I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
80
81
chet elda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini saqlab qolishi;
fuqaroni chet davlatga topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi;
ikki  fuqarolikka  yo‘l  qo‘yilmasligi  —  o‘zbekiston 
fuqarosining  chet  davlat  fuqaroligiga  mansubligini  tan 
olmaslik;
onasi yoki otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 
bolalarning fuqaroligi;
fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  bolalarining  o‘zbekiston 
fuqaroligini olishi;
fuqarolikdan chiqish erkinligi;
fuqarolikning  to‘xtatilish  asoslarini  qonunda  aniq 
belgilanganligi;
fuqarolikni tiklash mumkinligi;
fuqarolik  to‘g‘risidagi  ishlarda  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining mutlaq vakolatlari;
xalqaro  shartnomalarda  milliy  qonunchilikda  bayon 
etilganidan  boshqacha  qoidalar  belgilangan  bo‘lsa,  xalqaro 
shartnoma qoidalarining qo‘llanilishi va boshqalar
18
.
Yuqorida  fuqarolikka  oid  eng  asosiy  prinsiplar  sanab 
o‘tildi. Har bir insonning uzviy huquqlaridan biri “fuqarolik” 
maqomini  olishga  bo‘lgan  huquqi  hisoblanadi.  Shuning 
uchun  ham  barcha  demokratik  davlatlarda  insonlarning 
fuqarolik  maqomiga  ega  bo‘lish  asoslari  huquqiy  jihatdan 
mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligi to‘g‘risida’’gi Qonunining 1-moddasiga binoan har 
bir  kishiga  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi  bo‘lish 
huquqi  e’tirof  etilgan,  ya’ni  “hech  kim  fuqarolikdan  yoki 
18  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Кенгашининг  Ахборотномаси,  1992  й., 
9-сон,  338-модда;  Ўзбекистон  Республикаси  қонун  ҳужжатлари  тўплами, 
2004  й.,  51-сон,  514-модда;  2015  й.,  32-сон,  425-модда;  2016  й.,  39-сон, 
457-модда.
hurmat  qilishlari  lozim  bo‘ladi.  O‘zbekiston  Respublikasida 
yashab turgan, lekin O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
to‘xtatilgan,  boshqa  davlat  fuqarosi  bo‘lmagan  shaxslarga 
ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 
mo‘ljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992-
yil  2-iyulda  qabul  qilingan  “O‘zbekiston  Respublikasining 
fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunida O‘zbekiston Respublikasida 
fuqarolik  masalalari  qonun  yo‘li  bilan  mustahkamlangan. 
Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining quyidagi asosiy 
prinsiplari aks etgan :
shaxs bilan davlat o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy aloqasining 
doimiyligi;
har bir kishining fuqaro bo‘lish huquqiga egaligi;
hech  kim  fuqarolikdan  yoki  fuqarolikni  o‘zgartirish 
huquqidan mahrum qilinishi mumkin emasligi;
davlatning (o‘z idoralari va mansabdor shaxslari orqali) va 
fuqaroning o‘zaro mas’ulligi;
fuqarolarning  huquq,  erkinlik  va  manfaatlari  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududida  va  uning  tashqarisida  ham  himoya 
qilinishi;
fuqarolikni qo‘lga kiritish asoslaridan qat’iy nazar, barcha 
uchun tengligi;
fuqarolar kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, 
irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, 
siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, mashg‘ulotining turi hamda 
boshqa holatlardan qat’iy nazar, qonun oldida tengligi;
fuqarolarning  teng  huquqliligining  barcha  sohalarda 
ta’minlanishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda 
O‘zbekiston Respublikasining ham fuqarosi ekanligi;
nikohdan  o‘tishda  va  uni  bekor  qilishda  fuqarolikning 
saqlanib qolishi;



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling