I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
118
119
iymon-e’tiqod,  onglilik,  halollik,  vijdon  kabi  tushunchalar 
bilan  chambarchas  bog‘liq.  Burch  qanday  vazifa,  kimning 
oldidagi  majburiyat  ekanligiga  qarab  turlicha  bo‘ladi  (milliy 
burch,  ijtimoiy  burch,  umuminsoniy  burch  va  boshqalar). 
Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik 
burchi  va  boshqa  burchlar  bor.  Burch  -  nisbiy  tushuncha. 
U  ijtimoiy  taraqqiyot  jarayonida  mazmunan  boyib,  shaklan 
o‘zgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar 
oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etib bormoqda. Oilaviy 
burch  esa  jamiyat  oldidagi  turgan  maqsadlar  bilan  yanada 
uyg‘unlashmoqda. Bizda ona - Vatanga, xalqqa xizmat qilish 
eng ulug‘ va sharafli burch hisoblanadi.
Burch  o‘zbekiston  davlati  tomonidan  belgilanib, 
Konstitutsiyada  mustahkamlangan  har  bir  fuqaro  bajarishi 
shart  bo‘lgan,  bajarmaslik  esa  javobgarlikka  olib  keladigan 
xatti-harakatlar  va  yashash  tarzi  qoidalaridan  iborat.  Burch 
ijtimoiy  zaruriyat  bo‘lib,  ularning  bajarilishi  butun  jamiyat 
manfaatlari uchun zarurdir.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
19-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va 
davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan 
o‘zaro bog‘liqdir.
Fuqaro o‘z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning 
harakatlari boshqa shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon 
etkazmasligi lozim. Shu bois, shaxs o‘z huquq va erkinliklaridan 
qonun doirasidan chiqmagan holda foydalanishi lozim. Agarda 
qonundan tashqari xatti-harakat sodir etilsa, u holda, qonun 
tomonidan  jazolanadi.  Bu  esa  Konstitutsiyaviy  burchlarni 
bajarmasligidan kelib chiqadi.
Konstitutsion burchlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
ularni  bajarmaganlik  uchun  javobgarlik  Konstitutsiyaning 
o‘zida emas, balki turli qonunchilik tarmoqlarida (ma’muriy, 
soliq, jinoyat va h.k.) belgilanadi.
Ma’lumki, huquq shaxsga tabiat, jamiyat, davlat tomonidan 
beriladigan  o‘z  harakatining  turi  va  me’yorini  tanlab  olish 
imkoniyati  bo‘lsa,  burch  jamiyat  va  davlat  tomonidan 
belgilangan  va  huquqiy  normalarda  o‘z  aksini  topgan 
talablarni bajarish zaruriyatidir. Bundan tashqari, burchning 
o‘ziga xos jihatlari bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 
Burch asosan qoidalardan, axloqiy normalardan kelib chiqadi, 
majburiyat  esa,  aksar  hollarda  shartnoma  va  bitimlardan 
kelib  chiqadi;  burch  shaxs  tug‘ilgandan  to  umrining  oxiriga 
qadar  davom  etadi,  majburiyat  esa  shartnomaning  amal 
qilish davrigacha bo‘ladi; shuningdek, burch davlat va jamiyat 
tomonidan belgilanib, uning bajarilishi talab etiladi. Burch va 
majburiyat bajarilmagan taqdirda ko‘riladigan chora-tadbirlar 
turlichadir.  Burch  bajarilmaganda  huquqiy  ta’sir  choralari 
qo‘llaniladi. 
Burch - shaxs huquqiy maqomining ajralmas tarkibiy qismi 
bo‘lib,  u  inson  va  fuqarolarning  huquq  hamda  erkinliklari 
bilan chambarchas bog‘liqdir. Buni O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limida inson va fuqarolarning 
asosiy huquq hamda erkinliklari bilan birga ularning asosiy 
burchlarining  ham  belgilanishi  bilan  izohlash  mumkin. 
Inson  faqatgina  burchga  ega  bo‘lishi  mumkin  emas,  xuddi 
shuningdek,  inson  burchsiz  huquqqa  ham  ega  bo‘lmaydi. 
Erkinlik huquqqa asoslangan tartib doirasida amalga oshirilsa 
hayotiy ahamiyat kasb etadi. Tartib esa bu huquq va burchning 
uyg‘unligidir.
Demak,  burch  bu  -  kishining  biror  shaxs,  oila,  jamoa, 
el-yurt,  Vatan  oldidagi  majburiyatini  anglatuvchi  axloqiy 
tushunchadir.  Burchda  ob’ektiv  munosabatlar  ifodalanadi. 
Ya’ni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan 
belgilanadi. Burchning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, 
u  insonning  ichki  kechinmalari,  tashqaridan  turib  nazorat 
qilinmaydigan  murakkab  ruhiy  holatini  ifodalaydi.  Burch 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling