I. Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati


---TCP/IP modeli umumiy tasnifi


Download 0.53 Mb.
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1589147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
tarmoq xavfsizligi Sardor mustaqil ishi

---TCP/IP modeli umumiy tasnifi;
Transmission Control Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP) - bu asosan birgalikda ishlatiladigan ikki xil tarmoq protokollari. Ommabopligi va keng qo’llanilishi tufayli ular tarmoq qurilmalarining barcha operatsion tizimlarida o’rnatilgan.
IP ochiq tizimlarning modelidagi (OSI) tarmoq sathiga (OSI modelining 3- sathi) to’g’ri keladi, TCP esa transport sathiga (OSI modelining 4-sathi) to’g’ri keladi.

TCP/IP protokollari to’plami 1980 yilda xavfsizlik jihatlariga minimal e’tibor qaratgan holda internetda ishlashda yechim sifatida yaratilgan. U cheklangan, ishonchli tarmoq orqali aloqa o’rnatishga mo’ljallangan. Ammo vaqt o’tishi bilan ushbu protokol Internet-aloqa uchun standart bo’ldi.
---DNS tushunchasi va uning vazifalari;
Domen nomlari tizimi (DNS - Domain Name System) IP-manzillarni host domen nomlariga tarjima qilish uchun ishlatiladi. Tarmoq foydalanuvchilari, birinchi navbatda, veb-brauzerga URL (Uniform Resource Locator) manzilini kiritish orqali Internetni ko’rishda DNS funktsiyalariga ishonadilar.
DNS-hujumda, buzg’unchining maqsadi yaroqsiz DNS yozuvini o’zgartirish, va yaroqsiz IP-manzilga yo’naltirish. U barcha trafikni ushbu IP-dan noto’g’ri kompyuterga yo’naltirishi mumkin. Buzg’unchi DNS protokolidagi zaiflikdan foydalanishi yoki hujumni amalga oshirish uchun DNS serverini buzishi mumkin.
DNS kesh xotirasini zararlash – bu DNS protokoli zaifligini ishlatuvchi hujum turi. Bu yerda buzg’unchi DNS-so’rov jo’natgan tomonga yolg’on manzil yuboradi va buzg’unchi foydalanuvchini zararli veb-saytga yo’naltiradi. Natijada foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini (login, parol va h.k.) o’g’irlaydi
--- ICMP protokoli va uning vazifasi;
Internetga kirishni boshqarish protokoli (ICMP - Internet Control Message Protocol ) TCP/IP tarmoqlari uchun asosiy tarmoq boshqaruv protokoli hisoblanadi. U hatoliklar xabarlarini yuborish va tarmoq qurilmalarining holati to’g’risida xabarlarni boshqarish uchun ishlatiladi.
ICMP IP tarmog’ini amalga oshirishning ajralmas qismidir va shuning uchun tarmoq konfiguratsiyasining o’zida mavjud. ICMP o’z zaifliklariga ega va tarmoqdan hujumlarni boshlash uchun ishlatilishi mumkin.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling