I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
120 121 Sha’n - jamiyatning shaxsga bergan bahosi bo‘lib, jamiyat a’zosi sifatida shaxs ijtimoiy-ma’naviy jihatlarining o‘lchovidir. Jamiyatning shaxsga bahosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaroning o‘ziga bog‘liqdir, chunki uning shaxsi davlatga va jamiyatga, o‘zini o‘rab turgan insonlarga munosabati hamda ba’zi bir harakatlari va umumiy faoliyati asosida shakllanadi. Bu inson faoliyatining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va samarali faoliyatining foydaliligiga bog‘liq, chunki mazkur sifat uning barcha xususiyatlarini aks ettiradi. Qadr-qimmat-shaxsning jamoadagi o‘rniga, shaxsiy xususiyatlariga, qobiliyatiga, dunyoqarashiga qarab o‘zini o‘zi ichki baholashdir. Har bir inson o‘zining jamiyatdagi tutgan o‘rnini anglab еtadi. Qadr-qimmat dеganda, odatda, inson va uning ma’naviy hamda aqliy xislatlari, uning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari, jamiyatdagi obro‘si, nufuzi, donishmandligi, ma’naviyati, fe’l- atvori, bilim darajasi kabilar tushuniladi. Insoniyat tarixidan ma’lumki, aksariyat xalqlar, davlat va saltanatlar o‘z boyliklarining ma’lum bir qismini hashamatli va ulkan darajadagi me’morchilik obidalarini bunyod etishga va kelajak avlodlarga meros qilib qoldirishga harakat qilganlar. Biroq turli tabiiy ofatlar, bemisl urushlar va to‘qnashuvlar jarayonida ko‘plab tarixiy obidalar vayronaga aylanib, yo‘q bo‘lib kyetgan yoki ba’zilarining nomlarigina tarix zarvaraqlarida muhrlanib qolgan. Tarixiy obidalarni, me’morchilik yodgorliklarini asrab- avaylash, ularni muhofaza qilish bugungi kunda har bir millat, davlat va xalqaro tashkilotlarning ustuvor vazifasiga aylandi. 1983-yil ta’lim, ilm-fan va madaniy masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilot bo‘lgan YUNESKO huzuridagi yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni asrash bo‘yicha xalqaro Kengash tomonidan 18-aprel - Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylar umumjahon meros kuni etib e’lon qilinishi bu boradagi Fuqarolarning asosiy burchlari Konstitutsiya va boshqa qonunlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularda fuqarolar Konstitutsiyaga rioya qilish bilan birga, undagi har qanday qoidalar buzilishining oldini olishi, boshqa shaxslarning qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur ekanligi o‘z ifodasini topgan. Inson va fuqarolarning asosiy konstitutsion burchlari quyidagilardan iborat: Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilish; O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash; Vatanni himoya qilish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasiga ko‘ra, «Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilishga majburdirlar». Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish asosiy konstitutsion burch sifatida e’tirof etilar ekan, bu nafaqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, balki mamlakatimiz hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ham bajarilishi majburiydir. Konstitutsiyaviy burchlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar zamirida mamlakatda qonuniylikni ta’minlash yotadi. Qonuniylik muhiti - davlat va jamiyatdagi mustahkam tartib va barqarorlikning asosi, har bir fuqaro hayotida tinchlik va osoyishtalik bo‘lishining garovidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling