I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
92
93
huquqlari  to‘g‘risidagi  xalqaro  Paktda  qayd  etilgan  inson  va 
fuqarolarning  shaxsiy  huquq  va  erkinliklariga  oid  xalqaro 
andozalar  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida 
o‘zining to‘la aksini topgan.
Xususan,  1948-yilda  qabul  qilingan  Inson  huquqlari 
umumjahon  deklaratsiyasining  3-moddasida  har  bir 
insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga 
ega  ekanligi  mustahkamlangan
23
.  Fuqarolik  va  siyosiy 
huquqlar  to‘g‘risidagi  xalqaro  Paktning  6-moddasida  esa, 
Yashash  huquqi  har  bir  insonning  uzviy  huquqidir.  Bu 
huquq qonun bilan himoyalanadi. Hech kim o‘zboshimchalik 
bilan  insonni  yashashdan  mahrum  qila  olmaydi”  deyilgan. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  ham  inson 
va  fuqarolarning  yashash  huquqlariga  oid  ushbu  xalqaro 
andozalar o‘zining to‘la aksini topgan.
Inson  -  biologik  va  ijtimoiy  tushunchadir.  Zero,  inson 
o‘zining biologik mohiyatiga ega ravishda tug‘iladi, keyinchalik 
u hayoti va faoliyati davomida shaxs sifatida shakllanadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  “Shaxsiy 
huquq  va  erkinliklar”  nomli  bоbida  shaxsning  huquq  va 
erkinliklarini  himoya  qilishning  huquqiy  asosi  o‘z  aksini 
topgan. “Yashash huquqi, - deb ta’kidlanadi Konstitutsiyaning 
24-modda, - har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga 
suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”.
O‘zbekiston  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  o‘zida 
mustahkamlagan yuzdan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan. 
Bu  hujjatlar  O‘zbekiston  qonunchiligining  shakllanishi, 
jumladan, jinoyat hamda inson huquq va erkinliklari borasidagi 
qonunlarning yaratilishi uchun ham asos bo‘lib xizmat qilgan.
«Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi»ning  3,  4, 
5-moddasida,  «Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to‘g‘risidagi 
23 Инсон ҳуқуқлари. Х.Б.Бобоев, A.X.Саидов, Ш.И.Шорахметов ва бошқалар — 
T. “Ўзбекистон” 1997 - Б 72.
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  har  bir 
insonning  erkinligini,  mustaqil  Vatanimizda  hur  va  farovon 
hayot  kechirishini,  o‘z  taqdirining  egasi  bo‘lishini  huquqiy 
ta’minlash  va  kafolatlashning  hayotbaxsh  manbayidir.  Inson 
va fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
belgilab  qo‘yilgan asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 
xilma-xil va ko‘p qirrali bo‘lib, ular turli sohalarda o‘z ifodasini 
topib kelmoqda.
Shaxsiy huquq va erkinliklarning aksariyati insoniyat paydo 
bo‘lgandan beri amalda bo‘lib kelayotgan tabiiy huquqlardir. 
Shaxsiy  huquq  va  erkinliklar  dеganda  shaxslarning  faqat 
o‘zigagina tegishli bo‘lgan va hayoti davomida ajralmas bo‘lib 
hisoblangan huquq va erkinliklar tushuniladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  qator 
moddalarida  fuqarolarning  shaxsiy  huquq  va  erkinliklari 
huquqiy  jihatdan  tartibga  solingan.  Konstitutsiyada  shaxsiy 
huquq va erkinliklar alohida tizimni tashkil etadi va quyidagilar 
kiradi:
Yashash huquqi (24-modda);
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (25-modda);
Aybsizlik prezumpsiyasi (26-modda);
Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi (27-modda);
Turar joy daxlsizligi huquqi (27-modda);
Shaxslarni  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko‘chish  huquqi 
(28-modda);
Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi (29-modda);
Fuqarolarni  huquq  va  manfaatlariga  daxldor  bo‘lgan 
hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish 
huquqi (30-modda);
Vijdon erkinligi (31 -modda).
Ta’kidlash joizki, mazkur masalalar qator xalqaro hujjatlarda 
mustahkamlangan. Xususan, 1948-yilda qabul qilingan Inson 
huquqlari umuinjahon deklaratsiyasida va Fuqarolik va siyosiy 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling