I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
104
105
madaniy hayotining turli masalalari, tashqi siyosat masalalari 
bo‘yicha talablarini ilgari suradilar.
Milliy,  xorijiy  yuridik  adabiyotlarda  mitinglar,  yig‘ilishlar 
va  namoyishlar  shaklida  o‘tkaziladigan  ommaviy  tadbirlar 
quyidagicha ko‘rinishda belgilanadi:
Miting — asosan ijtimoiy-siyosiy xarakterda bo‘lgan dolzarb 
muammolar bo‘yicha ijtimoiy fikrni ommaviy bildirish uchun 
belgilangan joyda fuqarolarning hozir bo‘lishidir.
Yig‘ilish  —  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  biror-bir 
masalani  jamoaviy  muhokama  qilish  uchun  fuqarolarning 
maxsus ajratilgan yoki shuning uchun moslashtirilgan joyda 
birgalikda hozir bo‘lishi.
Namoyish  -  fuqarolar  guruhining  uyushtirilgan 
harakatlanishi, shu jumladan transport vositalaridan, plakat, 
transparant  va  boshqa  ko‘rgazmali  tashviqot  vositalaridan 
foydalanish asosida jamoaviy kayfiyatini bildirishi.
Davlat  hokimiyati  organlari  fuqarolarga  namoyishlar 
o‘tkazish orqali siyosiy huquqlarini amalga oshirishlari uchun 
maydon va ko‘chalar, shuningdek, radio, televidenie va boshqa 
ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanish  imkoniyatini 
berishi lozim.
Fuqarolar o‘zlarining mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar 
o‘tkazish shaklidagi ijtimoiy faollik huquqini faqat O‘zbekiston 
Respublikasining  qonunchiligi  asosida  amalga  oshirishlari 
shart.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
2014-yil  29-iyuldagi  “Ommaviy  tadbirlarni  tashkil  etish  va 
o‘tkazish  tartibini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi  Qaroriga  binoan  ommaviy  tadbirlarni  tashkil 
etish va o‘tkazishni yana takomillashtirish, ularni o‘tkazishda 
fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha 
tadbirlarni  kuchaytirish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasi 
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlagan.
Prеzidеntimiz  2020-yil  24-yanvаr  kuni  Оliy  Mаjlisgа 
yo‘llаgаn  Murоjааtnоmаsidа  nоdаvlаt  nоtijоrаt  tаshkilоtlаri 
vа fuqаrоlik jаmiyatining bоshqа institutlаri bugungi kundа 
аhоlini  o‘ylаntirаyotgаn  muаmmоlаrgа  dаvlаt  idоrаlаri 
e’tibоrini  qаrаtib,  o‘zlаrining  аsоslаngаn  tаkliflаrini  bеrib 
bоrishlаri mаqsаdgа muvоfiq ekаnini аlоhidа tа’kidlаb, jаmо-
аtchilik  nаzоrаtini  yanаdа  kuchаytirish,  dаvlаt  vа  jаmiyat 
o‘rtаsidа  o‘zаrо  yaqin  hаmkоrlik  o‘rnаtish  mаqsаdidа 
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Jаmоаtchilik pаlаtаsini tаshkil etish 
tаshаbbusini ilgаri surdi.
25
Murоjааtnоmаdа  mаmlаkаtimizning  ijtimоiy-iqtisоdiy 
hаyotigа оid vа jаmоаtchilikdа аlоhidа qiziqish uyg‘оtаdigаn 
o‘tа muhim mаsаlаlаrgа dоir qаrоrlаrni qаbul qilishdа jаmо-
аtchilik bilаn mаslаhаtlаr, jаmоаtchilik eshituvlаrini o‘tkаzish 
mаjburiyligini  аniq  bеlgilаsh,  jаmоаtchilik  mа’qul  dеsа  – 
mа’qul,  nоmа’qul  dеsа  –  nоmа’qul  bo‘lishi  kеrаkligi  аytib 
o‘tilgаndi.
2017-yil  7-fevralda  qabul  qilingan  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston  Respubiikasini 
yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi 
to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, davlat va jamiyat qurilishini 
takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  demokratik  islohotlarni 
chuqurlashtirish  va  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda 
jamoatchilik  nazorati  mexanizmlarini  amalda  tatbiq  etish 
davlat va jamiyat qurilishining eng muhim ustuvorligi sifatida 
belgilangan.
Mitinglar,  yig‘ilishlar  va  namoyishlar  orqali  fuqarolar 
o‘zlarining fikrlarini erkin shakllantiradilar va ifoda etadilar, 
shuningdek,  mamlakatning  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va 
25 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar 
kuni Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasi // [Elektron manba] // URL: http://
lex.uz (murojaat qilingan vaqt 25.02.2020).



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling