I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
54
55
konstitutsiyaviy  tamoyil  so‘zsiz  ta’mmlanishi  shart  “Xalq 
davlat  organlariga  emas,  davlat  organlari  xalqqa  xizmat 
qilishi  kerak”,  degan  masalaga  alohida  to‘xtalib  o‘tdilar
11

Konstitutsiyadagi  ushbu  moddaning  kafolatlari  O‘zbekiston 
Respublikasida ayni vaqtlarda amalga oshirilayotgan chuqur 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  o‘zgarishlar,  islohotlar  bilan 
belgilanadi. Bunday islohotlardan ko‘zda tutilgan eng asosiy 
maqsad inson va jamiyat farovonligi ekanligi hech kimga sir 
emas, albatta.
Qonuniylik prinsipi deganda, avvalo, qonunlarni va uning 
asosida  qabul  qilingan  boshqa  huquqiy  hujjatlarni  davlat 
organlari  mansabdor  shaxslar,  fuqarolar  tomonidan  aniq 
va  og‘ishmay  bajarilishi  lozimligi  tushuniladi.  Bu  davlat 
tuzumidagi  demokratizmning  ko‘rinishlaridan  biri  bo‘lib, 
hammaning  qonun  oldida  tengligini  o‘rnatadi.  Qonuniylik 
prinsipi  qonunlarni  yuridik  hujjatlar  tizimida  oliy  kuchga 
egaligini,  barcha  uchun  barobarligini,  jamiyat  a’zolarining 
barchasi  uchun  majburiyligini  anglatadi.  Shu  bilan  birga, 
bu  prinsip  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  og‘ishmay 
ta’minlanishi,  fuqarolarga  nisbatan  davlat  organlari  va 
mansabdor  shaxslarning  qandaydir  o‘zboshimchaligiga 
yo‘l  qo‘ymasligi,  fuqarolarning  jamiyat,  davlat  oldidagi 
majburiyatlari  qat’iy  bajarilishi  lozimligini  ham  nazarda 
tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, qonuniylik prinsipi o‘z maqsad 
va mohiyati bilan xalq manfaatlariga xizmat qiladi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar 2017-
yil 7-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-
11  Konstitutsiya  -  erkin  va  farovon  xayotimiz,  mamlakatimizni  yanada  taraqqiy 
ettirishning  mustahkam  poydevoridir.  //O’zbekistan  Respublikasi  Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoevning O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi kabul kilinganining 
25  yilligiga  bag’ishlangan  tantanali  marosimdagi  ma’ruzasi.  Xalq  so’zi,  2017-yil 
9-dekabr.
bоshqаrishi yoki qоnun bilаn idоrа qilishi vа tаshkil etuvchi 
qоidаlаr to‘plаmidir.
10
O‘zbekiston  Konstitutsiyasida  belgilangan  mazkur  qoida 
davlatimiz  faoliyatining  eng  asosiy  prinsiplarini  belgilab 
beradi.  Bu  juda  muhimdir.  Chunki  davlat  o‘z  faoliyati  bilan 
inson va jamiyat taqdirini belgilashi mumkin. Ayniqsa, hozirgi 
vaqtda  jamiyat  davlatsiz  yashay  olmasligi  hammaga  ayon 
bo‘lib qoldi.
Davlatimizning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini belgilashda 
uning  vazifalariga,  funksiyalariga  alohida  e’tibor  berish 
kerak.  Davlatning  qanday  vazifalarni,  funksiyalarni  amalga 
oshirishiga, boshqacha qilib aytganda, davlat faoliyatiga qarab 
uning  mohiyatiga  baho  beriladi.  Agar  davlat  o‘z  faoliyatini, 
avvalo,  inson  va  jamiyat  manfaatlarini  himoya  qilishga 
qaratgan bo‘lsa, uni ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari 
asosida  amalga  oshirib  borsa,  unday  davlatni  adolatli, 
demokratik  deyish  mumkin.  Shu  bois  Konstitutsiyaning 
14-moddasida  o‘rnatilgan  me’yor  O‘zbekiston  Respublikasi 
ijtimoiy  adolat  tantana  qilgan  jamiyat,  xalq  hokimiyatchiligi 
qaror topgan davlat ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi desak, 
aslo yanglishmaymiz. Chunki mazkur modda alohida ravishda 
inson  va  jamiyat  farovonligini,  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylik 
prinsiplarini davlat faoliyatining ajralmas qismi sifatida e’tirof 
etadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning 
Konstitutsiya  qabul  qilinganligining  25  yilligi  munosabati 
bilan  so‘zlagan  ma’ruzasida,  “davlat  organlarining  kundalik 
faoliyatida  inson  huquq  va  erkinliklari  ustuvorligiga  oid 
10  Bradley  A.W.,  Ewing  K.D.  Constitutional  and  Administrative  Law.Pearson 
Education Limited 2003. – P. 4



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling