I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
98 99 huquqlarni esa fuqarolarga tegishli etib ko‘rsatish orqali aniq namoyon qiladi. Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar, tegishli davlat organlarini vujudga keltirish, tuzish, shakllantirish, ularning ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdor shахslar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatlari shaklida namoyon bo‘ladi. Fuqarolarning siyosiy huquqlari, eng avvalo, davlatni boshqarishda ishtirok etish, davlat faoliyatiga ta’sir etish imkoniyatini yaratuvchi huquqlar va burchlar yig‘indisi bo‘lgani uchun, ularning miqdori, amalga oshirish chora- tadbirlar doirasi qanday bo‘lishi xalqaro huquq normalari asosida davlat tomonidan belgilanadi. Amaldagi qonunlarga muvofiq, fuqaroning muomala layoqati, u voyaga etgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, to‘la hajmda vujudga keladi. SHu bois shaxsiy huquqlardan farqli tarzda, fuqarolarning siyosiy huquqlarga ma’lum yoshga yetgan dagina ega bo‘lishi tabiiydir. SHuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda, ayrim hollarda, chеgaralar o‘rnatilishi mumkin. Masalan, saylash huquqi 18 yosh qilib belgilangan bo‘lsa, yana saylovlarda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar, dеgan qoida Konstitutsiya (117-modda)da ko‘rsatilgan. Saylanish huquqidan foydalanish uchun ham ma’lum yoshga yetgan bo‘lish kerak. Masalan, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputalligiga 21 yosh, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 25 yosh, Prezidentlikka saylanish uchun 35 yosh. Bundan tashqari, saylov qonunlarida harbiy xizmatchilar, professional diniy arboblar uchun ham qonun doirasida cheklashlar o‘rnatilgan. Siyosiy huquqlarni Mustaqillik yillarida o‘zining ilmiy jasorati, buyuk kashfiyotlari bilan islom dunyosida ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy, Maxmud Zamaxshariy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Baxovuddin Naqshbandiy, Xoja Axror Valiy kabi siymolarning nomlari qayta tiklandi hamda Shohi Zinda, Registon, Bibixonim mashhur majmualar qayta ta’mirlanib har tomonlama obod etildi. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qarshi kabi qadimiy shaharlarimizda joylashgan me’moriy obidalarimiz qayta tiklandi. SHu bilan birga, asrlar davomida muqaddas diniy qadriyatlarimiz sifatida nishonlanib kelinadigan Ramazon va Qurbon Hayitining birinchi kunlari bayram deb e’lon qilindi. Fuqarolarimiz xaj ziyoratlariga emin- erkin borishlari uchun davlatimiz tomonidan har tomonlama shart-sharoitlar yaratilgan. Jumlаdаn, bugungi kunda yiligа umrа ziyorаtigа bоruvchilаr sоni 10 mingdаn 30 mingtаgа, hаj ziyorаtigа bоruvchilаr esа 5 mingdаn 7 ming 200 nаfаrgаchа оshirildi, sаfаr bilаn bоg‘liq хаrаjаtlаr esа kаmаytirildi 24 . Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling