I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
76
77
harbiy  majburiyat,  vatanga  sodiqlik  kabi  ko‘plab  holatlar 
bo‘yicha tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.
Ikkinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi 
unga  qanday  asoslarda  ega  bo‘lganligidan  qat’iy  nazar, 
hamma fuqarolar uchun tengligi prinsipi dunyo hamjamiyati 
tamonidan 
qo‘llab-quvvatlanayotgan 
g‘oya 
asosida 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  e’tirof  etilgan. 
Demak,  O‘zbekiston  fuqaroligini  olgan  har  bir  fuqaro, 
fuqarolarga  tegishli  barcha  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  huquq 
va erkinlikdan foydalanishda teng huquqlidir. Masalan, Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasida “har 
bir  inson  o‘z  mamlakatida  davlat  xizmatiga  kirishda  teng 
huquqqa ega” mazmunidagi qoida mustahkamlangan. Ammo 
eng  demokratik  mamlakatlardan  biri  hisoblangan  Amerika 
Qo‘shma  Shtatlarida  mamlakat  prezidentligiga  nomzodlik 
huquqi,  faqat  tug‘ilishiga  ko‘ra,  Amerika  Qo‘shma  Shtatlari 
fuqarorligiga ega shaxslarga berilishi, AQSH Konstitutsiyasida 
belgilab qo‘yilgan
17
.
Uchinchidan, fuqarolik institutiga tegishli yana bir asosiy 
qoidalardan  sanalgan  “Qoraqalpog‘iston  Respublikasining 
fuqarosi  ayni  vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi 
hisoblanadi”  mazmunidagi  prinsip  Konstitutsiyaviy  tuzumni 
va  millatlararo  do‘stlikni  mustahkamlashda  katta  ma’noga 
ega.
Uning  mazmunidan,  birinchidan,  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
davlat 
suvereniteti, 
ikkinchidan, 
Qoraqalpog‘iston  fuqaroligi  maqomi  e’tirof  etilganligini 
ko‘ramiz.
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  huquqlari, 
erkinligi  hamda  majburiyatlariga  tegishli  barcha  normalar 
17  АҚШ  Конституцияси  //  Конституции  зарубежных  государств:  Учебное 
пособие /Сост. проф. В.В.Маклаков. -2 -е изд., исправ И доп. -М.: Издателство 
БЕК. 1999. 554 6
bilan  bog‘liq  masalalarni  ko‘rib  chiqish  tartibi  to‘g‘risidagi 
nizom”va  boshqa  normativ  hujjatlar  qabul  qilindi  hamda 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitim va shartnomalari 
tuzildi.
Jumladan, 
Konstitutsiyamizning 
21-moddasida 
“O‘zbekiston  Respublikasining  butun  hududida  yagona 
fuqarolik o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, 
unga  qanday  asoslarda  ega  bo‘lganlikdan  qat’iy  nazar, 
hamma  uchun  tengdir.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining 
fuqarosi  ayni  vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi 
hisoblanadi. Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari 
hamda  tartibi  qonun  bilan  belgilanadi,  dеgan  normalar 
mustahkamlangan.
Birinchidan,  Konstitutsiyaning  ushbu  moddasi  orqali 
O‘zbekiston  Respublikasining  barcha  hududida  o‘rnatilgan  - 
yagona fuqarolik prinsipining mazmuni shundaki, O‘zbekiston 
fuqaroligiga  ega  shaxslarning  boshqa  davlatlar  fuqaroligiga 
egaligi  yoki  ularning  ikki  fuqaroligi  yoki  ko‘p  fuqaroligi 
davlatimiz  hokimiyati  tamonidan  tan  olinmaydi  va  shu 
ma’nodagi huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. O‘zbekiston 
fuqaroligiga  ega  shaxs,  faqat  O‘zbekiston  fuqarosi,  deb 
hisoblanadi, uning mabodo boshqa davlat fuqaroligini olganligi 
ma’lum  bo‘lib  qolsa,  bu  holat  unga  nisbatan  O‘zbekiston 
fuqaroligining to‘xtatilishiga asos bo‘lishi mumkin.
Yagona  fuqarolik  prinsipining  o‘rnatilishi  milliy 
davlatchilikni mustahkamlashga xizmat qilib, O‘zbekistonning 
milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan harakat, deb 
tan  olinadi.  Chunki  ikki  fuqarolik  hamda  ko‘p  fuqarolikka 
oid  munosabatlar  davlatlararo  munosabatlarga  salbiy  ta’sir 
etishi  mumkin,  bundan  tashqari,  davlat  va  jamiyat  oldidagi 
mas’ullik,  majburiyat  masalalari,  masalan,  soliq  masalasi, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling