I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
106
107
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng muhim siyosiy 
huquqiaridan biri - kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga 
va  boshqa  jamoat  birlashmalariga  uyushish,  ommaviy 
harakatlarda ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi.
Fuqarolarning  uyushishga  oid  Konstitutsiyaviy  huquqi 
fuqarolarni  o‘zlarining  umumiy  huquq  va  manfaatlarini 
himoya  qilishga  oid  yuridik  kafolatlar  bilan  ta’minlaydi, 
uyushish  huquqisiz,  shunchaki,  deklarativ  norma  bo‘lib 
qoladigan  boshqa  Konstitutsiyaviy  huquqlarga  (masalan, 
mitinglar va yig‘ilishlar o‘tkazish huquqi, so‘z erkinligi huquqi 
va boshqalar) ma’no-mazmun beradi.
Asosiy  qonunimizning  34-moddasida  mustahkamlangan 
(jamoat  birlashmalariga)  uyushish  huquqi  demokratik 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim 
va hal qiluvchi shartlaridan biridir. Zero, fuqarolar uyushmalari 
—  aholining  mamlakat  ijtimoiy-siyosiy,  sotsial-iqtisodiy  va 
madaniy-ma’rifiy  hayotidagi  faol  ishtirokini  ta’minlashning 
eng muhim shaklidir.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
qabul 
qilinganining  24  yilligi  munosabati  bilan  so‘zlagan  nutqida 
Prezident  Sh.Mirziyoyev  vatandoshlarimizning  e’tiborini 
jamiyatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga 
qaratib shunday dеgan edi: “Konstitutsiyamizda belgilangan 
qonun  ustuvorligi  prinsipi  jamiyatimizda  inson  huquq  va 
erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga 
oshirishning  muhim  kafolatidir.  Konstitutsiyamizda  oliy 
qadriyat sifatida belgilab qo‘yilgan inson huquqlarini ta’minlash 
masalasi bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi”
26

Davlatimiz  rahbari  tomonidan  ta’kidlangan  davlat-huquqiy 
siyosatining  bu  ustuvor  yo‘nalishini  amalga  oshirishning 
26  Мирзиёев  Ш.М  Миллий  тараққиёт  йўлимизни  катьият  билан  давом 
эттириб, янги боскичга кўтарамиз. Т.1. -Тошкент: “Ўзбекистан”, 2017. - 106, 
108-6.
Konstitutsiyaning 33-moddasida faqat asoslangan xavfsizlik 
nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish 
yoki taqiqlash yuzasidan hokimiyat organlarining huquqi aks 
ettirilgan. Bu modda dunyo tajribasiga to‘liq mos keladi.
Shuni  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  mazkur  demokratik 
jarayonning  bosh  maqsadi  har  kimning  siyosiy  o‘zligini 
namoyon  qilishda  emas,  balki  ijtimoiy  murosasozlikka 
erishishdadir.
2017-2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada 
rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasining  beshta 
ustuvor  yo‘nalishidan  biri  xavfsizlik,  millatlararo  totuvlik  va 
diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘lib, u davlat mustaqilligi va 
suverenitetini,  xavfsizligini,  farovonligini  mustahkamlashga 
qaratilgandir.  Ushbu  omillarning  ahamiyatini  Ijtimoiy  fikr, 
jamoatchilik  fikrini  o‘rganish  markazi  o‘tkazgan  tadqiqotlar 
ham tasdiqlaydi, unga ko‘ra, birlik va murosasozlik, demokratik 
rivojianishning  muhim  asoslari  bo‘lib,  fuqarolarning  huquq 
va  erkinliklari  kafolatini  yanada  mustahkamlashi  qayd 
etildi.  Hozirda  O‘zbekiston  fuqarolarining  88  foizi  bizning 
davlatimizda  hamma  fuqarolar  uchun  millati  va  diniy 
e’tiqodidan  qat’iy  nazar  teng  huquqlar  Konstitutsiyaviy 
kafolatlanganligini ta’kidlaydilar.
Shunday  qilib,  Konstitutsiyaning  ushbu  33-moddasi 
huquqiy  tartibga  solishning  yagona  tizimini  shakllantiradi, 
unga ko‘ra, bir tomondan, mamlakat fuqarolariga o‘zlarining 
siyosiy  va  fuqarolik  huquqlaridan  foydalanish  imkoniyatini 
beradi,  ikkinchi  tomondan,  ijtimoiy  faoilikni  mitinglar, 
yig‘ilishlar  va  namoyishlar  shaklida  rivojlantirish  uchun 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan sharoitlarni 
-  jamoat  tartibi  va  xavfsizlikni,  fuqarolarning  huquqlari  va 
qonuniy  manfaatlarini  ta  minlash  kafolatlarini,  amaldagi 
qonunlar so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlaydi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling