VI. Yetti sathli OSI modeli:
Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta’minlovchi vositalarni yaratishga ko‘p sathli yondoshish g‘oyasi, tarmoqlarda standartlashning g‘oyaviy asosi bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq tizimlarning bir-biri bilan bog‘langan holda, ya’ni o‘zaro ishlashining ettita sathli standart modeli - Open System Interconnection (OSI) yoki OSI modeli ishlab chiqilgan. Bu model va uning iboralari tarmoq mutuxasislari uchun o‘ziga xos universal tilga ham aylangan. OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash bo‘yicha qator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshqalar) ishtirokida ishlab chiqilgan. OSI modeli tizimlarning o‘zaro ishlash sathlarini aniqlaydi, ularga standart nomlar beradi. Modelning to‘liq tavsifi ming betdan oshadi. OSI modelida o‘zaro ishlash vositalarining yettita sathlari quyidagicha nomlanadi: fizikaviy, kanal, tarmoq, transport, seanslar, taqdimlash va amaliy sathlar.
---Ilova sathi vazifasi va protokollari;
Amaliy sath (Application layer) – bu shunday protokollar to‘plamiki, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilvrini tarmoq resurslariga murojaat qilish imkoniyatlari ta’minlanadi, bular – fayllar, printerlar yoki gipermatnli Websahifilar, hamda elektron pochta xizmati. Bu sathda juda ko‘p xildagi xizmat ko‘rsatish turlari mavjud. Fayl xizmatining amalga oshirilgan keng tarqalgan xillari quyidagilardir: Novell NetWare operatsion tizimining NCP xizmati, Micro¬soft Windows NT dagi SMB xizmati va TCP/IP stekiga kiruvchi NFS, FTP va TFTP xizmatlar.
---Taqdimot sathi vazifasi va protokollari;
Taqdimlash sathi (Presentation layer) – tarmoq orqali uzatilayotgan aborotni mazmunini saqlagan holda, shaklini o‘zgartirish vazifasini bajaradi. Bu sathda ma’lumotlarni almashinish davomida maxfiylikni ta’minlash uchun shifrlash va deshifrlash amalga oshiriladi. Bunday protokolga misol qilib Amaliy sath protokollari uchun maxfiylikni ta’minlab beradigan TCP/IP stekining SSL (Secure Socket Layer) protokolini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |