I tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati


Download 455.5 Kb.
bet6/6
Sana03.06.2020
Hajmi455.5 Kb.
#113704
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JINOYAT PROTSESSIDA SO`ROQ QILISNING PROTSESSUAL TARTIBI VA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR


Xulosa

So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada tushunmasa, u qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi mumkin, degan masalalar ham aniqlanishi lozim. Zarur hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so‘roq qilish to‘xtatib turiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 99-modda). So‘roq qilinuvchining qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi bayonnomada ko‘rsatilishi shart. So‘roq qilinuvchi shaxsning ona tili yoki millati xususida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa-da, undan qaysi tilda ko‘rsatuv berish istagi borligi so‘ralishi lozim.



Huquq va majburiyatlarni tushuntirish. So‘roq qilinuvchining shaxsi aniqlanganidan keyin unga (ushbu kodeksda mavjud) huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi ham so‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 100-modda). So‘roq qilishda, umuman istalgan tergov harakatida ishtirok etayotgan fuqarolarning, necha marta ishtirok etishidan qat’i nazar jinoyat-protsessual qonunchiligidagi huquq va majburiyatlari tushuntirilishi shart. Bu qoidaga rasmiyatchilik uchun amal qilmasdan, so‘roq qilinuvchining kim sifatida so‘roq qilinishidan kelib chiqib (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi v.h.), uning huquq va majburiyatlari mazkur shaxsning huquqiy ongi darajasida tushunarli tarzda yoritib berilishi kerak.

Ishning holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berish. So‘roq qilinuvchiga ishning unga ma’lum bo‘lgan holatlari to‘g‘risida so‘zlab berish taklif qilinmog‘i lozim. So‘roq qilinuvchi erkin so‘zlab berganidan keyin uning ko‘rsatuvlarini to‘ldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 101-modda). So‘roq qilinuvchi tomonidan o‘ziga ma’lum holatlar xususida erkin so‘zlab berishi birinchidan, ish yuzasidan aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni isbot qilish uchun muhim bo‘lsa, boshqa tomondan mazkur shaxsning bo‘lib o‘tgan holatlarni xotirada qayta tiklash tasodifiy xatolarning oldini olish uchun ahamiyatlidir. Har qanday shaxsni sud majlisida yoki undan tashqarida so‘roq qilishda mazkur qoidaga rioya qilinadi. Shaxs erkin so‘zlab bo‘lganidan keyin, holat yuzasidan savollar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar erkin so‘zlab berish jarayonida so‘roq qilinuvchi ishga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni so‘zlashda davom etsa, so‘roq qiluvchi vaqtni samarali tejash maqsadida uni to‘xtatib tegishli ish uchun ahamiyatli holatlarga to‘xtalishni va savollarga javob berishni talab qilishga haqli. So‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma’lumotlarga taalluqli bo‘lsa, u so‘roq jarayonida o‘zidagi yoki ishga qo‘shib qo‘yilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin. So‘roq qilinuvchiga so‘roq qilish jarayonida o‘zidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni o‘qib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilinuvchidan so‘roq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qo‘shib qo‘yishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 103-modda).

So‘roq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi uchun sharoitlar yaratib berilishi kerak. Biroq, ushbu huquqdan foydalanish so‘roq qilinuvchi so‘roq paytida oldindan tayyorlab qo‘yilgan ko‘rsatuv (ishlab chiqilgan) matnga aylanmasligi kerak. Agar zarurat tug‘ilsa, masalan sud jarayonida so‘roq qilinuvchining yozuvlardan foydalanishi ishni oshkora ko‘rilishi va dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish prinsiplarini buzadigan bo‘lsa, bu yozuvlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud olib qo‘yadi va bu haqda tegishli bayonnomaga yozuv kiritadi. Ko‘rsatuvlarning haqqoniyligini tekshirish uchun xotirada saqlab qolinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar xususida tegishli hujjat yoki yozuvlar olib qo‘ygan holda ham savollar berilishi mumkin.



So‘roq qilinuvchining ilgarigi so‘roqlarda bergan ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish. Jinoyat protsessining va dalillarga baho berishning prinsiplaridan biri dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish hisoblanadi. Unga ko‘ra, ilgari so‘roq qilinganligidan qat’i nazar dalil sifatida ma’lumotni qabul qilish yoki tekshirish uchun mazkur ma’lumotga ega shaxs (uni ma’lum qilgan shaxs) bevosita (og‘zaki) so‘roq qilinishi lozim. Biroq shaxs ko‘rsatuv berishdan bosh tortgan hollarda, shuningdek hozirgi va ilgarigi so‘roqlarda berilgan ko‘rsatuvlar o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda yoki tergov va suddan yashiringan vaziyatlarda ish yuritilayotganda, uning ilgari bergan ko‘rsatuvlari bayonnnomalashtirilgan bo‘lsa, u o‘qib eshittirilishi mumkin.

Adabiyotlar



Abdumajidov G‘.A. Spravedlivost kak filosofskaya, eticheskaya i pravovaya kategoriya. // Metodologicheskie problemы prava. Akademiya MVD RU. –T.: 1995. –B. 22.



Abdumajidov G‘.A. va boshqalar. O‘zbekistonda sud hokimiyati: islohotlar davri. -T.: Adolat, 2002. -368 b.



Adamenko V.D., Beregovoy I.E. Sudebnыy nadzor: osnovaniya otmenы, izmeneniya prigovora. Ak-Kem. –Barnaul: 1995. -52 b.



Azarov V.A., Tarichko M.YU. Pravovыe predposыlki vossozdaniya funksii sudebnogo kontrolya v rossiyskom ugolovnom protsesse. // Mejvuzovskiy sbornik nauchnыx trudov. –Ufa: 2003. -83 b.



Alekseev L.B. Ugolovno-protsessualnыe funksii: kurs ugolovnogo protsessa. Obщaya chast -M.: 1989. –424 b.



Axpanov A.N., Nasыrov G.X. Arest v kachestve merы presecheniya: problemы sudebnogo kontrolya i sanksionirovaniya. Monografiya. –Almatы: 2005. -182 b.



Bogoslovskaya L.A. Osnovaniya k otmene ili izmeneniyu prigovorov. Xarkovskiy yuridicheskiy institut. Uchebnoe posobie. 1981. -57 b.



Boysova L.V. Realizatsiya prinsipa tolkovaniya somneniy v polzu podsudimogo v sudebnom razbiratelstve. // Oxrana prav i interesov obvinyaemogo v svete pravovoy reformы. –Kemerovo: 1993. -94 b.



Vlasova N.A. Dosudebnoe proizvodstvo v ugolovnom protsesse. Posobie. –M.: YURMIST, 2000. -144 b.



Voskobitov L.A. Suщestvennыe narusheniya ugolovno-protsessualnogo zakona kak osnovanie k otmene prigovorov.-M.: 1979. -234 b.

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Abdumajidov G‘.A. Har qanday huquqdan faqat sud mahrum qilishi mumkin. // Dastlabki tergov va ishni sudga qadar yuritish protsessi ustidan sud nazorati. Seminar materiallari. TDYUI. -T.:2005. 23-26-b.

  2. Abdumajidov G‘.A. Sud nazorati yanada kuchaytirilishi lozim // “Dastlabki tergovda sud nazoratini tashkil qilish muammolari” // Ilmiy-amaliy anjuman materiallari. TDYUI, -T.: 2005. 18-22-b.

  3. Abdumajidov G‘.A. YUvenalnыe normы v Ugolovno– protsessualnom kodekse Uzbekistana. “Huquq. Pravo. Law”, 2005, №2, str. 48-57

  4. Abdumajidov G‘.A. O‘zbekiston Respublikasida advokat­lik faoliyati. Darslik. 2-jildli. Izd. Konsaudit inform – nashr. –T.: 2007. 55 b.t.

  5. Abdumajidov G‘.A. Protsessual kafolatlar samarali bo‘lsin. “Huquq va burch”, 2007. 3-son. 46-48 b.

  6. Abdumajidov G‘.A. Inson hayoti va shaxsiy daxlsizligi – konstitutsiyaviy muqaddas huquq.// “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – huquqiy islohotlar asosi” mavzusidagi davra suhbati materiallari. –T.: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari ko‘mitasi, 2007. –S. 35-38.

  7. Abduraxmonov U.A. «Jinoyat protsessida isbotlash burchi yuklatilgan shaxslar tomonidan etkazilgan zararni undirish choralari» Toshkent: TDYUI, 2005. – B.71-76.

  8. Abduraxmonov U.A. “O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etishning ba’zi masalalari” YOsh olimlar ilmiy maqolalari to‘plami № 7. 2004y. – S. 14-15.

  9. Abduraxmonov U.A. “Konstitutsiya Respubliki Uzbekis­tan-garant formirovaniya v strane grajdanskogo obщestva” YOsh olimlar ilmiy to‘plami № 7. Toshkent, 2004 y. – B. 181-182.

  10. Inog‘omjonova Z.F. Jinoyat protsessida hukmlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asoslar. J. O‘zR Oliy sudi axborotnomasi. -2004. -1-son. –B. 26-29.

  11. Inog‘omjonova Z.F. Jinoyat protsessida jazoning adolatsizligi va uning oqibatlari. J. Davlat va huquq. -2004. -3-son. –B. 38–40.

  12. Inog‘omjonova Z.F. Begmatova D. Jinoyat protsessida aybiga ikrorlik bitimi. J. Davlat va huquq. -2005. -3-son. -B. 41-42.

  13. Inog‘omjonova Z.F. Ayblov nutqi, unga qo‘yilgan talablar. J. Hayot va qonun. -2005. -2-son. –B. 5-7.

  14. Inog‘omjonova Z.F. Konstitutsiya va qonunning ustunligi. J. Davlat va huquq. – 2005. - 1(23)-son. – B. 5-7.

  15. Inog‘omjonova Z.F. Ehtiyot chorasi yoxud sanksiya berish tartibi. J. Hayot va qonun. –2005. – 4 son.– B. 36-38.

  16. Inog‘omjonova Z.F. Jinoyat protsessida xususiy ayblov. J. Qonun himoyasida. -2005. -01 (109) -son. -B.23-28.

  17. Inog‘omjonova Z.F. Dastlabki tergovda sud nazorati. J. O‘zR Oliy sudi axborotnomasi. -2005 y. -1-son. –B. 33-35.

  18. Inog‘omjonova Z.F. Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish zaruriyati. J. Qonun himoyasida. -2005. 09(117)-son. -B. 6-7.

  19. Inog‘omjonova Z.F. Huquq va erkinliklarning konsti­tutsiyaviy kafolati. TDYUI axborotnomasi. -2006 y. -1-son. –B. 54-58.

  20. Inog‘omjonova Z.F. Jinoyat protsessida sud nazorati­ning huquqiy tabiati. TDYUI axborotnomasi. -2006 y. -2-son. –B. 65-69.

  21. Inog‘omjonova Z.F. Hukmni bekor qilish yoki o‘zgarti­rish uchun asos sifatida Jinoyat kodeksi normalarini qo‘llash muammolari. TDYUI axborotnomasi. 2006 y. -3-son. –B. 94-99.



1 Шейфер С.А. Следственные действия. Система и процессуальная форма. М.: 2001. 73 - 88 - бетлар.

2 Масалан: ўзбек тилида чоп этилган Жиноят процесси (махсус қисм) дарслигида шу мазмундаги фикрни кўриш мумкин. (Қаранг: Жиноят процесси (махсус қисм) доц.Иноғомжонованинг умумий таҳрири остида Т: «Янги аср авлоди» 2003 й., 22 - бет.). Бир гуруҳ рус олимлари томонидан чоп этилган адабиётларда шундай фикрни кузатиш мумкин: (қаранг: «Уголовно - Процессуальное право Российской Федерации» под общей ред. проф., заслуженного, деятеля науки Российской Федерации П.А Лупинской (издание второе, переработанное и дополненное) Изд.Юристь:, М:, 1997й., 250 бет.; «Уголовно - Процессуальное право Российской Федерации» под общей ред., проф., заслуженного, деятеля науки Российской Федерации П.А Лупинской (издание третье, переработанное и дополненное) Изд.Юристь:, М:, 1998й., 285 - 286 бетлар..)

3 Мисол учун А.К. Гаврилов кечиктириб бўлмайдиган тергов ҳаракатларининг махсус жиноят - процессуал институти мавжуд дейди. (Қаранг: Гаврилов А.К. «Раскрытие преступлений на предварительном следствии»1983й., 96 - бет.).

4 Н.П. Яблоков ушбу тушунчани иккала маънода ҳам қўлланилиши мумкинлигини таъкидлайди. (Қаранг: Яблоков Н.П. Проблемы расследования и предупреждения преступлений в области охраны труда и техники безопасности. Автореф. докт. дисс. М., 1972 й., 20 - бет.)

5 Смирнов А.В., Калиновский К.Б. Уголовный процесс: Учебник для вузов/ 2 - е изд. Под. Обш. Ред. А.В Смирнова. ­СПб.: Питер, 2005. - 387 - 388 - бетлар

6 Қаранг: Смирнов А.В., Калиновский К.Б. Уголовный процесс: Учебник для вузов/ 2 - е изд. Под. Обш. Ред. А.В Смирнова. ­СПб.: Питер, 2005. 410 - 414 - бетлар

7 См.: Гапанович Н. Н. Опознание в следственной и судебной практике (тактика). Минск, 1978. Б. 13.

8 См.: КочаровГ. И. Опознание на предварительном следствии. М., 1955. Б. 9.

9 Гапанович Н. Н. Ўша ерда. Б. 14

10.Эсонов М. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш. –Т.: Ўзбекистон,1997. Б.4.

11 Матышев А.А. “Осмотр труппа на месте его обнаружения”, изд. "Лань", С. - Петербург, 1994. Б. 43.

12 Винберг А.И. “Криминалистика” 1950 й. Б.3.

13 Попов В.И. Осмотр место происшествия. Алма Ата, 1957., Б.10.

Download 455.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling