I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
90
91
Agar  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligidan  chiqishni 
iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka 
tortilgan  yoxud  unga  nisbatan  qonuniy  kuchga  kirgan  va 
ijro  etilishi  zarur  bo‘lgan  sud  hukmi  bo‘lsa  yoki  shaxsning 
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligidan  chiqishi  O‘zbekiston 
Respublikasi  davlat  xavfsizligi  manfaatlariga  zid  bo‘lsa, 
uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
3-§. Shахsiy huquq vа erkinliklаr
Mаmlаkаtimizda  amalga  oshirilayotgan  tub  islohotlar 
davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida inson huquq 
va erkinliklarini ta’minlashning samarali mexanizmini yanada 
takomillashtirilishini  taqozo  etmoqda.  Ta’kidlash  joizki, 
mazkur  islohotlarning  mazmun  va  mohiyatini  belgilashda 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  muhim 
huquqiy  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Binobarin,  O‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi  oliy  yuridik  kuchga  ega 
bo‘lgan,  mamlakat  xalqining  erk-irodasini  o‘zida  ifodalagan, 
demokratik  tamoyillarni  o‘ziga  singdirgan,  inson  huquq  va 
erkinliklarini  ta’minlanishini  kafolatlagan,  qolaversa  davlat 
organlari faoliyatining asosiy yo‘nalish va faoliyatini belgilab 
bergan аsosiy qonundir.
Yurtimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarning 
mohiyatini “shaxs-jamiyat-davlat” tizimi aks ettiradi. Shu bois, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning 
“Konstitutsiyamizda  belgilangan  qonun  ustuvorligi  prinsipi 
jamiyatimizda  inson  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash, 
barcha  islohotlarni  samarali  amalga  oshirishning  muhim 
kafolatidir” deb ta’kidlaganligi shaxsiy huquq va erkinliklarni 
amalga oshirishga tegishli.
yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni IIVga yuboradilar. 
IIV hujjatlarni va TIV hamda DXXning xulosasini qabul qilib, 
ularni  o‘zining  hujjatlari  va  xulosasi  bilan  birga  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  fuqarolik  masalalari 
bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi.
Yuqoridagilarga  qo‘shimcha  ravishda  manfaatdor  vazirlik 
va  idoralar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
huzuridagi  fuqarolik  masalalari  bo‘yicha  Komissiyaga  ko‘rib 
chiqishga taqdim etiladigan xulosalar asoslantirilgan bo‘lishi 
talab etiladi.
  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligi  O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab 
yo‘qotiladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligining  yo‘qotilganligi 
fakti  “O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi  to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31 va 32-moddalariga 
muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  shaxsning 
doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan, 
chet  elda  doimiy  yashovchi  shaxslar  uchun  esa,  konsullik 
muassasalari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida. 
Fuqarolikdan  chiqish  -  shaxsning  o‘z  irodasiga  ko‘ra 
fuqarolikning bekor bo‘lishini anglatadi. Odatda, fuqarolikdan 
chiqish fuqaroning iltimosi bo‘yicha amalga oshiriladi;
Qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga 
ko‘rа O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat 
etiladi.
Agar  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligidan  chiqishni 
iltimos  qiluvchi  shaxs  davlat  oldidagi  majburiyatlarini  yoki 
fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim 
manfaatlari bilan bog‘liq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan 
bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi 
rad etilishi mumkin.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling