I think I have made a mistake in my dictation, o`ylashimcha, men diktantda xatoga yo`l qo`ydim


II. Bob. Ingliz tili grammatikasida sodda va qo`shma gaplar


Download 122.5 Kb.
bet8/18
Sana17.06.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1525435
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Ingliz tilida gap tur

II. Bob. Ingliz tili grammatikasida sodda va qo`shma gaplar
2.1. Qo`shma gaplar va ularning qiyosiy tahlili.

Hozirgi zamon ingliz tili grammatikasida gaplar ikki yoki undan undan ortiq mazmunni va grammatik jihatdan birlashgan gaplar qo`shma gap deb ataladi. Oddiy gaplardan farqli o`laroq, qo`shma gap, gaplar doimo “gaplar” deb ataladigan ancha oddiy birliklarga bo`lishi mumkin.


Qo`shma gaplarning tarkibidagi gaplarning xususiyatiga ko`ra o`zaro bir - biri bilan grammatik aloqasiga ko`ra ikki turi mavjud:
1. Bog`langan qo`shma gaplar Compound Sentences.
2. Ergashgan qo`shma gaplar – Complex Sentences.1
Qo`shma gap qismlari ifodalashdagi aloqani ifodalash usullari ikki xil bo`ladi.
1) bog`lovchi bilan (Sinactik)
2) bog`lovchisiz (Asindetik)


2.2. Gaplarning tuzilishiga ko`ra turlari.


1. Bog`lovchi bilan ifodalash usulida bu grammatik aloqa maxsus so`zlar orqali amalga oshiriladi. Bu maxsus so`zlar quyidagilar:
Bog`lovchilar.
Bog`lovchi so`zlar.
Bog`lovchi so`zlar o` z navbatida bog`lovchi olmoshlar va bog`lovchi ravishlarga bo`linadi.
Bog`lovchilar va bog`lovchi so`zlar orasidagi farq shundaki, bog`lovchilar yordamchi so`zlar hisoblanib, gap bo`laklari vazifasini bajarmaydi: ularning funksiyasi o`zlari birlashtirayotgan gaplar orasidagi aloqani ifodalashdan iborat. Bog`lovchilar bog`langan qo`shma gaplarda ham ergashgan qo`shma gaplarda ham qo`llanilishi mumkin. Masalan:
It was cold and we had to return hame.
Havo sovuq edi va biz uyga qaytishga majbur bo`ldik.
Bu misolda and bog`lovchisi bog`langan qo`shma gapda qo`llanilgan.
I know + not you were there.
Sizning o`sha yerda bo`lganligingizni, men bilaman.
Bu misolda esa “that” bog`lovchisi ergashgan qo`shma gapda ishlatilgan.
Bog`lovchi so`zlar esa nafaqat qo`shma gap bo`laklarining o`zaro aloqasinigina ifodalab qolmay, balki qo`shma gapdagi asosiy bo`lmagan gapda bosh yoki ikkinchi darajali bo`lib keladi va qoidaga ko`ra bog`lovchi so`zlar ergashgan qo`shma gap tarkibida ishlatiladi.
Masalan: I know who said it (ega)
Kim buni aytganini men bilaman.
I know where he lives (O`rin holi)
Men uning qayerda yashahsligini bilaman.
Berilgan bu ikki misoldan birinchisiga bog`lovchi so`z ergashgan qo`shma gap tarkibidagi ergashgan qismiga ega bo`lib,ikkinchi misolda esa o`rin holi bo`lib kelayapti.



Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling