I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-MАVZU: INSОN VА FUQАRОLАRNING


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

2-MАVZU: INSОN VА FUQАRОLАRNING 
АSОSIY HUQUQLАRI, ERKINLАRI VА 
BURCHLАRI
RЕJА:
1-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasidа inson 
huquqlаrigа хоs umumiy qоidаlаr 
2-§. O‘zbеkistоndа fuqаrоlik vа uning kоnstitutsiyaviy 
аsоslаri
3-§. Shахsiy huquq vа erkinliklаr
4-§. Siyosiy huquqlаr
5-§. Insоnning ijtimоiy-iqtisоdiy huquqlаri
6-§. O‘zbеkistоndа insоn huquqlаri vа erkinliklаrinig 
kоnstitutsiyaviy kаfоlаtlаri
7-§. 
O‘zbеkistоndа 
fuqаrоlаr 
burchlаrining 
kоnstitutsiyaviy аsоslаri
1-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasidа inson 
huquqlаrigа хоs umumiy qоidаlаr
Har  bir  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va 
ma’naviy  hayotida  inson  huquqi  muhim  ahamiyat  kasb 
etib,  uning  ta’minlanganlik  holati  jamiyatning  demokratik 
taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi. 
Shu sababdan, har bir davlatda inson huquqi va unga bog‘liq 
munosabatlar  barcha  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  ma’naviy 
voqeliklarning markazida turuvchi asosiy masala hisoblanadi. 
Yangidan barpo etilayotgan har qanday jamiyat o‘zining rivojini 
dastlab  inson  huquqini  ta’minlashga  nisbatan  munosabatni 
o‘rnatishdan boshlaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Inson  huquqi  -  bu  demokratik  huquqiy  davlatning  eng 
muhim  belgisidir.  Inson  huquqini  qonunda  va  amalda 
ta’minlay olmagan jamiyat demokratik davlat hisoblanmaydi. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling