I. Tabiiy sharoiti


Download 27.4 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi27.4 Kb.
#1604870
Bog'liq
afrika Word (3)


Afrika qit'asining tabiiy sharoiti.
Reja:

  1. Tabiiy sharoiti va resurslari.

  2. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.


I . Tabiiy sharoiti.
Materikda iqlim sharoiti juda xilma-xil. Vegetasiya davri yil bo'yi davom etadi, bu esa qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bilan birgalikda cho'l va chalacho'llarning borligi dehqonchilikni rivojlantirishni cheklab qo'yadi, yer fondini qisqartiradi. Yer sharidagi eng katta cho'l- Sahroi-Kabir cho'li Afrika materigining 1|4 qismini ishg'ol qilgan. Sahroi Kabirdan janubda chalacho'l va chala savannalar (Saxel) zonasida ko'pincha qurg'oqchilik bir necha yil davom etadi, shundan so'ng sharros yomg'irlar yog'ib, tuproqni yuvib ketadi, yo'l va imoratlarni buzib ketadi. Iqlim sharoitidagi tafovutlar xilma-xil tuproqlar paydo bo'lishiga olib kelgan. Cho'l va chalacho'l rayonlarini istisno qilganda, qit'a tuproqlari umuman unumdor. Biroq sernam ekvatorial o'rmonlarning ferralit tuproqlari osongina yuvilib, nurab ketadi. Sernam ekvatorial o'rmonlarda qimmatli daraxt turlari (ebendaraxt va boshqalar) ko'p bo'lib, bu daraxt yog'ochlari ba'zi bir mamlakatlar (Kongo, Gabon) ning eksport qiladigan asosiy mollaridan biridir, yog'ochlarga dastlabki ishlov berish esa sanoatning yirik tarmog'i hisoblanadi. Afrikada tabiatdagi ekologik muvozanatning buzilishi munosabati bilan jiddiy muammolar vujudga kelmoqda. Materikdagi barcha mamlakatlarda eroziya jarayonlari rivojlanmoqda.
II. Tabiy geografik o'rni.
Afrika hududi shimoldan janubga 8 ming km ga, g'arbdan sharqqa tomon esa eng ko'pi bilan 7,5 ming kmga cho'zilgan. Afrika mamlakatlarining iqtisodiy geografik o'rniga G'arbiy Yevropaga yaqin joylashganligi hal qiluvchi ta'sir ko'rsatgan. Bu Shimoliy Afrika mamlakatlariga taalluqlidir. Shimoliy Afrika mamlakatlari Atlantika okeani, O'rta dengiz va Qizil dengizga tutash Yevropadan Osiyo va Avstraliyaga boradigan muhim dengiz yo'liga yaqin joylashgan. Bu mamlakatlar qadimdan O'rta dengiz orqali Yevropa bilan va Janubi-G'arbiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalari qilib kelgan, bu esa shaharlarning dengiz sohilida paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib kelgan. G'arbiy Afrika mamlakatlarining xo'jalik taraqqiyotiga ularning Atlantika okeaniga sohilida ekanligi qadimdan ta'sir etib keladi. Markaziy Afrikadagi ba'zi bir mamlakatlar (Mali, Niger, Chad) materikning ichki qismida ancha noqulay o'rinda joylashgan. Bu mamlakatlarning tashqi aloqalari qo'shni mamlakatlarning portlari va havo yo'llari orqali amalga oshiriladi. Sharqiy Afrika-mamlakatlari uchun Hind okeani orqali Osiyo bilan tashqi aloqalar qilish xo'jalikning taraqqiyoti va joylashishda muhim omildir. Afrika tabiatining umumiy xususiyatlariga, undagi geografik zonalarning xarakteriga asoslanib Afrika materigi Past Afrika va Baland Afrika deb ataluvchi ikki qismga bo`linadi.Saxroi Kabir shimoldan janubga tomon 2000 km masofaga cho`ziladi. Maydoni 8,7 mln. km.kv. bo`lib, Yevropa maydoning 1/3 qismiga barobar keladi va Avstraliya maydonidan 1 mln.km.kv. dan oshadi.Past Afrikada tekislangan keng xududlar ko`prok. Quruqlik maydonining kattaligi, xududning u qadar baland emasligi va Yevrosiyoga yaqinligi sababli, kenglik zonalarning yuzaga chiqishi uchun deyarli ideal sharoit bor.Atlas tog`laridan keyin tomon deyarli 2000 km masofada va materikning g`arbiy chetidan sharqiy chetigacha tropik cho`llar zonasi - Saxroi Kabir davom etadi. Saxroi Kabir tengi yo`q ajoyib o`lka bo`lib, uning chegaralarini relyefga qarab xech bir joyda aniqlab bo`lmaydi. Saxori Kabirdan janub tomonda Sudan savannalari va siyrak o`rmonlari bor. Shimoldan janubga tomon namlikning ortib borishi landshaftda o`simlik qoplamining qalinlashuvidan, avval, qurib qoladigan, so`ngra esa doimiy daryolarning paydo bo`lishida o`z ifodasini topadi.Namlikning ko`payishi, shu sababli Sudan va Shimoliy Gvineya landshaftlarining sekin-asta yashil tus olishi, tropik xarakteri va daryolar rejimining o`zgarishi Sudan bilan Yuqori Gvineyani subekvatorial va ekvatorial geografik mintaqalardan bir butun tabiiy o`lkaga ajratish imkonini beradigan asosiy xususiyatlardir.Sudandan Kongo botig`iga o`tishda landshaftlarning o`zgarish sababi ham namlikning ko`payishidir. Kongo botig`ining relyefda yaqqol ko`rinishi uni va atrofidagi balandliklarni aloxida o`lka qilib ajratishga imkon beradi.Atlas tog`lari - kenglik yo`nalishiga yaqin yo`nalishda 2000 km masofaga cho`zilagan va juda ham murakkab tarmoqlangan o`rta xisob bilan 1200-1500 m balandlikdagi tizmalari Ar-Rif va Tell-Atlas tizmalari neogen davridagi burmalanishda xosil bo`lgan. Atlas tog`larining qolgan qismi tuzilishida gersin strukturalari qatnashgan.O`rta dengiz bo`yi landshaftlarning mavjudligiga asosiy sabab orografiyadir, chunki Atlas tog` tizmalaridan tashqarida Saxroi Kabir Liviya soxiliga deyarli zich yondashib turadi. Ammo O`rta dengiz bo`yinning tipik landshaftilari qirg`oq bo`yidagi eng ko`pi bilan 150 km keladigan kambar polosada rivojlangan. Bu polosadagi tog` zanjirlari Atlantika okeanidan, O`rta dengizdan esadigan nam shamollarni to`sib qoladi.Shu sabablarga ko`ra Atlas tog`lari bir-biri bilan katta tafovut qiladigan ikkita rayonga: O`rta dengiz bo`yi landshaftlari mavjud bo`lgan shimoliy rayonga va Saxroi Kabir oldidagi chala cho`l landshafti mavjud bo`lgan janubiy rayonga ajratiladi. Shimoliy rayonga Ar-Rif, Tell-Atlas tizmalari va qirg`oq bo`yidagi pastekisliklarning kambar polasasi kirai. Ar-Rif murakkab tog` tizmasi bo`lib, unda burmali strukturalardan tashqari, siljima (nadvig) va qoplamlar ham bor deb faraz qilinadi. Tog`lar eroziya natijasida parchalanib ketgan va markaziy qismi ko`prok ko`tarilgan.Tell-Atlas Ued SHeliff vodiysining sharq tomonidan shimoli-sharqqa qarab ketgan kalta tizmalardan boshlanadi, bu tizmalar qirg`oqqa paralell uchta zanjirni xosil qiladi. Jazoirdagi qirg`oq bo`yi tizmalarida antiklinal burmalarining yadrolarida qadimgi kristall jinslra cho`kindi qatlam ostida chiqib qoladi, ko`prok ko`tarilgan va bo`linib ketgan Jurjur massivi ana shu jinslardan to`zilgan.Yuqori Atlasdan Sharq tomonda O`rta Atlas savlat tortib turadi. Uning sharqiy yarmida yuksak paralel antiklinal burmalar ko`prok. O`rta Atlasning orqa tomonida yuksak platolarning keng qozonsoylari boshlanadi. Qadimgi eroziya va xozirgi zamondagi denudatsiyada yemirilgan yotiq balandliklar o`sha qozonsoylarni bo`lib turadi.Atlas yemirilgan yotiq balandliklar o`sha qozonsoylarni bo`lib turadi. Atlas tog`larining sharqiy chekkasida Yuksak platolar torayadi, endi bu sharoitlarni meridional yo`nalishga yaqin yo`nalishdagi palaxsali kalta tizmalar va massivlar bo`lib turadi. Yuksak platolardan janub tomonda Saxroi Kabir Atlasi va Anti-Atlas tizmalari bor.Saxroi Kabir- Atlantika okeanining soxilida Afrika orqali Markaziy Osiyodagi Gobi cho`ligacha 1200 km masofaga cho`zilagan cho`llar mintaqasi Saxroi Kabirdan boshlanadi. Bu mintaqa uzunligining yarmi 6000 km Saxroi Kabirga to`g`ri keladi. Saxroi Kabir shimoldan janubga tomon 2000 km masofaga cho`ziladi. Maydoni 8,7 mln. km.kv. bo`lib, Yevropa maydoning 1/3 qismiga barobar keladi va Avstraliya maydonidan 1 mln.km.kv. dan oshadi.Saxroi Kabirning shimoliy chegarasi Atlas tog`larining janubiy etaklaridan, sharq tomonda- shartli ravishda 30 shimoliy kenglikdan o`tadi. Saxroi Kabirning iqlimi cho`l iqlimdir. Saxroi Kabir landshaftlarining asosiy xususiyatlari g`oyat quruq kontinental tropik havoning xukmronligiga aloqador. Quruqlikning asosiy sabablari shuki, Saxroi Kabir ustidagi dinamik maksimumda havo masallari pastga tushadi, bundan tashqari kondensatsiya satxi juda yuqori (5 km gacha) konvektiv oqimlar buncha balndlikda ko`tarilolmaydi. Saxroi Kabir jazirama bo`lganidan suv nixoyatda ko`p bug`lanadi. Yog`in-sochinning talaygina qismi yer betiga yetib kelmasdanoq bug`lanib ketadi. Shuning uchun namlanish koefitsenti amalda nolga barobar.G`arbiy Saxroi Kabir - Atlantika okeani, Axaggar tog`ligi va Alhamra o`tasidagi oblastp. Unda kristall jinslardan va cho`kindi svitalardan tarkib topgan pastroq tekisliklar ko`proq. Qadimgi asos sineklizasi keng Al- Joff botig`i va Atlas oldidagi bukilmalarning yaqinidagi tektonik xarakatda cho`kkan rayoni Ar-Rir botig`i platolar bilan o`ralgan. G`arbiy Saxroi Kabirda havo namligining yuqoriligi, xaroratning birmuncha pastligi va o`simliklarni ko`pligiga qarab Atlantika bo`yidagi akummulyativ tekislik ajralib turadi. Bu yerni janubida nixoyatda issiq bo`lib, o`simliklar deyarli yo`q.Markaziy Saxroi Kabirga Axagarr va Tibesti tog`liklari hamda ularga shimol va janub tomondan yondashgan rayonlar kiradi.Sharqiy Saxroi Kabirga Liviya, Arabiston va Nubiya cho`llari kiradi. Saxroi Kabirning boshqa rayonlardan Liviya cho`lining farqi shuki, uni vodiylar kesib o`tgan emas. Aftidan to`rtlamchi davrning xatto plyuvial eppoxalarida ham Liviya cho`li juda quruqligicha qolavergan va unga Tibestidan oqib tushgan daryolar qumlarga va shag`al tosh oqiziqlarga singib yo`k bo`lib ketgan.Sudan-Gvineya o`lkasi. Saxroi Kabirning janubiy chegaralaridan Gvineya qo`ltig`igacha. Kongo botig`ining shimoliy chekkasidan balandliklargacha cho`ziladi va Saxroi Kabir-Arabiston platformasining janubiy chekkasini egalaydi: yotiq tektonik bukilmalar va balandliklar bu joy uchun xarakterlidir. Sudanda tekislik relyefi umuman past bo`lgani xolda bukilmalar o`rta Niger, Chad ko`li va Oq Nilning o`rta oqimi botiqlarida yaqqolroq ko`rinadi, botiqlar to`rtlamchi davrda qum- gil yotqiziqlari bilan to`lgan.Janubiy Sudanda yog`ingarchilik mavsumi 8-10 oy davom etadi, shu davrda Kuyosh ikki marta zenit orqali o`tgani munosabati bilan ikkita maksimum kuzatiladi. Mussoning namli sig`imi kamayganligi sababli janubdan shimolga tomon yog`in miqdori kamayadi: janubda 1800 — 1500 mm yog`in tushsa, shimolda 350 - 250 mm va undan ham ko`p tushadi. Ayniqsa Gvineya qo`ltig`ining qirg`oq bo`yidagi pastekisligida va Shimoliy qirlarning shamolga o`ng yon bag`irlarda yog`in ko`p (3000 mm dan ortiq) bo`ladi.Gvineya zonasining daryo vodiylari bo`ylab uzok shimolga tomon galeriya o`rmonlari davom etadi. Ular doimiy yashil gigrofit daraxt turlaridan iborat. Qurg`oqchilik mavsumida bu daraxtlar suv tanqisligini sezmaydi, chunki ular grunt suvlaridan baxra oladi. Bu o`rmonda taxtaga o`xshash ildizga tayanadigan pandanus, yovoyi kofe uchraydi.Kongo botig`i va uning chekkasidagi balandliklar. Kongo botig`i Afrika platformasining tomomila berk eng yirik (maydoni 3 km.kv. ga yaqin) sineklizasidir. Bu botiq shimol, g`arb va janub tomondan qadimgi kristall poydevor antiklizalari halqasi, yaoni bir necha marta peneplenlashish natijasida tekislangan yassi tepali balandliklar: shimolda Azande balandligi, g`arbda Janubiy Gvineya balandligi, janubda Lunda-Katanga balandligi bilan o`ralgan.Kongo botig`i eng qadimgi (kembriydan oldingi) poydevori asosan kontinental svitalar bo`lgan qalin svitalar bilan ko`milgan. Bu svitalarning to`planishi yuqori paleozoyda boshlanib, uchlamchi davr oxirida Janubiy Afrikadagi Kalaxari qumlariga o`xshash qumlarning to`planishi bilan tugagan.Azande balandligi - dengiz satxidan 900 — 1000 m yuqori. U qadimgi kristall jinslardan tuzilgan peneplen bo`lib, qoldiq granit massivlari bor. G`arbda Azande balandligi zina shaklidagi Kamerun tog`ligiga qo`shiladi. Bu tog`likka qadimgi negiz shimoli- sharqiy yunalishdagi razlom bo`ylab lava bilan qoplangan. Kamerun vulkani ham o`sha razlomda paydo bo`lgan. Kamerun vulkani qirg`oq bo`yidagi pastekislikdagi tog`lik qarshisida tanxo qad ko`tarib turadi.Janubiy Gvineya balandligi. Kongo botig`i ustidan zina-zina bo`lib ko`tariladi. Janubiy Gvineya balandligi ayrim massivlari bo`lak-bo`lakligi jixatidan chinakam tog`lik oblastlariga o`xshaydi.Lunda-Katanga balandligi-g`arbda kvarsitli baland Biye massivi bilan boshlanadi. Keng va butunlay yassi Lunda platosi massiviga yondoshib turadi. Janubiy balandlikning sharqiy qismi Katangadan iborat. Katanga-qadimgi granitlar va boshqa kristallardan tashkil topgan.Kongo botig`i iqlimning va landshaftning asosiy xususiyatlari bu botiqning ekvatorial va subekvatorial kengliklarda olgan geografik o`rnidan kelib chiqadi. Quyosh yil bo`yi zenitda yoki unga yaqin o`rinda turganligidan havo xar doim issiq bo`ladi. Havoning kuchli konvektiv oqimlari tufayli tushdan keyin va tunda jala quyadi.Kongo gileyalarida dukkakliklar, palpmalar, sterkuliyalar, tutlar, sutlamalar, kombertlar oilasining vakillari ko`proq. Kongo botig`idagi lianalar asosan xar-xil orxideya va fikus lianalaridan iborat, epifitlar esa paporotniklardan iborat.Buyuk ekvatorial o`rmon doirasidan tashqarida Kongo xududi shimol va janubda, shuningdek Atlantika okeani soxili bo`ylab ketgan savannalar bilan band, ularda aralash o`rmon massivlari bargini to`kuvchi va doimiy yashil daraxtzorlar bor, bu o`rmonlarning talaygina qismi ikkilamchi chakalakzorlardir.Baland Afrika orografik chegaralar tabiiy geografik o`lkalarning chegaralari bo`lib xizmat qiladi, o`lkaning o`zlari- Abessomaliya, Sharqiy va Janubiy Afrika esa Afrika platformasining struktura- morfologik oblastlariga mos keladi. Shundan xar birida o`ziga xos geografik zonalar va struktura - morfologik regionlar uchraydi.
Abessomaliya - Xabashiston tog`ligi, Somali yarim oroli va Afar botig`i Abbesomaliya degan bir butun tabiiy o`lkaga birlashtiriladi. Geologik taraqqiyot birligi, tektonik xarakatlarga parchalanib ketganligi juda ham yakkalangan struktura- morfologik oblastlarda tabiiy sharoitning tafovut qilishi Abbesomaliyaga xarkterlidir. Abbesomaliya poydevori eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan. Iqlim soxilga tomon quruq bo`lib boradigan soxilda akatsiyali keng chala cho`llar va ichki platolarida cho`llarga aylangan savvanalar ko`p, bu platolarni fakat ikkita doimiy daryo Juba va Vebi-SHebeli daryolari kesib o`tadi. Ana shu daryolarning vodiylarda daraxtsimon o`simliklar qalinrok, jumladan fikus, akatsiya, sutlama o`ziga xos galereyali siyrak o`rmonlarini xosil qiladi.Sharqiy afrika- juda katta tektonik yoriqlar bilan bo`lingan yassi tog`likdir. Afrikadagi eng baland vulkanli to tepalari shu yassi tog`likda. Sharqiy Afrika yassi tog`ligi Ekvatorial Afrikaning Kongo botig`i bilan Xind okeani o`rtasidagi sharqiy yarmini egalaydi va Xabashiston tog`ligidan Zambezi daryosining quyi oqimigacha davom etadi. Yassi tog`likning ko`pchilik qismi iqlimiy xususiyatlarga ko`ra savanalar va siyrak o`rmonlar bilan band, shu bilan birga yassi tog`lik xududi tektonika natijasida bo`linganligi sababli landshaftlari g`oyatda rang barang.G`arbiy sistema Nil vodiysining bir bo`lagi (Nimulegacha) Alpbert, Eduard, Kivu va Tanganpika ko`llari bilan band bo`lgan chuqur grebenlardan iborat. Bu sistema Tanganpika ko`lidan oqmas Rukva ko`li joylashgan botiq orqali Npyasa ko`lining shimoliy chekkasigacha cho`ziladi.Alobert va Eduard ko`llarining grebenlari Ruvenzori gorst massivi (5119 m) ajratib turadi, Eduard va Kivu ko`llarining grebenlari orasida Virunga oblastining 7 vulkani qad ko`tarib turadi. Npyassa ko`li chuqur tektonik qozonsoyni egalaydi. Bu qozonsoy Zambezi daryosining chap irmog`i bo`lgan Shire daryo vodiysi shaklida janubga qarab davom etadi.Sharqiy Afrikaning baozan “Afrika materigining tomi” deb atashadi, chunki Xind okeaniga quyiladigan daryolar ham, Atlantika okeaniga quyiladigan daryolardan ham, O`rta dengizga quyiladigan Nil daryosi ham Sharqiy Afrikadan boshlanadi.Sharqiy Afrika daryolarining kalta bo`laklaridagina kema yura oladi; chunki daryolar yon bag`irlar va zinalardan tushishda ostona va sharsharalar xosil qiladi. Ko`llar esa, aksincha, ajoyib suv yo`llaridir. Sharqiy Afrika ko`llarini kattaligi va chuqurligi, shuningdek iqlimga taosiri va suv miqdori Shimoliy Amerika ko`llariga to`g`ri kelishi mumkin. Sharqiy Afrikada: Tanganpika, Npyasa, Viktoriya, Kpoga, Eduard, Alpbert ko`llari bor.Sharqiy Afrika relyefi va iqlimi rang barang bo`lganiga yarasha tuproq va o`simlik tiplari ham turli-tumandir. Buning sababi shuki, turli oblastlarning landshaftlari rang-barang bo`lib katta tafovut qiladi. Kirg`oq bo`yidagi pastekislik Sharqiy Afrika yassi tog`ligining tik yon bag`irlari bo`ylab davom etadi. Bu yerlarni iqlimi quruq va juda issiq. Yog`in (yiliga 500-700 mm) bug`lanib ketish bilan birga yerga shimiladi, o`simlik qoplami esa siyrak, chala cho`l o`simliklaridan iborat. Daryolarning quyiladigan joylarining qum bosib, daryo delptasi dengizga surilib bormoqda. Chim xosil qiladigan g`allagullilar va tikanli butAzonlar (asosan akatsiya) bo`lsa ham, yalang yerlar ko`rinib turadi. Sayoz daryolar bo`yidagina galereyali siyrak o`rmonlar landshaftni birmuncha jonlantiradi.Sharqiy Afrikaning g`arbiy chekkasi Npyassa ko`lidan Eduard ko`ligacha uzilma tektonikaning ayniqsa yaqqol ko`rinishi bilan farq qiladi. Ko`llardan juda ko`p namlik bug`lanib ketadi, shu sababli ko`llarning qozonsoylari issiq bo`lish bilan birga juda nam. Tog`larning suvga qaragan yon bag`irlari aralash o`rmonlar (bargini to`kadigan va doimiy yashil daraxtzorlar) va savvanalar bilan qoplangan, tashqaridagi yon bag`irlari esa quruqroq bo`lib, kserofit siyrak o`rmonlar va butAzonlar o`rnida cho`llar paydo bo`ladi.Eduar, Alpbert, Kpoga va Viktoriya ko`llari oraligidagi oblast ko`llar platosi deb ataladi. Ko`llar platosiga sharq tomondan Keniya vulkanlar platosi yondoshgan. Bu platoni Markaziy razlomlar sistemasi bo`lib yuborgan. Bu platoda Rift vodiysining grebeni, murakkab uzilmalar va tektonik zinalar sistemasi bilan bir qatorda vulkanlar relyefi ayniqsa yaqqol ko`rinadi. Sharqiy Afrikaning tuprog`i unumdor Keniyaning bazalt platolarida o`simlik qoplamining xarakteri avvallo yomg`irgarchilik mavsumining uzunligiga va yillik yog`in miqdoriga bog`liq. U yerda 500 mm gacha va undan ham kam yog`in tushadi, quruq mavsum esa 7 oydan 9 oygacha davom etadi, shu sababli savannalar va siyrak o`rmonlar 2-3 shimoliy kenglikdan o`tmaydi. Savannalar va siyrak o`rmonlar o`rniga chim xosil qiladigan gallagullilar, kserofit o`simliklardan bo`lmish tikanli butalar, yilning aksari vaqtida bargsiz bo`ladigan aksiyalar uchraydi.Janubiy Afrika - Janubiy Afrikaga Baland Afrikaning toraygan qismi kiradi. Bu qism Lunda-Katanga balandligining va Zambezi daryosi quyi oqimining orqasidan boshlanadi. Kalaxari botig`ining, uning atrofidagi balandliklarni va Kap tog`larini o`z ichiga oladi. Struktura relyefining umumiy manzarasi jixatidan Janubiy Afrika Kongo botig`iga, uning chetidagi plato va massivlarga ko`p xususiyatlari bilan o`xshaydi, ammo balandroq gipsometrik satxda turadi.
Janubiy Afrikani kichik Afrika deb atasa bo`ladi, chunki undagi birmuncha kichik maydonda (qariyb 4,5 mln.km.kv) subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarda xos bo`lgan geografik zonalarning hammasi bor. Janubiy Afrika namlik xarakteri jixatidan materikning shimoliy qismidan katta farq qiladi, chunki Janubiy Afrikada namlik taqsimlanishining mintaqaga aloqadorlik qonuniyatlaridan tashqari sektor qonuniyatlari xar bir mintaqada yaqqol ko`rinadi: janubiy Afrikaning sharqiy chekkasi bo`ylab okean buyidagi cho`l sektori davom etadi. Bu sektorlarning chegaralari Katta Jarlik xisoblanadi.Katta Jarlikning sharqiy yon bag`ri va qirg`oq bo`yidagi pastekislik. Katta jarlikning tusiqlik roli Janubiy Afrikaning sharqiy chekkasi bo`ylab ayniqsa yaqqol seziladi, bu yerda Katta Jarlik yon bag`irlari soxil ustidan tik ko`tarilib turadi. Pastekislik iqlimi issiq, ayrim joylarda juda nam. Iliq Mozambik oqimi Zambezi daryosining quyilish joyidan to Durbangacha qirg`oq bo`yidagi xaroratni barobarlab turadi (qishda 180S ga yaqin yozda 250-260S). Yog`in rejimida yozgi maksimum yaqqol seziladi, chunki Mozambik shimolidan ayni vaqtda tropik front o`tadi, soxilning qolgan qismida esa janubiy Xindiston maksimumining passatlari taosir etib turadi. Pastekislikdagi o`simliklarning zonal tipi mavsumiy nam aralash o`rmonlardan iborat bo`lib, namrok sharq tomonida palma ko`prok.Bu yerdagi daryo vodiylarda deyarli nuqul palmadan iborat bo`lgan daraxtzorlar bor. Yomg`ir kamroq yog`adigan g`arbiy rayonlarda palma ancha kam.
Pastekislikning shakarqamish, paxta va boshqa tropik ekinlar ekilmaydigan ozgina rayonlardagina tabiiy landshaftlar saqlanib qolgan.Katta Jarlikning nam yon bag`irlarida mavsumiy nam o`rmonlar polosasi 800 — 1000 m balandlikgacha bo`ladi. Bundan yuqorida butAzonlar va tog` vodiylarda asosan igna bargli o`rmonlar, yaylovlar va qurumlar paydo bo`ladi.Kap tog`larining oldingi janubi g`arbiy tizmalari O`rta dengiz iqlimi tipidagi subtropik iqlim mintaqasida. Okean kuchli taosir etganligi sababli Kap tog`larining iqlimi Atlas tog`larining O`rta dengiz iqlimiga nisbatan namrok. Qishda bu yerda yomg`ir ko`pincha shivallab yog`adi, yomg`irdan oldin qalin tuman tushadi.
Janubi-g`arb landshaftlari O`rta Dengiz bo`yidagi Atlas tog`larining landshaftlariga ko`p jixatdan o`xshaydi. Bu landshaftlarda ham jigar rang tuproq bor, daryolar qishda toshadi, bu landshaftlarda qattiq bargli doimiy yashil butAzonlar va o`rmonlar uchraydi. Ammo, ular fizionomiyasi jixatidan boshqacha o`simliklardir, buning sababi avvalo shuki, o`simliklar turi o`ziga xos, ular orasida endemik va relikt formalar ko`p. Shunga asoslanib, bu o`simliklarni Kap flora o`simlik oblasti deb ajratish mumkin.Namib cho`li-Oranjevaya daryosining quyilish joyidan janubroqda boshlanib, shimolga- Kunene daryosiga tomon 1500 km dan ortiqrok masofaga cho`ziladi. U cho`kkan qadimgi kristall peneplenning kambar polosasini egalaydi. Uzilmalar bilan bo`linib ketgan bu peneplenning ayrim joylari lava bilan qoplangan.Cho`lning janubiy va shimoliy rayonlardan tabiiy sharoit xar xil. Shu munosabat bilan quruq o`zanlarning vodiylarda va sizot suvlari yuza joylarda o`simliklar anchagina qalin, jumladan butalar va chala butalar, past bo`y akatsiyalar va qattiq o`tlar ko`p uchraydi.

Xulosa.



Dunyodagi hech qaysi materik Afrikachalik jafo chekkan emas. XX asr boshiga kelib butun Afrika mustamlaka materigiga aylandi va bu hol ko'p jihatdan uning qoloq bo'lib qolishini belgiladishunga qaramaya . Materikda iqlim sharoiti juda xilma-xil. Vegetasiya davri yil bo'yi davom etadi, bu esa qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bilan birgalikda cho'l va chalacho'llarning borligi dehqonchilikni rivojlantirishni cheklab qo'yadi, yer fondini qisqartiradi Dunyo bozoriga tabbiy resurslarni yetkazib berishda Afrikaning roli ayniqsa katta. Materikdagi barcha gidroresurslarning yarmisi Kongo daryosiga to'g'ri keladi. Zambezi, Nil, Niger daryolarning ham gidroresurslari katta qismini tashkil etadi .


Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Bеrnеr O. Sеvеrnaya i Zapadnaya Afrika. M. 1962.
2. Lvova E.S. Etnografiya Afrika. M. 1984.
3. Jabborov I.M. Jahon xalqlari etnografiyasi. T.1985.
4.O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «Qomuslar», 2001-2003. 1-2-3-4-5-jildlar.
6. Ergashev A. va boshq. Jaxon mamlakatlari. Toshkent 2006 yil.
Download 27.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling