I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
52 53 Konstitutsiyamiz O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, ya’ni xalqning o‘zi bevosita boshqaradigan jamiyat va demokratik huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Unda jami dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i “inson” ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan. Konstitutsiyamiz Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro- huquqiy me’yorlar asosida ishlab chiqilgan va aytish mumkinki, uni yanada to‘ldirgan. Masalan, Konstitutsiyaning 13-moddasi fikrimizga dalil bo‘lishi mumkin. Ushbu moddada “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”da e’lon qilingan umuminsoniy huquqlar oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Ma’lumki, “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi” insonlarning ajralmas va daxlsiz huquqlarini e’lon qilib, quyidagilarni belgilaydi: “Barcha odamlar erkin, qadr-qimmat va huquqlarida teng bo‘lib tug‘ilganlar”(2-modda); “Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir”(3-modda); “Hech kim qullikda yoki qaramlikda saqlanishi mumkin emas, qulchilik va qul savdosining barcha turlari ta’qiqlanadi” (4-modda) va hokazo. Konstitutsiyamizning 13-moddasida esa inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, degan norma mustahkamlangan. Bu O‘zbekistonning umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslangan davlat ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonni demokratik davlat sifatida tavsiflovchi yana bir qoida Konstitutsiyaning 14-moddasida belgilangan. Unga muvofiq, “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”. Kоnstitutsiya eng оliy kuchgа egа аlоhidа tаrtibdа qаbul qilinаdigаn dаvlаtning аsоsiy qоnunidir. Zаmоnаviy til bilаn аytgаndа, kоnstitutsiya mаmlаkаtning butun bоshqаruv tizimini аnglаtuvchi kеng tushunchа bo‘lib, hоkimiyatni bitta dunyoqarashning yakkahokimligidan qat’iyan voz kechildi. Konstitutsiyamizning aynan shu moddasi jamiyatimizda turli sinf, toifa, millat va elatlarning manfaatlarini ifodalovchi siyosiy partiyalar, uyushmalar va ularning mafkuralari bo‘lishi mumkinligini qonuniy mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017-yil iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvda quyidagi fikrlarga to‘xtalib o‘tgan edilar: “Bugun zamonning o‘zi siyosiy partiyalarning ish uslubini tubdan o‘zgartirish, ularning aholi, elektorat bilan muloqotini tizimli yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. Endi “mudrab yotgan” siyosiy Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling