KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
70
71
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida
fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi
jinoyatlar va ularni sodir etgan lik uchun jinoiy jazo choralari
mustahkamlangan. Xususan, fuqarolarning teng huquqliligini
buzish (141-modda); shaxsiy hayot daxlsizligini buzish
(141
1
-modda); fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
(142-modda); xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf
xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini
buzish (143-modda); jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish(144-
modda); vijdon erkinligini buzish (145-modda); saylov yoki
referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzish (146-modda); saylov huquqining yoki
ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik
qilish (147-modda)
15
jinoyatlari aynan fuqarolarning
Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarini buzish
natijasida sodir etiladigan jinoyatlar hisoblanadi.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda
o‘zgalar huquqiga va manfaatiga putur etkazmasliklari nafaqat
ommaviy munosabatlar, balki fuqarolar o‘rtasidagi shaxsiy
munosabatlarda ham qo‘llanilishi qonunlarda belgilangan.
2-
Do'stlaringiz bilan baham: |