KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
116
117
Mehnatga layoqatsizlarga - jismoniy nuqsonlari mavjudligi
tufayli mehnat qobiliyatini yo‘qotgan jismoniy shaxslar kiradi.
Yolg‘iz keksalar - dеganda o‘zgalar parvarishiga muhtoj,
mehnat layoqatini to‘la yoki qisman yo‘qotgan holda o‘z
boquvchisiga ega bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Voyaga etmaganlar huquqlarini ta’minlash maqsadida
davlat hokimiyati organlari tizimida maxsus tuzilmalar tashkil
etilgan.
Xotin-qizlar va erkaklar tengligi - ularning teng huquq
va majburiyatlar sohibi ekanligini anglatadi. Xotin-qizlar va
erkaklar tengligi - demokratiyaning muhim elementidir. Bu
tenglik fuqarolarning davlat, qonun va sud oldida rasmiy tan
olinadigan huquqiy tengligi bo‘lib, u har bir fuqaroning qaysi
jinsga mansubligidan qat’iy nazar teng huquq va erkinlikka
ega ekanligini anglatadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda mazkur
konstitutsiyaviy normaning amaliy hayotga tatbiq etilishida
yuqoridagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar misolida
ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shularga asosan xotin-
qizlar haq-huquqlarni himoya qilish, ularga qulayliklar
yaratish davlat siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
7-
Do'stlaringiz bilan baham: |