I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Jamoatchilik  nazorati  quyidagi  jihatlari  bilan  boshqa


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

Jamoatchilik  nazorati  quyidagi  jihatlari  bilan  boshqa 
nazorat turlaridan ajralib turadi:
birinchidan,  mazkur  nazorat  turi  fuqarolar,  fuqarolarning 
o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  hamda  boshqa  fuqarolik 
jamiyati institutlari tomonidan amalga oshiriladi;
ikkinchidan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va boshqa 
qonuniy manfaatlari muhofazasini ta’minlaydi;
uchinchidan,  ushbu  nazoratning  asosiy  ob’ekti  davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati hisoblanadi;
amalga  oshirishda  o‘rnatiladigan  bu  kabi  ayrim  huquqiy 
cheklashlar, boshqa xorijiy mamlakatlar qonunchiligida ham 
mavjud.
Jamoatchilik  nazorati  -  bu  shaxs,  jamiyat  va  davlat 
munosabatida, bu sohada ijtimoiy adolat prinsipiga rioya etish, 
o‘zaro javobgarlik, tenglik, manfaatlar balansini ta’minlashga 
xizmat  qiluvchi  muhim  omildir.  Ushbu  institut  inson  huquq 
va  manfaatlarini  ishonchli  himoya  qilishning,  ularni  davlat 
organlari  faoliyatida  ustuvorligini  ta’minlashning  yana  bir 
muhim kafolatlaridan hisoblanadi.
Jаmiyat hаyotidаgi eng dоlzаrb, аhоlini, ulаrning muаyyan 
qаtlаmini  tаshvishgа  sоlаyotgаn  muаmmоlаrni  hаl  etish 
uchun jаmоаtchilik nаzоrаti muhim. Qоlаvеrsа, jаmоаtchilik 
nаzоrаtining  mаvjudligi  dеmоkrаtik  huquqiy  dаvlаt  vа 
fuqаrоlik jаmiyati tаrаqqiyotining muhim shаrtidir. 
Аynаn  jаmоаtchilik  nаzоrаti  оrqаli  fuqаrоlаr  vа  jаmо-
аt  tuzilmаlаri  jаmiyat  hаyotidаgi  muаmmоlаrning  еchimini 
tоpishgа erishаdilаr. Dеmаk, jаmоаtchilik nаzоrаti institutini 
erkin fuqаrоlik jаmiyati bаrpо etishning, shuningdеk, dаvlаt 
vа  jаmоаt  tаshkilоtlаri  o‘rtаsidаgi  sаmаrаli  hаmkоrlikni 
tаshkil etishning muhim vоsitаsi dеyish mumkin.
Jamoatchilik  nazorati  –  bu  shaxs,  jamiyat  va  davlat 
munosabatida, bu sohada ijtimoiy adolat prinsipiga rioya etish, 
o‘zaro javobgarlik, tenglik, manfaatlar balansini ta’minlashga 
xizmat qiluvchi muhim omildir.
Ushbu  institut  inson  huquq  va  manfaatlarini  ishonchli 
himoya  qilishning,  ularni  davlat  organlari  faoliyatida 
ustuvorligini  ta’minlashning  yana  bir  muhim  kafolatlaridan 
hisoblanadi.
O‘tgan  yillar  mobaynida  mamlakatimizda  fuqarolarning 
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirokini ta’minlash, 
ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
amalga  oshirishning  samarali  mexanizmlarini  yaratish, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling