I think I have made a mistake in my dictation, o`ylashimcha, men diktantda xatoga yo`l qo`ydim


& Shart holli ergashgan gaplar. Adverbial Clauses of Condition


Download 122.5 Kb.
bet16/18
Sana17.06.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1525435
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ingliz tilida gap tur

16. & Shart holli ergashgan gaplar. Adverbial Clauses of Condition.

Shart holli ergashgan gaplar bosh gapda ifodalangan ish – harakatning amalga oshirilishida zarur bo`ladigan shart – sharoitlarni ko`rsatib bosh gapga if, unless, provided (that), providing (that), on condition (that), in case (that), supposing (that), suppose (that) kabi bog`lovchilar yordamida birikadi.


Bosh gapga unless bog`lovchisi yordamida qo`shilayotgan shart holli ergashgan gapning kesim – fe`li, unless bog`lovchisi inkor ma`nosida bo`lishiga qaramay, tasdiq shaklida ega bo`ladi.
Masalan: Gases are characterized by extreme lightness unless they are highly compressed. Agar kuchli sig`im holatida bo`lmasalar, gazlar o`ta yengilligi bilan baholanadi. Shart holli ergashgan gaplar uch turga bo`linadi:
1. Shart holli ergashgan gaplarning birinchi turini amalga oshadigan yoki amalga oshishi ehtimoli bo`lgan taxminlarni ifodalovchi gaplar tashkil etib, bunday gaplar, hozirgi, o`tgan yoki kelasi zamonga tegishlidir. Bosh gapda kesim – fe`l kelasi zamon shaklida, ergashgan gapda esa kelasi zamondagi ish harakatni ifodalash uchun hozirgi zamon shaklida qo`llaniladi.
Masalan: If you leave it here the ants will eat it. Agar siz uni bu yerda qoldirsangiz, termit (yog`och qurti) larga ega bo`ladi. U shart holli ergashgan qo`shma gaplardagi fe`l buyruq maylida ham bo`lishi mumkin.
Masalan: Ask him to wait if he comes. Agar u kelsa kutib turishini ayting.
2. Shart holli ergashgan gaplarning ikkinchi turini hozirgi yoki kelasi zamonga xos kamroq darajada ro`y berish ehtimoli bo`lgan yoki haqiqatga kamroq yaqin taxminlarni ifodalagan gaplar tashkil etadi.
Masalan: I shouldn`t bother about it if I were you. Sizning o`rningizda bo`lganimda edi, bu haqida tashvishlanmasdim.
3. Shart holli ergashgan qo`shma gaplarning uchinchi turiki o`tgan zamonga taaluqli, amalga oshmaydigantaxminlarni ifoda etuvchi gaplar tashkil etadi.
Masalan: I slept well that night and I should have slept better if it had not been for Harris. 1 bu tun men yaxshi uxladim, ammo Xarris bo`lmaganda edi, yanayam yaxshiroq uxlagan bo`lar edim.
If the molecules of water had been divided into smaller parts, it would not have been water any longer but some other substance. Agar suv zarralari yanayam kichikroq bo`laklarga bo`linsa, bu endi suv emas, qandaydir boshqa modda bo`lib qolar edi. Hozirgi yoki kelasi zamonga mansub bo`lgan ish – harakatning ehtimolligini yoki mumkinligini ifodalash uchun shart ergashgan qo`shma gapning bosh gap holli qismida could yoki might – Indefinite Infinitive bilan qo`llaniladi.
Masalan: If you had our canoe, might you not pass to the shore? Agar sizda bizning qayig`imiz bo`lganda qirg`oqqa o`tgan bo`lmasmidilaring?

Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling