I think I have made a mistake in my dictation, o`ylashimcha, men diktantda xatoga yo`l qo`ydim
I – Bob. Ingliz tili grammatikasida gaplar haqida umumiy ma`lumot
Download 122.5 Kb.
|
Ingliz tilida gap tur
I – Bob. Ingliz tili grammatikasida gaplar haqida umumiy ma`lumot.
Gap deb tugallangan fikrni ifodalaovchi so`zlar yig`indisiga aytiladi: Masalan: The sun rises in the east. Quyosh sharqdan chiqadi. Gapning tarkibiga kiruvchi va birorta so`roqqa javob bo`luvchi so`zlar gap bo`laklari deb ataladi.1 Gap bo`laklari bosh bo`laklar va ikkinchi darajali gap bo`laklariga bo`linadi. Bosh bo`laklarga ega va kesim kiradi. Ikkinchi darajali gap bo`laklariga to`ldiruvchi The Object aniqlovchi The Attribule va hol The Adverbial Modifire kiradi. Tuzilishiga ko`ra gaplar sodda va qo`shma gaplarga bo`linadi. Qo`shma gaplar bog`langan qo`shma gaplarga va ergashgan qo`shma gaplarga bo`linadi. Maqsadga ko`ra gaplar quyidagi turlarga bo`linadi: a) Darak gaplar (Declarative Sentences) Masalan: The library is on the floor. Kutubxona ikkinchi qavatda. b) So`roq gaplar (Interrogative Sentences) When did you come? – siz qachon keldingiz? d) Buyruq gaplar (Imperative Sent). Open the window, please. Iltimos derazani oching. e) Undov gaplar (Exclamatoty Sentences). How well she sings! U qanday yaxshi kuylaydi. g) Darak gaplar (Declarative Sent). Darak gaplar suhbatdoshga biror xabarni yetkazish uchun ishlatiladi.2 Ular biror faktni tasdiqlash (bo`lishli darak gaplar) ya`ni shu fakt inkor qilish (bo`lishsiz darak gaplar) uchun ishlatiladi. Ingliz tilida darak gaplarda so`z tartibiga qatiy amal qilinadi, har bir gap bo`lagining o`z o`rni bor. Quyidagi so`z tartibi ingliz tiliga xosdir. Masalan: ega keism to`ldiruvchi hol. The buyers charkered a steamer yesterday. Bo`lishsiz darak gaplarda kesim bo`lishsiz shaklda keladi. Not inkor yuklamasi kesim tarkibidagi yordamchi ya`ni modal fe`ldan keyin quyiladi. Agar kesim tarkibida yordamchi yoki modal fe`l bo`lmasa do, does va did yordamchi fe`lning to yuklamasisiz shakli ishlatiladi. He does not work here. U bu yerda ishlamaydi. She cannot come today. U bugun kela olmaydi. Agar kesimda ikki va undan ortiq yordamchi fe`l bo`lsa not yuklamasi birinchi yordamchi fe`ldan keyin qo`yiladi. It has not been done yes. Bu hali bajarilmadi. b) so`roq gaplar (Interrogative Sentences). So`roq gaplar to`rt xil bo`ladi: umumiy so`roq gaplar, maxsus so`roq gaplar, tasdiq so`roq gaplar, muqomil so`roq gaplar. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling