I think I have made a mistake in my dictation, o`ylashimcha, men diktantda xatoga yo`l qo`ydim
Bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gaplar
Download 122.5 Kb.
|
Ingliz tilida gap tur
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bog`langan qo`shma gaplar The Compound Sentences.
- 4. Ergashgan qo`shma gaplar. The Complex Sentences.
2. Bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gaplar.
Bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gaplarda, gap bo`laklari, ya`ni asosiy va bog`langan yoki ergashgan gap o`rtasidagi grammatik aloqa hech bir maxsus bog`lovchi yoki bog`lovchi so`z yordamisiz amalga oshiriladi. Bu holatlarda gapni bir butun qo`shma aylantirish vositasi ohangdir. (Intonation) Masalan: it was cald we had to return home. I know you were there. 3. Bog`langan qo`shma gaplar The Compound Sentences. Bog`langan qo`shma gap tarkibiga kiruvchi gaplar bog`lovchilar yordamida birlashadi: and (va ) as well as (qanday, xuddi, shunday, neither… no ) hech hech but (ammo, lekin) not only … but also (nafaqat …. Balki ) Bunday bog`lovchilar yordamida bog`langan gaplar orasiga, odatda vergul qo`yiladi. Agar bog`lovchilar yordamida kiritiladigan gaplar qisqa bo`lsa, vergul “and” va “or” bog`lovchilari oldiga qo`yiladi. Masalan: A cold wind was blowing and a snow storm begun. Sovuq shamol esdi va bo `ron boshlandi. Bog`langan qo`shma gap tarkibidagi oddiy gaplar pasayuvchi ohang bilan talaffuz etiladi. Bog`langan qo`shma gaplar bog`lovchilar yordamida birikmagan ikki yoki undan ortiq oddiy gaplardan tuzilgan bo`lishi mumkin. Bog`lovchisi bo`lmagan bunday gaplar bir biridan vergul, nuqtali vergul o`qiganda esa har bir gap oxirida pasayuvchi ohang orqali bir - biridan ajratiladi. Masalan: The wind klew the, clouds gatherred, the rain fell. Shamol esdi, bulutlar to`plandi, yomg`ir yog`di. I looked, I called, no one answerd. Men nazar tashladim, chaqirdim, birov javob bermadi.1 4. Ergashgan qo`shma gaplar. The Complex Sentences. Ilova: ingliz tilidagi bog`langan yoki ergashgan qo`shma gap tarkibiga kiruvchi gapalar clauses deb ataladi. Principal clause – bosh gap. Subordinate clause – ergash gap. Qo`shma gap tarkibiga kirmaydigan oddiy gaplar, shuningdek, umuman qo`shma gaplar esa Sentences deb ataladi. a) ergashgan qo`shma gaplarda ergash gap bosh gapga tobe bog`lovchilar yordamida biriktiriladi. That (nimadir qilayotgan) If (agar) after nimadandir so`ng because (chunki) va boshqalar. Masalan: Anvar told me that you was at home. Sizning uyda bo`lmaganingizni Anvar menga aytdi. b) Ergash gaplar bosh gapga bog`lovchisiz qo`shilishi mumkin. Masalan: I never thought I should see you again. Sizni yana ko`raman deb men hech o`ylamagan edim.1 He glanced at the newspaper he had bought at the station. Bekatda sotib olgan gazetaga u tezgina ko`z yugurtirib chiqdi.2 Were a drop of water magnified to the size of the earth, the molecules composing it would he about the size of oranges. Agar tomchi so`z yer shari kattaligiga yetkazilsa, uning tarkibini hosil qiluvchi molekulalar o`lchami apilsin kattaligiga tenglashar edi.3 c) Bosh gapga tobe bo`lgan ergash gaplar, o`zlariga tobe bo`lgan ergash gaplar yana ergash gapga ega bo`lishlari mumkin. Masalan: she knew that they would search the area where they had lost him Ular o`zlari yuqolib qo`ygan tumandan uni izlashlarini u bilar edi. 4 a) ergashgan qo`shma gaplar bir-biri bilan bog`langan yoki ergashgan uch yoki undan ortiq gapdan tashkil topganbo`lishi mumkin. Masalan: The school where mysisters studied was situated in the centre of town, and the garden where many flowers were, was not for from it. Mening opalarim o`qigan maktab shahar markazida joylashgan edi va gullar ekilgan bog` maktabdan unchalik uzoq emas edi. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling