I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
108
109
Taklif-davlat 
faoliyatini 
va 
ijtimoiy 
faoliyatni 
takomillashtirish  borasidagi  tavsiyalar  bilan  murojaat 
qilishdir.
Shikoyat  -  buzilgan  huquq,  erkinliklarni  qayta  tiklash 
va  qonuniy  manfaatlarni  himoya  qilish  to‘g‘risidagi  talab 
bilan  murojaat  qilishdir  (“Jismoniy  va  yuridik  shaxslaming 
murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi).
5-§. Insоnning ijtimоiy-iqtisоdiy huquqlаri
Insonning  ijtimoiy-iqtisodiy  huquqi  dеganda,  uning 
ma’naviy-  madaniy,  ilmiy-ijodiy,  lozim  darajada  turmush 
kechirishini  ta’minlashga  xizmat  qiladigan  moddiy-maishiy 
ehtiyojlarini qondirishni tartibga soluvchi huquqiy normalar 
yig‘indisi tushuniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, insonning 
muayyan  ijtimoiy-iqtisodiy  boylikka  nisbatan  huquqqa  ega 
bo‘lishini nazarda tutadi. Bu kabi ijtimoiy-iqtisodiy boyliklar 
turli-tuman  bo‘lib,  ular  fuqarolarning  moddiy  va  ma’naviy 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Insonning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
huquqi 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobida (36-42-moddalari)
da o‘rnatiigan bo‘lib, ularga mulkdor bo‘lish huquqi (36-modda); 
mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi (37-modda); adolatli 
mehnat  sharoitlarida  ishlash,  ishsizlikdan  himoyalanish 
huquqi (37-modda); dam olish huquqi (38-modda); qariganda, 
mehnat  layoqatini  yo‘qotganda  iqtisodiy  ta’minot  olish 
huquqi  (39-modda);  malakali  tibbiy  xizmatdan  foydalanish 
huquqi (40-modda); bilim olish huquqi (41-modda); ilmiy va 
texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish 
huquqi (42-modda) kiradi.
Insonning  yashashi,  turmushi,  jamiyatda  umrguzaronlik 
qilishini bir qator moddiy va ma’naviy boyliklarsiz tasavvur 
mustahkam huquqiy asosini o‘rnatishda Konstitutsiyamizning 
34-moddasi normalarining beqiyos o‘rni bor.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  muvofiq  har 
bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli 
davlat  organlariga,  muassasalariga  yoki  xalq  vakillariga 
arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga 
ega.  Arizalar,  takliflar  va  shikoyatlar  qonunda  belgilangan 
tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
Asosiy  qonunda  mustahkamlangan  fuqarolarning 
murojaat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 
11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 
to‘g‘risida”gi  Qonunida  batafsil  yoritib  berilgan.  Qonunda 
quyidagilar mustahkamlab qo‘yilgan:
murojaatlar  sohasidagi  umumiy  qoidalar  va  asosiy 
tushunchalar;
jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaat  qilish 
huquqlarining kafolatlari;
murojaatlarni topshirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi;
jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  huquqlari,  davlat 
organlarining
murojaatlarni ko‘rib chiqish vaqtidagi majburiyatlari;
murojaatlar  to‘g‘risidagi  qonunchilikni  buzganlik  uchun 
iavobgarlik choralari va boshqa masalalar.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 
Qonunda  ko‘zda  tutilgan  umumiy  qoidalardan  tashqari, 
qonun  hujjatlari  bilan  ijtimoiy  munosabatlarning  alohida 
sohalaridagi maxsus qoidalar tartibga solinishi mumkin.
“Murojaat”  tushunchasi  og‘zaki,  yozma  yoki  elektron 
shaklda berilgan ariza, taklif yoki shikoyatlarni o‘z ichiga oladi.
Ariza - huquq, erkinlik yoki qonuniy manfaatlarni amalga 
oshirishga  yordam  berish  haqidagi  iltimos  bilan  murojaat 
qilishdir.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling