I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
48
49
Demokratiyaning  asl  mohiyati  o‘zini  o‘zi  boshqarish,  o‘z 
hayotini o‘z qobiliyatiga, o‘z tafakkuriga va o‘z vijdoniga ko‘ra 
qurishdir  va  buning  oqibati  uchun  ma’suliyatini  ham  o‘ziga 
olishdir.
Insoniyat  tajribasi  demokratiyaning  ikki  asosiy  shaklini 
ishlab  chiqqan:  to‘g‘ridan-to‘g‘ri,  ya’ni  bevosita  demokratiya 
hamda  vakillik  demokratiyasi  -  organlar,  avvalo,  vakiilik 
va  boshqa  saylab  qo‘yiladigan  organlar  orqali  amalga 
oshiriladigan  demokratiya,  ya’ni  saylov  demokratiyasi. 
Demokratiyaning  mazkur  shakllarini  bir-biriga  aslo  qarshi 
qo‘ymaslik lozim, chunki bu ikkala shakl o‘ziga xos ahamiyatga 
ega va o‘zaro uzviy bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasiga 
muvofiq,  O‘zbekiston  xalqini,  millatidan  qat’iy  nazar, 
O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  tashkil  etadi. 
Ushbu  modda  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 
muhim  xususiyatlaridan  birini  o‘zida  mujassamlashtirgan. 
Chunki  unda  belgilangan  me’yor  dunyodagi  hech  bir 
davlatning  Konstitutsiyasida  uchramaydi.  Ko‘rib  turibmizki, 
Konstitutsiyada “O‘zbekiston xalqi”, “O‘zbekiston fuqarolari”, 
degan  tushunchalarga  ta’rif  berilayapti.  Bunga  ko‘ra, 
O‘zbekistonda  tug‘ilgan  va  uning  hududida  istiqomat 
qiladigan har bir inson millatidan, irqidan, qaysi dinga e’tiqod 
qilishidan  qat’iy  nazar,  o‘zbekiston  xalqini  tashkil  etadi  va 
respublikamizning  teng  huquqli  fuqarosi  bo‘lish  huquqiga 
egadir.
O‘zbekiston  Konstitutsiyasining  9-moddasida  “Jamiyat  va 
davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga 
taqdim  etiladi,  umumiy  ovozga  (referendumga)  qo‘yiladi. 
Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”, degan 
qoida  esa  fuqarolarimizning  jamiyat  va  davlat  hayotining 
eng  muhim  masalalarini  hal  etishda  bevosita  ishtirokini 
kafolatlaydi. Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Konsti-
O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  madhiyasiga 
nisbatan zo‘r ehtirom bilan munosabatda bo‘lish O‘zbekiston 
Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  Davlat  ramzlari  davlat 
suverenitetining  muhim  atributi  sifatida  mamlakatimizning 
tarixiy  rivojlanish  xususiyatlarini  o‘zida  ifodalaydi,  ularning 
timsolida,  davlat  va  o‘zbek  xalqining  tinchlikparvar, 
yaratuvchanlik  maqsadlari  mujassamlashgan.  Ularda 
O‘zbekistan  Respublikasining  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
rivojlanish  shart-sharoitlari,  suveren,  tinchlikparvar 
mamlakat sifatida fuqarolarning vatanparvarlik, chidamlilik, 
mehnatsevarlik va baxtli kelajakka ishonch mamlakatimizdagi 
millatlar vakillarining o‘zaro munosabatlari kabi xislatlar o‘z 
aksini topgan. 
Asosiy  qonunning  6-moddasi  “Davlat  suvereniteti” 
bobini  yakunlab  bergan  holda,  Toshkent  -  O‘zbekiston 
Respublikasining poytaxti ekanligini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning 
Konstitutsiya  qabul  qilinganligining  25  yilligi  munosabati 
bilan  so‘zlagan  ma’ruzasida,  o‘tgan  davrda  ijro  etuvchi 
hokimiyatni  demokratlashtirish  ishlari  ham  izchil 
olib  borildi.  Hukumatning  vazifa  va  vakolatlar  doirasi 
kengaytirilib,  parlament  oldida  hisob  berish  darajasi  va 
mas’uliyati  kuchaytirildi.  Bu  Konstitutsiyaning  7-moddasida 
mustahkamlangan  “Xalq  davlat  hokimiyatining  birdan-bir 
manbayidir”, degan ulug‘vor g‘oyaning amaliy ifodasi, desak, 
har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi”, degan fikrga alohida to‘xtalib 
o‘tgan  edilar.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 
2-bobida “xalq hokimiyatchiligi” atamasi “hokimiyat manbayi” 
degan atama bilan uzviy bog‘langan.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling