I think I have made a mistake in my dictation, o`ylashimcha, men diktantda xatoga yo`l qo`ydim


I – Bob. Ingliz tili grammatikasida gaplar haqida umumiy ma`lumot


Download 122.5 Kb.
bet5/18
Sana17.06.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1525435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ingliz tilida gap tur

I – Bob. Ingliz tili grammatikasida gaplar haqida umumiy ma`lumot.

Gap deb tugallangan fikrni ifodalaovchi so`zlar yig`indisiga aytiladi:


Masalan: The sun rises in the east.
Quyosh sharqdan chiqadi.
Gapning tarkibiga kiruvchi va birorta so`roqqa javob bo`luvchi so`zlar gap bo`laklari deb ataladi.1 Gap bo`laklari bosh bo`laklar va ikkinchi darajali gap bo`laklariga bo`linadi. Bosh bo`laklarga ega va kesim kiradi. Ikkinchi darajali gap bo`laklariga to`ldiruvchi The Object aniqlovchi The Attribule va hol The Adverbial Modifire kiradi.
Tuzilishiga ko`ra gaplar sodda va qo`shma gaplarga bo`linadi.
Qo`shma gaplar bog`langan qo`shma gaplarga va ergashgan qo`shma gaplarga bo`linadi.
Maqsadga ko`ra gaplar quyidagi turlarga bo`linadi:
a) Darak gaplar (Declarative Sentences)
Masalan: The library is on the floor. Kutubxona ikkinchi qavatda.
b) So`roq gaplar (Interrogative Sentences)
When did you come? – siz qachon keldingiz?
d) Buyruq gaplar (Imperative Sent). Open the window, please. Iltimos derazani oching.
e) Undov gaplar (Exclamatoty Sentences).
How well she sings! U qanday yaxshi kuylaydi.
g) Darak gaplar (Declarative Sent).
Darak gaplar suhbatdoshga biror xabarni yetkazish uchun ishlatiladi.2 Ular biror faktni tasdiqlash (bo`lishli darak gaplar) ya`ni shu fakt inkor qilish (bo`lishsiz darak gaplar) uchun ishlatiladi. Ingliz tilida darak gaplarda so`z tartibiga qatiy amal qilinadi, har bir gap bo`lagining o`z o`rni bor. Quyidagi so`z tartibi ingliz tiliga xosdir.
Masalan: ega keism to`ldiruvchi hol. The buyers charkered a steamer yesterday.
Bo`lishsiz darak gaplarda kesim bo`lishsiz shaklda keladi. Not inkor yuklamasi kesim tarkibidagi yordamchi ya`ni modal fe`ldan keyin quyiladi. Agar kesim tarkibida yordamchi yoki modal fe`l bo`lmasa do, does va did yordamchi fe`lning to yuklamasisiz shakli ishlatiladi.
He does not work here. U bu yerda ishlamaydi.
She cannot come today.
U bugun kela olmaydi.
Agar kesimda ikki va undan ortiq yordamchi fe`l bo`lsa not yuklamasi birinchi yordamchi fe`ldan keyin qo`yiladi.
It has not been done yes.
Bu hali bajarilmadi.
b) so`roq gaplar (Interrogative Sentences).
So`roq gaplar to`rt xil bo`ladi: umumiy so`roq gaplar, maxsus so`roq gaplar, tasdiq so`roq gaplar, muqomil so`roq gaplar.

Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling