I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
78
79
dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib 
chiqishi,  mulkiy  ahvoli,  tug‘ilishi  yoki  o‘zga  holatidan  qat’iy 
nazar,  hurmat  qilish  va  ta’minlash  majburiyatini  oladi”,  deb 
ko‘rsatilgan.
Yana  bir  muhim  Konstitutsiyaviy  prinsip  Asosiy 
qonunimizning  23-moddasida  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududidagi  chet  el  fuqarolarining  va  fuqaroligi  bo‘lmagan 
shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga 
muvofiq  ta’minlanadi.  Ular  O‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasi,  qonunlari  va  xalqaro  shartnomalari  bilan 
belgilangan  burchlarni  ado  etadilar”,  dеgan  Konstitutsiyaviy 
norma 
shaklida 
mustahkamlab 
berilgan. 
Mazkur 
Konstitutsiyaviy  normada  fuqarolik  instituti  bilan  bog‘liq 
huquqiy maqomga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan  shaxslarning  maqomiga  oid  qoidalar  asosi 
o‘rnatilgan.
Unga  ko‘ra,  chet  el  fuqarolari  va  fuqaroligi  bo‘lmagan 
shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga 
muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyati 
organlari,  idoralari  hamda  mansabdor  shaxslаri  tomonidan 
ta’minlanadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  barcha  demokratik 
davlatlar qatori o‘z hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan  shaxslarning  qonuniy  manfaatlarini  himoya 
qiladi.  Ularga  tegishli  shaxsiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy 
huquq va erkinliklarini noqonuniy cheklashga hech kimning 
haqqi  yo‘q.  Shu  bilan  birgalikda,  ular  ham  o‘z  navbatida 
o‘zbekiston  xalqi,  uning  milliy  qonunchiligi  hamda  xalqaro 
shartnomalarda belgilangan burchlari oldida mas’uldir. Chet 
el  fuqarolari  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari talablarini to‘liq bajarishi, olinadigan 
daromadalaridan soliq to‘lashi, jamiyat va davlat manfaatlariga 
zid  xatti-harakatlarni  amalga  oshirmasligi,  atrof-muhitni 
asrab avaylashi, xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlarini 
Qorqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarosi  huquqiy  maqomini 
ham o‘zida mujassam etadi.
O‘zbekiston  Respublikasining  “Mustaqillik  deklaratsiyasi” 
va  “O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi 
asoslari  to‘g‘risida”gi  ilk  hujjatlarida  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligi 
e’tirof etilib,  Konstitutsiyamizdagi alohida normalar asosida 
mustahkamlab  qo‘yilgan.  Ushbu  normalarning  uzviy 
davomi  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqaroligiga  tegishli 
qonunlarda o‘z aksini topgan.
Konstitutsiyaning  22-moddasiga  ko‘ra,  O‘zbekiston 
Respublikasi  o‘z  hududida  ham,  uning  tashqarisida  ham 
o‘z  fuqarolarini  huquqiy  himoya  qilish  va  ularga  homiylik 
ko‘rsatishni  kafolatlaydi.  Konstitutsiyamizning  mazkur 
moddasida belgilangan ushbu prinsip davlat hokimiyatining 
har  bir  fuqaro  oldida  mas’ulligini  hamda  majburiyat 
olganligini  bildiradi.  O‘zbekiston  Konstitutsiyasidagi  bosh 
g‘oyalardan biri davlat organlari va mansabdor shaxslarning 
har bir fuqaro oldidagi mas’ulligi hisoblanadi. Ushbu g‘oyaning 
uzviy davomi fuqarolarning har doim va qayerda bo‘lishidan 
qat’iy  nazar,  uning  huquqlari  va  manfaatlari  davlatimiz 
himoyasida  ekanligini  belgilovchi  prinsipdir.  O‘zbekiston 
fuqarosi  qayerda  bo‘lmasin,  o‘z  fuqaroligini  saqlab  qolish 
huquqiga  ega.  O‘zbekiston  fuqarolari  qonunda  belgilangan 
tartibda chet elda vaqtincha yoki doimiy yashayotganligidan 
qa’tiy  nazar,  o‘z  fuqarolik  huquqiy  maqomini  saqlab  qoladi 
hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  himoyasida  bo‘ladi.  Ushbu 
qoida 1966-yil 19-dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to‘g‘risidagi  xalqaro  Paktda  aks  yetgan  prinsiplarga  to‘la 
mos  keladi.  Jumladan,  “ushbu  Paktda  ishtirok  etuvchi  har 
bir  davlat  o‘z  hududidagi  va  o‘z  yurisdiktsiyasida  bo‘lgan 
shaxslarni  mazkur  paktda  e’tirof  etilgan  huquqlarini  hech 
bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling