I think I have made a mistake in my dictation, o`ylashimcha, men diktantda xatoga yo`l qo`ydim


Predikativ ergashgan gaplar. Predicative Clouses


Download 122.5 Kb.
bet11/18
Sana17.06.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1525435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Ingliz tilida gap tur

6. Predikativ ergashgan gaplar. Predicative Clouses.
Predikativ ergashgan qo`shma gaplarda ham ergashgan gap bosh gapga xuddi egalik ergashgan qo`shma gaplardagi singari bog`lovchi va bog`lovchi so`zlar orqali qo`shiladi. Predikativ ergashgan gaplar egaga ko`pincha vositali fe`llar orqali birikadi. Bunday fe`llarga quyidagilar kiritiladi:
To be, to get, to became, to grow va boshqalar.
Masalan: This was what we were talking about.1
Biz nima haqida gapirayotgan bo`lsak, bu aynan o`zi edi.
All I know is what I have seen in the press.
Men bilganlarimning bari bu matbuotda o`qiganlarim edi.2
The truth was that he was a man hefore he was a scientist.
Haqiqat shu ediki, u avvalo inson edi, shundan so`nggina olim edi.3
2. predikativ ergashgan gaplarga yana shunday gaplar kiradiki, bular egasiz gaplarda bog`lovchi fe`llar bilan mos tushadi: to seem, to appear, to look, to happen.
Masalan: it seems that he was late for the train.
Aftidan u poezdga kechikkanga o`xshaydi.4


7. To`ldiruvchi ergashgan gaplar. Object Clouses.
1. To`ldiruvchi ergashgan gaplar old ko`makchilar yoki old ko`makchi (predlog)larsiz whom? Hamda what? Savollariga javob beradi.
To`ldiruvchi ergashgan gaplar bosh gaplarga xuddi egalik ergashgan gaplardagi kabi bog`lovchilar va bog`lovchi so`zlar orqali birikadi. Bog`lovchi so`zlar bilan birga turli old ko`makchilar (predloglar) ishlatilishi mumkin.5
Ingliz tilidagi to`ldiruvchi ergashgan gaplar bosh gapdan vergul yordamida ajratilmaydi.
Masalan: you don`t know what you are talking about.
Nima haqida gapirayotganingizni o`zingiz bilmayapsiz.
Eslatma: when so`zi bilan boshlanadigan to`ldiruvchi ergash gaplarning kesim fe`lining istalgan biror kelasi zamonshakli bilan ifodalanishi mumkin.
Masalan: I don`t know when he will come.
Uning qachon kelishini men bilmayman.



Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling