I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
110 111 Ushbu Konstitutsiyaviy qoida O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunlarida rivojlantirilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat qilish huquqini amalda taminlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5052-sonli “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-sonli “Aholi bandligini taminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aholini ish bilan taminlash tizimini takoinillashtirishga alohida e’tibor berildi. Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari tizimida dam olish huquqi alohida ahamiyat kasb etadi. Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. Bugungi kun yangi islohotlar bosqichida fuqarolarning dam olish huquqini takomillashtirishga bag‘ishlangan qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF- 5290-sonli “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi, 2018-yil 12-noyabrdagi PF-5574-sоnli 2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonlari qabul qilinib, ularda fuqarolarga dam olish uchun qulaylik yaratish maqsadida ba’zi ish kunlarini boshqa sanalarga ko‘chirish tartibi belgilandi. etib bo‘lmaydi. Ushbu hayotiy ehtiyojlarni inson mehnat qilishi, o‘z mehnati natijasida ma’lum mulkka ega bo‘lishi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, bilim olishi va ilm bilan shug‘ullanishi, ilmiy faoliyat, madaniyat va san’at yutuqlaridan bahramand bo‘lish huquqlari orqali qondiradi hamda ta’minlaydi. Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqining o‘ziga xos xususiyati, shundaki, ushbu huquq shaxsiy va siyosiy huquqlardan farqli o‘laroq, asosan insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, ijtimoiy ta’ninotdan foydalanish huquqlari insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, uning bilim olish, dam olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqlari ma’naviy dunyosini, ijtimoiy ongini yuksaltirishga va qondirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar tizimida insonning mulkdor bo‘lish huquqi muhim o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga ko‘ra, “har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi” huquqi bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa tadbirkorlik munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan milliy qonunlar bilan tartibga solinadi. Insonning mulkdorlik huquqi uning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish, shuningdek, mulkiga nisbatan har qanday qonun buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida belgilangan insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari tizimida mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqi alohida o‘rinni egallaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling