo‘q 
emas. Ammo mazkur nazariyaning mumtoz shakli asoschilari 
hisoblangan ingliz faylasufi Djon Lokk yoki Fransuz mutaffakiri 
Shari Lui Monteskelar bu ta’limot kelgusi 300 yil davomida bu 
darajada rivojlanib ketishi va ilg‘or davlatlar hayotiga muqim 
singib ketishini hatto tasavvur ham qilmaganlar.
Davlat  hokimiyatining  taqsimlanishi  har  qanday 
davlatning  demokratik  xususiyatini  belgilaydi,  uning  xalq 
hokimiyatchiligiga  asoslanganligini  bildiradi.  Bu  prinsip 
huquqiy  davlat  barpo  etishni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib 
qo‘ygan  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 
11-moddasida  quyidagicha  mustahkamlangan:  O‘zbekiston 
Respublikasi  davlat  hokimiyatining  tizimi  hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi 
prinsipiga asoslanadi.
“Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi” g‘oyasi qadimiy 
bo‘lib, qadimgi yunon faylasufi va olimi Aristotel tomonidan 
ham ilgari surilgan. O‘rta asrlarda M.Paduanskiy va boshqalar 
ham  bunday  g‘oyani  yoqlab  chiqqan  edilar.  XVIII  asrning 
o‘rtalariga  kelib,  bu  g‘oya  mustaqil  ta’limotga  aylangan. 
Mashhur  Fransuz  ma’rifatparvari,  huquqshunos,  faylasuf  va 
yozuvchi  Monteske  (1689-1755-yillar)  o‘zining  “Qonunlar 
ruhi”  kitobida  hokimiyatning  bo‘linishi  prinsipini  ilgari 
surgan. Monteske fikricha, siyosiy xiyonatlarning bo‘lmasligini 
ta’minlaydigan narsa uch hokimiyatning: qonun chiqaruvchi, 
ijro etuvchi va sud hokimiyatining to‘la bo‘linishi va bir-birini 
cheklashidir.
АQSh  kоnstitutsiyasidа  dаvlаt  hоkimiyati  qоnun 
chiqаruvchi, ijrо hоkimiyati vа sud hоkimiyatigа bo‘linаdi. Hаr 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling