I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
86
87
onasidan  biri,  buvasi  yoki  buvisi  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududida  tug‘ilganligini  va  boshqa  davlatlarning  fuqarosi 
emasligini isbotlasa, taalluqli bo‘lmaydi; 3) qonuniy tirikchilik 
manbalarining  mavjudligi;  4)  O‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasini tan olish va bajarish.
Ayni paytda yuqorida 1, 2 va 3-bandlarda qayd etib o‘tilgan 
talablar  alohida  hollardagina  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  qaroriga  binoan  O‘zbekiston  Respublikasi 
oldida  buyuk  xizmatlari  yoki  fan,  texnika  va  madaniyat 
sohasida  katta  yutuqlari  bo‘lgan,  shuningdek,  O‘zbekiston 
Respublikasini qiziqtiradigan kasb yoxud malakaga ega bo‘lgan 
ayrim shaxslarga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin
21
.
Fuqarolikni  yo‘qotish  asoslari  Qonuning  21-moddasida 
hamda  “O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi  bilan 
bog‘liq masalalami ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Nizom” da 
quyidagicha belgilangan, unga ko‘ra:
birinchidan, shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik 
xizmati  idoralariga,  politsiyaga,  adliya  idoralariga  yoki 
davlat  hokimiyati  va  boshqaruvining  boshqa  idoralariga 
ishga  kirganligi  natijasida  vujudga  keladi.  Ya’ni,  O‘zbekiston 
Respublikasi  fuqarosiga  nisbatan  uning  chet  el  davlati 
armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek, 
politsiyasiga,  adliya  organlariga  yoki  davlat  hokimiyati 
va  boshqaruvining  boshqa  organlariga  ishga  kirganligini 
tasdiqlovchi  hujjatlar  yoxud  boshqa  ishonchli  ma’lumotlar 
mavjud bo‘lganda. Bu holda, Konsullik muassasalari hujjatlarni 
TIVga (bundan buyon matnda TIV) yuboradilar, TIV olingan 
ma’lumotlarni va Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda 
IIV)  hamda  Davlat  xavfsizlik  xizmatining  (bundan  buyon 
matnda  DXX)  xulosalarini  o‘zining  hujjatlari  va  xulosasi 
21  O’zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi  to’g’risida”gi  Qonuni  //  [Elektron 
manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020).
Milliy 
qonunchiligimizga 
muvofiq, 
O‘zbekiston 
Respublikasi  fuqaroligiga  quyidagi  hollarda  olinadi:  1) 
tug‘ilganda;  2)  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligiga  qabul 
qilinishi natijasida; 3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalarida  nazarda  tutilgan  asoslar  bo‘yicha;  4) 
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha.
Jumladan, ota-onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi 
bo‘lgan  bolalarning  fuqaroligi  quyidagicha  belgilanadi,  ya’ni 
tug‘ilgan paytida ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 
bo‘lsa,  bola  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  yoxud 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lishidan 
qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Ota-onasining  fuqaroligi  har  xil  bo‘lib,  ulardan  biri  bola 
tug‘ilgan  paytida  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo‘lgan 
quyidagi hollarda bola O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi 
hisoblanadi:  1)  agar  u  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida 
tug‘ilgan bo‘lsa; 2) agar u O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqarida tug‘ilgan bo‘lsayu, ota-onasi yoki ularning biri shu 
vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasida  doimiy  istiqomat  joyiga 
ega bo‘lsa.
Milliy  qonunchiligimizda  O‘zbekiston  Respublikasi 
fuqaroligiga qabul qilishning demokratik tartibi belgilangan. 
Masalan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
o‘z  iltimosnomalariga  ko‘ra  ushbu  Qonunga  binoan  kelib 
chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga 
munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan qat’iy nazar, 
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligiga  qabul  qilish 
shartlari quyidagilardan iborat: 1) chet el fuqaroligidan voz 
kechish; 2) so‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasi 
hududida  doimiy  yashaganlik.Ushbu  qoida  O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslarga, 
basharti  ular  shu  yerda  tug‘ilgan  va  hech  bo‘lmasa  ota-



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling