I. Texnalogik qism
O‘lchash uslubi xatoliklari
Download 1 Mb.
|
SADULLA KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasodifiy xatolik
- Elektromagnit sarf o’lchagichlar sxemalari( EMF)
O‘lchash uslubi xatoliklari kattaliklarni (bosim harorat va b. ni) o‘lchash uslubi bilan bog‘liq bo‘lgan va qo‘llanayotgan o‘lchash asboblariga bog‘liq bo‘lmagan xatoliklaridan iborat.
O‘lchashlarni, ayniqsa, aniq o‘lchashlarni bajarishda o‘lchash natijasini muntazam xatoliklar anchagina buzishi mumkin. Shuning uchun, o‘lchashlarni bajarishga kirishishdan avval bu xatoliklarning barcha manbalarini aniqlash va ularni yo‘qotish choralarini ko‘rish zarur. Ammo muntazam xatoliklarni topish va yo‘qotish uchun uzil-kesil qoidalar berish amalda mumkin emas, chunki turli kattaliklarni o‘lchash usullari g‘oyatda turli-tumandir. Tasodifiy xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o‘lchash mobaynida tasodifiy o‘zgaruvchi o‘lchash xatoligi tushuniladi. Tasodifiy xatolikning borligini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta-qayta o‘lchangandagina sezish mumkin. Agar xar bir o‘lchash natijasi boshqalardan farq qilsa, u holda tasodifiy xatolik mavjud bo‘ladi. Shu xatoliklarni baholash ehtimollar nazariyasi va matematik statistika nazariyasiga asoslangan bo‘lib, ular o‘lchash natijasi o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasini baxolash usullarini, xatolikning ehtimoliy chegarasini baholash imkonini beradi, ya'ni natijani aniqlash, boshqacha aytganda, o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga anchagina yaqin qiymatini topish va kuzatish natijasini topish imkonini beradi. Elektromagnit sarf o’lchagichlar sxemalari( EMF) Agar suyuqlik tokni o`zidan o`tkazsa, uning magnit maydonga ko`ndalang harakati EYuK yuzaga kelishiga olib keladi, u oqim tezligiga proporsionaldir.Amaliyotda bu sxema quyidagi yo`l bilan amalga oshiriladi: Elektromagnitlar shunday o`rnatiladiki magnit oqim chiziqlari,suyuqlik oqimi ko`chishiga perpendikulyar bo`ladi va oqim harakati bilan yo`naltiruvchi EYuK ni sezuvchi bir juft elektrodlar o`rnatiladi. Elektromagnit sarf o`lchagichlarining muhim elementlari umumiy joylashuv sxemasi. Bu usulni amalga oshirishning bir nechta yo`llari bor ammo o`zgarishlar to`laligicha ma`lumotlarni qayta ishlash sxemasiga tegishli va usulning prinsipial asosiga tegishli emas. Suyuqlik elektromagnit sarf o`lchagichlar ishlash prinsipi Suyuqlik elektromagnit sarf o`lchagichlar ishlash prinsipi tashqi magnet maydoni ta`sirida oqimda induksiyalanuvchi elektr tokini o`tkazadigan suyuqlik EYuK ni o`lchashga asoslangan. Suyuqlik elektromagnit sarf o`lchagichlar ishlash prinsipial sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Magnitlanmaydigan materialdan yasalgan,ichidan suyuqlik oqib o`tuvchi korpus 1 2 va 3 magnit qutblari orasiga magnit maydon kuch chiziqlari yo`nalishiga perpedikulyar ravishda o`rnatilgan.Quvir devoriga ichki devorlar bilan bir xil bo`lib yuzma-yuz qilib 2 ta o`lchov elektrodlari o`rnatilgan. Magnit maydon ta`sirida suyuqlikdagi ionlar ko`chadi va o`z zaryadini elektromagnit sarf o`lchagich o`lchov elektrodlariga beradi va elektrodlarda EYuK hosil bo`ladi.Elektrodlarga sarf birligida gradirovka qilingan 4 o`lchovchi asbob o`rnatilgan. Doimiy magnitli elektromagnit sarf o`lchagich prinsipial sxemasi. Doimiy magnit maydoni holatida EYuK elektromagnit induksiyaning asosiy tenglamasi orqali aniqlanadi. Bu tenglamada B qutblar orasidagi magnit induksiya; d – quvurning ichki diametri; - suyuqlik oqiminig o`rtacha tezligi Hajmli sarf Q orqali tezlikni ifodalab quyidagini hosil qilamiz. Bu tenglamadan bir xil magnit maydondagi EYuK hajmli sarfga to`g`ri proporsionalligi kelib chiqadi. Past bo`lmagan elektromagnit sarf o`lchagishlar 10-3 - 10-5 sm/m dan elektr o`tkazuvchanlikka ega suyuqliklarda qo`llaniladi. Elektrodlarda galvanik EYuK polyarizatsiya EYuK sining yuzaga kelishi harakatlanuvchi suyuqlikda induksiyalanuvchi EYuK ni o`lchsh imkoniyatini yo`qga chiqaradi Doimiy tok kuchlanishini kuchaytirish qiyinligi.Shuing uchun doimiy magnit maydonli sarf o`lchagichlar faqat qutblanish sezilarli ta`sir o`tkazishga ulgurmaydigan suyuq metallar sarini pulsatsiyalanuvchi suyuqlik oqimida va qisqa vaqtli o`lchashlarda qo`llaniladi. O`zgaruvchan magnit maydonda doimiysiga qaraganda elektrokimyoviy jarayonlar kam ta`sir ko`rsatadi.Shu sababli hozirgi vaqtda elektromagnit sarf o`lchagichlarga o`zgaruvchan magnit maydon qo`llanilmoqda. Hajmli sarf tenglamasidan oqim tezligi miqdorini qo`yib quyidagi tenglamani hosil qilamiz. Bu yerda magnet induksiya ampetudali miqdori. Ω - Aylanish chastotasi.t – vaqt Zamonaviy elektromagnit sarf o`lchagichlar o`zgartirgichdan olinuvchi signalni kuchaytirish uchun katta kirish qarshiligiga ega elektron kuchaytirgich qo`llaniladi.Bu sharoitda ko`pchiliklarida boshqaruvchi muhit parametrlar o`zgarishiga o`zgartirgich qarshiligi o`zgarishi natijalariga ta`sir etmaydi.Bu elektromagnit sarf o`lchagichlarning muhim avzalligidir.O`zgaruvchan magnet maydonli sarf o`lchagichlarda o`zgartirgichlarda ham undan tashqarida ham halal beruvchi shovqinlar yuzaga keladi. Asosan o`lchash xatoligiga qiymati halaqit beruvchi shovqinlar ta`sir qiladi. Parazit (tashqi zanjirlardan) Sig`im (elektro magnitni taqsimlovchi o`zgaruvchan tokdan) Induksion (o`zgartirgich magni maydonidan transformatorli) Birinchi ikkita shovqinni asbobni ekranlash orqali bartaraf etish mumkin. O`zgaruvchan magnit maydonli elektromagnit sarf o`lchagich prinsipial sxemasi Elektromagnit sarf o`lchagich o`zgartirgichida elektrodlar orasidagi suyuqlik ustuni va elektrodlar chiqishi o`lchovchi asbob bilan yopilgan va kontur hosil qiladi.Unda suyuqlik harakat tezligiga bog`liq bo`lmagan transformatr kattaligidagi kabi o`zgaruvchan magnit maydon transformator EYuK sini yo`naltiradi. Bu yerda S – magnit maydonga perpendikulyar kontur yuzasi Bu tenglamadan ko`rinadiki tronsformator EYuK si tok chastotasiga proportsionaldir va foydali signalga nisbatan 90 burchakka faza bo`yicha siljitilgan chastota 10 Gs gacha pasaytirilganda transformator EYuK ni minimuga tushirish mumkin bo`ladi.Ammo chastota pasaytirilishi asbobni murakkablashtiradi. Ishlab chiqarish chastotasi (50 Gs) da ishlovchi elektromagnit sarf o`lchagichlar keng tarqalgan.Transformator EYuK sini yo`qotish uchun turli yo`llar qo`llanilmoqda.Bu yo`llardan biri (4-a-rasm) magnet maydoni qarama-qarshi tomonga yo`naltirilgan holda yoqilgan 2 ta induksion o`zgartirgich qo`llanishiga asoslangan.Qo`shimcha EyuK (kattaligi va fazasi jihatida teng yo`nalishi bo`yicha turlicha) birgalikda induksion bir xil va kirish transformatori birlamchi cho`lg`amida birgalikda yo`qoladi. 4-rasmda transformator EyuK ni faza aylantiruvchi va kuchlanish bo`luvchisini qo`llagan holda kompensatsiyalash yo`li ko`rsatilgan.Faza aylantiruvchisining bir yelkasida yoqilgan rezistorning qarshiligini o`zgartirib beruvchi R ga beriluvchi transformatorni EYuK ni fazalari mos kelishiga erishiladi. Bo`luvchidan kattalik va faza muhitidan teng transformator EYuKga qarshi kuchlanish olib tashlanadi. Umumiy ishlab chiqarish elektromagnit sarf o`lchagich komplekti sarf o`zgartirgichi va o`lchovchi blokdan tashkil topgan . Qurilish jihatidah o`zgartirgich 2 ta tugunni o`z ichiga oladi . – quvirni va elektromagnitni.O`zgartirgich yana transformator EYuK sini kamaytiruvchi konturga ega. Sarf o`lchagich o`zgartirgichdan keluvchi elektr signallarini kuchaytirish va unifikatsiyalash,o`lchash blokida amalga oshiriladi. Unifikatsiyalangan kirish elektr signaliga ega bo`lish boshqarishda turli ikkilamchi asboblar qollash imkoniyatida beradi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling