I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
122 123 bajarilishini ta’minlovchi normalar takomillashtirilib borilmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi ko‘p jihatdan uning tabiatga nisbatan munosabati bilan bog‘liq. Chunki ming yillar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlari asosida yashab, unga moslashib, uning ne’matlaridan bahramand bo‘lib kelmoqda. Tabiatdan foydalanish jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiy etishining muhim shartidir, ta’bir joiz bo‘lsa, davlat iqtisodiy qudrati va salohiyatining moddiy asosidir. Kishilik jamiyati tabiiy resurslardan foydalanmagan holda mavjud bo‘la olmaydi va bunday sharoitda barqaror rivojlanish to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Shunday ekan, tabiatdan foydalanish bu muqarrar voqeilikdir. O‘z navbatida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishi lozim bo‘ladi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda ekologik omillarning ustuvorligi va bozor iqtisodiyotining tamoyillari, ma’muriy va iqtisodiy-huquqiy mexanizmlaming o‘zaro bog‘liqligi asosida bosqichma-bosqich ekologik siyosat olib borilmoqda. Shuning uchun ham atrof tabiiy muhitga bo‘lgan munosabatda fuqarolarning ehtiyotkor bo‘lishga majburligi, uning eng muhim burchlari qatorida tabiatning inson oldida emas, balki insonning tabiat oldida ma’sulligi va uning bir bo‘lagi sifatida uni asrab-avaylashi haqidagi tabiiy qonuniyat yotadi. Konstitutsiyaning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” deb belgilangan qoida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xayrli ishlarning poydevori bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasida ham mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq muqaddas qadamjolar va moddiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash, ta’mirlash borasida amaliy harakatlar boshlab yuborildi. O‘lkamizning deyarli barcha shaharlarida bunyod etilgan tarixiy-moddiy me’morchilik obidalari, ko‘hna osori-atiqalar ko‘pligi tufayli jahon jamoatchiligi tomonidan mamlakatimizni “ochiq osmon ostidagi muzey” deya e’tirof etilganligining o‘ziyoq, o‘zbek xalqi uchun yuksak iftixordir. Masalan, 2002-yil 24-yanvar YUNESKOning Finlyandiyada o‘tkazilgan 25-sessiyasida Samarqand tarixiy markazining me’moriy-tarixiy yodgorliklari YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Mamlakatimizning 5 ta shahri YUNESKOning tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ulardagi 2500 ta tarixiy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 ta monumental san’at asarlari davlatimiz muhofazasiga olindi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash bo‘yicha huquqiy zamin yaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XII bob, 49-moddasida “Fuqarolar o‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab- asrashga majburdirlar. Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir” deb belgilab qo‘yilishi ushbu sohadagi munosabatlarning huquqiy poydevori sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimizda xalqimizning bebaho tarixiy, madaniy, ma’naviy va moddiy merosini asrab-avaylash, o‘rganish hamda targ‘ib qilish masalasiga eng muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda bu boradagi ishlar davom ettirilib, buyuk ajdodlarimiz va kelajak avlod oldidagi burchlar sidqidildan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling