I. Texnalogik qism


Elektromagnitli sarf o’lchagichlar ishlash prinspi


Download 1 Mb.
bet2/10
Sana17.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1097668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SADULLA KURS ISHI

1.1 Elektromagnitli sarf o’lchagichlar ishlash prinspi
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.
Elektromagnit sarf o’lchagichlarning ishlashi elektr o’tkazuvchan suyuqlik oqimida tashqi magnit maydoni ta’sirida sarfga proportsional ravishda induktivlanayotgan elektr yurituvchi kuchni (EYuK) o’lchashga asoslangan.



Elektromagnitli sarf o’lchagichlarning ish printsipi

Nomagnit materialdan tayyorlangan truboprovod unda harakatlanayotgan suyuqlik bilan birga o’zgarmas magnit qutblari 2 va 3 orasiga o’rnatilgan. Truboprovod devorlariga diametrial qarama-qarshi ravishda o’lchash elektrodlari o’rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar xarakatlanib, o’z zaryadlarini o’lchash elektrodlariga beradi va unda suyuqlik tezligiga proportsional EYuK (E) hosil qiladi. Bu elektrodlar o’lchov asbobiga (4) ulanadi.


EYuK qiymati quyidagi tenglama bo’yicha topiladi:

Bu yerda,   - magnit induktsiyasi;
  - truboprovod diametri;
  – oqimning o’rtacha tezligi.
Tezlikni hajmiy sarf orqali ifodalab, quyidagini olish mumkin,
;
Tenglamadan ko’rinib turibdiki, hosil bo’layotgan EYuK sarfga bog’liq bo’ladi.
Ushbu usulning kamchiligi sifatida qutblanish EYuK va galьvanik EYuKlarni hosil bo’lishi, hamda, kichik o’zgarmas tok EYuKini kuchaytirishning qiyinligini keltirish mumkin.

O‘lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o‘lchash xatoligi o‘lchashning mutlaq xatoligi deyiladi:


∆X=X-Xh
bu yerda, ∆X — mutlaq xatolik; X—o‘lchash natijasi; Xh — o‘lchanayotgap kattalikning xakiqiy kiymati.


O‘lchash mutlaq xatoligining o‘lchanayotgan kattalikning hakiqiy qiymatiga nisbati o‘lchashning nisbiy xatoligi deyiladi.
O‘lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra muntazam, tasodifiy va qo‘pol xatoliklarga bo‘linadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling