I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


§. O‘zbеkistоndа insоn huquqlаri vа erkinliklаrinig


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

§. O‘zbеkistоndа insоn huquqlаri vа erkinliklаrinig 
kоnstitutsiyaviy kаfоlаtlаri
Fuqarolarning  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalariga 
doir  huquq  va  erkinliklari  qonun  va  qonunosti  hujjatlarida 
bevosita  belgilangan  bo‘lib,  ushbu  huquq  va  erkinliklarning 
“Har  kirn  bilim  olish  huquqiga  ega.  Bepul  umumiy  ta’lim 
olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat 
nazoratidadir”, deb belgilangan.
Ma’lumki,  kishilik  jamiyati  taraqqiyotini  ta’lim  tizimini 
to‘g‘ri  tashkil  etmasdan,  ilm-fanning  rivojlanishini  samarali 
yo‘lga  qo‘ymasdan  turib  tasavvur  etib  bo‘lmaydi.  Shu 
sababdan, mustaqil davlatimizning birinchi Konstitutsiyasida 
bilim olish, ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilib, 
uning  muhim  jihatlarini  o‘zidagi  asosiy  qoidalar  sifatida 
o‘rnatib, unga Konstitutsiyaviy maqom berildi.
Bugungi  kunda  ta’lim  olish  huquqini  takomillashtirishda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil 
30-sentаbrdagi  PF-5198-sonli  “Maktabgacha  ta’lim  tizimi 
boshqaruvini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi, 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-sonli “Umumiy 
o‘rta,  o‘rta  maxsus  va  kasb-hunar  ta’limi  tizimini  tubdan 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi,  2017-yil 
16-fevraldagi  PF-4958-sonli  “Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi 
ta’lim  tizimini  yanada  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi,  2018-
yil  5-sentаbrdagi  PF-5538-sonli  “Xalq  ta’limini  boshqarish 
tizimini  takomillashtirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ularda bugungi kun yangi islohotlar bosqichida ta’lim tizimini 
rivojlantirishning dolzarb masalalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
42-moddasida  milliy  qadriyatimiz,  madaniyatimiz  va 
ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan ilm-fan, san’at va 
adabiyot bilan bog‘liq huquqlar alohida o‘rinni egallaydi. Unda 
belgilanishicha,  har  kimga  ilmiy  va  texnikaviy  ijod  erkinligi, 
madaniyat  yutuqlaridan  foydalanish  huquqi  kafolatlanadi, 
davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga 
g‘amxo‘rlik qiladi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling