I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
58 59 xalqaro huquqiy majburiyatlarni vijdonan bajarish; xalqaro huquqda ruxsat etilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari deganda, xalqaro munosabatlar sub’ektlarining xalqaro hayotdagi to‘plangan eng muhim masalalarga oid ifodalangan hamda umumlashtirilgan, umume’tirof etilgan yurish-turish normalaridir. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari ilk bor BMT Ustavida mustahkamlab qo‘yilgan. Ularning mazmuni 1970-yili Bosh Assambleyada qabul qilingan BMT Ustaviga muvofiq, do‘stona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli muhim hujjat - Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiyada, shuningdek, 1975-yildagi Еvropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining yakunlovchi aktida belgilangan. 1970-yilgi Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya quyidagi ettita asosiy prinsipni qamrab olgan: 1) kuch ishlatmaslik yoki kuch bilаn tаhdid qilmаslik; 2) nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 3) bоshqа dаvlаtlаrning ichki ishlаrigа aralashmaslik; 4) хаlqаrо hamkorlik, 5) xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi; 6) suveren tenglik; 7) xalqaro huquqqa oid majburiyatlarni vijdonan bajarish. 1975-yildagi EXHT YAkunlovchi akti bular qatoriga yana uchta 1) chegaralarning dахlsizligi; 2) hududiy yaxlitlik; 3) inson huquqlarini hurmat qilish prinsiplarini qo‘shdi, ular endilikda universal tus olgan. Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi hujjatlarda ta’kidlanganidek, ular o‘zaro uzviy bog‘liq, birining mazmun-mohiyati boshqasining mazmuni bilan uyg‘unlashib ketaveradi. Shu bois, xalqaro huquq prinsiplarining mazmunini boshqalari bilan bog‘lab o‘rganish lozim. Shu o‘rindа хоrijiy mаmlаkаtlаr tаjribаsigа e’tibоr qаrаtsаk. Mа’lumki, mаmlаkаt kоnstitutsiyasi kim shаrtnоmа tan olgan holda” mazkur Konstitutsiyani qabul qilishi qayd etilgan. Konstitutsiyaning 17-moddasi quyidagicha bayon qilingan: “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir.” Ushbu normalarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlab qo‘yilgan. Xalqaro huquq sub’ekti - o‘zining imkoniyatlari va yuridik xususiyatlari evaziga xalqaro huquq bo‘yicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishga, ushbu normalarni yaratish va amalga oshirish jarayonida ishtirok etishga qodir mustaqil tuzilma. Davlatlar xalqaro huquqning birlamchi sub’ektlaridir. Ularning xalqaro-huquqiy layoqati tashkil topganlik fakti bilan birga paydo bo‘ladi. Xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari esa, bunday maqomga davlatlar tufayligina erishadilar. Davlatlar xalqaro huquqning universal sub’ektlari hisoblanadi. Ular har qanday xalqaro-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarda to‘la huquqli sub’ektligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar, davlatga o‘xshash tuzilmalar) bilan bevosita aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish; xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish va ularning faoliyatida ishtirok etish; xalqaro konferentsiyalarda faol qatnashish; chet davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va diplomatik vakolatxonalar ochish; boshqa davlatlar bilan turli sohalarda xalqaro shartnomalar tuzish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling