I think I have made a mistake in my dictation, o`ylashimcha, men diktantda xatoga yo`l qo`ydim


Kelishish holli ergashgan gaplar. Adverbial Clauses of Concession


Download 122.5 Kb.
bet17/18
Sana17.06.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1525435
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ingliz tilida gap tur

17. Kelishish holli ergashgan gaplar. Adverbial Clauses of Concession.

Kelishish holli ergashgan gaplar in spite of what?


Savoliga javob beradi va bosh gapga quyidagi bog`lovchi yoki bog`lovchi so`zlar orqali qo`shiladilar: though (although), as, however, who ever, whatever, whichever.
Masalan: whatever weather it is the airplane will start early in the morning. Havo qanday bo`lmasin, ertalab ertachi samalyot uchib ketadi.
I enjoyed that day, though we travelled slavly though it was cold, though it rained. Biz juda sekin yursak ham, havo sovuq bo`lsayam, yomg`ir yog`sayam, meno`sha kuni zavq oldim. Although the young man`s eyes remained upon him, he didn`t speak. Yosh yigitning nigohi unga qadalsada, u gapirmadi. As bog`lovchisi yordamida kiritilgan kelishish holli ergashgan gaplarda so`zlarning teskari tartibi qo`laniladi.
Masalan: Difficult as was the work, it was finished in time. Ish og`ir bo`lishiga qaramay, o`z vaqtida tugatildi.
Agar ega olmosh bilan ifodalangan bo`lsa, bog`lovchi fe`l egadan keyin keladi.
Masalan: I was glad of his help, slight as it was. Arzimasgina bo`lishiga qaramay, men uning yordamidan xursand bo`ldim.


III. Xulosa. Matnning gaplarga bo`lish muammolari.
Punktuatsiya.

Qat`iy grammatik talablar asosida gapning predikativ strukturasini o`rganish – matnni gaplarga ajratish muammosini keltirib chiqaradi. Polipredikativ gaplarning o`rganishi ingliz – tili rivojlanishining ilk davrida shunisi bilan murakkabki, unda gaplar chegarasini aniqlovchi kriteriy ya`ni olchamlar, yanayam aniqroq aytadigan bo`lsak, grammatik qoidalar mavjud bo`lmagan. Qo`shma gap borasida izlanish olib borayotgan ko`pgina tilshunoslar faqat nuqta darak gapning nihoyasi bo`lib xizmat qiladi degan fikrni olg`a suradilar. Ingliz – tili punktuatsiya qoidalarining kelib chiqishi va o`rnatilishi tarixi bu fikrni rad etadi.


Nuqta gapning tugaganini bildirishi mumkin, ammo u matnni gaplarga bo`lishi vositasi bo`lib xizmat qila olmaydi. Kitob bosish kashf etilgandan so`ng XVI asrning birinchi yarmida tinish belgilari juda kam uchrar edi. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib esa tinish belgilari keng qo`llanila boshlandi, ammo ularni ishlatishning muayyan qonun – qoidalari hali mavjud emas edi. O`z davrida Shekspir tinish belgilaridan keng foydalanilgan. Ammo tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, Shekspir aktyorlarning pauzalarini nazarda tutib tinish belgilariga ko`proq e`tibor bergan emish.
Grammatika rivojlanmagan davrda muallif yoki noshirlar tinish belgilari qo`yishda nimaga asoslanganlar? Noshirlarni tinish belgilariga nima aloqasi bor? Degan savol tug`ulishi mumkin. Gap shundaki, ilk yangi ingliz – tili rivojlanishi davrida gaplarni bir – biridan ajratilishining ikki xil usuli bo`lgan. Birinchi usulga ko`ra matndagi tinish belgilarini nashrdan chiqqunchayam o`zgartirishsiz qoldirishgan va nashrdan har bir matn deyarli bunday belgilarsiz chiqqan. Keyin o`qish davrida o`quvchi o`zi hohlagandek ohang bilan bir – biridan ajratishgan. Ikkinchi usul bo`yicha matn punktuatsiya noshirlar zimmasiga yuklatilgan va noshir o`zi hohlagandek takomillashtirish huquqiqa ega bo`lgan. Mana endi dastlab berilgan savolga qaytish mumkin. Xo`sh, ular nimaga asoslanganlar? Punktuatsiya va uning vazifalari haqida birinchi marta 1582 yilda Mulkasterning “Elementarie” and 1589 yilda G. Puttenemning “the arte of English poesie” asarlarida gap boradi.
Ular punktuatsiya sohasida biror bir yangi g`oya kiritganlari yo`q, antik davr retorikasi va davri haqidagi talimotdan foydalandilar xolos, bu tushunchalar gap haqidagi talimot deb qabul qilingan. Bundan tashqari, o`sha davr yevropa tillaridagi punktuatsiya sistemasida tinish belgilarini “atama” deb nomlash mavjud ediki, bu atamalar bilan antik davr mualliflari va uning qisimlarini ifodalaganlar.
Davr, ya`ni “period” so`zi davr ma`nosida ham qo`llangan, nuqta ma`nosida ham qo`llangan.
“calon”- davr qismi bo`lib, I nuqtani anglatgan va davr qismlarini ajratishi uchun xizmat qilgan. “comma”- eng kichik bo`linish, bo`lak hamda virgulni bildirgan. Faqatgina nuqtali virgul – “semicolan”antik nazariyasi davrida to`g`ri o`z ma`nosida qo`llanilmagan, balki “yarim kalon” yoki “yarim a`zo” ma`nosini bildirgan va katta hajmdagi kalonlarni bo`laklarga bo`lish vositasi sifatida xizmat qilgan. Matnni gaplarga bo`lish muammolari bilan shug`ullangan Xerrisning “Discourse Analysis” nomli ishida birlashtiruvchi nutq, ya`ni matnni o`rgana turib, uni alohida gaplarga, yoki qo`shma gap bo`laklariga, ajratish mumkin digan g`oyani ilgari surdi.
Shunday qilib, biz matn tahlili faqatgina undagi gaplarning hajmi yoki ular o`rtasidagi chegarani o`rganishga qaratilgan ekanligini ko`ramiz, matnni gaplarga bo`lishdan maqsad , bo`lishning ananaviy usullaridan , jumladan , punktuatsiya qoidalaridan kelib chiqqan holda gap ichidagi gaplarni,predikativlik birliklarni, ularning o`zaro va bosh gap bilan qo`shilish masalalarini o`rganishdir.

Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling