I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
72 73 ham davlat tomonidan o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni keltirish mumkin. Shunday ekan, fuqarolik institutini o‘rganish va takomillashtirish masalalari o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmagan. Kishilik jamiyatining rivojlangan davrida boshlangаn bosqich bo‘lib, xalqaro umume’irof etilgan normalar ustuvorligining tan olinishi bilan bog‘liq davr tilga olinadi. Bu davrga kelib, fuqarolik tushunchasi keng mohiyat kasb etib, aksariyat davlatlarda fuqarolikka oid normalar xalqaro huquq talablariga mos ravishda rivojlantirildi. Xalqaro huquq ta’sirida fuqarolik tushunchasi, deyarli barcha davlatlar tomonidan bir xil mazmunda tavsiflandi. Fuqarolik, insonning huquqiy maqomini anglatuvchi tushuncha, huquqiy atama sifatida Evropadagi burjua inqiloblari davrida vujudga keldi. Ushbu davrdan boshlab “fuqaro” tushunchasi ozod va erkin shaxs ma’nosida qo‘llanilib, xalqaro huquq normalarida ko‘pincha “sitizen, grajdanin” terminlari bilan yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari huquqiy jihatdan mustahkamlanib qo‘yilgan. Unda bevosita faqat fuqarolarga tegishli qoidalar aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Bir vaqtning o‘zida ham fuqarolarga, ham fuqaroligidan qat’iy nazar, barcha shaxslarga nisbatan e’tirof etilgan huquq va erkinliklarni mustahkamlashda “har kim”, “hech kim”, “inson”, “har bir shaxs”, “hamma”, “har bir inson” kabi tushunchalardan foydalanilgan. Bundan anglash mumkinki, insonlarning tabiiy huquq va erkinliklari turkumiga taaluqli huquqiy maqomdan, respublikamizda istiqomat qilayotgan barcha insonlar, fuqarolik holatidan qat’iy nazar foydalanadilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarga insonlarning etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson manfaatlarining to‘laqonli himoyasi hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan. Fuqarolik – ma’lum bir jismoniy shaxsning muayyan davlat bilan mustahkam, barqaror va uzviy huquqiy munosabatlari mohiyatini anglatuvchi tushunchadir. Ushbu bog‘lanish Konstitutsiya va qonunlar asosida huquqiy jihatdan mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra davlat va shaxs o‘zaro ma’lum miqdordagi huquq hamda majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladi. Bunda fuqaroning tegishli davlatga nisbatan barcha huquq va burchlari hamda uning suveren davlat tomonidan himoya qilinishida ifodalanadi. Davlat va shaxsning o‘zaro manfaatlaridan kelib chiquvchi ushbu munosabat bir tomondan kelishuv asosida tuzilgan o‘ziga xos ittifoq xarakteriga ega, ikkinchidan ob’ektiv zarurat shaklidagi ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lib, har ikki tomonning ham manfaatlarini qamrab oladi. Fuqarolik tushunchasi orqali davlat tushunchasiga ham oydinlik kiritiladi. Zero, davlatning davlat deb tan olinishida fuqarolik instituti muhim rol o‘ynaydi, ya’ni davlatning eng muhim belgilaridan biri, unga mansub bo‘lgan shaxslar ya’ni fuqarolik maqomiga ega insonlarning mavjudligidir. Davlat hokimiyatining asosiy maqsadi va faoliyatining mazmuni jamiyat va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdan iborat bo‘lib, davlat ular oldida mas’uldir. Davlat va fuqaro o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, kishilik jamiyatining rivojlanishi zaminida, insonlarning o‘z huquq va erkinliklari borasidagi kurashlari natijasida fuqarolik g‘oyasi paydo bo‘ldi. Hozir ham fuqarolikka oid maqom bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar dolzarb hisoblanib, davlat va jamiyat darajasida har tomonlama o‘rganib kelinadi. Jumladan, dunyoda ushbu munosabatlar tobora murakkab tus olmoqdaki, bunga misol qilib, mamlakat tashqarisida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling