I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
112 113 to‘g‘risida”gi qarorlari pensiyalar va nafaqalar to‘lash tizimini tubdan takomillashtirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida o‘rnatilishicha, har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Ushbu Konstitutsiyaviy qoida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunida rivojlantirilib, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash huquqi atroflicha tartibga solingan. Ushbu qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari sog‘liqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar fuqarolarning sog‘lig‘i saqlanishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4985-sonli “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 2018-yil 16-oktyabrdagi PQ-3973-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tez yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 1-apreldagi PQ- 2863-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2016- yil 31-oktyabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3894-sonli “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hozirgi vaqtda aholining sog‘lig‘ini saqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bilim olish huquqi insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari tarkibida alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra, Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar tizimida inson qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda ijtinioiy ta’minotdan foydalanish huquqi muhim huquqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida o‘rnatilishicha, har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek - boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-sonli. “Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270- sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 1-avgustdagi PF-5060-sonli “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari nogironlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Mehnat kodeksida belgilangan insonning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq huquqi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunida batafsil tartibga solingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” , gi, 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-sonli “Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling