I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
74
75
O‘zbekiston  Respublikasi  huquq  va  manfaatlariga  zarar 
etkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas (16-modda)”, 
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi 
va  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida  ittifoqlar  tuzishi, 
hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi 
va ulardan ajralib chiqishi mumkin (17-modda)”
16
 fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat barpo etish, har bir 
fuqaroning munosib turmush kechirishiga keng imkoniyatlar 
yaratishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, Konstitutsiyaviy huquq mоdulida fuqarolik 
bilan bog‘liq munosabatlar alohida Konstitutsiyaviy-huquqiy 
institutni tashkil etadi. Fuqarolik - jismoniy shaxs va davlatning 
o‘zaro  doimiy  mustahkam  va  barqaror  siyosiy-huquqiy 
aloqasini anglatib, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklari 
prinsiplarini tan olish va hurmat qilishga asoslangan muayyan 
shaxs  va  davlatning  o‘rtasidagi  o‘zaro  huquq,  majburiyat  va 
javobgarliklari yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston  Respublikasida  mustaqillikka  erishilganidan 
so‘ng  fuqarolik  institutining  demokratik  talablarga  javob 
bera  oladigan  qonunchilik  bazasi  yaratildi.  Xususan, 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  (VI  bob. 
Fuqarolik:  21,22,23-moddalar)  alohida  bobda  fuqarolik 
masalalari  tartibga  solindi,  uning  asosiy  prinsiplari  belgilab 
berildi,  1992-yil  2-iyulda  “O‘zbekiston  Respublikasining 
fuqaroligi  to‘g‘risida”gi  632-XII-son  maxsus  qonuni  qabul 
qilindi;  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1992-
yil  2-iyuldagi  “O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi 
to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunini  amalga 
kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining  1992-yil  20-noyabrdagi  PF-500-son  farmoni 
bilan  tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi 
16 O’zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasi // [Elektron manba] // URL: http://
lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020).
tabiiy  huquq  va  erkinliklari  bilan  birga,  siyosiy  huquq  va 
erkinliklar ham tegishli ekanligi e’tirof etilgan.
“Fuqaro”  tushunchasiga  insonning  huquqiy  holatini 
belgilovchi  yuridik  atama  sifatida  qaraladi.  Insonlarning 
huquqiy  holatidagi  farqlar  uning  fuqarolikka  ega  yoki 
fuqarolikka  ega  emasligi,  chet  el  fuqarosi  ekanligi,  ko‘p 
fuqarolikka egalik kabi holatlar bilan izohlanadi. Bu holat har 
bir  davlatning  milliy  qonunchiligida,  ya’ni  ularning  tarixiy 
rivojlanish  xususiyatlari,  milliy  an’analari,  urf-odatlari  va 
boshqa omillardan kelib chiqib, o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan.
O‘zbekiston  Respublikasi  umume’tirof  etilgan  xalqaro 
huquq  qoidalariga  sodiqligini  namoyon  etib,  o‘z  xalqining 
azaliy  orzu-maqsadlarini  ro‘yobga  chiqarish  barobarida 
yurtimizda  istiqomat  qilayotgan  barcha  kishilarning 
huquqiy  holatini,  ularning  huquq  va  erkinliklari  hamda 
majburiyatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlanishiga katta 
e’tibor bermoqda.
Jumladan,  Konstitutsiyadagi  quyidagi  asosiy  prinsiplar  “...
davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar 
oldida  mas’uldirlar  (2-modda)”,  “O‘zbekiston  Respublikasi 
o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning 
tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, 
ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi (4-modda)”, “Xalq 
davlat  hokimiyatining  birdan  bir  manbayidir.  O‘zbekiston 
Respublikasida  davlat  hokimiyati  xalq  manfaatlarini 
ko‘zlab  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  hamda 
uning  asosida  qabul  qilingan  qonunlar  vakolat  bergan 
idoralar  tomonidangina  amalga  oshiriladi  (7-modda)”, 
“O‘zbekiston  xalqini  millatidan  qat’iy  nazar,  O‘zbekiston 
Respublikasining  fuqarolari  tashkil  etadi  (8-modda)”, 
“Davlat,  uning  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat 
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq 
ish ko‘radilar (15-modda)”, “Konstitutsiyaning birorta qoidasi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling