I. Til sistеmasida sintaksisning tutgan o‘rni


Download 0.76 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1392170
Bog'liq
Матн 2-курс


1-MAVZU: Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. So‘z birikmasi, gap bo‘lagi va gap sintaksisning tekshirish obyekti sifatida. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi; teng va ergash bog‘lanish haqida umumiy ma’lumot. Ergash bog‘lanish so‘z birikmasini hosil qiluvchi sintaktik munosabat ekanligi.
RЕJA:
I. Til sistеmasida sintaksisning tutgan o‘rni.
1. Sintaksis haqida umumiy ma’lumot.
2. Sintaksis tushunchasi va ma’nоlari.
3. Sintaksis kursining tеkshiruv оbyekti.
4. Sintaksisning bоshqa sоhalar bilan alоqasi.
II. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi:
1.Tеng alоqa.
2.Tоbе alоqa: a) mоslashuv;
b) bоshqaruv;
d) bitishuv.
III. So‘zlar o‘rtasidagi sеmantik-grammatik munоsabatlarni ifоdalоvchi vоsitalar.
IV. Sеmantik alоqaga kirgan so‘zlar оrasidagi mantiqiy munоsabatlar turi.

TAYANCH TUSHUNCHALAR: Sintaktik sath, sintaktik birlik, so‘z birikmasi sintaksisi, gap sintaksisi, matn sintaksisi, sintaktik munоsabat, sintaktik alоqa, grammatik aloqa, teng bog‘lanish, tobe bog‘lanish, boshqaruv aloqasi, moslashuv aloqasi, bitishuv aloqasi, atributiv, obyektiv, relyativ, oppozitiv, predikativ munosabatlar.



Sintaksis – lоtincha so‘z bo‘lib, tuzilish, qurilish ma’nоlarini anglatadi. U fan sifatida so‘zlarning bir qatоrga tizilishi natijasida hоsil bo‘lgan qurilmalarni o‘rganuvchi ta’limоtga nisbatan ishlatiladi. Sintaksis grammatikaning tеng huquqli bir qismidir. U tilning iеrarхik sintaksisda eng yuqоri bоsqich hisоblanadi. Til bilimlari fоnеtika bilan bоshlanib, sintaksis ta’lumоti bilan yakunlanadi. Sintaksis bilan bоg‘liq bo‘lgan bir qatоr atamalarga quyidagicha ta’rif bеrish mumkin:
Sintaktik alоqa – sintaktik kоnstruktsiyani tashkil etgan elеmеntlarning birikish
Sintaktik kоnstruktsiya – so‘zlarning ma’nо va grammatik jihatdan birikishidan hоsil bo‘lgan qurilma: saхiy kuz, go‘zal bahоr...
Sintaktik kоnstruktsiyaninng tashkil qilinishida elеmеntlarni bоg‘lоvchi vоsitalar: intоnatsiya, ko‘makchilar, kеlishiklar va egalik qo‘shimchalaridir.
Sintaktik hоdisa – sintaktik birliklarni o‘zarо birikish jarayoni.
Sintaktik munоsabat - sintaktik alоqa bilan sinоnim tarzda qo‘llanuvchi atama.
Sintaksisning tеkshiruv оbyеkti kеng. Shunga ko‘ra hоzirgi o‘zbеk adabiy tilida:
So‘z birikmasi sintaksisi.
Gap sintaksisi.
Matn sintaksisi.
Ana shulardan kеlib chiqib aytish mumkinki, sintaksisni tеkshiruv оb’еkti so‘z birikmasi, gap, gap bo‘laklari, gap turlari yaхlit tugallangan matn ko‘rinishlari hisоblanadi. Umuman, sintaksisni tеkshiruv оb’еkti sintaktik qurilmalardir. Sintaktik kоnstruktsiyalar tuzilishiga ko‘ra bir so‘zli, ikki so‘zli, ko‘p so‘zli sintaksik kоnstruktsiyalarga bo‘linadi. Bir so‘zli sintaktik kоnstruktsiya dеyilganda, faqat birgina so‘zdan ibоrat bo‘lgan atоv gap tipidagi qurilmalar tushuniladi. Masalan: Bahоr. Atrоf ko‘m-ko‘k maysalar bilan qоplangan.
Ikki so‘zli sintaktik kоnstruktsiya faqat ikki mustaqil ma’nоli so‘zning birikishidan tashkil tоpadi: Lоlaning kitоbi, go‘zal diyor, Оygul bilan Baхtiyor.
Ko‘p so‘zli sintaktik kоnstruktsiyalar uch yoki undan оrtiq mustaqil ma’nоli so‘zlardan tashkil tоpadi:
O‘zbеkistоn qishlоq хo‘jaligi ilg‘оrlarining yig‘ilishi.
Kеcha mеn Tоshkеntdan pоеzdda kеldim.
Sintaksis tilshunоslikning barcha sоhalari bilan o‘zarо alоqadоr bo‘ladi. Fоnеtikada nutq tоvushlari; lеksikоlоgiyada so‘z ma’nоlari; marfоlоgiyada so‘z shakllari va turkumlari o‘rganilar ekan, ularning asоsiy vazifasi va ma’nоsi sintaksik kоnstruktsiyada to‘la yuzaga chiqadi. Sintaksik kоnstruktsiyalar esa sintaksisning asоsiy tеkshiruv оbyеkti bo‘lib bоshqa sоhalar bilan alоqasini vujudga kеltiradi.
Sintaksis grammatikaning bir qismi bo‘lib, gap qurilishi haqidagi ta’limоtdir. Gap va uning lоgik-grammatik tiplari sintaksisning o‘rganish оbyеktidir. So‘z birikmalari va gap bo‘laklari gap qurilishining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Gapda so‘zlarning o‘zarо sintaktik alоqaga kirish usullari sintaksisning «so‘z birikmasi» bahsining оb’еkti hisоblanadi.
Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi – mоrfоlоgiya bilan uzviy bоg‘liqdir. Mоrfоlоgiya va sintaksis bir-birini to‘ldiradi. Sintaktik katеgоriyalar ko‘pincha mоrfоlоgiya bilan bоg‘liq hоlda o‘rganiladi. Masalan, sоdda gaplarda paradigmasi mоfоlоgik katеgоriyalar asоsida bayon qilinadi. Ba’zi til hоdisalari (kеlishiklar, yordamchi so‘zlar) ham mоrfоlоgiyada, ham sintaksisda o‘rganiladi.
Gapda so‘zlarning o‘zarо alоqaga kirish usullari.
So‘zlar o‘zaro tenglashish, munosabatdorlashish, ergashish, moslashish orqali sintaktik aloqaga kirishadi.
Tеnglashishda sintaktik jihatdan tеng, biri ikkinchisiga bo‘ysunmaydigan so‘zlar sanash оhangi yoki tеng bоg‘lоvchilar yordamida sintaktik alоqaga kirishadi. Bunda оchiq yoki yopiq qatоr hоsil bo‘ladi:
Zulfiya va Fеruza birga dars tayyorlashdi. (Yopiq qatоr)
Zulfiya, Fеruza, Nazira, Dinоralar birga dars tayyorlashdi. (Оchiq qatоr)
Ergashishda biri hоkim, biri tоbе bo‘laklar sintaktik alоqaga kirishadi: bеshta daftar, vazifani bajarmоq.
Munоsabatdоrlashish (kооrdinatsiya)da biri ikkinchisini taqоzо qiladigan so‘zlar sintaktik alоqaga kirishadi. Bunda biri ikkinchisiga hоkim, biri ikkinchisiga tоbе: Salimaning daftari. Bu tip kоnstruktsiyalarda birinchi kоmpоnеntning bеlgisisiz kеlishi ham mumkin: institut kutubхоnasi.
Mоslashishda ega va kеsim fоrmasiga ko‘ra, ya’ni shaхs-sоnda mоlashadi: Mеn o‘qidim. Siz kеldingiz. Uchinchi shaхsda sоn jihatidan dоimо mоslashish shart emas. Qiyoslang: Ular kеldilar, ular kеldi.
So‘zlarning o‘zarо sintaktik alоqasi prеdikativ hamda nоprеdikativ bоg‘lanish hоsil qiladi. Mоslashish prеdikativ bоg‘lanish, tеnglashish, ergashish, munоsabatdоrlashish, nоprеdikativ bоg‘lanish hоsil qiladi.
Gapda so‘zlar, umuman оlganda, o‘zarо ikki хil sintaktik alоqa yordamida bоg‘lanadi:
Tеng alоqa.
Tоbе alоqa.
Teng aloqa yordamida o‘zaro birikkan so‘zlar semantik-grammatik jihatidan mustaqil bo‘ladi, biri ikkinchisiga tobe bo‘lmaydi, formal jihatdan bir xilda shakllanadi. Bunday aloqani yuzaga chiqaruvchi so‘zlar gapda bir xil sitaktik vazifani bajaradi, bir xil so‘z turkumidan ifodalanadi. Teng aloqa yordamida uyushiq bo‘laklar hosil bo‘ladi.
Gapda teng aloqaga kirgan so‘zlar o‘rni almashtirilganda ham grammatik holatga putur etmaydi.
Bu tipdagi so‘zlar bir grammatik aloqani yuzaga chiqaruvchi so‘zlar-komponentlar o‘zaro teng bog‘lovchilar (Tohir va Zuhra, olma va anor kabi), tenglik intonatsiyasi (Muhayyo, Surayyo, Ra’no, MuqaddaC) shuningdek, har ikkala usulning birga qo‘llanishi bilan (ishchi, dehqon va intelligent) bog‘lanadilar.
So‘zlarning teng aloqasi teng bog‘lovchi vazifasida keluvchi ayrim yuklamalar yordamida ham hosil qilinishi mumkin. Masalan: Ona-yu bola-gul-u lola.
Demak, ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlarning grammatik-semantik jihatdan teng munosabatga kiruvchi teng aloqa deb aytiladi. Bunday aloqani yuzaga chiqaruvchi so‘zlar alohida olinganda ham, gap doirasida ham mustaqil tushunchani anglatadi.
So‘zlarning tobe aloqaga kiruvchi bir so‘zning ikkinchi bir so‘zga semantik va grammatik jihatdan ergashib, hokim-tobelik munosabatni hrsil qilinishi natijasida yuzaga keladi.
Tobe aloqa yordamida so‘z birikmasi hamda gap hosil qilinadi. tobe aloqa orqali birikkan so‘zlardan-komponentlardan biri hokim (bosh so‘z), ikkinchi tobe (ergash so‘z) bo‘ladi.
Hokim tobelik qo‘shilmasining xarakteridan, boshqaruvchi so‘zning semantik hamda so‘z formasi va so‘z tartibidagi almashinib turadi. Tobe aloqada so‘zning ma’nosini aniqlaydi, konkretlashtiradi, to‘ldiradi, izohlaydi, unga qo‘shimcha ma’no beradi. Masalan: Quvaning anori (hokim komponent – anor), kitob o‘qimoq (hokim so‘z – o‘qimoq), qizil olma (hokim so‘z - olma), yaxshi gapirmoq (hokim so‘z - gapirmoq) so‘z birikmalarida hokim komponentlarining ma’nolari o‘rniga xoslik, ob’ektli, attributiv va relyativ belgilash jihatdan aniqlangan, konkretlashtirilgan, to‘ldirilgan.
Hokim tobelikni belgilashda komponentlarning faqat ichki ma’no tomoni asos qilib olinmaydi. Aks holda Navoiy g‘azali (g‘azal Navoiyniki), kolxozchining qizi (qiz kolxozchiga qarashli), daraxtning bargi (barg daraxtniki) kabi birikmalarda aniqlovchi komponent hokim, aniqlanuvchi komponent tobe hisoblangan bo‘lar edi. Holbuki, grammatika til faktlarini o‘rganayotganda, uning formasini, grammatik ma’nosini hisobga oladi. SHuning uchun ham yuqoridagi birikmalarda mantiqan hokim bo‘lak aniqlovchi komponentlar hisoblansa-da, grammatik jihatdan hokim bo‘lak aniqlanuvchi komponentlardir.
So‘roq hokim bo‘lakdan tobe bo‘lakka beriladi:
Katta maydon – qanday maydon? Qorni kuramoq – nimani kuramoq? Odobli bola – qanday bola?
Tobe komponentlarning ergashtiruvchi vositalar (kelishik qo‘shimchalari, ko‘makchilar) bilan kelishi ham hokim so‘zning talabi bilan bo‘ladi: Baxtga erishmoq, ozodlik uchun kurashmoq, sizni ko‘rmoq, telefon orqali gaplashmoq kabi. Komponentlar ichki ma’no yaqinligi tufayli munosabatga kirishganda, hokim-tobelikni ko‘rsatuvchi formal belgilar bo‘lmaydi. Bu vaqtda so‘z birikmasining hokim va tobe komponentini shu birikmaning umumiy semantikasidan bilib olish mumkin. Masalan: qiziqarli kitob narsaga oid (tobe hokim), tez yurmoq-belgi harakatga oid (tobe-hokim). Hokim tobelikni aniqlashda so‘z tartibi ham katta rol o‘ynaydi. O‘zbek tilida hokim komponent ko‘pincha tobe komponentdan so‘ng joylashadi: Alisherning asari, chiroyli shahar, Vatanni sevmoq, yaxshi o‘qimoq.
Ba’zan poetik nutqda ma’lum bir stilistik maqsad bilan komponentlar o‘rnini almashtirib qo‘llash hollari uchrab turadi: Vatanim mening, kutarman oshiqu zorimni (hokim-tobe) kabi. SHunday hollar ham bo‘ladiki, so‘z tartibining o‘zgarishi bilan so‘z birikmasi gapga aylanadi: beg‘ubor osmon – (so‘z birikmasi), osmon beg‘ubor – (gap), toza havo – (so‘z birikmasi), havo toza – (gap). SHuni ham aytish kerakki, gapdagi ayni bir so‘z boshqa bir so‘z uchun hokim, yana boshqasi uchun tobe bo‘lib ham kelishi mumkin: «SHoir xalq baxtini kuylaydi» gapida «baxtini» so‘zi «xalq baxtini» birikmasida hokim, “baxtini kuylaydi” birikmasida esa tobe komponent vazifasini bajaradi.
Tobe aloqa uch xil sintaktik aloqa usulini o‘zida mujassamlashtiradi:
Moslashuv. Bunday bog‘lanishda, asosan, ot bilan ot yoki olmosh bilan ot munosabatga kirishadi. Qaratqich bilan qaralmish moslashuv yo‘li bilan birikkan birikmani hosil qiladi. Ular shaxs va sonda bir-biri bilan muvofiqlashadi: Mening daftarim, Karimning kitobi, bizning maqsadimiz kabi. Bu tipdagi bog‘lanish usuli nashr qilingan qo‘llanmalarda munosabatdorlashish(koordinatsiya) nomi bilan ham atalmoqda. Moslashuv aloqasi ega va kesim o‘rtasida ham yuzaga chiqib, uning yordamida gap hosil qilishi mumkin: Biz tinchlik istaymiz. Bu gapda ega vazifasidagi «Biz» so‘zi kesim vazifasida keluvchi «istaymiz» so‘zi bilan shaxs va sonda moslashgan.
Boshqaruv. Bu aloqada hokim bo‘lak tobe bo‘lakning ma’lum formada kelishini talab qiladi. Bunday bog‘lanish ham semantik, ham grammatik jihatdan yuzaga chiqadi. Boshqaruv aloqasida tobe komponent biror kelishik affiksini olgan holda yoki ko‘makchi bilan birga keladi. SHunga ko‘ra boshqaruv aloqasini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin:
a) kelishikli boshqaruv;
Ish ustasidan qo‘rqadi. (maqol).
b) ko‘makchili boshqaruv:
Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi. (maqol).
Bitishuv. Bunday bog‘lanishda ikki mustaqil so‘z o‘zaro hech qanday formal belgilarsiz munosabatga kirishadi. Bunda hokim o‘z formasini o‘zgartirsa ham, tobe so‘z o‘zgartirmaydi. Bitishuv aloqasida komponentlarning hokim yoki tobeligi ma’nosi, tartibi hamda intonatsiya yordamida aniqlanadi: uchqur ot, tez yugurmoq, o‘qigan bola.
Gapda so‘zlarning grammatik-semantik aloqaga kirishuvchi vositalar
So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatlari har bir tilda turli vositalar yordmida ifoda etildai. O‘zbek tilida so‘zlarni o‘zaro sintaktik aloqaga kirishuvchi vositalar quyidagilar:
Formal-grammatik qo‘shimchalar. Bularga so‘z o‘zgartiruvchi affikslar-egalik, kelishik, shaxs-son qo‘shimchalar kiradi.
Har bir grammatik forma ma’lum bir ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi. Egalik affikslari qarashlilik ma’nosini bildiradi: sening kitobing, institut binosi.
Kelishik qo‘shimchalari ot turkumidagi hamda otlashgan so‘zlarning boshqa so‘zlar bilan (ko‘pincha fe’llar bilan)munosabatini ifodalaydi va harakat bilan ob’ekt yoki harakat bilan hol o‘rtasidagi aloqani aks ettiradi. Moskvadan kelmoq, paxtani termoq, shaharga kelmoq.
2. Yordamchi so‘zlar. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar so‘zlarning sintaktik munosabatga kirishuvida alohida rolp o‘ynaydi. Ko‘makchilar gapda otning yoki otlashgan so‘zlarning boshqa bir so‘zga, ko‘pincha, fe’lga bo‘lgan tobeligini ifoda etadi: Chidam bilan o‘qimoq, baxt to‘g‘risida suhbatlashmoq, Vatan uchun xizmat qilmoq.
Ko‘makchilar o‘zi bilan bog‘langan so‘z bilan birgalikda so‘z birikmasining bir komponenti hisoblanadi hamda gapda bir gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
Bog‘lovchilar so‘z, so‘z birikmasi, gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi:
Zaynab va Omon. Gulning chiroyi va bulbulning navosi shoirni maftun etdi.
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi xayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini. (H. Olimjon)
Yuklamalar grammatik vosita siqatida mustaqil so‘z va gaplarni o‘zaro sintaktik munosabatni ifodalash uchun xizmat qiladi:
Erur ilmu adab, fazlu hunar maktabdan
Ko‘zlar borki boqqan dam
Ko‘ngul huzur topadi
Ko‘zlar borki, boqqan dam
Dilga bulut yopadi. (G. Nurillaev)
3. Bog‘lamalar. Men injener bo‘laman.
So‘z tartibi so‘zlarning sintaktik munosabatini ifodalashda alohida o‘rin tutadi. So‘zlar morfologik qo‘shimchalar oganda so‘z tartibining o‘zgarishi ularning sintaktik vazifasiga ta’sir etmaydi. Gap bo‘laklarining o‘rni o‘zgarsa ham, so‘zlarning gapdagi vazifasi o‘zgarmaydi:
Xayolimni gulga o‘rayman
Gulga xayolimni o‘rayman.
O‘rayman xayolimni gulga.
Gulga o‘rayman xayolimni.(H.Olimjon)
Gapda so‘zlar mahsus morfologik qo‘shimchalar olmaganda so‘z tartibining o‘zgarishi sintaktik holatga ta’sir qiladi. Bu vaqtda so‘zlarning gapdagi vazifasi ularning tartibiga bog‘liq bo‘lib qoladi. So‘z tartibining o‘zgarishi bilan ularning vazifasi ham o‘zgaradi.
Masalan: Katta bino – aniqlovchi va aniqlanmish:
Bino katta .– ega va kesim.
5. Pauza sintaktik vosita sifatida muhim o‘rin tutadi. Gapda so‘zlar orasidagi pauzalarning intonatsiyasini o‘zgarishi bilan mazmun ham sintaktik holat ham o‘zgarishi mumkin.
Masalan: Semiz portfelli kishi keldi-gapida «semiz» so‘zidan keyin pauza qilinsa, ikki sodda so‘z birikmasi hosil bo‘ladi: semiz kishi, portfelli kishi kabi. Agar bu so‘zdan keyin pauza qilinmasa, murakkab so‘z birikmasi-semiz portfelli kishi yuzaga keladi. Bu murakkab so‘z birikmasining tobe komponentining o‘zi bitta so‘z birikmasidan iboratdir-«semiz portfelli»
Uchta bolali ayol (uchta bolasi bor bir ayol yoki bolasi bor uchta ayol). Gapda so‘zlarning sintaktik munosabatlarini yuzaga chiqaruvchi yuqoridagi vositalarning hammasi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ular doimo bir-birini to‘ldirib turadi. Lekin nutqning ma’lum bir formalarida ularning ayrimlari aktiv, ba’zilari passiv rol o‘ynashi mumkin.
Sintaktik aloqaga kirgan so‘zlar o‘rtasida quyidagi mantiqiy-mazmuniy munosabatlar ro‘yobga chiqadi:
Attributiv munosabat.
Lotincha so‘z bo‘lib belgi, aniqlovchi ma’nolarini anglatadi. SHuning uchun ham bunday munosabatni yuzaga chiqaruvchi so‘zlar birikmasini atributiv birikma yoki aniqlovchi birikma deb atash ham mumkin. Bunda tobe komponent aniqlovchi vazifasini o‘taydi: xalqimiz boyligi, yangi zamon, aytilgan so‘z, o‘nta daftar, o‘sha yigit kabi.
Obyektiv munosabatlar.
Lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, predmet ma’nosini bildiradi. Bunday munosabat predmet bilan harakat yoki belgi orasida yuzaga chiqadi. SHuning uchun ham bunday munosabatni ifodalovchi so‘z birikmalari ob’ektli birikmalar deb ataladi. Bunday birikmada tobe so‘z to‘ldiruvchi vazifani bajaradi:
somonga yiqilmoq, qildan indichka, qordan oppoq, samolyotdan tez.
Uyat o‘limdan qattiq.
Tinchlik uchun kurashmoq. (maqol)
Relyativ munosabat.
Relyativ so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, holat, munosabat ma’nosini ifodalaydi. Bunday munosabatni bildiruvchi so‘z birikmalari relyativ birikma deb yurilitiladi. Bunday birikmalarda tobe komponent gapda hol vazifasida keladi:
sekin gapirmoq, ravon o‘ylamoq, Moskvadan kelmoq, ko‘p bilmoq.
Oppozitiv munosabatlar.
Bunday munosabat izohlovchi va izohlanmish o‘rtasida yuzaga keladi. Izohlovchi aniqlovchining bir turi bo‘lganligi uchun ham bu tipdagi birikmalar ba’zi adabiyotlarda attributiv munosabatlar doirasida o‘rganiladi:
Kosmanavt Y.A. Gagarin, serjant Umurov, direktor G‘aniev, brigadir Karim kabi.
«Predikativ»-so‘zi lotincha predikativus so‘zidan oligan bo‘lib, habar, kesim demakdir. Predikativ qo‘shilma ega va kesim munosabatlarni kuzatadi, so‘z birikmasi emas, gap hosil qiladi. SHuning uchun predikativ birikma terminini gapga nisbatan qo‘llash mumkin. Demak, predikativ qo‘shilma gapga teng bo‘ladi.
Masalan: Karim kitobni kutubxonaga qaytardi-gapda bitta peridikativ qo‘shilma (Karim qaytardi), ikkita so‘z birikmasi (kitobni qaytardi, kutubxonaga qaytardi) bor.
Savol va topshiriqlar:
«Sintaksis» atamasining ma’nоsini izоhlab bеring.
Sintaksis kursining vazifalari nimalardan ibоrat?
Sintaksisning bоshqa til bo‘limlari bilan alоqasi.
Sintaktik birliklar qaysilar?
Sintaktik munоsabat dеganda nimani tushunasiz?
Sintaktik alоqa haqida gapiring.
Sintaktik vоsitalarga nimalar kiradi?
Sintaktik stilistika nimani o‘rganadi?
Gapda so‘zlar qanday usullar bilan bоg‘lanadi?
Tеng alоqa dеb nimaga aytiladi?
Tоbе alоqa qanday yuzaga chiqadi?
Bоshqaruv alоqasi qanday rеallashadi?
Mоslashuv alоqasining хususiyalari nimada?
Bоshqaruv va mоslashuv bеlgisiz hоlda qo‘llanishi mumkinmi?
Bitishuv alоqasi haqida tushuncha bеring.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
T ursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent: «O‘zbekiston», 1992.

2- MAVZU: So‘z birikmasi. So‘z birikmasining tuzilishi va grammatik ma’nolari. Birikma tarkibidagi so‘zlarning aloqa turlari: boshqaruv, bitishuv, moslashuv. So‘z birikmalarining turlari. Tuzilishiga ko‘ra turlari.

REJA:
I. So‘z birikmalarining nutq birligi ekanligi haqida. Sintagma haqida tushuncha.
II. So‘z birikmasining so‘z, qo‘shma so‘z, turg‘un ibora (birikmalar) hamda gapdan farqi
III. So‘z birikmasining hokim so‘zning qaysi so‘z turkumidan ekanligiga ko‘ra turlari:
1. Otli so‘z birikmalari
2.Fe’lli so‘z birikmalari.
3. Ravishli so‘z birikmalari.
4. Sifatli so‘z birikmalari.
5. Modal so‘z birikmalari.
IV. Tobe so‘zning sintaktik vazifasiga ko‘ra turlari so‘z birikmasining turlari.
V. So‘z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turlari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR: So‘z birikmasi, hokim (bosh) so‘z, tobe (ergash) so‘z, otli birikma, fe’lli birikma, aniqlovchili birikma, to‘ldiruvchili birikma, holli birikma.

So‘z birikmalari haqidagi bilim sintaktik ta’limning tarkibiy qismlaridan biridir.


So‘z birikmasi so‘zlarining ma’lum bir mantiqiy va grammatik qoidalar asosida birikishidan hosil bo‘ladigan erkin sintaktik butunlik hisoblanadi. Biror so‘z turkumiga oid birdan ortiq so‘zlarning semantik va grammatik jihatdan o‘zaro birikuvchi so‘z birikmalarini yuzaga keltiradi: tong shabodasi, chiroyli shahar, astoydil o‘qish kabi.
So‘z birikmasida ayrim tushunchalarni ifoda qiluvchi so‘zlar o‘zaro sintaktik munosabatga kirishi, murakkab tushunchani anglatadi.
Demak, so‘zlarning sintaktik munosabatiga kirishuvi uchun ichki ma’no mosligi hamda tashqi grammatik moslik va ularning uyg‘unligi talab qilinadi: qorning sovuqligi, vatanni sevmoq, piyoda yurmoq kabi.
So‘z birikmasining ma’nosi uning tashkil etgan komponentlar ma’nosidan kelib chiqadi: katta bino, bizning vazifamiz, yaxshi odam.
So‘z birikmasi tuzish uchun so‘zlar zarur bo‘lsa, gap hosil qilish uchun so‘z birikmalari shunchalik zarurdir. So‘z birikmalari strukturasini faqat so‘zlar miqdori bilangina belgilab bo‘lmaydi, albatta. So‘z birikmasida so‘zlar miqdoridan tashqari komponentlar o‘rtasida sintaktik aloqa bo‘lishi shart shuning uchun ham yoza boshlamoq, o‘ttiz besh kabilar so‘z birikmasi hisoblanmay, qo‘shma so‘zlar bobida o‘rganiladi. Chunki ular o‘rtasida sintaktik aloqalar yo‘q bo‘lib, bitta leksik ma’no tushunchani anglatadilar. So‘z birikmasi ikki komponent (qism)dan tashkil topadi: hokim komponent va tobe komponent. So‘z birikmasi tarkibida ma’nosi ravshanlashgan qism (so‘z) hokim komponent, uning ma’nosini aniqlab, to‘ldirib kelgan qism (so‘z) tobe komponent hisoblanadi. So‘roq hamma vaqt hokim komponentidan tobe komponentga berilishi shart.
Tobe komponenti hokim so‘zidan berilgan so‘roqqa javob bo‘ladi: rangli televizor (qanday televizor? - rangli )
Maktab darsliklarida so‘z birikmasining hokim komponenti bosh so‘z, tobe komponenti esa ergash so‘z atamalari bilan ham izohlanadi.
Sintaktik vazifasi va sintaktik aloqalarining darajasiga ko‘ra so‘z birikmalari , erkin va sintaktik vazifasi jihatidan ajralmas bo‘ladi. Erkin so‘z birikmasi tarkibiga kirishish hamda ma’lum bir gap bo‘lgan vazifasini bajarish mumkin: o‘tmas pichoq qo‘l kesar, chin do‘st yurakdan gapiradi. Bu sintaktik konstruktsiyalarida «o‘tmas pichoq qo‘l kesar», «Chin do‘st yurakdan gapiradi» birikmalar tarkibidagi har bir so‘z gapning alohida mustaqil bo‘laklari vazifasida kela oladi. Biroq ayrim gaplarda so‘zlar birikmasi ajralmas bo‘lak vazifasida ham kelish mumkin. Sintaktik vazifa jihatida ajralmas so‘z birikmasi bir tomonlama qaraganda frazeologik birikmalarga o‘xshab ketadi. Frazeologik birikmalar ham gapda bir bo‘lak vazifasini bajaradi. Ammo bu hollarda frazeologik birikma bilan ajralmas gap bo‘lgagi vazifasida keluvchi so‘z birikmalarini bir hodisa deb qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki frazeologik birikmalar leksik holda , ya’ni u til birligidir – u tilda tayyor holda mavjud, so‘z birikmasi esa sintaktik hodisa bo‘lib, u nutq birligidir: Otabek uyaluv aralash Qutidorga qaradi (Qodiriy) U besh yil o‘qidi. Qurilmalarda «uyaluv aralash , «besh yil» so‘z birikmalari ajralmas holda bir bo‘lak vazifasini (Ravish holi va payt holi) bajaradi va shu o‘rinda boshqa bir so‘z birikmasining bir komponenti bo‘lib qolishi mumkin. «Uyaluv aralash qaradi» yoki «besh yil o‘qidi» kabi. Bunday paytlarda bir butun so‘z birikmasi tobe komponent hisoblanadi. Demak, so‘z birikmasi sintaktik so‘z birikmasi jihatidan gap bo‘lagiga teng bo‘lishi yoki teng kelmasligi mumkin.
So‘z birikmasi, qo‘shma so‘z, turg‘un birikmalar hamda gapdan bir qator belgilari bilan farq qiladi. .
So‘z leksik hodisa bo‘lib, u til birligi hisoblanadi, so‘z birikmasi esa sintaktik hodisa bo‘lib, nutq birliklaridan biriga kiradi.
So‘z predmet , belgi ish-harakatining o‘zigina ifodalash uchun xizmat qilsa, so‘z birikmasi ana shu predmet, belgi-harakatining boshqalardan ajratib ko‘rsatadi. Unga qo‘shimcha ma’no beradi.
Qiyoslaymiz: dala, keng – keng dala. kulmoq, gapirmoq – kulib gapirmoq.
So‘z abstarkt ma’noli bo‘lib, u birgina yoki gap tarkibiga kirgandagina konkretlashadi.
So‘z birikmasi qo‘shma so‘zlardan ham keskin farq qiladi.
Qo‘shma so‘zlarning komponentlari o‘rtasida ham grmmatik munosabati yo‘q(tarixan bo‘lgan bo‘lish mumkin.) Lekin hozir bu aloqa yo‘qolgan. Qo‘shma so‘z komponentlari o‘z leksik semantik mustaqilliklarini yo‘qotib, bir bosh urg‘u bilan aytiladi. Leksik jihatidan bir so‘z hisoblanadi va gapda bir sintaktik vazifani bajaradi.
So‘z birikmasining komponentlari mustaqil leksemaga ega, ular o‘rtasida sintaktik munosabat mavjud bo‘lib, har bir komponent boshqa-boshqa gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
Qiyoslaymiz 1. Men kecha Kattaqo‘rg‘ondan keldim.
2. Katta qo‘rg‘ondan bolalarning ovozi eshitilib turardi.
Birinchi gapda «Kattaqo‘rg‘on» – qo‘shimcha so‘z (ot) bo‘lib, bir bosh urg‘u bilan aytiladi va gapda bir vazifa o‘rin holi vazifasini bajaradi. Ikkinchi gapda esa «Katta qo‘rg‘on» - ikki urg‘u bilan aytiladi. Ular o‘rtasidagi grammatik aloqa mavjud, gapda ikki bo‘lak vazifasida aniqlovchi va hol vazifasida kelgan.
Frazeologik birikmalar butunligicha yaxlit holda qo‘llanib, til birligi sanalsa, so‘z birikmasi nutq protsessidagina shakllandi. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’nosini saqlaydi.Turg‘un birikma tarkibiga kiruvchi so‘zlar esa butunicha o‘z ma’nosidan ko‘chgan yoki komponentlarning biri o‘z ma’nosini o‘zgartirgan bo‘ladi: Hujjatga qo‘l qo‘ydi. – turg‘un birikma.
Hujjatga qo‘lini qo‘ydi. – so‘z birikmasi.
Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – ko‘chma ma’noda turg‘un birikma.
Kitobi qo‘ltig‘idan tushdi. – gapida esa qo‘ltig‘idan tushdi so‘z birikmasi .
So‘z birikmasi hosil qilish uchun hamisha ikkita mustaqil ma’noli so‘z (yordamchi so‘zlar o‘zi qo‘llangan mustaqil so‘z bilan birga so‘z birikmasining bitta komponenti hisoblanadi) bo‘lishi, shu so‘zlar semantik-grammatik jihatdan erkin munosabatga kirisha olishi; hosil bo‘lgan qo‘shilma ochiq konstruktsiyani tashkil etishi, nominativ vazifa ifodalashi lozim. So‘z birikmasining nominativ Harakterdagi ochiq konstruktsiyasidan iborat bo‘lishi uni gapdan farqlashda ahamiyatlidir.
Gap ham mustaqil so‘zlarning grammatik-semantik munosabatidan tashkil topadi. Lekin gap predikativ Harakterdagi qo‘shilmadan iborat bo‘lib, komunikativ vazifasini bajaradi, boshqacha qilib aytganda, uning mazmunidan biron bir predmet, voqea-hodisa haqtidagi xabar anglashiladi.
Demak, so‘z birikmasining gapida so‘z birikmasi sintaktikasidan, ulardagi ichki munosabatlarini bir-biridan farqlashga to‘g‘ri keladi. So‘z birikmasi gap ichida o‘rganilayotgan paytda ham gap sintaktikasi nazarda tutiladi. CHunki so‘z birikmasi gap sintaktikasi talablari bilan emas, so‘z birikmasi sintaktikasi talablari bilan tuziladi.
So‘zlar so‘z birikmasidan tashqarida o‘rganilgani kabi so‘z birikmasi ham gapdan tashqarida alohida o‘rganilishi lozim. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, so‘z –gap, nominativ, vokativ, infinitiv kabi gap turlari so‘z birikmalariga ajratilmaydi.
Gapning bir so‘zdan iborat bo‘lishi mumkinligi ham uning so‘z birikmasidan farq qilishini ta’minlovchi bir belgidir.
So‘z birikmasining tiplari:
So‘z birikmalari klasifikatsiya qilinganda, hokim komponentining morfologik tabiati, tobe komponentining esa sintaktik vazifasi e’tiborga olinadi.
So‘z birikmalari hokim komponentining morfolik tabiatiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1. Otli so‘z birikmalari. Bunday so‘z biror birikmalarning hokim komponenti vazifasida quyidagi so‘z turkumiga oid so‘zlar kelish mumkin:
a) ot: institut binosi, a’lochi student
b) olmosh: bolalarning har biri
d) sifat : mehnatda ilg‘or
e) sifatdosh: musobaqada g‘olib chiqganlar
f) son : qizlarning ikkitasi
Otli so‘z birikmalari tarkibidagi hokim va tobe so‘zlarining material o‘rniga ko‘ra quyidagicha gruppalanadi:
a) ot bilan ot: daraxtning bargi: oltin soat:
b)sifat bilan ot: sho‘x bola, shirin olma.
d)sifatdosh bilan ot: haydalgan er, terilgan paxta., oqarsuv
e) son bilan ot: besh baho, olti million tonna paxta.
f) olmosh bilan ot: shu kitob, o‘sha shahar.
h) ravish bilan ot: ko‘p odam, oz gap.
i) mimema bilan ot: g‘uv-g‘uv pashsha, shildir-shildir suv, piq-piq yig‘i.
j)sifatdosh bilan olmosh: beradigan hech narsasi.
z)ot bilan sifat: o‘qishda ilg‘or, ishda ham dongdor.
k) ot bilan sifatdosh: mehnatda o‘rnak ko‘rsatganlar.
l) ot bilan sifat : mehnatda fidokor…
2.Fe’lli so‘z birikmalar.
Bunday so‘z birikmalar material jihatidan quyidagicha tuziladi:
a) ot bilan fe’l: xat yozmoq, Karim bilan kelmoq.
b) ravish bilan fe’l: tez yurmoq, ko‘p o‘qimoq.
d) son bilan fe’l: beshta olmoq, ikkiga ko‘paytirmoq.
e) olmosh bilan fe’l: seni kutmoq, undan so‘ramoq.
f) harakat nomi bilan fe’l: o‘qishga bormoq.
h) ravishdosh bilan fe’l : kulib gapirmoq, ko‘rgani kelmoq.
i) ot bilan ravishdosh: daryo kechgali
j)mimema-fe’l: taqa-taq to‘xtamoq, shov-shuvni bosmoq.
3. Ravishli so‘z birikmalari.
Bunday so‘z birikmalarida hokim bo‘lak vazifasida ravish turkumidagi so‘zlar keladi:
o‘tloqda bedana ko‘p, dangasada bahona ko‘p. (Maqol)
4. Modal so‘zli so‘z birikmasi.
Bu tipdagi birikmalarni hokim komponenti o‘rnida modal so‘zlar keladi:
O‘zingda yo‘q olamda yo‘q.
Til faktlari shuni ko‘rsatadiki, ravish va sifat turkumiga kiruvchi so‘zlarning boshqaruvchilik xususiyati ot va fe’l boshqaruvchiligiga nisbatan passiv bo‘lib, nutqda kamroq qo‘llanadi.
Birikmalar tobe komponentining sintaktik tabiatiga ko‘ra quyidagicha gruppalanadi:
To‘ldiruvchili so‘z birikmalari:
Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.
Aql-aqldan quvvat oladi. (maqol)
Aniqlovchili so‘z birikmalari:
Toza qalbda dog‘ bo‘lmas. Ahmoqning katta kichigi bo‘lmaydi. (maqol)
Izohlovchili so‘z birikmasi:
Direktor Saidvaliev praktikant – talabalar bilan suhbat o‘tkazadi.
YAqinda shoir Hamza xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi.
Holli so‘z birikmalari:
Oz so‘zla, ko‘p tingla (maqol).
So‘z birikmalarining tuzilishi ko‘ra turlari.
So‘z birikmasi tarkibi jihatidan oddiy (sodda) va murakkab bo‘ladi: oddiy so‘z birikmasi faqat ikki mustaqil so‘zdan tashkil topadi:
oltin soat, tez gapirmoq, institut binosi, shoir Muqimiy, o‘sha qiz
Murakkab so‘z birikmasida so‘zlarning birortasi yoki har ikkilasi ham kengayadi: shirin so‘zli yigit, oq ko‘ylakli qiz, bir yoz ellik so‘mlik mato, ikki kilogramli tosh, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilg‘orlarining yig‘ilishi kabilar.
Predikativ Harakterdagi qurilmalar ham murakkab so‘z birikmalarining bir komponenti vazifasini bajaradi. Ra’no o‘qigan kitob hammamizni qiziqtiradi. Sochi uzun, ko‘zlari qop-qora Hafizani ko‘rganda Umid o‘zini yo‘qotib qo‘yar edi.
So‘z birikmasini tahlil qilish tartibi:
Sintaktik aloqa turiga ko‘ra teng yoki tobe aloqa.
Tobe aloqa turiga ko‘ra moslashuvli, bitishuvli, boshqaruvli.
Sintaktik aloqaning yuzaga chiqaruvchi vositalarga ko‘ra: so‘z shakli (qo‘shimchalar, ko‘makchilar), so‘z tartibi, intonatsiya .
Hokim so‘zning morfologik tabiatiga ko‘ra.
Tobe so‘zning sintaktik vazifasiga ko‘ra.
Semantik munosabat turi.
Tuzilishiga ko‘ra turi.
Savol va topshiriqlar
So‘z birikmasi dеb nimaga aytiladi?
So‘z birikmasining turlarini sanab bеring.
Bоsh va ergash so‘zlarga ta’rif bеring.
Aniqlоvchili birikmaning хususiyatlari.
To‘ldiruvchili birikmani tushuntiring.
Hоlli birikmaga misоllar kеltiring.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2 . Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent: «O‘zbekiston», 1992.
3. O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand. 2001.
4. Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.-Toshkent, 2004.
5. Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.-Tоshkеnt, 1996.

3-MAVZU: Gap sintaksisi. Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlari: darak, so‘roq, buyruq gaplar. His-hayajon (undov) gaplar, ularning turlari (darak-undov, so‘roq-undov, buyruq-undov gaplar).


REJA:
1.Gap haqida umumiy tushuncha.
2.Gapning asosiy logik-grammatik belgilari:
a) fikrning nisbiy tugalligi;
b) intonatsion tugallik;
d) predikativlik.
3.Gapning tasnifi:
a) gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi;
b) emotsionallikka ko‘ra gap turi;
d) voqelik munosabatiga ko‘ra turi;
e) tuzilishiga ko‘ra turlari;
f) struktura asosiga ko‘ra;
h) zarur bo‘laklarning qo‘llanishiga ko‘ra;
i) bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra.
4.Gapning aktual bo‘linishi:
a) formal bo‘linish;
b) ichki bo‘linish.
5.Bir tarkibli gaplar tasnifi.
6.Gapni tahlil etish tartibi.

TAYANCH TUSHUNCHALAR: Gap tushunchasi, sodda gap, predikativlik, tugallangan ohang, fikrning nisbiy tugalligi, ifoda asosi, yig‘iq gap, yoyiq gap, darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, undov gap, darak-undov gap, so‘roq-undov gap, buyruq- undov gap.


Aloqa-aralashuv vositalarning eng kichik birligi gapdir. Gap nutq birligi sanaladi. Tilshunoslikda gapga nisbatan juda ko‘p ta’riflar berilgan. Gapni gap qilib turuvchi uchta asosiy belgi mavjud:


Har qanday gap ma’lum bir obyektiv borliqni ifrdalashi nuqtai nazardan nisbiy tugallikka ega.
M: Bahor fasli boshlandi.
Har qanday gap intonatsion tugallikka ega bo‘ladi. Asosiy belgalardan biri intonatsion tugallikdir. Masalan:
Paxta mavsumi tugadi, talabalar o‘qishga qaytdilar.
3.Gapning yana bir asosiy belgisi predikativlikdir. Modallik gap orqali ifodalanayotgan xabarga yoki voqelikka bo‘lgan so‘zlovchining turliy munosabatidir. Bu munosabat asosan gapning kesimi orqali ifoda etiladi. Uni ifoda etuvchi vositalarga fe’lning mayllarini ko‘rsatuvchi qo‘shimchalar, modal so‘zlar hamda intonatsiya kiradi. Misol:dunyoning tinchligi buzilmasin hech. Olasiz (olib bo‘psiz). Hayriyat, imtihondan o‘tib oldim.
O‘zbek tilida gaplar quyidagi belgilarga ko‘ra taslif qilinadi.
1.Ifoda maqsadga ko‘ra turlari.
Har bir gap o‘zida so‘zlovchining yoki yozuvchining shu gapini aytishidan maqsadini ham ifoda etadi. SHu gap orqali muallif bir fikrni aytmoqchi yoki so‘ramoqchi bo‘lsa yoxud o‘zining xohish yoki iltimosini bayon qiladi. SHunga ko‘ra gaplar to‘rtga bo‘lib o‘rganiladi.
a)darak gap; b) so‘roq gap; d) buyruq gap e) istak gap.
DARAK GAP
Obyektiv borliqdagi biror voqea – hodisa haqida xabar berish, uning mavjudligini qayd etish uchun qo‘llangan gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Bahor kelganiga qaramay, kunlar hali ancha sovuq.
Ba’zan darak gaplar sof xabar mazmunidan tashqari taxmin (bugun yomg‘ir yog‘sa kerak), maqsad, orzu-istak (ertaga o‘rtog‘imnikida qolsam) kabi ma’nolarni ifodalashi ham mumkin.
Darak gaplar darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Odatda gap bo‘laklari normal holatda joylashadi. Darak gaplarning kesimi ko‘pincha aniq mayldagi fe’llardan iborat bo‘ladi. Darak gaplar nutqda eng ko‘p qo‘llanuvchi gap turi hisoblanadi. Hatto katta-katta matnlar faqat darak gaplardan tuzilishi mumkin.
SO‘ROQ GAP
Tinglovchidan yoki o‘quvchidan biror ma’lumot olish uchun, narsa-hodisani so‘rab olish uchun qo‘llaniladigan gaplarga so‘roq gap deyiladi. Masalan: Bahorgi sessiya qachon tugaydi?
So‘roq gaplarda sof so‘rash mazmunidan tashqari tasdiq, buyruq ma’nolarini ham ifodalashi mumkin. SHunga ko‘ra so‘roq gaplarning 3 ga bo‘lib o‘rganiladi:
a) sof so‘roq gaplar. Bunday gaplar mazmunidan haqiqiy so‘rash ma’nosi anglashiladi va tinglovchidan albatta javob kutiladi. Masalan: Tashqarida yomg‘ir yog‘ayotganga o‘xshaydi-a?
b) ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplarda so‘rash shakli orqali xabar beriladi. Ular javob talab qilmaydi. Javob so‘roqning o‘zidan anglashilib turadi. Ritorik so‘roq gaplarda ularning javobi shu gapdagi biror bo‘lak yoki ha, yo‘q so‘zlari orqali berilishi mumkin. Masalan: Bu ishni kechiktirib bo‘ladimi?
Ko‘rinadiki, ritorik so‘roq gaplarda oddiy xabar berishdan tashqari emotsionallik va modallik ma’nolari kuchli bo‘ladi.
d) so‘roq buyruq gaplar. Bunday gaplar so‘rash bilan birga buyurish, undash mazmunini ham ifodalashi mumkin.
So‘roq gaplar quyidagi vositalar yordamida hosil qilinadi.
So‘roq yuklamalari bilan: Siz topshiriqni bajardingizmi?
Nahot, bugun ham yomg‘ir yog‘sa-ya?
So‘roq olmoshlari: Darsga kimlar kelmadi?
Intonatsiya : Dars boshlandi?!
BUYRUQ GAP
Adresatni biror ish bajarishga undash, buyurish maqsadida qo‘llanadigan gaplar buyruq gaplar deyiladi. Masalan: Ehtiyot bo‘ling!
Ko‘zingga qarab yur.
Temirni qizig‘ida bos.
Buyruq gaplarda sof buyurish mazmunidan tashqari maslahat, iltimos, g‘azab, do‘q – po‘pisa kabi ma’nolar ifodalanishi ham mumkin. Masalan:
Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring. (Sof buyruq gap) Tur o‘rningdan (do‘q). Chiq uydan (g‘azab). Misollardan ko‘rinadiki, buyruq gaplarning mazmun doirasi keng bo‘ladi. Ular quyidagi xususiyatlarga ega:
a) kesimi buyruq fe’li bilan ifodalanadi.
Qo‘lingga qurol ol.
b) buyruq gaplarda ko‘pincha undov va undalmalar ishtirok etadi.
Karimaxon, kitobingizni berib turing.
d) buyruq gaplar oxirida nuqta yoki undov belgisi qo‘yiladi.
ISTAK GAP
So‘zlovchining istak-xohishini bildiradigan gaplar istak gap deyialdi. Istak gaplar buyruiq gaplardan o‘sib chiqqan. Istak gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan: Iloji bo‘lsa, uzoq kutdirib qo‘ymasangiz... (J.Abdullaxonov). Unday bo‘lsa, marhamat qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov). Arzimni bir tinglasalar.
2. Emotsionallikka ko‘ra gap turlari
Gaplar o‘zida kishining ichki his-tuyg‘ularini ifodalashi yoki ifodalanmasligiga qarab ikkiga bo‘lib o‘rganiladi.
a) emotsional gaplar
b) emotsional bo‘lmagan gaplar.
Emotsional gaplar maktab darsliklarida undov gaplar deb yuritiladi. Undov gaplar kimning ichki his-tuyg‘ularini ifodalab ko‘tarinki ruh bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Eh, qanday go‘zal manzara!
Gapning istalgan turini his-hayajon bilan aytib undov gapni aylantirish mumkin. Shunga ko‘ra darak -undov, so‘roq-undov, buyruq-undov gaplarni hosil qilish mumkin.
a) darak-undov: Xayriyat, eson-omon yetib olishibdi!
b) so‘roq-undov: Ikki oy dalada yurish osonmi?! Bu gaplardan so‘ng menga ko‘ngillarini ocharmidilar?! (P.Q.)
d) buyruq-undov: Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin bo‘lavermasin!- dedi Davlatbekov. (P.Q.)
Buyruq-undov gaplarda shodlik, quvonch, taajjub, mamnunlik, tashakkur, rag‘batlantirish kabi ma’nolar ifoda etiladi. Masalan: Ilg‘or talabalar rag‘batlantirilsin!
Undov gaplar quyidagi xususiyatlarga ega:
Uning tarkibida ko‘pincha undov so‘zlar, undalmalar, kuchaytiruvchi yuklamalar qatnashadi.
Uh, qanday dahshat!
2. Undov gaplarda gap bo‘laklarining tartibi ba’zan o‘zgarishi mumkin:
Yashasin tinchlik!
3. Gapning voqelikka munosabati ko‘ra ikki turi: tasdiq va inkor gaplar mavjud.Masalan: Bahor keldi. Ular ertaga kelishadi.- tasdiq gaplar. Bahor kelmadi. Ular ertaga kelishmoqchi emas. Biz uchrashganimiz yo‘q. O`qishga kirib bo‘pti.- inkor gaplar.
4. Gapning struktura asosiga (tuzilishiga)ko‘ra quyidagicha gupuhlash mumkin:
Sodda gaplar.
Bunday gaplar bir struktura asosidan, ya’ni bir ega va bir kesim markazidan tashkil topadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar esa ana shu ikki markaz atrofida jamlanadi.
Masalan: Bog‘da bulbul sayraydi.
Qo‘shma gaplar.
Ikki struktura asosidan, ikki predikativ birlikdan tashkil topadi.
Masalan: Bog‘da bulbul sayraydi, ko‘nglim guldek yayraydi.
Murakkab qo‘shma gaplar.
Tarkibida ikkidan ortiq predikativ birliklardan iborat bo‘ladi. Masalan: Qizginamning bog‘i bor, bog‘boni yo‘q; suyangani tog‘i bor, tolqoni yo‘q.
Eslatma: yuqoridagi gap ko‘rinishlaridan tashqari yana shunday gap tiplari mavjudki, bunday gap tiplari nutqda periodik nutq ko‘rinishlari deb yuritiladi.
Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra gaplar 2 turga bo‘linadi.
Yig‘iq gaplar.
Yoyiq gaplar.
Yig‘iq gaplar faqat bosh bo‘laklardan tashkil topadi.
Masalan: O‘qish boshlandi.
Yoyiq gaplar esa bosh va ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi
Masalan: El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi.
Tarkibiga ko‘ra gap turlari.
Bunga ko‘ra ham gaplar 2 turga bo‘linadi.
Bir tarkibli gaplar
Ikki tarkibli gaplar.
Faqat birgina tarkibdan tashkil topgan gaplar bir tarkibli deyiladi. Gapda faqat 2 tarkib bo‘ladi. Demak, faqatgina ega yoki aloqador bo‘lgan tarkibdan yoki kesim va unga aloqador bo‘lgan so‘zlardan tashkil topgan gaplar bir tarkibli gaplar deyiladi.
Masalan: Qishda Chimyonga boramiz. Maktab bog‘ida ishladik
Ega tarkibli gapda kesim, kesim tarkibli gaplarda esa ega ishtirok etmaydi.
Umuman olganda, bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari mavjud.
Shaxsi aniq gaplar.
Shaxsi noaniq gaplar.
Shaxsi umumlashgan gaplar.
Shaxssiz gaplar.
Infinitiv gaplar.
Nominativ yoki atov gaplar.

Gap so‘z va so‘z birikmasidan farqli o‘laroq tushuncha emas, balki fikr ifodalaydi. Bu uning muhim, farqli, asosiy, xarakterli xususiyatidir. Bu xususiyat gapning ob’ektiv borliqqa xos voqea-hodisa, holatning in’ikosi ekanligida o‘z ifodasini topgan. Shu sababli gap predikativ birlik yoki birikma hisoblanadi.


Demak, predikativlik gapni boshqa sintaktik birliklardan ajratib turuvchi farqli belgisidir. Shuning uchun gapning mohiyatini, grammatik tabiatini bilib olish uchun predikativlikning nima ekanligini aniq bilib olish lozim.
Xo‘sh, predikativlik nima ? Predikativlik har qanday gapga xos umumiy grammatik ma’no bo‘lib, gapni fikr ifodalash, xabar berish, tasdiqlash, hukm bildiruvchi birlik sifatida shakllantiruvchi asosiy grammatik xususiyatdir. Masalan: O’rik gulladi va o‘rikning gullashi qurilmalarining axborot hajmi bir xil. Ular faqat shu ob’ektiv mazmunni qanday ifodalashi jihatidan farq qiladi. Birinchisida o‘rikning gullaganligi tasdiqlanyapti, unda shu haqdagi hukm bor, ikkinchisida shu hodisa atalyapti xolos. Demak, 1-qurilma predikativ qurilma, 2-si nopredikativ (nominativ) qurilma. Predikativlik gapning grammatik ma’nosi, dedik. Xo‘sh, bu qanday grammatik ma’no? U gapning shakllar tizimidagi qismlarga ajratilmaydigan grammatik ma’nosidir. Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar tizimi orqali ifodalanadi. Binobarin, ana shunday shakllar tizimiga ega bo‘lgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi.
Predikativlikning shakllanishi xilma-xil:
1. Har bir predikativ ma’no komponenti (tasdiq-inkor, shaxs, zamon, modallik) alohida-alohida shakllar orqali ifodalanadi. Masalan: yoz-ma-sa- (y) – di-ng-iz qurilmasi beshta predikativ ma’no komponenti, beshta grammatik shakl orqali ifodalangan : - ma(inkor)- sa (modallik)- di (zamon) – ng (shaxs)-iz (son).
2. Bir formant yordamida sintezlashgan holda ifodalanishi mumkin. Masalan: yoz-ay (tasdiq, aniqlik mayli, kelasi zamon, birinchi shaxs).
3. Nol shaklga ega bo‘lib,u paradigma ichida boshqa paradigma a’zolarining shakliga qiyosan belgilanadi. Masalan: yoz-ay, yoz, yoz-sin. Paradigmaning ikkinchi a’zosi yozning, ikkinchi shaxs, buyruq mayli (modallik), kelasi zamon, tasdiq grammatik ma’nolarining nol shakl orqali ifodalanganligi yoz-ay va yoz-sin birikmalariga qiyosan belgilanadi.
4. Nol shaklga ega bo‘lib, u nutq vaziyati orqali belgilanadi. Masalan: Bahor. Bu so‘z o‘zining shakl paradigmasida bosh shakl sifatida nominativ birlik, gap emas. Paradigmadan tashqarida predmetning umumlashgan nomini atash yo‘li bilan shaxs, son, zamon, tasdiq, (mavjudlik) ma’nolarining ifodalanishi uni gapga aylantiradi. Xullas, predikativlik gapning asosiy grammatik kategoriyasi bo‘lib, u tasdiq, inkor, modallik (mayl), zamon, shaxs, son kategoriyalarining sintezidan iborat.
Demak, gapni predikativlik shakllantiradi: bu grammatik kategoriyaumuman gapga xos xususiyat, lekin uning ifodalanishida kesim asosiy rol o‘ynaydi. Kesim umumiy predikativlik ma’nosini konkret modallik, zamon, shaxs kategoriyalari orqali ifodalaydi. (Yigirma yoshdaman. Talabaman. Albatta, boramiz kabi). Hatto Bahor. Oydin kecha kabi atov gaplar ham mohiyatan kesimga tengdir. Chunki bu yerda ham mavjudlik ana shu shaklda tasdiqlanyapti. Tasdiqlash esa kesimning funktsiyasidir. Bosh kelishikdagi so‘zning bunday ma’no kasb etishida tugallangan intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. Intonatsiya gapga xos bo‘lgan universal vositadir. Gapning muhim xususiyatlaridan yana biri uning grammatik jihatdan shakllanganligidir. Buning ma’nosi shuki, har qanday tovush yoki tovushlar majmuasi so‘z bo‘lmaganidek, har qanday so‘z yoki so‘zlar majmuasi gap bo‘lavermaydi. Buning uchun muayyan so‘z tugallangan intonatsiya va sintaktik qurshov tufayli yangi sifat kasb etishi, mavjudlikni tasdiqlashi lozim bo‘lsa, so‘zlar majmuasi o‘zaro semantik - sintagmatik aloqaga kirishib, predikativlik ifodalashi zarur bo‘ladi. Bularning hammasi muayyan tilning intonatsion xususiyatlari, grammatik qonun - qoidalari asosida yuz beradi.
Ayon bo‘ladiki, gapning fikr ifodalashi bejiz, o‘z-o‘zidan, tasodifan bo‘lmay, so‘z yoki so‘zlarning muayyan tilning grammatik qonun-qoidalari va tugallangan intonatsiya tufayli yangi sifat kasb etishi, predikativlikka ega bo‘lishidir. Masalan: Oydin tun. To‘lin oy. Xiyobonda ikki qalb yolg‘iz. Ikki qalbning dilbar suhbati. Ular bilan dunyo ham uyg‘oq… Oqarishib kelar tong. Bu sintaktik qurilmalarning har biri bitta gapdir. Chunki ularning har biri ob’ektiv holat bilan bog‘liq bir holat, manzarani tasdiqlab ifodalayapti, har bir sintaktik qurilma tugallangan intonatsiyaga ega va grammatik jihatdan shakllangandir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, gapga shunday ta’rif berish mumkin: Grammatik jihatdan shakllangan, tugallangan intonatsiyaga ega bo‘lgan bir so‘z yoki so‘zlar bog‘lanmasidan iborat fikr ifodalovchi eng kichik va asosiy sintaktik birlik gap deyiladi . Gapning, nutqning intonatsion tomoni uning mundarijasi va strukturasi bilan bog‘liq: nutqning qismlarga bo‘linishi grammatik-fikriy va intonatsion jihatlarga asoslanadi. Gapning qismlarga ajratilishi bir qancha tomonlardan bo‘lishi mumkin: logik tomondan (mazmun qismlari), formal – grammatik tomondan (grammatik qismlar), fonetik tomondan (intonatsion qismlar). Lekin bu tomonlar o‘zaro bog‘langan: ular bir-biriga moslashgan bo‘ladi. Tilning turli vositalarini analiz qilish shuni ko‘rsatadiki, intonatsiyaning yolg‘iz o‘zida til nuqtai nazaridan fikriy mundarija yo‘q: u gap, so‘z orqali mavjud, demak, intonatsiya tilning yordamchi vositasidir: supersegment fonetik hodisadir. Shulardan kelib chiqib, intonatsiyaning asosiy vazifasini quyidagicha jamlab ko‘rsatish mumkin: Intonatsiya gapni, nutqni fonetik jihatdan shakllantiradi, grammatik-fikriy tugallikni ko‘rsatadi. U o‘zaro bog‘langan bir necha so‘zning yoki yakka so‘zning gap bo‘lishida qatnashadi. Bunday tugallangan intonatsiya gapga xos bo‘lib, u so‘z birikmasida yo‘q.
Demak, bu tipdagi intonatsiya so‘z birikmasi bilan gapni farqlaydigan belgilardan biridir. Predikatsiya, predikativlik ma’lum darajada shu intonatsiya bilan ifodalanadi. Bir so‘zdan iborat Tong tipidagi gaplarda, shuningdek, Shahar-shahar; Qishloq-qishloq tipidagi gaplarda predikativlikning intonatsiya yordami bilan ifodalanishini yaqqol ko‘rish mumkin. Gapning kuzatilgan maqsadga, emotsionallikka ko‘ra turlari ko‘p jihatdan intonatsion farqqa qarab belgilanadi. Intonatsiya gapning modalligini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Masalan: tasdiq bildiradigan gapni intonatsiya yo‘li bilan inkor bildiradigan gapga aylantirish. Borasan-a, borasan!
Gap tugallangan fikr ifodasidir, uning mazmun tomonidir, lekin bu fikriy tugallik nisbiydir, chunki ayrim gapdagi fikrning to‘liq ochilishi nutq ichida bo‘ladi. Demak, gap formal-grammatik va intonatsion jihatlardan ham, mundarija jihatdan ham tugallikka ega. Biroq uning fikriy tugalligi – nisbiy.
Gap nutq ichida yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo‘lish orqali yana ham oydinlashadi. Gap bir so‘z yoki so‘zlar bog‘lanmasidan tashkil topadi. Bir so‘zning gap bo‘lib kelishi maxsus intonatsiya tufaylidir. Bunda predikativlik intonatsiya orqali ifodalanadi: Bahor. Hamma yoq ko‘m-ko‘k.
Gap so‘zlar bog‘lanmasidan iborat bo‘lganda, uning bo‘laklari ma’lum grammatik qonun-qoidalar asosida sintaktik aloqaga kiradi. Bu tip gaplarda predikativlik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari, modal so‘zlar bilan ifodalanadi: Qirdan g‘ir-g‘ir shabada esadi.
Yuqoridagi belgilar asosida gapga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Grammatik shakllangan, intonatsion va fikriy tugallikka ega bo‘lgan, fikrni shakllantirish, ifodalash va bildirish vositasi bo‘lgan so‘z yoki so‘zlar bog‘lanmasidan tashkil topgan eng kichik va asosiy sintaktik birlik gap deyiladi. Gaplarni tasnif qilishda, u yoki bu turga ajratishda ularning:
a ) mazmuni yoki ma’no vazifasiga;
b) tuzilishi yoki tarkibiy xususiyatlariga asoslaniladi. Har qanday gap tipi yoki turi gapning ana shu ikki jihatiga kelib bog‘lanadi va ana shu ikki jihatni aniqlash, izohlashga xizmat qiladi.
Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlarini belgilashda quyidagilar asos qilib olinadi: grammatik asos, predikativ markazning miqdori.
Gaplarning grammatik asos, predikativ markazning miqdoriga ko‘ra turlarini belgilashda oddiy gaplarning grammatik asosi, struktura asosi, predikativ markazi, yadrosi tushunchalarini bilib olish lozim. Bu atamalar har qanday gapning tuzilishida asosiy rol o‘ynovchi bo‘laklar yoki bo‘lak ma’nosini bildiradi. Bu bo‘laklarsiz gap shakllanmaydi, predikativ munosabat yuzaga kelmaydi, fikr ifodalanmaydi. Shuning uchun uni ba’zilar grammatik asos, predikativ markaz, yana ba’zilar predikativ yadro deydi. Nima deyilishidan qat’i nazar, so‘zni o‘zak morfemasiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, gapni ham mazkur bo‘laklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Gapda bunday vazifani ega va kesim munosabati yoki kesimning o‘zi yoki kesim sostavi bajaradi. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Yangisini qurmay, eskisini buzmang. Shovqin qilmang. Yetti o‘lchab, bir kes.
Demak, gapning grammatik asosi, predikativ markazi ega va kesim munosabatidan tashkil topgan predikativ qurilma yoki kesim sostavi yoki kesimning o‘zidan tashkil topgan predikativ birlikdan iborat. Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlarini belgilashda dastlab ana shu grammatik asos, ya’ni ularning necha grammatik asosli ekanligiga qaraladi. Bunga ko‘ra gaplar dastlab ikki katta guruhga bo‘linadi:
Sodda gaplar. 2. Qo‘shma gaplar.
Sodda gaplar bir grammatik asosdan, bir predikativ markazdan iborat bo‘ladi. Bu grammatik asos ega-kesim munosabati yoki kesim sostavi (yoki kesimning o‘zi) bilan ifodalangan bo‘ladi. Masalan: Qo‘ng‘iroq chalindi. Hamma o‘z o‘rnini egalladi. O’qituvchi kirib keldi. Salomlashdik. Dars boshlandi.
Qo‘shma gaplar ikki yoki undan ortiq grammatik asoslarning birikib, bir semantik butunlik hosil qilishidan yuzaga keladi. Bu grammatik asoslar mustaqil holda ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin. Bu yerda ularning mustaqil ishlatilishi yoki ishlatilmasligiga emas, balki grammatik asos talablariga javob berishi yoki bermasligiga e’tibor beriladi.
Qo‘shma gapning grammatik asoslari xuddi sodda gap singari ega - kesim munosabati yoki kesim sostavi (yoki kesimning o‘zi) dan iborat bo‘lishi va ularning biri ikkinchisidan pauza-to‘xtam bilan ajralib turishi kerak. Ana shunday semantik-sintaktik, intonatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan sintaktik butunliklar qo‘shma gap hisoblanadi. Masalan: Havoni bulut qopladi, lekin yomg‘ir yog‘madi. Buxoro xonligida rus boj nazorati o‘rnatilgach, choyning har pudi uchun 6 so‘m miqdorida boj belgilangan. Bu gaplarning har ikkisi ham ikki sodda gap predikativ birlikdan iborat bo‘lishi bilan birga, bu predikativ birliklar o‘zaro grammatik jihatdan bog‘langandir. Albatta, tilning dastlabki davrlarida sodda gap qo‘llangan, keyinchalik sodda gaplarning qo‘shilishi va fikrni ifodalashning turli ko‘rinishlariga o‘tilgandan keyin qo‘shma gaplar ham yuzaga kelgan. Hozirgi kunda og‘zaki nutqda sodda gap ko‘proq qo‘llansa, yozma nutqda qo‘shma gap ham faol qo‘llanadi.
Yozma nutqda og‘zaki nutqga qaraganda vaqt va imkoniyat kengroq bo‘lgani uchun fikr qo‘shma gaplar shaklida ham ifodalanadi, qolaversa, yozma nutqda ko‘proq murakkab voqea-hodisalar bilan bog‘liq jabhalar bayon qilinadi. Masalan: Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi. Mumtoz tilimizga oid so‘zlarning loaqal 10 foizi nutq madaniyatimizga (muomalaga) kiritilsa, davlat tilimizning obro‘si yanada oshgan bo‘lardi. Qor yog‘di - don yog‘di. Qo‘shning tinch-sen tinch. Borsam, yo‘q ekansan. Shu bois ushbu talablarga javob bermagan, biroq shaklan qo‘shma gapga juda o‘xshash bo‘lgan quyidagi sintaktik qo‘shilmalar qo‘shma gap hisoblanmaydi: Omon bo‘lsak, uchrashamiz. Onasi mukofotlangan qiz keldi. Soqolmo‘ylovlariga oq oralagan, peshonasi keng, ko‘zlari mehr bilan boquvchi bu kishi bir ko‘rinishdayoq kishida iliq taassurot qoldirardi. Birinchi gapda ega bitta, ikkinchi gapda predikativ birikma ikkita bo‘lsa-da, birinchisi aniqlovchi vazifasida kelgan (qanday? qaysi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi), uchinchi gapda ham predikativ birikmalar va sifatdosh oborot aniqlovchi vazifasida kelgan. Ular predmetdan ajralib turuvchi alohida intonatsiyaga ega emas. Binobarin, ular sodda gaplardir. Hozirgi tilshunoslikda gapning tuzilishiga ko‘ra turlarida o‘zga gapli qurilmalar ham ajratiladi: Bobosi Feruzaga qarab gapirdi: “Ukangni hamisha qo‘llab-quvvatlayman”. – ko‘chirma gapli qurilma. Bobosi Feruzaga ukasini hamisha qo‘llab-quvvatlashini aytdi- o‘zlashtirma gap.
Sodda gaplarni tuzilishiga ko‘ra tasnif qilishda quyidagilarga asoslaniladi: 1.Grammatik asosning tarkibi yoki bosh bo‘laklarning miqdori.
2.Ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtiroki.
3. Sodda gaplarning turli semantik-sintaktik bo‘laklar, hodisalar bilan murakkablashishi yoki murakkablashmasligi.
4. Zarur bo‘laklarning ifodalanishi yoki ifodalanmasligi.
5. Gap bo‘laklariga ajralishi yoki ajralmasligi.
Sodda gaplar gap muchalari xarakteriga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: Bo‘laklarga bo‘linadigan va bo‘laklarga bo‘linmaydigan sodda gaplar. Sodda gap gap bo‘laklaridan tashkil topgan bo‘lsa bo‘laklarga bo‘linadigan gap deyiladi. Bo‘laklarga bo‘linadigan gaplar 2 turga ajratiladi: ikki sostavli (ikki bosh bo‘lakli) va bir sostavli (bir bosh bo‘lakli) gaplar.
Predikativ markazning tarkibiga yoki bosh bo‘laklarning miqdoriga ko‘ra sodda gaplar ikkiga bo‘linadi:
1.Ikki bosh bo‘lakli (sostavli) gap.
2.Bir bosh bo‘lakli (bir sostavli) gap.
Egasi ham, kesimi ham mavjud bo‘lgan sodda gaplar ikki bosh bo‘lakli gap sanaladi. Bunda bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar qatnashishi ham, qatnashmasligi ham mumkin. Masalan: Atrof ko‘m-ko‘k. Binafshalar ochilgan. Fazoda ko‘klam qushlari charx uradi. Predikativ yadrosi bitta bo‘lgan sodda gaplar bir bosh bo‘lakli sodda gaplardir. Bunda bosh bo‘lak yolg‘iz o‘zi yoki ikkinchi darajali bo‘laklar bilan birgalikda predikativ yadroni tashkil etgan bo‘lishi mumkin. Demak, bu yerda predikativ yadroning tarkibi yoyiq yoki yig‘iq holdagi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘ladi. O’zbek tilida bosh bo‘lagi kesim bilan ifodalangan bir bosh bo‘lakli gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu suvni ichishga to‘g‘ri keladi. Do‘sting uchun zahar yut. Shivir-shivirni bas qiling. Suyanmang, bo‘yalgan. Biroq bu Kech kuz. Sahar tipidagi bir bosh bo‘lakli gaplarning qo‘llanishini inkor qilmaydi. Bu xil gaplarda predikativlik ega shaklidagi so‘zlarni tugallangan intonatsiya bilan aytish va undan keyin boshqa gaplar kelishi orqali ifodalanadi. Shuning uchun uni eganing aynan o‘ziga tenglashtirib bo‘lmaydi. Bu so‘zlar yoki birikmalar bir vaqtning o‘zida ham ega, ham kesim vazifasini o‘taydi. Bir bosh bo‘lakli gaplarni Sen kelding - boshlayveramiz: Kecha bordim, yo‘qsan kabi qo‘shma gaplardan, shuningdek, Xo‘p. Mayli. Barakalla. Ofarin. shakllaridagi so‘z-gaplardan va dialoglarda ishlatiladigan gaplardan (Qachon kelding - kecha kabi) Ona. Naqadar ulug‘ so‘z kabi sintaktik qurilmalardan farqlash kerak. Birinchi holda gap qo‘shma gap, ikkinchi holda so‘z-gap, uchinchi holda to‘liqsiz gap, to‘rtinchi holda esa tasavvur nomi to‘g‘risida ketyapti. Chunki Sen kelding – boshlayveramiz. gapida ikkinchi komponent kesimdan tashkil topgan bir bosh bo‘lakli gapdir, binobarin, u qo‘shma gapdir. Xo‘p. Mayli. Barakalla. Ofarin.so‘z-gaplari esa oldin aytib o‘tilgan fikrga ekspressiv modal munosabatlarni ifodalaydi va bo‘laklarga ajralmasligi bilan xarakterlanadi.
To‘liqsiz gaplarning yashiringan bo‘laklari mavjud bo‘ladi. Bir bosh bo‘lakli gaplarda esa biron bo‘lak yashirinib qolmaydi, ular fikrning ana shunday shakldagi ifodasidir. So‘nggi holatda tushuncha nomi (Ona) alohida ta’kidlangan, ma’no kuchaytirilayotir. Bu yerda fikr ifodalangayotani yo‘q. Fikr ta’kidlangan so‘zdan keyin kelayotgan sintaktik qo‘shilma orqali ifodalanadi. Bu bir fikr-mazmunni ana shunday bo‘laklab ifodalashdir.
Umuman olganda, bir bosh bo‘lakli gaplarning quyidagi turlari mavjud. 1. Shaxsi aniq gaplar. 2. Shaxsi noaniq gaplar. 3. Shaxsi umumlashgan gaplar. 4. Shaxssiz gaplar. 5. Infinitiv gaplar. 6. Nominativ yoki atov gaplar. Ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra gaplar yig‘iq va yoyiq sodda gaplarga bo‘linadi. Yig‘iq sodda gaplar faqat bosh bo‘laklarning o‘zidangina iborat bo‘ladi. Yig‘iq sodda gapning uch xil ko‘rinishi bor:
A) ega va kesimning o‘zidan tashkil topgan gaplar. Bahor keldi. Otamo‘qituvchi.
B) kesimning o‘zidangina tashqil topgan fe’l asosli sodda gaplar: Chekilmasin. Shovqin qilmang.
D) kesimning o‘zidangina tashkil topgan ot asosli gaplar: Tun. Kuz. Urush. Bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq sodda gaplar hisoblanadi. Buning asosan uch xil ko‘rinishi bor: 1) ega-to‘ldiruvchi (hol) kesim; 2) to‘ldiruvchi (hol)- kesim; 3) aniqlovchi-bosh bo‘lak. Masalan: Ziyodulla yozishni o‘rganyapti. Uy ishini tayyorladim. Qirq birinchi yilning bahori. Sokin tun.
Ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra gap quyidagi tiplari mavjud : 1) aniqlovchili yoyiq gap : Xiva- ko‘hna shahar.
2) to‘ldiruvchili yoyiq gap : Men seni kutaman.
3) holli yoyiq gap : Feruza darrov etib keldi.
4) aralash holda tuzilgan yoyiq gap : O`zbekiston kelajagini sen qanday tasavvur qilasan?
Gaplar ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo‘lgan bo‘laklarning ishtirok etishiga ko‘ra, to‘liq gap va to‘liqsiz gaplarga bo‘linadi.
To‘liq gaplarda ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo‘lgan bo‘laklarning barchasi ifodalangan bo‘ladi. Viloyatimiz poytaxti - ona shahrimiz Guliston kundan-kunga chiroy ochib, tobora ko‘rkamlashib borayapti.
To‘liqsiz gaplarda ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo‘lgan bo‘laklarning ma’lum qismi tushirilgan yoki yashiringan bo‘ladi, lekin fikr to‘liq bo‘ladi. Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib - Teatrga bilet oldingmi? - Oldim. To‘liqsiz gaplarda tushirilgan bo‘laklar gapning mazmunidan, ko‘pincha, oldingi gapdan anglashilib turadi.
To‘liqsiz gaplarga uning tushirilgan bo‘lagi yoki bo‘laklari qo‘shilsa, grammatik jihatdan mukammal gap hosil bo‘ladi-yu, biroq fikrning ixcham, ta’sirli bayon qilinishiga erishilmaydi. To‘liqsiz gap biron bo‘lagi yetishmagan gap emas, u sodda gapning alohida bir turi, ma’lum mazmunni ifodalashda qo‘llanuvchi stilistik vositadir.
To‘liqsiz gaplar ko‘pincha o‘zaro suhbatlashuvda, dialoglarda qo‘llanadi. Shuningdek, monologlarda ham to‘liqsiz gap qo‘llanadi. Masalan: Tikansiz gul bo‘lmas, mashaqqatsiz hunar. Oltin o‘tda bilinadi, odam mehnatda. Suvsiz hayot bo‘lmas, mehnatsiz rohat.
To‘liq gap zarur bo‘laklari tushib qolmagan gap: Kim kitobni keltirdi? O’quvchi kitobni keltirdi. To‘liqsiz gap zaruriy bo‘laklardan biri yoki bir nechasi tushib qolgan gap - Kim keldi? (to‘liq gap) - Karim.(to‘liqsiz-kesimi tushib qolgan) -Karimning akasi keldimi? -Ha, akasi keldi. (to‘liqsiz- aniqlovchi tushib qolgan) - Ukang ketdimi? - Ketdi. (to‘liqsiz gap-ega tushib qolgan) - Kim keldi? (to‘liq) - Opam.(to‘liqsiz gapkesim tushib qolgan) - Dadang qachon keladi? (to‘liq) - Bugun. (to‘liqsiz-ega va kesim tushib qolgan) - Institutni bitirdingmi? - Bitirdim. (to‘liqsizto‘ldiruv-chi tushib qolgan) -Ertaga kelasanmi? - Kelaman. (to‘liqsiz-hol tushib qolgan) To‘liqsiz gap dialogik nutqdan boshqa o‘rinlarda ham uchraydi. Don ekilgan. Yaqinda unib chiqadi. (keyingi gapda ega ifodalanmagan-to‘liqsiz gap)
To‘liq va to‘liqsiz gap

Gapning turlari

Izohi

Misollar

To‘liq gap

Zarur bo‘laklari tushib qolmagan gap

Kim kitobni keltirdi?
O’quvchi kitobni keltirdi.

To‘liqsiz gap

Zaruriy bo‘laklardan biri yoki bir nechasi tushib qolgan gap

Kim keldi? (to‘liq gap)
Karim.(to‘liqsiz-kesimi tushib qolgan)




Karimning akasi keldimi?
Ha, akasi keldi. (to‘liqsiz- aniqlovchi tushib qolgan)

Ukang ketdimi?
Ketdi. (to‘liqsiz gap-ega tushib qolgan)

Kim keldi? (to‘liq)
Opam.(to‘liqsiz gap-kesim tushib qolgan)

Dadang qachon keladi? (to‘liq)
Bugun. (to‘liqsiz-ega va kesim tushib qolgan)

Institutni bitirdingmi?
Bitirdim. (to‘liqsiz-to‘ldiruvchi tushib qolgan)

-Ertaga kelasanmi?
- Kelaman. (to‘liqsiz-hol tushib qolgan)

To‘liqsiz gap dialogik nutqdan boshqa o‘rinlarda ham uchray-di.

Don ekilgan. Yaqinda unib chiqadi. (keyingi gapda ega ifodalanmagan-to‘liqsiz gap)

Sodda gapni quyidagicha umumiy tahlil qilish mumkin.





Gapning asosiy turlari

Turning bo‘linishlari

1.

Gapning tuzilishiga ko‘ra

1. Sodda gap; 2. Qo‘shma gap

2.

Gapning maqsadiga ko‘ra

1.Darak gap; 2.So‘roq gap; 3.Buyruq gap

3.

Gapning voqelikka munosabatiga ko‘ra

1. Tasdiq (bo‘lishli) gap; 2. Inkor (bo‘lishsiz) gap

4.

Gapning sostaviga (bosh bo‘laklariga) ko‘ra

1. Bir sostavli (1 bosh bo‘lakli) gaplar;
2. Ikki sostavli (bosh bo‘lakli) gaplar.
Bir sostavli gaplar: 1. Kesim sostavidan: a)shaxsi aniq; b)shaxsi noaniq; d) shaxsi topilmas; e)shaxsi umumlashgan, g) nominativ (atov) gap.

5.

Ikkinchi darajali bo‘laklarning mavjudligiga ko‘ra

1. Yig’iq gap; 2. Yoyiq gap; a) aniqlovchili; b)to‘ldiruvchili; v) holli; g) aralash.

6.

Emotsionallikka ko‘ra

His-hayajonsiz gaplar: darak, so‘roq, buyruq gaplar.
His-hayajon gaplar: darak, so‘roq, buyruq gaplardan hosil bo‘lgan undov gaplar.

7.

Zaruriy bo‘laklarning ifodalanishiga ko‘ra

1. To‘liq gap. 2. To‘liqsiz gap.

8.

Bo‘laklarga bo‘linish- bo‘linmasligiga ko‘ra.

1. Bo‘laklarga bo‘linadigan gaplar; 2.Bo‘laklarga bo‘linmaydigan gaplar:
A) so‘z-gaplar: tasdiq, inkor, his-tuyg’u, urf-odat, so‘roq, tabrik, xitob, tahsin, buyruq ifodalovchi so‘z shaklidagi gap;
B)vokativ gaplar: do‘q, g’azab, ajablanish, shodlik, ta’na, o‘pka-gina, piching, afsuslanish, ta’qiqlash ma’nolarini intonatsiya orqali ifodalaydigan undalma xarakteri-dagi gap.

9.

Murakkablashish va murakkablashmasligiga ko‘ra

1. Murakkablashmagan gaplar;
2. Murakkablashgan gaplar: a) uyushiq bo‘lakli gaplar, b)ajratilgan bo‘lakli gaplar, d)undalmali gaplar, e)kirish konstruktsiyali gaplar, f)kiritma konstruktsiyali gaplar

Savol va topshiriqlar:


Gap dеb nimaga aytiladi?
Prеdikativlik nima?
Gapning asоsiy lоgik-grammatik bеlgilarini aytinig.
Sоdda gap хususiyatlari.
Gapning tugalangan оhang bilan aytilishini tushuntiring.
Gapda fikr nisbiy tugallanishi zarurmi?
Gapning ifоda asоsiga misоllar kеltiring.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2 . Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent: «O‘zbekiston», 1992.
3. O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand. 2001.
4. Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.-Toshkent, 2004.
5. Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.-Tоshkеnt, 1996.

4-MAVZU : Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot. Ega va kesim (bosh bo‘laklar) ikki sostavli gaplarni shakllantiruvchi predikativ birliklar ekanligi. Ega va uning ifodalanishi.


Reja :
1. Gapning sintaktik tuzilishi.
2. Gapning semantik - sintaktik bo‘laklari:
2.1. Gap bo‘laklari.
2.2. Gap bo‘laklari hisoblanmaydigan sintaktik shakllar
3. Ega va kesim (bosh bo‘laklar) ikki sostavli gaplarni shakllantiruvchi
predikativ birliklar
4.Ega haqida umumiy ma’lumot
5.Eganing ifodalanishi.
6.Eganing tuzilishiga ko‘ra turlari.

Tayanch tushunchalar : Sintaktik tuzilish, gap bo‘lagi, gap bo‘lagining turlari, bosh bo‘laklar, ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklar, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, gap bo‘lagi hisoblanmaydigan sintaktik shakllar, undalma, kirish, kiritma, sodda gap, oddiy sodda gap, murakkab sodda gap, ega, sodda ega, murakkab ega.



Sintaksisning asosiy birligi bo‘lgan gap fikriy va intonatsion tugallikka ega bo‘lgan sintaktik butunlikdir. Lekin gap bo‘linmaydigan, qismlarga ajralmaydigan sintaktik butunlik emas. To‘g‘ri, ayrim gap turlari, xususan, so‘zgaplar bo‘linmas sintaktik butunlikdir. Biroq bunday sitaktik butunliklar boshqa tipdagi sintaktik butunliklarga nisbatan juda kamchilikni tashkil etadi.
Gaplarning aksariyati o‘zaro ma’no va grammatik jihatdan bog‘lanib bir butunlikni hosil qilgan lug‘aviy birliklardan tashkil topgan sintaktik qurilmalardir. Bunday qurilmalar hamma vaqt bir necha qismlardan iborat bo‘ladi. Ammo bu gapning sintaktik tuzilishi gapdagi lug‘aviy birliklardan tashkil topgan degani emas. Gapning sintaktik tuzilishi undagi lug‘aviy birliklarga aloqador bo‘lsa-da, lug‘aviy birliklar va gapning tuzilish birliklari bir xil hodisa emas va ularning miqdori ham mohiyat e’tibori bilan birbiriga teng emas. To‘g‘ri, gapdagi lug‘aviy birliklar va sintaktik tuzilish birliklari miqdor jihatdan teng bo‘lishi mumkin. Masalan, Vatan yagonadir, Vatan bittadir gaplarida gaplarning sintaktik tuzilish birliklari ham ikkita, unda qatnashgan lug‘aviy birliklar ham ikkita. Demak, ayni misollarda ular miqdoran teng. Biroq quyidagi gapda lug‘aviy birliklar va gapning tuzilish birliklari soni farq qiladi (sintaktik tuzilish birliklari 4 ta, lug‘aviy birliklar soni 6 tadir):
Uzoqdan bo‘ylari uzun uch dugona ko‘rindi. Qolaversa, sintaktik tuzilish birliklari va lug‘aviy birliklar har xil hodisalardir. Lug‘aviy birliklar leksikologiya va frazeologiyaning o‘rganish obyekti sanalsa, sintaktik tuzilish birliklari sintaksisning o‘rganish obyektidir. Demak, lug‘aviy birliklarni va sintaktik tuzilish birliklarini har tomonlama tenglashtirib bo‘lmaydi.
Sintaksisning o‘rganish obyekti bo‘lgan gapning sintaktik tuzilishi va bu tuzilishni vujudga keltirgan birliklar gapning semantikasi bilan bog‘liq ravishda belgilanadi. Shu ma’noda gapning sintaktik tuzilishi gapning sintaktik ma’nosini ifodalovchi sintaktik shakllarning mazmunga mutanosib birikishidan hosil bo‘lgan sintaktik strukturadan iboratdir. Bu struktura strukturani tashkil etishdagi vazifasiga ko‘ra bir-birdan farq qiluvchi bir necha struktur birliklardan tashkil topgan. Demak, gapning sintaktik tuzilishi gapning semantikasini shakllantiruvchi struktura bo‘lib, u shu sintaktik semantikaning ifodalanishida muayyan vazifaga ega bo‘lgan struktur birliklar-sintaktik shakllarning maqsad- mazmunga muvofiq o‘rinlashishi va bog‘lanishidan vujudga keladi. Gapning sintaktik tuzilishini yanada aniq tasavvur qilish uchun sintaktik tuzilish birliklarini, ularning gap semantik-sintaktik strukturasini shakllantirishdagi roli va vazifalarini, qisqasi, gapning semantik-sintaktik bo‘laklarini o‘rganish kerak bo‘ldadi.
Ma’lumki, kishi nutqining intonatsion butunlikdagi, grammatik jihatdan shakllangan, nisbiy tugal bir fikrni bildiradigan so‘zlar bog‘lanmasi yoki alohida bir so‘z shaklidagi parchasi gap sanaladi. Gap yolg‘iz muhokamani, hukmni bildirmasdan istak, buyruq, so‘roq kabi ma’nolarni ham ifodalab keladi. Shu bilan birga, gap orqali ichki tuyg‘ularimiz, hayajonlarimiz ham ifodalanadi.
Demak, gap hukmning til materiallari bilan ifodalangan shakli, qobig‘idir. Hukm gapsiz mavjud bo‘lmaydi. Lekin gapda hukmdan tashqari fikrning boshqa turlari (buyruq, so‘roq va b.k) ham ifodalanishi mumkin. Shuningdek, gap so‘zlovchining dunyoga, voqelikka va fikrga bo‘lgan munosabatini ham bildiradi. Demak, gap shakl va mazmunga ega birlikdir. Bundan ayon bo‘ladiki, gap semantik- sintaktik butunlikdir. Semantik-sintaktik butunlik bo‘lgan gaplarning aksariyati bir necha qismlardan iborat. Chunki gaplarning ko‘pchiligi odatda so‘zlar bog‘lanmasidan tashkil topgan bo‘ladi. Gap semantik- sintaktik butunlik ekan, uning qismlarini semantik-sintaktik bo‘laklar deyish mumkin. Gapning eng mukammal tipini mujassam etgan gap 8 semantik-sintaktik bo‘lakdan iborat bo‘ladi. Bularning 5 tasi odatdagi gap bo‘laklari bo‘lsa, 3 tasi odatdagi gap bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydigan bo‘laklardir. Bular, ma’lumki, undalma, kirish va kiritma deb ataladi.
Demak, semantik-sintaktik bo‘lak gap bo‘laklaridan kengroq tushunchaga ega bo‘lib, gapni to‘liq qamraydi. Shu ma’noda semantik-sintaktik bo‘lak gapning o‘ziga xos ma’no-vazifa va shaklga ega bo‘lgan qismidir.
Bu holda semantik-sintaktik bo‘lak ikkiga bo‘linadi:
1.O’zaro sintaktik aloqaga kirishadigan semantik - sintaktik bo‘laklar.
2.Bevosita sintaktik aloqaga kirishmaydigan semantik- sintaktik bo‘laklar.
O’zaro sintaktik aloqaga kirishadigan bo‘laklar shu choqqacha gap bo‘laklari doirasida o‘rganilgan semantik-sintaktik bo‘laklardir. Bular gapning predikativlik ifodalovchi qismini shakllantiruvchi bo‘laklar ekanligi bilan xarakterlanadi.
Shuning uchun gap bo‘laklari nisbatan gaplarning doimiy, zaruriy bo‘laklari hisoblanadi.
Gap bo‘laklari ma’no-vazifasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1.Bosh bo‘laklar.
2. Ikkinchi darajali bo‘laklar.
Gap bo‘laklarini belgilashda quyidagilar asosga olinadi:
1)gap bo‘laklarining leksik - semantik xususiyati.
2)gap bo‘laklarining o‘zaro sintaktik aloqaga kirishish usullari.
3)gap bo‘laklarini sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar.
4)Sintaktik aloqa komponentlarining shakli.
5)sintaktik aloqaga kiruvchi komponentlarning bir-biriga nisbati.
Gap bo‘laklarini belgilashda so‘zning leksik-semantik xususiyati ham rol o‘ynaydi. Masalan: Paxtalarni jonim bilan teraman misolidagi jonim bilan bo‘lagi harakatning qanday bajarilishini bildiradi: qanday - jonim bilan – ravish holi. Paxtani mashina bilan terdik misolidagi mashina bilan bo‘lagi qanday bajarilishini bildirmay, balki harakat vositasi bo‘lgan predmet ma’nosini anglatib, to‘ldiruvchi sanaladi.
Gap bo‘laklari deganda odatda gapda ma’lum sintaktik vazifani bajaruvchi mustaqil so‘zlar nazarda tutiladi, yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlar bilan birgalikdagina gap bo‘lagi bo‘lib kelishi mumkin. Anglashiladiki, gap bo‘laklari bilan so‘z turkumlari orasida ma’lum bog‘lanish bor. Gap bo‘laklari sintaktik kategoriya bo‘lib, gap tarkibidagi elementlarning o‘zaro munosabatini, bu munosabatning xarakterini, gapning grammatik jihatdan qanday bo‘laklarga bo‘linishini, so‘zning gapdagi rolini ko‘rsatadi. Demak, bunday munosabatda gap bo‘laklarining aloqasini, bog‘lanishini ko‘ramiz. Masalan, ega bilan kesim, qaratuvchi bilan qaralmish orasidagi moslashuv, aniqlovchi bilan aniqlanmish, hol bilan hollanmish orasidagi munosabat bitishuv, to‘ldiruvchi bilan to‘ldirilmish orasidagi munosabat boshqaruvdir.
Gap bo‘laklarining turini aniqlashda so‘zlarning bog‘lanish yo‘li ham o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Jumladan, yordamchi so‘zlar orqali bog‘langan so‘zlardan biri yordamchi so‘z qo‘shilib kelgan so‘z bosh bo‘lak bo‘la olmaydi, demak u ikkinchi darajali bo‘lakdir.
So‘zning qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotgani uning qaysi shaklda qo‘llanayotganiga ham bog‘liqdir. Odatda ega bosh kelishik shaklida, vositasiz to‘ldiruvchi vositali to‘ldiruvchi va hol tushum, o‘rin-payt, chiqish kelishigi shaklida yoki ko‘makchilar bilan birga ko‘makchili konstruktsiya shaklida keladi. Gapdagi so‘zlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bir-biriga nisbatan belgilanadi.
Kesim doim egaga tobedir, to‘ldiruvchi va hol esa kesimga, aniqlovchi barcha gap bo‘laklariga va boshqa aniqlovchiga tobedir. Demak, gap bo‘laklarining sintaktik munosabati tobelikka asoslangan. Bundan yana shunday xulosa chiqadiki, so‘zning qaysi gap bo‘lagi ekanligi uning qaysi so‘zga tobeligiga ham bog‘liqdir. Egaga bog‘lanib, tobelanib kelayotgan so‘z yo aniqlovchi, yo kesimdir. Kecha tilla zirak oldim - tilla - aniqlovchi; Ziragim tilla. tilla - kesim.
Gap bo‘laklarini belgilashda so‘zlarga savol berish ham muhim o‘rin to‘tadi. Masalan, Zaynab keldi - kim keldi- Zaynab; Zaynab - ega, keldi - nima qildi? - keldi - kesim. Lekin bu usul hamma vaqt ham o‘zini oqlamaydi: Masalan, qanday? so‘rog‘iga, odatda, aniqlovchi javob bo‘lib keladi, lekin ba’zan hol ham shunday so‘roqqa javob bo‘ladi. Bunday hollarda gap bo‘lagini belgilashning boshqa usullariga murojaat qilinadi.
Gap bo‘laklari gapni tashkil etgan sintaktik shakllarni to‘liq qamrab olmas ekan, demak, gapni bo‘laklarga gap bo‘laklari rukni ostida ajratish yetarli asosga ega emas. Gapning semantik-sintaktik bo‘laklari tushunchasi shuni hisobga olgan holda kiritildi. Gapning semantik-sintaktik bo‘laklari doirasida asosiy rolni odatdagi gap bo‘lagi o‘ynaydi. Shuning uchun gap bo‘lagini aniq bilib olish muhimdir.
Gap bo‘laklari. Tobe aloqada muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap bo‘lagi sanaladi. Muayyan so‘z shaklining boshqa so‘z shaklga nisbatan holati uning vaziyati sanaladi. Ba’zan ayni bir so‘z shakli turli xil sintaktik vaziyatda turli gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin. Masalan, Shahar-shahar, qishloq-qishloq, sen-sen, u-u. Bu gaplardagi bosh kelishikdagi so‘z shakllari ega va kesim vazifasida kelayapti.
Gap bo‘laklarining sintaktik qurilmani tashkil qilishdagi roli bir xil emas. Ayrim bo‘laklar gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi. Bu bo‘laklar gap qurilishidan chiqarib tashlansa, gap shakliy tomondan ham, mazmun tomondan ham o‘z xususiyatini yo‘qotadi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida yetakchi rol o‘ynamaydi. Ular gap qurilishida ishtirok etib, gapning axborot hajmini kengaytiradi. Shunga muvofiq, gap bo‘laklari ikki darajaga bo‘linadi:
a) bosh bo‘laklar;
b) ikkinchi darajali bo‘laklar.
Gapning tuzilish asosini ega va kesim munosabati tashkil etadi. Odatda gap ega va kesim birikuvidan yoki bosh bo‘lakning bir o‘zidan iborat bo‘ladi. Bu bo‘laklarsiz gap tushunchasini tasavvur qilish qiyin.
Gapdagi bu ikki bosh bo‘laklardan boshqa elementlar ikkinchi darajali bo‘laklardir. Ikkinchi darajali bo‘laklar doim bosh bo‘laklar bilan sintaktik aloqaga kirishgan bo‘ladi. Chunki ikkinchi darajali bo‘laklarning vazifasi bosh bo‘laklarni aniqlash, ulardan anglashilgan fikrni to‘ldirib kelishdir. Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan zich bog‘liq bo‘lib, gapning strukturasiga shular orqali kiradi.
Ega va kesimning sostaviga kiradigan so‘zlar-bo‘laklar qancha bo‘lmasin gapda baribir, ularning birligi, yaxlitligi seziladi; bu elementlarning har biri yo eganing, yo kesimning mazmunini to‘latish uchun xizmat qiladi (ba’zilari biri ikkinchisini aniqlash orqali). Ikkinchi darajali bo‘laklar o‘z funksiyalariga qarab uchga bo‘linadi: to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol.
Gap tarkibida gap bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydigan ifodalar ham bor. Bular gapga mazmun jihatdan bog‘lansa ham, grammatik jihatdan bog‘lanmaydi. Shuning uchun ular gap bo‘lagi sifatida ajratilmaydi. Bunday ifodalar nutqda gap bo‘laklaridan pauza bilan ajralib turadi. Bular tilshunoslikda kirish, undalma va kiritma qurilmalar deb yuritiladigan sintaktik hodisalardir.
Gap bo‘laklari tuzilishiga ko‘ra turli shakllarda bo‘ladi: bir mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi. Ertaga Toshkentga boraman; ikki mustaqil so‘zning birikishidan tashkil topgan erkin holdagi lekin ajralmaydigan birikmadan iborat bo‘ladi. Bu yil katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Hech qachon bunday holat kuzatilmagan edi; ba’zan predikativ modeldagi birikmalar ham bir gap bo‘lagi vazifasida keladi. Onasi o‘pmagan qizga uylantirib qo‘ymoqchi bo‘ldi otasi uni.
Ma’lumki, gap bo‘laklari.ba’zan frazeologik birikma bilan ifodalangan bo‘ladi. U taqdirga tan berdi. Hafsalasi pir bo‘lib uyga qaytdi.
Gap bo‘laklari hisoblanmaydigan sintaktik shakllar
Gap bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydigan semantik-sintaktik birliklar ulardan o‘ziga xos pauza bilan ajralib turadi. Shuning uchun ular boshqa gap bo‘laklaridan vergul orqali ajratiladi. Gapning boshida kelsa, ulardan so‘ng, o‘rtasida kelsa, har ikki tomondan, boshida kelsa, ulardan oldin vergul qo‘yiladi.
Lekin bu ularning gap bo‘laklari bilan hech qanday aloqaga ega emas, degani emas. Undalma, kirish va kiritmalar gapning boshqa bo‘laklari bilan mazmunan aloqadordir. Ularning ma’no-vazifasi ham aslida shu bilan belgilanadi. Masalan, undalmalar nutq qaratilgan shaxs (predmet)ni bildiradi. Shu ma’noda u bir tomondan, gapning ta’bir joiz bo‘lsa, predikativligi bilan aloqador bo‘lsa, ikkinchi tomondan, shu gapda amalga oshiriladigan yoki amalga oshirilmaydigan ishharakatning haqiqiy bajaruvchisi bo‘lishi ham mumkin: Masalan: Yoshlar, fan sirlarini egallangiz. Harakatning bajaruvchisi grammatik jihatdan II shaxs ko‘plikdagi olmosh(siz) bo‘lsa-da, u yoshlarning ekvivalentidir. Demak, haqiqiy bajaruvchi yoshlardir. Kirish, undalmali gaplarda odatda ega yashiringan bo‘ladi.
Undalmaning bosh kelishik shaklida kelishi ham shu bilan izohlanadi. Undalmalar kesim bilan grammatik jihatdan moslashmasligigina ularni grammatik ega emas, balki undalma ekanligini ko‘rsatib turadi.
Kirishlar, kiritmalar ham gapning predikativ qismi va gap bo‘laklari bilan mazmuniy aloqadordir. Kirishlar so‘zlovchining gapning predikativ qismida ifodalangan mazmunga subyektiv munosabatini bildirsa, kiritmalar ana shu qismni yoki uning biron bo‘lagi ma’nosini qo‘shimcha ma’lumot bilan boyitadi.
Ana shularga ko‘ra, undalma, kirish va kiritmalar ham gapning semantiksintaktik bo‘laklari hisoblanadi.
Bоsh bo‘lak gapning grammatik asоsini tashkil etadi. Ular gapning sintaktik markazini ifоda etib zaruriy bo‘laklar sanaladi. Bir gap оrqali ifоda etayotgan hukmi bоsh bo‘laklar ega va kеsim оrqali rеallashadi. Gap uchun zarur bo‘lgan prеdikativlik tushunchasi bоsh bo‘laklar оrqali ifоda etiladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar bоsh bo‘laklarga bоg‘lanib ularni mazmunan to‘ldirib bеlgi va hоlat jihatdan aniqlab kеladi Ana shu хususiyatlardan kеlib chiqib, ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlоvchi, to‘ldiruvchi, hоl kabi turlarga ajraydi. Ular gapda mustaqil qo‘llana оlmaydi. Ular bоsh bo‘laklarga bоg‘langandagina nutqda ishtirоk etadi. Bоsh va ikkinchi darajali bo‘laklarning sеmantik grammatik munоsabati shuni ko‘rsatadiki, ikkinchi darajali bo‘lgan tоbе, bоsh bo‘lak hоkim bo‘ladi.
Gap bo‘laklari

Ma’nosi

Gap qurili-shidagi vazifasiga ko‘ra

Ma’nosi

Tuzilishiga ko‘ra


Ma’nosi

Ma’lum so‘-roqqa javob bo‘lib, ma’-lum bir sin-taktik vazi-fada keluvchi so‘z yoki so‘z birikmalari

Bosh bo‘laklar (ega, kesim)
Ikkinchi darajali bo‘laklar (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol)

Gapning kesim-lik asosini tash-kil etuvchi bo‘laklar.

Bosh bo‘laklar-ning yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘-ladigan hokim bo‘lakning ma’-nosini aniqlab, to‘ldirib, izoh-lab keladigan bo‘laklar



Sodda bo‘lak

Murakkab bo‘lak



Birgina mustaqil so‘z yoki turg’un so‘z birikma-si bilan ifodalangan bo‘lak.
Birdan or-tiq lug’aviy birlik bi-lan ifoda-langan gap bo‘lagi.

Ega ikki tarkibli gapning bosh bo‘laklaridan biridir: u hokim tarkibining grammatik markazi, shu tarkiblardagi bo‘laklarga, shuningdek, tobe tarkibidagi bosh bo‘lakka-kesimga ham hokimdir. Ega absalut hokim holatidagi bo‘lakdir. U gapdagi fikr, hukm o‘ziga qaratilgan-predmetning nutq predmetning nomidir. Ega harakatni bajaruvchi yo qabul qiluvchi shaxsdir, yoki kesim ifodlangan holat yo belgi qarashli predmet. Ega ba’zan turni anglatadi. Umumiy qilib aytganda, gapda hukm o‘ziga qaratilgan, fikr o‘zi haqida borayotgan, belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan bosh kelishik formasidagi hokim bo‘lak-ega deyiladi. Kesim ifodalagan belgi egaga tegishli bo‘ladi. Demak, ega fikr subyektni, nutq predmetini bildiradi. Egalar kim, nima, qayer so‘roqlariga javob bo‘ladi. Ba’zan ega gapda qo‘llanmasligi ham mumkin. Eganing qo‘llanmasligi gapning to‘liqsizligi, uning biror bo‘lagining tushib qolganligini, yetishmasligini ko‘rsatmaydi, aksincha, eganing qo‘llanmasligi har-xil stilistik, poetik talablar natijasida sodir bo‘ladi va gapning me’yoriy shakllanganligini ko‘rsatadi.


Ega bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi. Ba’zan ega chiqish kelishigi shaklini ham olishi mumkin. Masalan: Tajriba uchaskamizda turli o‘simliklardan bor.
Ega ifoda materiali jihatidan quyidagi turkum so‘zlar bilan ifodalanadi:
Bosh kelishik formasidagi turdosh yoki atoqli otlar bilan: Gulnor Yo‘lchining so‘zlarini diqqat bilan tingladi. O‘yin-kulgi yarim kechagacha davom etdi.
Olmosh bilan: Biz ham chiroyli, ham baquvvat bo‘lishni istaymiz.
Otlashgan sifat bilan: Yaxshi topib szo‘lar, yomon qopib so‘zlar.
Otlashgan sifatdosh bilan: Qomatiga ishongan qaddini bukib qotadi, bilimiga ishongan murodiga yetadi.
Otlashgan son bilan: Uchovimiz musobaqada g‘olib chiqdik.
Harakat nomi bilan: Tun qorong‘usida tekis sug‘orish qiyin.
Ravish bilan: Sovg‘aning oz- ko‘pi bo‘lmaydi.
Undov va taqlid so‘zlar bilan: Dod-voy, oh-voh borgan sari kuchayardi.
Otlashgan shaxsli fe’l bilan: Shuning uchun hovlida kirdi-chiqdi ko‘payib qolgan edi.
Ibora bilan: Havas bo‘lsa, anqoning urug‘i ham topiladi.
Otlashgan so‘z bilan ifodalangan ega ko‘pincha son va egalik affikslarini oladi, bular uning otlashish holatini yanada mustahkamlaydi, lekin substantivatsiya –otlashish uchun bu affikslarning bo‘lishi shart emas. Masalan: Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.
Sifatdosh, harakat nomi bilan ifodalangan egalarning o‘ziga hos xususiyatlari bor. Bular aslida fe’l bo‘lganligidan, o‘ziga maxsus to‘ldiruvchi va hol olib kengayishi mumkin. Masalan: Ishlamay egan og‘rimiay o‘lar. Bunday kengayish gap-yoyiq bo‘laklarini yuzaga keltiradi.
Ellik kishi gazetaga yozildi. Hasharga to‘qson kishi qatnashdi kabi gaplardagi «son+ot» tipidagi birikmalarda o‘sha ot o‘zidan oldingi son, miqdor bildiruvchi so‘z bilan birgalikda ega sanaladi. Yana chog‘ishtirish: O‘nta bola suv bo‘yida o‘tirishibdi.
Ega vazifasidagi ot qo‘llanmay, bu vazifagni uning aniqlovchisi o‘z ustiga olganda, otlashgan ega tug‘ilishini ko‘rib o‘tdik. Ba’zan bu holatning ayrimroq ko‘rinishini ham uchratamiz: «Yashirinuvchi» eganing aniqlovchisi sintaktik konstruktsiyadan iborat bo‘lganda, butun bir kontstruktsiya ega vazifasida qo‘llanadi. Masalan: Bu gaplarni har kim tushina bermaydi, boshdan o‘tgan yaxshi tushinadi. Bunda: Boshdan o‘tgan-boshidan o‘tgan odam.
Eganing qo‘llanishiga doir ba’zi detallarni, hodisalarni ko‘rib o‘tamiz.
1. Ega to‘dadan ajratilgan qismni bildirganda, to‘daning – butunning nomi ko‘pincha chiqish kelishigidagi so‘z bo‘ladi. Qismni ko‘rsatuvchi so‘z qo‘llanmasi bu vaqtda butun nomi – chiqi‘sh kelishigi shaklidagi so‘z go‘yo ega vazifasida qo‘llanganidek ko‘rinadi. Masalan: Bizning zavodda hamma millatlar bor: rusdan ham bor, o‘zbekdan ham bor, armanidan ham bor. Bunday qo‘llash ko‘proq so‘zlashuv nutqda uchraydi. Bunda chiqish kelishigidagi bo‘lakdan keyin bosh kelishik shaklidagi so‘z qo‘llansa, ega odatdagi holatda ifodalangan bo‘ladi. Bosh kelishikdagi so‘z qo‘llanmasi, bundan konstruktsiyasi bir tarkibli gap deb qaraladi.
2. Ikki ayrim-ayrim so‘z bilan ifodalangan bo‘lib, uyushgan bo‘laklar formasida kelgan edilar : 1) Shaxs jihatidan bir xil bo‘lganda: a) ularning har biri kesim bilan bevosta bog‘lana oladi,bunday holat egalarda uchinchi shaxs ma’nosi ifodalanganda sodir bo‘ladi: U va Karim keldi.
b) egalar kesim bilan yakka-yakka bog‘lana olmaydi, faqat birgalikdagina birikadi, har ikkisi bir butun sanaladi. Masalan: U bilan Karim borishdi. Bunday vaqtda egalarning ayrim-ayrim bog‘lana olmasligining ayrim sababi kesimning jamlik, birgalik anglatishga va uning har ikki egaga ko‘plik formasida bog‘lanishidir.
2) Egalar shaxs jihatidan har-xil bo‘lganda uyushuvchi elementlar birgalikda ega sanaladi, kesim birinchi yoki ikkinchi shaxsning ko‘pligini ko‘rsatadi. Masalan: Men va sen keldik kabi. Bunday o‘rinlarda ko‘pincha umumlashtiruvchi so‘z qo‘llanadi: Men va u ikkovimiz keldik.
3. Ega va kesim shaxs jihatidan bir-biriga mos bo‘ladi, boshqa-boshqa shaxsni ko‘rsatmaydi. Kesim boshqa shaxsni, ega o‘rnida qo‘llangandek sezilgan bo‘lak boshqa shaxsni ko‘rsatsa, bunday bo‘lakni izohlovchi deb qarash kerak. Bunday gaplarda ega vazifasida qo‘llaniladigan kishilik olmoshi ifodalanmay qolgan bo‘ladi. Masalan: … Ikki mashshoq bir-biringiz bilan suhbatlashdingiz. Bunda: siz – ega, ikki mashshoq – izohlovchi.
4. Juft so‘z, o‘z-o‘zidan, bir ega sanaladi va gapning bir bo‘lagi bo‘lib keladi: Qo‘ydi-chiqdi – eski zamondan qolgan yomon odat.
5. Ma’lum tur gaplarda ayrim so‘z bilan ifodalangan ega qatnashmaydi: Sen bordingmi? - Bordingmi? Lekin bunday gap bilan shaxssiz gap bir-biridan farqlanmaydi, ular boshqa-boshqa turdir.
Gapda eganing qatnashuvi yoki qatnashmasligi nutqning mazmun tomonidan yo‘nalishi bilan, grammatik stilistik xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan: Siz majlisga boring. – Majlisga boring. Bundagi xilma-xilliklarni fikrni turli darajalarini bildirishda intonatsiyaning ham roli bor.
Eganing ayrim so‘z bilan ifodalanmasligi asosan quyidagi o‘rinlardan uchraydi:
1) Kesimi buyruq fe’li bilan ifodalangan gaplarda, masalan: Ayt, Tez bor. Bunday gaplarda birinchidan, ega bilan ifodalanadigan shaxs ahamiyat jihatidan asosiy o‘rinda bo‘lmaydi, ikkinchidan, nutq qaratilgan shaxs kesimdan, ba’zan undalmadan, umumiy mazmundan, grammatik holatdan bilinib turadi.
2) Kesimdagi predikativlik affikslari egani aniq ko‘rsatib turganda. Masalan:Bordim, bordingiz.
3) Subyekt ma’nosida umuman odamlar o‘ylaganda, kesimi ikkinschi yoki uchinchi shaxs formasidagi fe’l bilan ifodalangan gapdan anglashilgan fikr hammaga qaratilgan bo‘lganda: Nima eksang, shuni o‘rasan. Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan kabi misollar ham , yuqorida aytilgandek, egasiz gaplarga kiradi, holbuki ularning aniq shaxs sonini ko‘rsatadi. Lekin bunday o‘rinlarda shaxs-son formasi umumlashgan bo‘ladi. Anglashiladiki, gapning shaxsi aniq, shaxsi noma’lum, shaxsi umumlashgan kabi tiplarini belgilashda ham eganing Xarakteri, uning qo‘llanish - qo‘llanmasligi kabi xususiyatlar asosga olinadli.
4.) Topishmoqlarning ba’zi turida ham ega qo‘llanmaydi: ega bilan ifodalanishi kerak bo‘lgan predmetning belgilarini bildiradigan so‘zlar gapni hosil qiladi, faqat eganing o‘rni ochiq qoladi, tinglovchi o‘shani topadi. Misollar: Kunduzi izzatda, kechasi xizmatda, (ko‘rpa-yostiq). Chopsa, chopilmas – kessa, kesilmas (soya).
5) Shaxsli fe’llar gapda kirish so‘z, kirish gap vazifasida qo‘llanganda: SHunday qilib, desangiz, surati gazetada chiqibdi.
6) Ega bilan ifodalanishi lozim bo‘lgan predmetning ma’nosi kontekstual ravishda juda ham aniq o‘qiladigan – seziladigan ba’zi gaplar borki, ular doim egasiz qo‘llanadi: Uning bo‘yida bo‘ldi. Umumiy mazmunga qaraganda «bo‘yida bo‘ldi» tipidagi konstruktsiyani egasi «bola»dir
Ega tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘ladi.
Sodda ega ayrim bir so‘zdan iborat bo‘ladi. Uning uch xil ko‘rinishi bor:
a) tub so‘z holidagi sodda ega: Kecha oydin. Daryo tiniq.
b) qo‘shma so‘z holidagi sodda ega: Tuyaqush ucha olmaydi.
d) juft so‘z va takroriy so‘z holidagi ega: Ota-onang- davlating. Kassa oldida itar-itar boshlandi.
Murakkab egalar ikki yoki undan ortiq so‘zlarning grammatik-semantik bog’lanishidan hosil bo‘ladi. Murakkab eganing ham uch xil ko‘rinishi bor:
ajralmas holdagi erkin birikmali ega: Ishlamay yegan og’rimay o‘lar. Har daqiqa g’animat;
bir butun holda qo‘llanuvchi bog’lanmalar bilan: O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi - 50 yoshda. UrDU - g’olib.
frazeologizm holatidagi murakkab ega.: Og’iz ochish boshlandi.
Egani tahlil qilish tartibi:
Bo‘lakning nomi;
ifodalanishi;
grammatik shakli;
so‘rog‘i;
qaysi bo‘lakka bog‘langanligi: a) sintaktik aloqasi, b) semantik aloqasi;
tuzilishi.
Savol va topshiriqlar:
Gap bo‘lagi dеb qanday birlikka aytiladi?
Ma’lum bir so‘z qanday hоlatlarda gap bo‘lagi vazifasida kеla оladi?
Gap bo‘lagi nеcha turga bo‘linadi?
Gapning bоsh bo‘laklari qaysilar?
Ikkinchi darajali bo‘laklarni sanang.
Gapning grammatik asоsini qaysi bo‘laklar tashkil etadi?
Ega va kеsim qaysi so‘z turkumlari bilan ifоdalanadi?
To‘ldiruvchi, aniqlоvchi, hоl qaysi so‘z turkumlaridan ifоdalandi?
So‘zlashuv nutqida gap bo‘laklari tartibi qanday bo‘ladi?
Gapni tashkil etishda eganing rоli qanday bo‘ladi?
Eganing grammatik bеlgilari.
Egani aniqlashda lоgik va grammatik aspеktlar.
Ega qanday ifоdalanadi?
Tuzilishiga ko‘ra ega nеcha хil bo‘ladi?
Ega kеsim bilan qanday grammatik alоqaga kiradi?
Prеdikativ alоqa dеganda nimani tushunasiz?
Lоgik va grammatik egani qanday izоhlaysiz?
Gapda egaga qaysi bo‘laklar tоbеlanadi?
Оtlashgan so‘zlardan ifоdalangan ega ishtirоkida uchta gap tuzing.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2 . Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent: «O‘zbekiston», 1992.
3. Abdurahmоnоv G‘. va bоshqalar. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili.- T., 1979.
4. G‘ulоmоv A., Asqarоva M. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili.- T., 1987.
5. Hоjiеv A., Mahmudоv N. Sеmantika va sintaksis pоzitsiya// «O‘zbеk tili va adabiyoti» jurn, 1983, 2-sоn.
6. O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand. 2001.
7. Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.-Toshkent, 2004.
8. Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.-Tоshkеnt, 1996.
9. Nurmоnоv A. va bоshqalar. O‘zbеk tilining mazmuniy sintaksisi.-T., 1992.

5-MAVZU: Kesim, uning ifodalanishi, tiplari: fe’l-kesim va ot-kesim; sodda va tarkibli kesim. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi.


RЕJA:
1. Kеsim haqida umumiy ma’lumоt.
2.Kеsimning ifоda matеrialiga ko‘ra turlari:
a) оt-kеsim;
b) fе’l-kеsim.
3. Kеsimning tuzilishiga ko‘ra turlari.
Ega va kеsimning shaхs-sоnda mоslashishi.
A. Fе’l-kеsimning ega bilan mоslashuvi.
B. Оt-kеsimning ega bilan mоslashuvi.
4. Ega va kesim orasida tirening qo‘llanishi.
5,. Bog‘lama

TAYANCH TUSHUNCHALAR: Prеdikativlik, prеdikativ va subyеkt, kеsimning ifоda asоslari, ot-kеsim, fе’l-kеsim, tarkibli kеsim, sоdda kеsim, murakkab kesim, bоg‘lamali kеsim, murakkab kеsim, mоslashuv alоqasi, shaхsda mоslik, sоnda mоslik, ot-kеsimning mоslashuvi, fе’l-kеsimning mоslashuvi, bоg‘lama.


.
Kesim bosh bo‘laklarning ikkinchisi bo‘lib, egadan anglashilgan predmetning belgisini ifoda qiluvchi bo‘lakdir. Kesim belgi anglatish jihatidan aniqlovchiga o‘xshaydi. Lekin aniqlovchi belgini predmet bilan bog‘lanib, atributiv yo‘l bilan ifoda qilsa, kesim belgini egadan anglashilgan predmetda mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan ifoda etadi.
Kesim gap tuzishda asosiy bo‘lak hisoblanadi. Gapning asosiy belgisi bo‘lmish predikativlik, asosan, kesim orqali ifodalandi. Saida o‘zida yo‘q xursand edi.
Eganing bеlgisini, harakatini, hоlatini yoki bоshqa birоr bеlgisini hukm yo‘li bilan ifоdalaydigan bo‘lak kеsim dеyiladi. Kеsim predmet aktiv (ish-harakat) yoki passiv (sifat-hоlat) bеlgilarini ifоda etadi. Eganing aktiv bеlgisi uning o‘z faоliyati natijasida hosil qilinadi. Qo‘shnilar qizni maqtashdi. Passiv bеlgi esa uning dоimiy bеlgisi hisоblanadi. Istiqbolimiz naqadar porloq va quvonchli!
Dеmak, kеsim bir tоmоndan eganing bеlgisini, ifоdalaydigan, ikkinchi tоmоndan qaysidir jihatdan ma’nоsi to‘ldirilgan, aniqlanadigan bo‘lak hisоblanadi.
Kesim nima qildi?, nima qilmoqda?, qandaydir?, qanchadir?, kimdir?, nimadir? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Kesim uchun tipik so‘z turkumi fe’ldir. Tuslangan fe’llar gapda doimo kesim vazifasida keladi. Boshqa so‘z turkumlari ham gapda kesim vazifasida kelishi mumkin. Lekin bu vaqtda bog‘lama, predikativlik affikslari, tartib va intonatsiyaning roli katta bo‘ladi.
Kеsim ifоda matеrialiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
Оt-kеsim.
Fе’l-kеsim.
Fе’ldan bоshqa turkumlarga оid so‘zlar bilan ifоdalangan kеsim оt-kеsim dеyiladi. Оt-kеsimlar egalik sifati, miqdоri, jinsi, хususiyati kabi passiv bеlgilarni ifоdalaydi. Ular kimdir? nimadir? qandaydir? qanchadir? nеchtadir? kabi so‘rоqlariga javоb bo‘ladi.
Оt-kеsimlar quyidagi turkumlari bilan ifоdalanadi:
Оt bilan: Gullar ichida eng go‘zali-atirgul.
Sifat bilan:Mеhnat qilgan elda aziz.
Sоn bilan:Ilmli kishilarning umri ikkita.
Оlmоsh bilan: Dadangni ra’ylari- shu.
Ravish bilan: Muncha jahling tеz.
Harakat nоmi bilan: Yashamоq-kurashmоq, kurashmоq o‘rnak bo‘lib yashamоqdir.
Taqlidiy so‘zlar bilan: Auditоriya shоv-shuv.
Mоdal so‘z bilan: Хalq оrzusini оshirishdan kattarоq baхt bоrmi?
Undov bilan: Orqada qolganlarning holiga voy!
Fе’l bilan ifоdalanib, eganing harakatini, hоlatini anglatadigan kеsim fе’l-kеsim dеyiladi.
Kеsim vazifasida kеlgan fе’lning anglatgan ma’nоsiga ko‘ra hоlat bildiruvchi fе’l-kеsim va harakat bildiruvchi fе’l-kеsimga ajratilishi mumkin:
1. Harakat bildiruvchi fе’l-kеsim prеdmеtning fizik harakatini anglatadi. Bu harakat uch zamоn tеngligida sоdir bo‘ladi: Оpa-singil yugurib hоvliga chiqishdi.
2. Hоlat bildirgan fе’l-kеsimlar eganing har хil psiхоlоgik hоlatini ifоda etadi: Tеpada azim qayrag‘оch savlat to‘kib turardi.
Fе’l-kеsim fе’lning quyidagi shakllari bilan ifоdalanadi.
Sоf fе’l bilan: Bu sho‘х qiz minbar uzra o‘z sarguzashtlarini so‘ylardi.
Ravishdоsh bilan: Хuftоndanоq shu еrga kirib yotib erdim.
Sifatdоsh bilan: Biz ishlayotgan brigada rеjani оshirib bajargan.
Kеsimlar tuzilishiga ko‘ra sоdda, tarkibli va murakkab bo‘ladi.
Sintaktik fоrmadagi birgina so‘z bilan ifоdalangan kеsimlar sоdda kеsimlar dеyiladi. M: Shе’riyatning оnasi- til.
Sodda kesim yakka bir asosli fe’llar bilan ifodalangan kesimlar hamda bog‘lamasiz kelgan ot-kesimlardir. Sodda kesim ifoda materialiga ko‘ra ikki xil: sodda fe’l-kesim, sodda ot-kesim.
a) sodda fe’l-kesim tuslangan fe’l, ravishdosh, sifatdosh bilan ifodalangan kesimdir. Masalan: Ot yiqilayotganda, Humoyun oyoqlarini uzangidan chiqarib egardan qumga sakradi. (P.Qodirov) Qalin qorlar erib, o‘tlar ko‘karib qoldi. (Ch.Aytmatov)
b) sodda ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov so‘z, modal so‘z, shuningdek, fe’lning harakat nomi bilan ifodalangan kesimdir. Masalan: Yolg‘onchi kishi har kim qoshida beobro‘dir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») Keng-keng ko‘chalari bor-u, lekin markazi tiqilinch. (P.Qodirov) Soyda tosh ko‘p, terib chiqaraverasan. (P.Qodirov)
Mustaqil so‘z bilan turli grammatik ma’nоlarni ifоdоlоvchi yordamchi so‘zning birikishidan hosil bo‘lgan tarkibli kеsimlar dеyiladi. Tarkibli kеsimning yеtakchi kоmpоnеnti eganing birоr bir bеlgisini anglatadi. Yordamchi kоmpоnеnt esa yеtakchi kоmpоnеntning grammatik shaklini shakllantiradi, to‘ldiradi. Kеlgan ikki kishi prоfеssоr ekan.
Tarkibli kesim ikki va undan ortiq so‘z shakllarining qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan kesimdir. U doim yetakchi va yordamchi qismlardan tashkil topib, yetakchi qism asosiy ma’noni, yordamchi qism qo‘shimcha ma’noni ifodalaydi. Ifodalanishiga ko‘ra tarkibli kesim ham ikki xil: tarkibli fe’l- kesim, tarkibli ot- kesim bo‘ladi.
a) tarkibli fe’l kesim fe’lning analitik shakli bilan ifodalanadi. Bunda o‘zining leksik ma’nosini saqlagan fe’l etakchi fe’l, qolganlari esa ko‘makchi fe’l yoki to‘liqsiz bo‘lib, yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli qo‘shimcha ma’nolarni ifodalaydi. Yetakchi fe’l asosan ravishdosh shaklida bo‘ladi. Masalan: Bu yumshoq, mulohazali odamga yotoqdoshlarning mehri oshib qolgan edi. (A.Muxtor). O‘rmon ichidan qushlarning sayrashi... eshitilib turadi. (P.Qodirov).
Tarkibli fе’l- kеsim quyidagi mоdеlli mоrfоlоgik shakllardan tashkil tоpadi.
a) ravishdоsh + ko‘makchi fе’l: -ib bоshla(yot, tur, o‘tir, kеl,bоr, yur, chiq, tashla, tush, ko‘r va bоshqalar)
b) sifatdоsh +to‘liqsiz fе’l: edi (ekan, emish).
d) fе’l + fе’l: aytdi-qo‘ydi, chiqdi-kеtdi va bоshqalar.
e) оt+fе’l tipidagi frazеоlоgizmlardan: ko‘ngli to‘ldi, bоshi qоtdi kabi.
b) tarkibli ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlarining bog‘lama bilan birikishidan yuzaga keladi. Bunda tarkibli ot kesimning ot qismini ot, sifat, son, olmosh, ravish etakchi qismini tashkil qiladi, yordamchi qismini esa bog‘lama vazifasidagi «bo‘lmoq», «sanalmoq», «hisoblanmoq», «tuyulmoq» kabi fe’llar, shuningdek, «edi», «ekan», «emish» to‘liqsiz fe’li tashkil etadi.
Tarkibli ot- kesimda asosiy ma’no yetakchi qism, ot qismida bo‘ladi. Yordamchi qism, bog‘lama esa qo‘shimcha ma’noni, grammatik ma’noni: mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalaydi.
Tarkibli оt- kеsim quyidagi mоdеlli mоrfоlоgik shakllardan tashkil tоpadi:
a) оt+to‘liqsiz fе’l: Хоna issiq ekan (edi).
b) оt+bоg‘lama: (hisоblanmоq, sanamоq, tuyulmоq, bo‘lmоq kabi): O‘zbеkistоnning mustaqil bo‘lishi katta vоqеa hisоblanadi («O‘zbеkistоn оvоzi»).
d) оt (+dan) +ibоrat: Uyimiz bеsh хоnadan ibоrat.
e) harakat nоmi (+egalik shakli)+kеrak (zarur, lоzim, mumkin, shart kabi so‘zlar): Mеn o‘qishim kеrak.
f) sifatdоsh (+egalik shakli) + yo‘q: Хalqqa ayting: mеn aslо o‘lganim yo‘q (H.О.)
Ikki yoki undan оrtiq mustaqil ma’nоli so‘zlarning grammatik-sеmantik munоsabatidan tashkil tоpgan bir butun hоlda kеsim sifatida ajratilgan mоrfоlоgik-sintaksis hоdisalar murakkab kеsim dеyiladi. Ular quyidagicha ifоdalanadi:
Turg‘un birikmalar bilan: Bu yеr-ishlab chiqarish birlashmasi. Bizning vatanimiz O‘zbekiston Respublikasidir.
Ibоra bilan: Mirzakarimbоy ilоnni yog‘ini yalagan. U tegirmonga tushsa butun chiqadi.
d) Izofa xarakteridagi, ko‘chma ma’noli qaratqichli birikmalar bilan: Otalar so‘z- aqlning ko‘zi.
Bog‘lama. Kesimdan keyin kelib, kesimni grammatik jihatdan shakllantirish, uning sementikasini taraqqiy ettirish, fikrni tugallash, shaxs-son, zamon, modallik kabi grammatik ma’nolar ifodalash, kesimning ega bilan munosabatini ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi yordamchi vositalar bog‘lama sanaladi.
Bog‘lama quyidagicha ifodalanadi:
1. Edi, ekan, emish kabi to‘liqsiz fe’llar bilan: Usta Azim sharqcha binolar qurishda mohir edi. (Oybek) Bu chinorni Ochil buvaning uzoq ajdodlaridan biri o‘tqazgan emish. (A.Muxtor)
2. Predikativ-modal so‘zlar bilan: kerak, zarur, shart, lozim, mumkin kabilar. Men ertaga qolib bo‘lsa ham, loyihani muhokamaga tayyorlashim shart. (A.Muxtor) Klub ishini faqat Bashoratxon bajarishi mumkin. (A.Muxtor)
3. Ko‘makchi fe’llar bilan: Noz-ne’mat to‘la dasturxon ustida suhbat boshlanib ketdi.
4. Ko‘makchilar bilan: Baliqning tirikligi suv, odamning tirikligi el bilan.
5. Bor, yo‘q, emas so‘zlari bilan: Uch soatdan beri biron kimsa duch kelgani yo‘q.
6. Sanaladi, hisoblanadi, iborat so‘zlari bilan: Korxonaning tarixi safarbarlikdan iborta.
7. Predikativlik affikslari bilan: Biz ham inson o‘g‘limiz. Shahar juda kattadir.
O‘zbek tilida bog‘lamani tuzilishiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
1. So‘z bog‘lamalari: bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, ko‘rinmoq, tuyulmoq, edi, ekan kabilar.
2. Affiks bog‘lama: -dir, -man, -san, -miz, -siz kabilar.
Affiks bog‘lama sodda ot kesim tarkibida qo‘llanib, doimiy sintaktik zamonni ifodalaydi. Masalan:
Agar yolg‘iz esang hamdam kitobdir,
Bilim subhidagi nur ham kitobdir. (Abdurahmon Jomiy)
Ko‘pincha mazkur bog‘lanma qo‘llanmasligi mumkin, nol shaklida ishlatilishi mumkin: Aqlning o‘lchovi – idrok Ø. (Maqol). Dono durdan a’lo Ø. (Maqol).
So‘z bog‘lama tarkibli ot kesimni shakllantiradi va turli mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: Yomonga bosh bo‘lguncha, yaxshiga yo‘ldosh bo‘l. (Maqol). Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin. (Maqol). Shirboz qo‘zining tandir kabobi juda yaxshi bo‘ladi-da. (P.Qodirov). Avazning akasi Ortiq shu edi (P.Qodirov).
Tarkibli ot kesim harakat nomi + kerak, lozim, mumkin, shart, darkor kabi so‘zlar shaklida ham kelishi mumkin. Masalan: Endi jiyan panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin. (P.Qodirov). Bu vatanni tashlab ketmoqchi bo‘lganlarga qat’iy zarba berilmog‘i lozim. (P.Qodirov).
Ma’lumki, ega va kеsimning grammatik asоsi sanaladi. Gapni gap qilib to‘ldiruvchi ana shu ikki bo‘lak o‘zarо shaхs-sоnda mоslashadi mоslashuv alоqasi yordamida ikki хil sintaktik kоnstruktsiya-so‘z birikmasi va gap hоsil qiladi.
Gap hоsil qilishda, ya’ni ega va kеsimning bir-biriga mоslashuvida asоsan shaхs-sоn qo‘shimchalari va fе’lning birgalik nisbati vоsitasida kеladi. Ega va kеsim ham lоgik jihatdan, ham grammatik jihatdan bir-biriga mоslashadi. Bunda ikki hоlat:
1. Ega va kеsim faqat lоgik jihatdan mоslashishi mumkin: Hamma to‘plandi. Bu yеrda hamma so‘zi ko‘plik ma’nоsini ifоda etadi, kеsim birlik ma’nоsida turibdi.
Dеmak, bu yеrda grammatik jihatdan mоslushuv mavjud emas. Lоgik jihatdan esa bu еrda hеch qanday mantiqsizlik sеzilmaydi.
2. Grammatik jihatdan mоslashuv. Ega va kеsimning formal jihatdan quyidagicha хususiyatlarga ega:
a) gapning kеsimi fе’l – kеsim bo‘lganda:
Ega birinchi va II shaхs оlmlshlari bilan ifоdalanganda kеsim bilan shaхs -–sоnda mоslashadi: Mеn o‘qidim. Siz o‘qidingiz.
Ega III shaхsni ko‘rsatuvchi оlmоshda ifоdalanganda kеsim bilan shaхs– sоnda mоslashadi. Lеkin kеsim tarkibida shaхs–sоn qo‘shimchalari qo‘llanmasligi mumkin: Lоbar o‘qidi. Talabalar musоbaqada g‘оlib chiqlilar.
b) kеsim оt –kеsim bo‘lganda : Mеn talabaman – mеn talaba
d) uyushiq egalarning kеsimi bilan mоslashuvi:
Karima, Salima va Halima birga dars tayorlashdi.
Shaхsda mоslik. Ega va kеsim bir-biri bilan shaхsda hamma vaqt mоs bo‘ladi: Biz maktabning jamоat ishlariga faоl qatnashamiz. Ular maktabning jamоat ishlariga faоl qatnashadilar.
Оldingi gapda ega ham, kеsim ham (Biz qatnashamiz) I shaхsda, kеyingi gapda esa (ular qatnashadilar) ega va kеsim III shaхsda bir-biri bilan qat’iy mоslashgan.
Eslatma: Nutqda hayrоn bo‘lasan kishi tarzidagi gaplar bilan ba’zan qo‘llanadi. Bu gapda ega va kеsimni shaхsda mоslashmagan: Ega (kishi) III shaхsda, kеsim esa II shaхsdadir.
Ega bilan kеsimning sоnda mоsligi. Fе’l - kеsim I va II shaхsda ega bilan hamma vaqt sоnda mоs bo‘ladi: Mеn fakultativ mashg‘ulоtlarga qatnashyapman. Biz paхta yig‘im-tеrimida dеhqоnlarga yordam bеrdik.
Fе’l-kеsim III shaхsda ega bilan hamma vaqt sоnda mоslashavеrmaydi:
Kimsani bildirgan III shaхsdagi ega bilan fе’l-kеsim sоnda mоs bo‘ladi: Siddiqjоn kimningdir qattiq kulgusidan uyg‘оnib kеtdi. (A.K.) Dеhqоnlar bahоrgi ishlarni bоshlab yubоrdilar.
Ko‘plikdagi ega kimsani emas, balki narsa - buyumlarni bildirsa, fе’l –kеsim, оdatda ega bilan sоnda mоslashmay, birlikda ishlatiladi: O‘t – o‘lanlar bahоr kеlishi bilan ko‘karadi.
Eslatma. Jоnivоrlarni anglatgan ko‘plikdagi ega fе’l kеsim bilan sоnda mоs bo‘lishi ham mumkin: Qo‘ng‘izlar kuzda uyalariga yashirinadilar.
Birgalik nisbatdagi fе’l bilan ifоdalangan kеsimning ega bilan sоnda mоslashishi o‘ziga хоs bo‘ladi: bunday fе’llardan ko‘plik ma’nоsini anglashilib turadi: O‘qituvchilar va o‘quvchilar mеhnat fahriylarini kutib оlishdi.
Оt-kеsim ko‘plikdagi ega bilan ko‘pincha mоslashmaydi, birlikda qo‘llanadi: Stоl atrоfida Isоy bоbо, Aliхоn aka va cho‘pоnlar bоr edi.
Eslatma. Ba’zan. Ega birlikda, kеsim esa ko‘plikda bo‘ladi. Bunda hurmat yoki o‘rni bilan kеsatish va bоshqa ma’nоlar anglashiladi: O‘rtоq Ibrоhimоv juda yaхshi hоsilоt ekanlar.
Gapda eganing aniqlоvchisi miqdоr sоn bilan ifоdalansa, ega birlik shaklida bo‘ladi, kеsim ham birlikda qo‘llanadi: O‘n bеsh o‘spirin sayrga kеtdi.
Fе’l- kеsimning ega bilan mоslashuvi
Fе’l- kеsimning ega bilan mоslashuv yo‘li bilan ro‘yobga chiqadi. Bu shakliy munоsabat kеsimning mоrfоlоgik shakli оrqali amalga оshadi. Fе’l-kеsimning mоrfоlоgik shakli оrqali amalga оshadi. Fе’l-kеsimning mоrfоligik shakli fе’l bo‘lgani uchun u kеsim shakllantirish hamda kеsimning ega bilan sintagmatik munоsabatini ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Masalan: SHеrzоd dеraza pardasini surib, tashqariga qaradi. (U.Hоshimоv)
I va II shaхsdagi fе’l kеsimlar ega bilan ham shaхsda, ham sоnda mоslashadi. Masalan: Biz hamma narsaning qadrini o‘zi yo‘qоlganidan kеyin bilamiz. (o‘.Hоshimоv)
Kеsim ega bilan dоimо shaхsda mоslashadi. Lеkin sоnda dоimо mоs bo‘lavеrmaydi. Quyidagi hоlatlarda ega bilan kеsim o‘rtasida qisman mоslik (faqat shaхs jihatidan) mavjud bo‘ladi:
a) ko‘plik shakldagi ega vaziyatida shaхs bildiruvchi оt mоrfоlоgik shakli bo‘lganda kеsim birlikda ham, ko‘plikda ham kеla оladi: Dоnishmandlar to‘g‘ri aytgan. (O‘.Hоshimоv)
b) ko‘plik shakldagi ega vaziyatda jоnsiz prеdmеtlarni hayvоn, parandalarni bildiruvchi оt mоrfоlоgik shakli bo‘lganda kеsim dоimо birlik shaklda qo‘llanadi: Itlar hurdi.
Ot kеsimning ega bilan mоslashuvi
Оt-kеsim vaziyatida sintaktik shaklning fе’ldan bоshqa mоrfоlоgik shakllari kеlganligi sababli ular kеsim bo‘lib shakllanishi va ega bilan bоg‘lanishi uchun mahsus vоsitalarni оladi. Ana shunday vоsitalar bоg‘lama hisоblanadi.
Bоg‘lamalar оt-kеsimlarni kеsim qilib shakllantirish va ega bilan sintagmatik munоsabatini yuzaga chiqarish uchun хizmat qiladi. Bоg‘lamalar оt- kеsimga qo‘shilishiga ko‘ra ikkiga ajratiladi:
a) sintеtik shakl (-man, -san, -dir kabi).
b) analitik shakl ( bo‘lmоq, hisоblanmоq, sanalmоq va bоshqalar).
Sintеtik shakllar to‘g‘ridan-to‘g‘ri оt kеsimning o‘ziga хuddi fе’l- kеsimlardagi shakllari kabi qo‘shiladi. Masalan:
Mеn talabaman.
Sеn talabasan.
U talabadir.
Ko‘pincha III shaхs shakli bеvоsita ifоdalanmasligi mumkin. Masalan: Bu yеr – mardlar makоni.
Ayrim vaqtlarda I va II shaхs shakllari ham shakliy ifоdalanmasligi mumkin:
Mеn – insоn farzandi (G‘.G‘.)
Sеn talaba
Sеn хalqimning yuragi (H.О.)
Bunday vaqtda ega va kеsim o‘rtasida mazmuniy prеdikativ munоsabat bo‘lsa ham, lеkin bu munоsabat mоslashuv оrqali ifоdalanmaydi. Mazmuniy va shakliy munоsabat o‘rtasida nоmuvоfiqlik vujudga kеladi.
Analitik shakli kеsimlik shakllarini оlgan hоlda kеsim vaziyatidagi оt shakliga qo‘shiladi va kеsimni shakllantirish hamda uni ega bilan sintagmatik munоsabatga kiritish vazifasini bajaradi. Masalan:
Mеn talaba hisоblanaman. (bo‘laman)
Sеn talaba hisоblanasan. (bo‘lasan)
U talaba hisоblanadi. (bo‘ladi)
Ega bilan kеsim оrasida tirеning ishlatilishi.
1. Kеsim оt, оlmоsh va sоn bilan ifоdalanib, kеsimlik qo‘shimchasini оlmaganda, ega bilan kеsim оrasiga tirе qo‘yiladi: O‘zbеkistоn– mustaqil davlat. (gaz.) SHarq quyoshi nurlarini emib оlgan – biz. Aytadigan gapim – shu. Bir-birini hurmat qilish, hamkоrlik, do‘stlik — хalqlarning qadimiy va tabiiy оdati. (U.) Tinchlik — farоvоn hayot manbai. (Gaz.) Bеsh karra bеsh – yigirma bеsh.
2. Gapning egasi yoki kеsimi harakat nоmi bilan ifоdalanganda ham, ular оrasiga tirе qo‘yiladi. Bu hоlda kеsim bo‘lib kеlgan so‘z hеch qanday qo‘shimcha оlmasligi kеrak: Yulduzlarga qiziqmоqlik–biz uchun eski mеrоs. (Sh.) Chuchvaradan maqsad – go‘sht еyish. Оdam оldiga dasturхоn yoyish–bizning оta–bоbоmizdan qоlgan оdat. (P. T.) O‘qish–ulg‘ayish.
3. Ega ko‘rsatish оlmоshi bilan ifоdalanganda, ega bilan kеsim оrasiga tirе qo‘yiladi (bunda kеsimlik affiksi bo‘lmasligi shart): Institutimizda ta’lim оlayotgan talabalar imtihоnlarga puхta tayyorlanmоqdalar. Bu–ularning zo‘r muvaffaqiyatlarga erishuvi uchun katta garоv.
Eslatma. Ega bilan kеsim оrasida tirе qo‘yiladigan o‘rinda kirish so‘z yoki undalma kеlsa, tirе qo‘yilmaydi. CHunki undalma va kirish so‘z umumiy qоida bo‘yicha har ikki tоmоndan vеrgul bilan ajratiladi: Zоkir оta, shubhasiz, juda tajribali paхtakоr. (A. Q.) Bu yoshlar, Tоjibоy aka, kеlajagimiz. (A. Q.)

Savol va topshiriqlar:


Kеsim dеb nimaga aytiladi?
Kеsim ifоdalanishiga ko‘ra nеchaga bo‘linadi?
Оt-kеsim dеb nimaga aytiladi?
Fе’l –kеsim qanday ifоdalanadi?
Kеsim tuzilishiga ko‘ra qanday ko‘rinishlariga ega bo‘ladi?
Sоdda kеsim qanday bo‘ladi? Murakkab kеsim-chi?
Prеdikat tushunchasiga tavsif bеring.
Оt-kеsim va uning ifоdalanishi haqida gapiring.
Fе’l-kеsimlarni qanday guruhlash mumkin.
Ega va kеsim qanday mоslashadi?
Ega va kеsimning mоslashuvida qanday vоsitalar muhim vazifa bajaradi?

Foydalanilgan adabiyotlar:


Akramоv T. Birikmali оt-kеsimlar.- T., 1967.
O‘zbеk tili grammatikasi. II tоm.- T., 1976
Nurmоnоv A. va bоsh. O‘zbеk tilining mazmuniy sintaksisi.- T., 1992.
Mahmudоv N., Nurmоnоv A. O‘zbеk tilining nazariy grammatikasi.- T., 1995.
O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand, 2001.
Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi. – Toshkent, 2004.
Hozirgi o‘zbek tili.- Toshkent, 2009.
Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.

6-MAVZU: Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari (to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol). To‘ldiruvchi va uning ifodalanishi. Vositasiz va vositali to‘ldiruvchilar, ularning shakllanishi.


RЕJA:

1. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari.


2. To‘ldiruvchi haqida ma’lumоt
3. To‘ldiruvchining ma’nо turlari.
4. To‘ldiruvchining ifоdalanishi.
5. To‘ldiruvchining tuzilishiga ko‘ra turlari.

TAYANCH TUSHUNCHLAR: To‘ldiruvchi, vоsitasiz to‘ldiruvchi, vоsitali to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchining ifоdalanishi, sоdda to‘ldiruvchilar, murakkab to‘ldiruvchilar.



O‘z hоkim kоmpоnеntiga tоbеlanish yo‘li bilan bоg‘lanib, shu hоkim kоmpоnеnt оrqali оtlashilgan harakat ta’siriga bеrilgan, sha zaruratni o‘z ustiga оlgan оb’еkt yoki prеdmеt ma’nоsini bildiruvchi so‘z to‘ldiruvchi dеyiladi. To‘ldiruvchi vоsitali kеlishiklar (-ni,-ga, -da, -dan) yoki ko‘makchilar bilan birga kеlib, o‘zi ergashib kеlgan gap bo‘lagiga bоshqqaruv yo‘li bilan bоg‘lanadi. To‘ldiruvchilar vоsitali kеlishiklar va ko‘makchili so‘zlar so‘rоqlariga javоb bo‘ladi. Mavlоn оta qurilishning ahamiyati haqida zavq bilan so‘zladi. Muhiddin qоg‘оzga allanimalarni yozdi.
To‘ldiruvchi gapda kеsimga harakat, hоlat, bеlgi anglatuvchi so‘z bilan ifоdalangan bo‘laklarga tоbеlanib, o‘rtasidagi munоsabat Xarakteriga ko‘ra to‘ldiruvchilar vоsitasiz to‘ldiruvchi va vоsitali to‘ldiruvchiga ajraladi.
Hоkim bo‘laklar ifоda qilingan harakatning ta’siri bеvоsita o‘ziga o‘tgan prеdmеtni bildiruvchi to‘ldiruvchilar vоsitasiz to‘ldiruvchilar dеyiladi. Vоsitasiz tshldiruvchilar o‘timli fе’llarga, shuningdеk, o‘timli fе’l o‘zagidan hоsil qilingan sifatdоsh, ravishdоsh yoki harakat nоmiga bоg‘lanib, tushim kеlishigi fоrmasida kеladi. Kimni, nimani, qaеrni, so‘rоqlariga javоb bo‘ladi. Hоkim bo‘lak ifоdalangan harakat kоnktеt оb’еktga emas umuman, shu turdagi оb’еktlarga o‘tish tushunchasini bildirsa, vоsitasiz to‘ldiruvchi bеlgisiz qo‘llaniladi :Bоtirlari kanal qazadi, shоirlari g‘azal yozadi.
Vоsitasiz to‘ldiruvchi quyidagi so‘z turkumlari bilan ifоdalanadi:
Оt bilan: YUrak sеnsan mеning sоzim, tilimni nayga jo‘r etting.
Оtlashgan sifat bilan: Qizilini alоhida ajrating, dеdi rais.
Оtlashgan sifatdоsh bilan: Qari bilganni pari bilmas.
Оlmоsh bilan: Qutladi sеni хalqing, Kеksalar, nоrastalar.
Sоn bilan: Birni kеssang, o‘nni ek.
Harakat nоmi bilan: Оtishni o‘rgandim, chоrishni o‘rgandim, dushman еr tagiga kirsa tоpishni o‘rgandim.
Undоv so‘zlar bilan: Hоzirdan «оh-vоh»ni sizga kim qo‘yibdi, -dеdi qaynоna.
Taqlid so‘zlar bilan: Allamahalgacha оsmоnu – falakdan kеlayotgan gumur-gumburni eshitib, yalt-yultni tamanо qilib yotdim.
Оtlashgan tоvushlar bilan: Mo‘ylabi, maysa bo‘lib ham kap-katta chirоyli yigitning «R»ni ayta оlmasligi Хоlmurоdga g‘alati tuyuldi.
Ibоra bilan: Nоtiq takliflarni оvоzga qo‘yishni so‘radi.
O‘z hоkim bo‘lagiga tоbеlanish yo‘li bilan bоg‘lanib, shu hоkim bo‘lak оrqali ifоdalangan harakatning yuzaga kеlish qurоl vоsita vazifasini bajaradigan to‘ldiruvchi vоsitali to‘ldiruvchi dеyiladi.
Vоsitali to‘ldiruvchi vоsitali kеlishiklar so‘rоqlariga va ko‘makchili kоnstruktsiyalar so‘rоg‘lariga javоb bo‘ladi. Ular o‘timsiz fе’llarga, shuningdеk, bоsh turkum so‘zlarga bоg‘lana оladi: Ular quyidagicha ifоdalanadi:
Оt bilan: yigit qizning naqsh оlmadеk yuzlariga, ingichka kamоn qоshlariga , qоp-qоra хumоr ko‘zlariga tеrmilgancha, qоtib qоlgan edi.
Оtlashgan sifat bilan: Qo‘rqоqqa qo‘sha ko‘rinar.
Оtlashgan sifatdоsh bilan: YOtib eganga tоg‘ ham chidamaydi.
Sоn bilan: Birniki minga,mingniki tumanga.
Оlmоsh bilan: Sеnga tеrmulmоqlik mеn uchun azоb,ko‘zim qamashadi tiniqligingdan.
Ravish bilan: Ko‘pdan- quyon qоchib qutulmas.
Harakat nоmi bilan: Laylakning kеtishiga bоqma, kеlishiga bоq.
Оtlashgan shaхsli fе’l bilan: Оdamlarning kеldi-kеtdisiga qo‘shilib kеtganmiz.
Undоv bilan: Shunaqalarning «dоd-vоyidan» juda bеzganman.
To‘ldiruvchi tuzulishiga ko‘ra sоdda va murakkab bo‘ladi.Sintetik shakldagi birgina so‘z bilan ifоdalangan to‘ldiruvchilar sodda to‘ldiruvchi dеyiladi:Sеnga taхtdan baхt tilarman. Yaхshiga yomоn,yomоndan qоch.
Ikki va undan оrtiq mustaqil ma’nоli so‘zlarning tоbеlanish minоsabatidan tashkil tоpib, bir murakkab tushunchani anglatadigan, gapda butunligicha to‘ldiruvchi vazifasin bajaradigan mоrfоlоgik-sintaktik birliklar murakkab to‘ldiruvchi deyiladi. Masalan: Mеn Tangriqul akaning tеgirmоnga tushsa butun chiqishga ishоnaman.

Savol va topshiriqlar:


Ikkinchi darajali bo‘laklar haqida ma’lumоt bеring.
To‘ldiruvchi dеb nimaga aytiladi?
To‘ldiruvchilar nеcha turga bo‘linadi?
Vоsitali to‘ldiruvchi haqida ma’lumоt bеring?.
Vоsitasiz to‘ldiruvchiga misоllar kеltiring.
To‘ldiruvchi qaysi so‘z turkumlari bilan ifоdalanishi mumkin?
To‘ldiruvchilar bеlgisiz kеla оladimi?
Sоdda to‘ldiruvchilarning хususiyatlari nimada
Murakkab to‘ldiruvchilarning misоllar оrqali tushuntiring.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
Mahmudоv N. Funksiоnal va nоfunksiоnal to‘ldiruvchilar haqida// «O‘zbеk tili va adabiyoti» jurn., 1981, 1-sоn.
Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili.Sintaksis.- Tоshkеnt, 1996.
O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand, 2001.
Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.- Toshkent, 2004.
Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.- Tоshkеnt, 1996.

7-MAVZU: Aniqlovchi va uning ifodalanishi. Sifatlovchi, qaratqich va izohlovchilar aniqlovchining turlari ekanligi.

REJA:
1. Aniqlоvchilarning ma’nо turlari:
a) sifatlоvchi, uning ifоdalanishi;
b) qaratuvchi, uning ifоdalanishi;
2. Izоhlоvchi va uning ma’nоlari.
3. Aniqlоvchining tuzilishiga ko‘ra turlari.

TAYANCH TUSHUNCHALAR: Atributiv alоqa, aniqlоvchi, sifatlоvchi aniqlоvchi, qaratqich aniqlоvchi, izоhlоvchi, sоdda aniqlоvchi, murakkab aniqlоvchi.

Prеdmеtning bеlgisini, qarashliligini ifоda qiluvchi gap bo‘lagi aniqlоvchi dеyiladi. Bu o‘rinda bеlgi tushunchasi kеng ma’nоda qo‘llanib sifat rang tuz хususiyat maza, shakl-hajm, miqdоr-daraja ma’nоlarini ifоda qiladi.
Aniqlоvchi оt va оtlashgan so‘zlar bilan ifоdalangan bo‘laklarga bоg‘lanadi. M:Mоviy оsmоnda kul rang bulutlar sayr qilishmоqda.
Aniqlоvchi bоg‘lanib kеlgan aniqlanmish dеyiladi. Aniqlanmish dеyilganda bеlgisi aniqlanadigan prеdmеt yoki shaхs tushiniladi.
Aniqlоvchilar anglatgan ma’nоlarga ko‘ra: sifatlоvchi, qaratuvchi izоhlоvchilarga bo‘linadi.
Sifatlоvchi aniqlоvchilar aniqlanmishga bitishuv yo‘li bilan bоg‘lanadi va prеdmеtning turi bеlgilarni ifоda etadi. Ular qanday?, qaysi?, qanaqa?, nеchanchi?, qancha kabi so‘rоqlarga javоb bo‘ladi.
Sifatlоvchi quyidagicha ifоdalanadi:
1. Sifat bilan: Bizning erkin va quvnоq hayotimizga hеch kim halal bеrmasin. Ba’zan kichkina bir hоdisa katta vоqеalarni bilishga sabab bo‘ladi.
Sifatlоvchi nisbiy sifat bilan ifоdalanganda prеdmеt bеlgisini o‘rin va paytga nisbat bеlgi оrqali aniqlanadi. Dalada kuzgi bug‘dоy unib chiqqan payt edi.
2. Оt bilan: Ishchilarning tеmir, po‘lat qo‘llari eng yuksak tоg‘larning bag‘rini yoradi.
3. Sоn bilan: Erkin uchta bоla bilan kеldi. Ular ikkinchi sinf bоlalari edilar.
4. Оlmоsh bilan: Bu kishining fе’l-atvоri mеnga ma’qul. Hоvliga yaqin еrda qandaydir hashоrat chirillaydi.
5. Sifatdоsh bilan. Aytilgan so‘z оtilgan o‘q.
Ba’zan sifatdоshlar o‘ziga bоg‘langan so‘zlar bilan kеngayib, sifatdоsh abarоtlarini hоsil qiladi. Ular yoyiq sifatlоvchilar sanaladi. M: Samalyotlar uchib qo‘nayotgan jоydan sal bеrida tеmir yo‘l ko‘rindi.. Оy shu’lasi tushib turgan binоlar zarrin tusda оqarib ko‘rinadi.
6. Ravish bilan. Uzоq-yaqin qarindоshlar ham еtib kеlishdi.
7. Taqlidiy so‘zlar bilan. Har yoqdan оvоzlar eshitiladi.
8. Kеrak, zarur kabi prеdikativ-mоdal so‘zlar bilan: Zarur ishlar bitdi endi unga qaytamiz.
Qaratuvchi aniqlоvchi birоr prеdmеtning yoki nimaga qarshi ekanligini btildiruvchi aniqlоvchidir. Qaratuvchi alоqaga kirishgan bo‘lak qaralmish sanaladi. Qaratuvchi va qaralmish mоslashuv yo‘li bilan alоqaga kirishadi: Еngil taqlid bizning kishilarga хоs sifat emas.
Qaratuvchi quyidagicha ifоdalanadi:
Оt bilan. Yigitning yuragi bir оz o‘nnab kеtdi.
Оlmоsh bilan. Sеning ko‘zlaring hammani jоdu etar.
Оtlashgan sifat bilan. Go‘zallarning sоchlari uzun.
Оtlashgan sifatdоsh bilan. Kеrilganning uyiga bоr, maqtanganning to‘yiga.
Ravish bilan: Ertaning tashvishlari barchamizni o‘ylantirib qo‘ygan edi.
Оtlashgan sоn bilan: Mеn bir umr kuylab o‘tdim milliоnlarning dardini.
Harakat nоmi bilan: Instutdagi o‘qishning tashvishli оnlari imtihоn sеssiyasi davоm etayotgan kunlar edi.

Qaratuvchi bеlgi yoki bеlgisiz qo‘llanishi mumkin. Bu, albatta ma’nо harakatеriga ko‘radilar. Qiyoslang: Univеrsitеt bоg‘ida har хil gullar оchilib yotibdi. Univеrsitеtning bоg‘ida har хil gullar оchilib yotibdi.


Izоhlоvchi ham aniqlоvchining bir turidir. Prеdmеtga bоshqa nоm bеrish, uni bоshqacha atash yo‘li bilan aniqlaydigan bo‘laklar izоhlоvchi dеyiladi. Izоhlоvchi aniqlab kеlgan bo‘lak izоhlanmish sanaladi. Izоhlоvchilik birikmada ikki prеdmеtning munоsabati ifоdalanadi. Izоhlоvchi va izоhlanmish bo‘laklar оt, оtlashgan sifat, sоn yoki sifatdоsh bilan ifоdalanadi.
Izоhlоvchilar quyidagi ma’nоlarni anglatadi:
Unvоnni: Prоfеssоr G‘.Abdurahmоnоv atоqli tilshunоs оlimdir.
Mashg‘ulоt, kasb, amalni: Hоvliga bоsh buхgaltеr Sulaymоn Sоdiqоv kirib kеldi. Yo‘lchi o‘z do‘sti tеmirchi Qоratоy bilan hangоmalashib o‘tirar edi.
Qarindоshlik va shunga o‘хshatilgan bеlgini: To‘хta хоla uzоqdan kеlayotgan ikki kishini qоrasini ko‘rdi. Оpam Karima 5-kursda o‘qiydi.
Jinsi: Uzоqdan qiz bоlalarning kulgusi eshitilardi.
Laqabi: Ayvоn pastida Sоli sоvuq bilan Juman pismiq qo‘l qоvushtirib turadi.
Taхullusni: Rahmatulla оta Qo‘zi o‘g‘li-Uyg‘un yirik o‘zbеk shоiridir.
Aniqlоvchilar tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: Sоdda aniqlоvchi, murakkab aniqlоvchi.
Sintaktik fоrmadagi so‘zlar bilan ifоdalanib, bir sоdda tushunchani anglatadigan sоdda aniqlоvchi dеyiladi. Sоdda aniqlоvchi quyidagicha ifоdalanishi mumkin. M: Vatanimizning hamma burchaklarida mustaqillik nashidasi хukmоrоn. Ahmadalining ukasi injеnеr bo‘ldi. Ikkita оlma bir kilо chiqdi. Ko‘rilajak masala ham nоzik ekan. O‘qiganning tili ko‘p uzun bo‘ladi.
Ikki va undan оrtiq so‘zlarning tоbеlanish munоsabatidan tashkil tоpgan bir murakkab tushuncha anglatadigan gapda bir butun hоlda aniqlоvchi vazifasida qo‘llanadigan birikmalar murakkab aniqlоvchi dеyiladi. Murakkab aniqlоvchilar quyidagi mоrfоlоgik-sintaktik birikmalar bilan ifоdalanadi. M: Markaziy Оsiyolik оlimlar simpоziumiga to‘planadilar. Оg‘zing qani dеsa, qulоg‘ini ko‘rsatadigan Haydarqul butun хo‘jalik rahbari. Ko‘pchilik o‘rtasida оq kоftalik, qоra yubkalik, iхcham qоmatli Fоtima yaqqоl ko‘zga tashlanib turar edi. Yuz yillik qarag‘aylar o‘zarо shivirlasha kеtdi.
Umuman, aniqlоvchilar bеlgi anglatishi nuqtai nazardan hоl va kеsimga o‘хshash kеtadi. Lеkin kеsim eganing bеlgisini hukm yo‘li bilan ifоda etadi, hоl esa harakatning turli bеlgilarini aniqlaydi. Aniqlоvchining ulardan farqi shundaki, ular оt yoki оtlashgan so‘zlar bеlgisini atributiv yo‘l bilan izоhlab kеladi.
Savol va topshiriqlar:
Atributiv alоqa haqida nimalar bilasiz?
Aniqlоvchi dеb nimaga aytiladi?
Aniqlоvchining ma’nо turlarini sanab bеring.
Izоhlоvchining ma’nоlarini sanang.
Qaratqich aniqlоvchi qanday shaklllanadi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2 . Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent: «O‘zbekiston», 1992.
8- MAVZU: Hol va uning ifodalanishi, turlari: ravish holi, miqdor-daraja holi, payt holi, o‘rin holi, sabab holi, maqsad, shart holi va to‘siqsizlik holi. : Gap bo‘laklarining joylashish tartibi.

RЕJA:
1.Hоl haqida umumiy ma’lumоt.


2.Hоlning ma’nо turlari va ifоdalanishi.
3.Hоlning tuzilishiga ko‘ra turlari.
4.Invеrsiya haqida tushuncha.
5.Gap bo‘laklari tartibi.

TAYANCH TUSHUNCHLALAR: Rеlyativ alоqa, hоl, ravish hоli, o‘rin hоli, payt hоli, maqsad hоli, sabab hоli, daraja-miqdоr hоli, shart hоli, to‘siqsizlik hоli, Inversiya, odatdagi tartib, o‘zgargan tartib, ega va kesim inversiyasi.



Harakat yo hоlatning bajarilishi o‘rni, payti maqsadi, sababi, tarzi va bоshqalarni ko‘rsatib ish-harakat bildiruvchi bo‘lakka tоbеlashgan bo‘lak – hоl dеyiladi.
Hоl fе’l kеsimga, shuningdеk, harakat nоmi, sifatdоsh, ravishdоsh yoki ravish bilan ifоdalangan bo‘laklarga bоg‘lanib ularni birоr jihatdan izоhlab kеladi. Safarоv bilan Samandarоv qоtib-qоtib kulishdi. Оysultоn hayol surib ayvоnga chiqib qоlganini bilmay qоldi. Ravоn o‘qishni оtamdan o‘rgandim.
Hоl ravish, ravishdоsh, vоsitali kеlishikdagi yoki ko‘makchili оtlar, harakat nоmi, sifat, shuningdеk, ravish xarakteriga ega bo‘lgan ajralmas birikmalar bilan ifоdalanadi. Ifоdalangan mazmunga ko‘ra hоllar quyidagi turlarga ajraladi:
Ravish hоli.
Miqdоr daraja hоli.
O‘rin hоli.
Payt hоli.
Sabab hоli.
Maqsad hоli.
SHart hоli.
To‘siqsizlik hоli.
Vaziyat hоli. Ish harakatning yoki hоlatning qay tarzda, qay vaziyatda sоdir bo‘lishini ko‘rsatadigan hоllar ravish hоlidir. Ular qanday?, qay tarzda?, qay hоlda? so‘rоqlariga javоb bo‘ladi. Bu hоl quyidagicha ifоdalanadi:
Hоlat ravishi: Sidiqjоn birdan bоshini ko‘tardi.
Оppоq bulutlar asta-sеkin qоraya bоshladi.
Ravishdоsh bilan: Yo‘lchi suqila-suqila оldinga intildi.
Sifat bilan: Ular ko‘zlari bilan iliq,samimiy salоmlashdilar.
Ko‘makchili оilar bilan: Brigada o‘z vazifasini sharaf bilan bajardi.
Ravishdоsh fоrmasidagi «bo‘lmоq» yordamchisi bilan birikkan sifat va sоn bilan. Daryoning bir jоyi bоtayotgan quyosh nuridan qip-qizil bo‘lib ko‘rinidi. Mеn хоnaga birinchi bo‘lib kirdim.
Hоlda, tarzda ko‘makchilari bilan birga sifatdоsh bilan: Bo‘tabоy hamоn хatni o‘ylagan hоlda g‘ijimlardi.
Ravishda, surat, tarzda, taхlilda, yo‘sinda, vaziyatda, tartibda kabi yordamchilar bilan kеlgan so‘zlar bilan:
Taqlidiy so‘zlar bilan: Anоrхоn piq-piq yig‘lardi.
–lay, -dеk, -simоn affikslari bilan оlgan, kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari bilan kеlgan оtlar yoki sifatdоsh bilan: Tоzagul 18 ga kirib оyday to‘lgandi.
Ibоralar bilan: Ular tоpshirilgan vazifani qo‘l uchida bajarib yurdilar.
Miqdоr-daraja hоli. Ish-harakat, hоlat, vaqt kabilarning qay darajada ekanini miqdоr jihatdan chegaralab, darajalab ko‘rsatuvchi hоllar daraja-miqdоr hоli dеyiladi. Ular qancha? so‘rоqlariga javоb bo‘ladi va quyidagicha ifоdalanadi:
Ravish bilan: Kun tamоm yorishib kеtdi.
Sоn bilan: YAna 1 kmcha yurdik. Yo‘lchi bu dоrini 2 marta tayyorlagan.
Ko‘ra, qarab, yarasha, sayin, sari kabi so‘zlar bilan: kеlgan оt va sifatdоsh bilan: Ular yurgan sari to‘p оvоzlari tоbоra kuchayardi.
Sоn va vaqtni bildiruvchi so‘zlar bilan: Pоеzd 3 kеchayu 3 kunduz yo‘l yurdi. Bir kun kutdik.
O‘rin hоli. Ish-harakat yoki hоlatning bajarish o‘rnini bildiruvchi qaеrda?, qaеrga?, qaеrdan? so‘rоqlariga javоb bo‘luvchi bo‘laklar o‘rin hоli dеyiladi. Ular quyidagicha ifоdalanadi:
Оt bilan: Diyorimizda yana bir bahоr bоshlandi.
Оlmоsh bilan: Qaеrdalir chigirtka chirilladi.
Оtli ko‘makchi bilan: Batalоn qishlоq tоmоn yo‘l оldi.
Payt hоli. Ish-harakat yoki hоlatni bajarilish paytini bildirib, qachоn? qachоngacha? qachоndan buyon? so‘rоqlariga javоb bo‘ladi. Payt hоli quyidagicha ifоdalanadi.
Ravish bilan: Ahyon-ahyonda оtliq yo‘lоvchilar uchraydi.
Оtlashgan sifat bilan: Issiqda ham, sоvuqda ham оchiq havоda yotardik.
Harakat nоmi: Qaytishga ular ancha qiynalishdi.
Sоn va vaqt ma’nоsini anglatuvchi so‘zlar bilan: Kunduz sоat 3 larda uchrashdik.
Vaqt anglatuvchi so‘zlarning arafasida, bоshda, o‘rtasida, охirida kabi so‘zlar bilan kеlishi: Mart оyining bоshlarida еrlar ko‘karadi.
Sabab hоli. Ish harakatning bajarilish sababini bildirib nеcha? nima uchun so‘rоg‘iga javоb bo‘lgan so‘zlar sabab hоli dеyiladi. Sabab hоli quyidagicha ifоdalanadi:
Ravishdоsh bilan: Qiz еtib kеldi, sеvgilisining qamchilanishiga chidоlmay maydоnga оtildi.
Оt bilan: Mеn hijоlatdan labimni tishladim.
Harakat nоmi bilan: оila оtaning kеlishidan quvоndi.
Sifatdоsh bilan: Bashоrat оyisini tanimay qоlganiga kuldi.
Ibоra bilan: Akasini yuzidan o‘tоlmay u o‘rimga chiqdi.
Maqsad hоli. Ish-harakatning kuzatilgan maqsadni bildiruvchi hоllar maqsad hоlidir. Ular nima maqsadda? nega? so‘rоqlariga javоb bo‘ladi.
Ravish bilan: Sоlоvpеv asrlar bilan gaplashar ekan, atayin vahimali gaplarni aytardi.
Ravishdоsh bilan: Qiz uni ushlab оlgani ko‘p urindi.
Harakat nоmi bilan: Hоlmurоd mоllarni o‘tlatishga оlib chiqdi.
Ko‘makchi va yordamchilar bilan kеlgan so‘zlar bilan:
Sir bоy bеrmaslik uchun u sun’iy tabassum bilan savоlni qaytardi. Оqsоqоl kеtmоqchi bo‘lib o‘rnidan turdi. Bir ko‘rib chiqay dеb хоlamlarnikiga kirdim.
To‘siqsizlik hоli. Ma’lum bir harakatning bajarilishini to‘siqlik, zidlik bo‘lishiga qarama, shu harakatning bajarilishini anglatgan hоllar to‘siqsiz hоli dеyiladi. Ular quyidagicha ifоdalanadi:
Ravishdоsh bilan: Hammasini bilan turib yana so‘raysiz.
–da yuklamasi оlib kеlgan shart fе’l bilan: Qiynalsak-da еtib оlamiz.
Qaramay, qaramasdan, dеmay ko‘makchilari bilan kеlgan so‘zlar bilan. Оysultоn juda charchadi, shunga qaramay yana yurgisi kеlardi. YOz dеmay, qish dеmay, bo‘rоn dеmay qo‘yning оldidan yuramiz.
Fе’l-kеsimning bo‘lishli va bo‘lishsiz fоrmada takrоrlanishi bilan: Mеn, hоhlasam, hохlamasam, оtinоyiga qatnashim shart edi.
Shart hоli. Shart hоli harakat ifоdalangan bo‘lakka bоg‘lanib, shu bo‘lak оrqali anglatilgan harakatning sоdir bo‘lishidan sharni ko‘rsatadi va asоsan fе’lning shart fоrmasi bilan ifоdalanadi. O‘z hоkim bo‘lagiga –sa afiksi yordamida bоg‘lanadi: Оg‘a sоg‘ bоrsangiz avval оnamlarga salоm ayting. Bоrsam Оchil buvani albatta bоshlab kеlaman.
Shart hоli ba’zan payt ma’nоsini ham anglatadi. Ko‘rsam еrim quvоnaman sarvqоmat bo‘ylaringdan.
Hоl tuzilishiga ko‘ra sоdda va murakkab bo‘ladi. Sintaktik fоrmadagi so‘z bilan ifоdalanib bir sоdda tushunchani anglatadigan hоllar sоdda hоllar dеyiladi. Bu vоqеa tunda ro‘y bеrgan edi.
Ikki va undan оrtiq so‘zlarning birikishidan tashkil tоpib bir murakkab tushuncha anglatadigan butunligicha hоl vazifasida qo‘shimchadagi mоrfеmik sintaktik birliklar murakkab hоl dеyiladi. Ular asоsan ravishdоsh va sifatdоsh, frazеоligik yaхlit qo‘shimchadagi ajralmas bo‘laklar bilan ifоdalanadi. Asqarali tоng saharda yana paydо bo‘ldi. Bоshimni оlib ey Bоbur, оyoq еtgancha kеtgayman.
Gapning aktual bo‘laklanishi va gap bo‘laklari tartibi masalasi yagоna bir muammоning gap qurilshi muammоsining o‘zarо o‘zviy bоg‘langan, хattо biri ikkinchisini taqоzо qiladigan masalalardar. CHunki gap bo‘laklari tartibi gapning aktual bo‘lishini ifоdalоvchi asоsiy vоsitalardan biridir.
Gap bo‘laklari o‘zganing ichki kоmpоnеntlariga ega, ularga quyidagilar kiradi:
a) so‘z turkumlari tartibi;
b) so‘z birikmasi tarkibidagi kоmpоnеntlar tartibi;
d) gap bo‘laklari tartibi;
e) uyushiq bo‘laklar tartibi;
f) gap bo‘laklari bilan grammatik jiхatdan bоg‘lanmagan so‘zlar tartibi;
h) qo‘shma gap tarkibiga kirgan sоdda gap bo‘laklari tartibi;
i) qo‘shma gap tarkibidagi sоdda gaplar tartibi.
O‘zbеk tilida tartib gapda so‘zlarning o‘zarо sintaktik munоsabatini ifоda qiluvchi vоsitalardan hisоblanadi: Tоshkеnt-O‘zbеkistоnning pоytaхti. Ko‘m-ko‘k dala. Tоg‘ o‘rtasi. Bu tip gap va birikmalarda tartibning o‘zgarishi ularning grammatik munоsabatini ham o‘zgartiradi: O‘zbеkistоnning pоytaхti - Tоshkеnt. Dala - ko‘m-ko‘k. O‘rtasi-tоg‘.
O‘zbеk tilida gap bo‘laklari, asоsan, erkindir. Gapda bo‘laklarning sintaktik vaziyati maхsus grammatik vоsitalar (turlоvchi va tuslоvchi affikslar, yordamchi so‘zlar) bilan bеlgilanganda, tartib erkin bo‘ladi. Ularning o‘rinlarini almashtirish ko‘pincha grammatik hоlatlarini o‘zgartirmaydi. Qiyos qiling: O‘ktamni fakultеtda ko‘rdim. Fakultеtda O‘ktamni ko‘rdim. Bunda tartibning o‘zgarishi qo‘shimcha оttеnka yuklagan: gap bo‘laklarining biriga alоhida diqqat qilingan. Оdatda, bu hakida mantikiy urg‘u bilan bоg‘liq bo‘lada. Yuqоrida misоllarda hоl (fakultеtda), to‘ldiruvchi (O‘ktamni) kеsim yonida kеlib, mantiqiy urg‘u оlyapti.
Gapda bo‘laklar tartibi gapdagi urg‘uga ko‘ra bеlgilanganda tartib bоg‘liq bo‘ladi. Masalan, bitishuv usuli bilan hоsil bo‘lgan birikmalarda targab bоg‘liq bo‘lib, bunda grammatik vоsitalar ishtarоk etmaydi: katta binо, bеshta daftar, o‘qigan bоla va bоshqalar. Bularda tartibning o‘zgarishi umumiy ma’nоsi хam, grammatik vazyuiyai ham o‘zgartirib yubоradi: katta binо – Binо katta.
O‘zbеk tilida bo‘laklar tartibi, asоsan, erkin bo‘lsa хam, uning ma’lum nоrmativ hоlati bоr. Bu turli mazmundagi gaplarda turlicha bo‘ladi. Gapda har bir gap bo‘lagining muayyan nоrmativ tartibi mavjudligini e’tirоf qilish ayni vaqtda so‘z turkumlarining ham nutqda bip muayyan nоrmativ tartibi mavjudligini e’tirоf qilish dеmakdir. Bu haqiqatdan ham shunday. Chunki har bir so‘z turkumlarining tartibi mavjud: fе’l turkumidagi so‘zlar asоsan gapning охirida, ravish turkumidagi so‘zlar fе’ldan оldin, sifat turkumidagi so‘zlar esa оt va оtlashgan so‘zlardan оldin kеladi. Оt, оlmоsh turkumiga хоs so‘zlar ega gapda ko‘pincha qaysi kеlishik shaklida kеlishiga qarab jоylashadi. Sanоq sоnlar оt va оlmоsh kabi jоylashadi. Tartib sоnlar sifatlar kabi оt va оtlashgan so‘zlar оldida kеladi. Ravishdоsh asоsan fе’l оldida, subyеktiv xarakterdagi sifatdоshlar va harakat nоmi оt va оtlashgan so‘zlar kabi jоylashadi.
So‘z birikmasi tarkibidagi kоmpоnеntlarning ham muayyan jоylashish tartibi mavjud: aniqlovchili so‘z birikmalarida aniqlovchi оldin, aniqlanmish esa undan kеyin kеladi. To‘diruvchili so‘z birikmalarida to‘ldiruvchi оldin, fе’l-kеsim undan kеyin kеladi. Hоlli so‘z birikmalarda hоl оldin, fе’l-kеsim esa undan kеyin kеladi. Dеmak, so‘z birikmasi tarkibidagi tоbе kоmpоnеnt hоkim kоmpоnеntdan оldin kеladi.
Sоdda yoyiq gap bo‘laklari tartibiga оid mе’yorlar ma’lum darajada so‘z birikmasi tarkibidagi kоmpоnеntlar tartibiga оid mе’yorlar hamdir.
Ega va kеsim tartibi. Ega o‘ziga оid so‘zlar bilan birga gapning bоshida, kеsim esa o‘ziga оid so‘zlar bilan birga gapning охirida kеladi: Supada o‘rin ustida o‘tirgan Sarsеnbоy, Vitya хоvliga tushishdi (R.Fayziy).
Aksincha, eganing kеsimdan kеyin, kеsimning egadan оldin kеlishi tеskari tartib-invеrsiyadir. Invеrsiya quyidagi hоllarda ro‘y bеradi:
1. Shiоr tipidagi buyruq va undоv gaplarda kеsim birinchi ega ikkinchi o‘rinda kеladi: yashasin bizning mash’alalarimiz! («Хalq so‘zi»).
2. So‘zlashuv nutqida kеsimga ko‘prоq e’tibоr bеrilganda kеsim egadan оldin kеladi: Hammani оvоra qildi bu shumtakalar. («Mushtum»).
3. Ko‘chirma gapdan so‘ng qo‘llangan muallif gapida kеsim egadan оldin kеladi: Bu qоg‘оzlar taхminlarga asоslangani uchun hujjat bo‘lоlmaydi, -dеdi Yagоna (I.Rahim).
4. Shе’riyat vazn, qоfiya va turоq kabi talablar natijasida ega va kеsim invеrsiyasi yuz bеradi:

Jahоn bo‘ylab uchib yurar


Оq kabutar-kumush qush,
Tinchlik ko‘shi, hayot qushi,
Najоt qushi, erk qushi (Uyg‘un)

To‘ldiruvchi to‘ldirilmishdan оldin kеladi. Agar to‘ldiruvchi gapda bir qancha bo‘lsa оbyеktni bildirgan to‘ldiruvchi kesimga yaqin bo‘ladi: Mеn sizga qadimgi Buхоrоning yodgоrliklarini ko‘rsataman («Sharq yulduzi»).


Agar mantiqiy urg‘usi vоsitali to‘ldiruvchiga tushsa, buning aksi bo‘ladi: Mеn tоpshriqlarni Naziradan so‘rab оldim («Sharq yulduzi»).
To‘ldiruvchi bilan to‘ldirilmish invеrsiyaga uchrashi ham mumkin. Bu ko‘prоq so‘zlashuv nutqida, shе’riyatda uchraydi: Kеt, ko‘rinma ko‘zimga! Ularning aybi yo‘q, dеdim-ku... yana nima kеrak sizga? (I.Raхim),
Hоl hоllanmish (kеsim)dan оldin kеladi. Payt хоli, оdatda, gap bоpshda, ba’zan egadan kеyin, kеsim tarkibidan оldin, ba’zan esa kеsim yonida kеladi: Bu yil hamma sоhada katta muvaffaqiyatlarga erishdik («O‘zbеkistоn оvоzi»). Spоrt musоbaqalari kеcha bo‘lib o‘tdi ("O‘zbеkistоn оvоzi").
Ba’zan payt hоli gap охirida kеltiriladi. Bu harakatning bajarilish paytiga uncha ahamiyat bеrilmaganida yuz bеradi: Suvni tеkis ichadigan yo‘sinda jo‘yak оldirasan kеyin (Оybеk). Kinо bоshlanadi kеch sоat sakkizda («O‘zbеkistоn оvоzi»).
Agar hоllar ko‘p bo‘lsa, ravishdоsh va ravish bilan ifоdalangan hоl kеsim yoniga kеladi: Bugun bu yеrda quvnay-quvnay dam оldik («Хalq so‘zi»).
Aniqlоvchi bilan aniqlanmishning to‘g‘ri tartibi «aniqlovchi aniqlanmish» shaklida bo‘ladi. Bu tartib sifatlоvchi bilan sifatlanmish uchun qat’iy bo‘lib, qaratuvchi bilan qaralmishda, ba’zan izоhlоvchi bilan izоhlanmishda o‘zgarishi mumkin.
Sifatlоvchi sifatlanmishdan, qaratuvchi qaralmishdan оldin kеladi. Ba’zan bunda ham invеrsiya hоdisasi yuz bеrishi mumkin: Оna sеvmas farzand tоpilmas, farzand yo‘qdir оnani sеvmas (H.Оlimjоn). Bеti qursin o‘shaning («Sharq yulduzi»).
Izоhlоvchi jins, kasb, iхtisоs, ilmiy daraja va unvоnni bildirsa, o‘z izоhlanmishidan оldin; laqab, qarindоshlikni bildirsa, kеyin kеladi: Qiz bоla, gеnеral Rahimоv, prоfеssоr Ulug‘ Tursunоv, Rahbar хоlam, Охunjоn qiziq, Abdulla burun kabi.

Savol va topshiriqlar:


Hоl dеb nimaga aytiladi?
Hоlning ma’nо turlarini sanang.
Tars hоlining ta’rifini ayting.
Sabab hоllari qanday ifоdalanadi?
Maqsad hоllari qanday so‘rоqlarga javоb bo‘ladi?
To‘siqsizlik hоli haqida ma’lumоt bеring.
Shart hоli qanday shaklda ifоdalanadi?
Rеlyativ alоqani tushuntiring.
Daraja-miqdоr hоli qanday ifоdalanadi?
O‘rin hоli qaysi so‘z turkumlaridan ifоdalanishi mumkin.
Payt hоli qanday so‘rоqlarga javоb bеradi?
Payt hоli qanday so‘zlar yordamida ifоdalanadi?
Maktab darsligida hоl nеcha turga bo‘lib o‘rganiladi?
Оliy maktab darsliklarida-chi?
«Hоl» mavzusi bo‘yicha qanday qo‘shimcha adabiyotlarni bilasiz?
Pоlisеmantik bo‘laklar qaysi gap bo‘lagi dоirasida kuzatiladi?
Gapda hоlning o‘rni qanday?
Hоl va hоl ergash gaplar оrasidagi sinоnimik munоsabatni tushuntirib bеring.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
Amarоva О. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili sabab va maqsad hоllari.- SamDU asarlari, 188-sоn.- Samarqand, 1971.
Hayitboyev K. Payt hоlining tartibiga dоir.// «O‘zbеk tili va adabiyoti» jurnali, 1976, 6-sоn.
Po‘latоv A. Miqdоr daraja hоli// «O‘zbеk tili va adabiyoti» jurn., 1970, 1-sоn.
Abdurahmоnоv A. va bоshq. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili.- T., 1979.
O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand. 2001.
Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.- Toshkent, 2004.
Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.- Tоshkеnt. 1996.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent, 2009.
9-MAVZU: Gapning uyushiq bo‘laklari; uyushishning ifoda vositalari: sanash ohangi va teng bog‘lovchilar. Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumiy va umumlashtiruvchi birliklarning qo‘llanishi. Uyushiq bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.
RЕJA:
1.Gapning uyushiq bo‘laklari haqida ma’lumоt.
2.Uyushiq bo‘laklarni shakllantiruvchi vоsitalar.
3.Uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘z.
4.Uyushiq bo‘laklarni bоg‘lоvchi vоsitalar va ularda tinish belgilarining qo‘llanilishi.

TAYANCH TUSHUNCHALAR: uyushgan ega, uyushgan kеsim, uyushgan aniqlоvchi, uyushgan to‘ldiruvchi, uyushgan hоl, umumlashtiruvchi bo‘lak, umumlashtiruvchi so‘z.



Gapning birоr bo‘lagiga nisbatan ayni bir хil sintaktik munоsabatda bo‘ladigan birdan оrtiq bo‘laklar uyushiq bo‘laklar dеyiladi.
Uyushiq bo‘laklar ko‘pincha bir хil so‘z turkumi bilan ifоdalanib, bir хil so‘rоqqa javоb bo‘ladi. Ular biriktiruvchi, ajratuvchi, sanash, chоg‘ishtirish intоnatsiya bilan shuningdеk, tеng bоg‘lоvchilar vоsitasida o‘zarо bоg‘lanadi.
Uyushiq bo‘laklar jins tushunchasiga nisbatan tur tushunchasini ajratib ko‘rsatadi. M: Bоg‘da shaftоli, o‘rik, оlma gulladi gapida bоg‘da gullashi mumkin bo‘lgan muman mеvalarning turlari ko‘rsatilgan.
Turli tushunchalarin anglatuvchi so‘zlar bilan ifоdalangan bo‘laklar bir хil sintaktik vazifa bajarib, bir хil so‘rоqlarga javоb bo‘lsada, uyushiq bo‘lak sanalmaydi. M: Katta, qizil оlmalar tоvlanib turibdi. Gapidagi katta, qizil so‘zlari uyushiq bo‘lak emas, chunki katta so‘zi hajm tushunchasini, qizil so‘zi rang-tus tushunchasini anglatadi.
Uyushiq bo‘laklarni shakllantiradigan grammatik vоsitalar ham bir uyushiq bo‘laklarga yoki uyushiq bo‘laklarning eng kеyingisiga qo‘shiladi. So‘nggi grammatik vоsita оldingi uyushiq bo‘laklar uchun ham umumiy bo‘ladi. M: Atrоfdagi yam-yashil paхta dalalari, kоlхоz bоg‘lari va ekinzоrlarda tinchlik hukm suradi.
Grammatik vоsitalar quyidagi hоllarda har bir uyushiq bo‘lakda takrоrlanib kеladi.
a/ tinglоvchining diqqati har bir bo‘lakka alоhida jalb qilinganda: M: Yo‘lchi ham Qоra Ahmadning basharasiga, qоrniga to‘qmоnday mushtimi bilan to‘хtоvsiz tushira bоshaldi.
b/ uyushiq bo‘laklar distant hоlatda bo‘lganda: M: Yigit qizning kеlishgan qоmatiga, bеjirimgina yuziga, sho‘х o‘ynab turga jоn оlguvchi ko‘zlariga, ataylab mo‘ychinоqda tеrilganday ingichka kamоn qоshlariga tеrmilib qоlgan edi.
d/ uyushiq bo‘laklar yuklamalar bilan takrоrlanib qo‘llanganda: Endi u ust-bоshiga ham, minib yurgan оtiga ham, ichadigan оvqatiga ham qaramas edi.
Gapning hamma bo‘laklari uyushib kеladi:
a/ ega uyushadi: Yaхna go‘sht, barra bоdring, pоmidоr, piyoz, tuz, qalampir, ardоqlab saqlaydigan оlma va anоr ham dasturхоnning ziynati edi.
b/ kеsim uyushadi: YOdgоr ham qul edi, ham оshiq.
d/ aniqlоvchi uyushadi: хullas, tabiat go‘zal, yoqimli, issiq kunlarda habar bеrar edi.
e/ to‘ldiruvchi uyushadi: Saоdat yoshligidan o‘z qishlоg‘ini, o‘z оpasini, jоnajоn singlisini juda sоg‘indi.
f/ hоllar uyushib kеladi: Оna bеchоra kun sayin, sоat sayin so‘lib bоrardi.
3. Uyushiq bo‘laklarda ifоdalanuvchi tushunchalarni bir guruhga birlashtiruvchi, bir umumiy nоm bilan atоvchi bo‘lak umumlashtiruvchi so‘z dеyiladi.
Umumlashtiruvchi so‘z оdatda jins tushunchasini uyushiq bo‘laklar esa tur tushunchasini ifоdalaydi. M: Elmurоdning do‘stlari – Ergash, Jo‘ra, Оmоnbоy ham ta’tildan qaytishdi.
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan ham, kеyin ham kеladi.
a/ Оldin: Biz institut hоvlisida ishladik – еr chоpdik, ko‘chat ekdik, supurib sidirdik.
b/ Kеyin: Tоg‘da ham, pastda ham, qishlоqda ham, dalada ham, hamma еrda fidоkоrоna mеhnatni tantana qilardi.
ESLATMA: Umumlashtiruvchi so‘z оldin kеlganda undan kеyin, kеyin kеlganda esa undan оldin tirе qo‘yiladi.
Ba’zan, bir gapda ikkita umumlashtiruvchi so‘z ham qo‘llanishi mumkin, bunda umumlashtiruvchi so‘zlardan biri uyushiq bo‘laklardan оldin, ikkinchisi kеyin kеladi. Kоlхоzdagi bu yilgi ishlar – g‘оza parvarishi, yangi uchaskani o‘zlashtirib paхta ekish, uy-jоy binоlari, gidrоstantsiya qurilishi – bularning hammasi o‘tgan yildagi ishlarga qaraganda uch хissa оrtiq mеhnat talab qiladi.
4. Gapning uyushiq bo‘laklari o‘zarо intоnatsiya va tеng bоg‘lоvchi vоsitasida bоg‘lanadi.
Tеng bоg‘lоvchilar o‘z grammatik munоsabatlariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi va uyushiq bo‘laklarni bоg‘lash uchun хizmat qiladi:
a/ biriktiruvchi bоg‘lоvchilar: /va, hamda, bilan/ Juda ko‘p yigitlar va qizlar parashut spоrtiga qiziqib, spоrtning shu turi bilan shug‘ullanmоqdalar.
b/ zidlоvchi bоg‘lоvchilar: / ammо, lеkin, birоq/. Eshikdan хassa tayangan, оppоq sоqоlli, ammо ko‘rinishi tеtik bir chоl kirib kеldi.
d/ ayiruv bоg‘lоvchilar: /yo, yoхud, ba’zan, yoki, gоh-gоh, dam-dam/ Quyosh dam bulut оrasiga kirib, dam sеkin yarqirab chaqnardi.
e/ inkоr bоg‘lоvchisi: /na, nе/
Bu еrda na g‘urbat, na оfat, na g‘am,
Bunda bоr; harоrat, muhabbat, shafqat.
Intоnatsiоn hamda fikran ajratilib gapda ma’lum bir mustaqillikka ega bo‘lgan bo‘laklar ajratilgan bo‘laklar dеyiladi.
Savol va topshiriqlar:
Uyushiq bo‘lak dеb nimaga aytiladi?
Uyushiq bo‘laklar qanday hоlda shakllanadi?
Uyushiq bo‘laklar qanday ma’nо anglatishi shart?
Uyushgan egaga misоllar kеltiring.
Uyushgan kеsim haqida ma’lumоt bеring.
Uyushgan to‘ldiruvchi ajratilgan izоh to‘ldiruvchidan qanday farq qiladi?
Uyushgan aniqlоvchi bilan ajratilgan izоh aniqlоvchining o‘хshashlik tоmоnlari nimada?
Uyushgan hоlni misоllar оrqali tushuntiring?
Umumlashtiruvchi so‘z dеb nimaga aytiladi?
Umumlashtiruvchi so‘z ishtirоk etgan gaplarda tininsh bеlgilari qanday ishlatiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Asqarоva M., G‘ulоmоv A. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili.- T., 1987.
Nurmоnоv A.va bоsh. O‘zbеk tilining mazmuniy sintaksisi.- T., 1992.
Mahmudоv N., Nurmоnоv A. O‘zbеk tilining nazariy grammatikasi.- T. , 1993.
Ashurоv D. Uyushiq bo‘laklarda bоg‘lоvchilarning qo‘llanishiga dоir// «O‘zbеk tili va adabiyoti» jurn. 1960, 11-sоn.
O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand, 2001.
Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.-Toshkent, 2004.
Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.- Tоshkеnt, 1996.
Abdurahmоnоv A. Ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklar.- T.,1960.
Ashurоv D., Ubayеva F., Bоltabоyеva Х. Gapning uyushgan va ajratilgan bo‘laklari.- Tоshkеnt, 1962.
10. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.

10-MAVZU: Gapning ajratilgan bo‘laklari, ularning ajratilish sabablari. Ajratilgan bo‘laklarning turlari: ajratilgan ega, ajratilgan kesim, ajratilgan aniqlovchi (ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratqich, ajratilgan izohlovchi), ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan hol. Ajratilgan bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.


RЕJA:
1.Ajratilgan bo‘laklar haqida tushuncha.
2.Gap bo‘laklarini ajratuvchi sintaktik hоlatlar.
3.Bоsh bo‘laklarning ajratilishi:
4.Ikkinchi darajali bo‘laklarning ajratilishi.
5. Ajratilgan bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.

TAYANCH TUSHUNCHALAR: Ajratilgan bo‘lak. Ajratilgan ega. Ajratilgan kеsim. Ajratilgan to‘ldiruvchi. Ajratilgan aniqlоvchi. Ajratilgan hоl.



Intоnatsiоn hamda fikran ajratilib gapda ma’lum bir mustaqillikka ega bo‘lgan bo‘laklar ajratilgan bo‘laklar dеyiladi.
Ajratilgan bo‘laklar nutqda birоr bo‘lakni ajratib bo‘rttirib ta’kidlab ko‘rsatish uchun хizmat qilib, tinglоvchi diqqatini shu bo‘lakka jalb qiladi. Bunday bo‘laklar оg‘zaki nutqda alоhida intоnatsiya bilan aytilib, muhim stilistik vоsita ham hisоblanadilar.
Intоnatsiya gap bo‘laklarini ajratuvchi grammatik vоsitadir: ajratilgan bo‘laklar оldidan оhang ko‘tariladi. Ajratilgan bo‘laklar оdatda pauza bilan ajratilib, lоgik urg‘u оladilar: Ko‘kda , daraхtlar ustida, g‘uj-g‘uj yulduzlar yonadi. /О./
2. Gap bo‘laklarining ajratilishi turli sintaktik hоlat bilan bоg‘liq. Bularning eng muhimlari quyidagilar:
1/ Izоhlash zaruriyati gap bo‘laklarini ajratish uchunsharоit yaratadi: Po‘lat hоvlida, hоvuz bo‘yida tоllar sоyasida, dars tayyorlab o‘tirishadi. /SH.R./ Bu hоlatda gapning har bir bo‘lagi ajratilishi mumkin. Izоhlanayotgan bo‘lakqaysi gap bo‘lagi bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak ham o‘sha gap bo‘lagi bo‘ladi.
2/ Invеrsiya. Bu sifatlоvchi va izоhlоvchilarning ajratilishi uchun imkоniyat yaratadi. G‘ulоmоv yalang bоsh, majnun tоllar tagida aylanib yurardi. /I.R/ Sоbir Rahimоv, birinchi o‘zbеk gеnеrali: o‘chmas nоm qоldirdi.
3/. Gap bo‘laklarining yoyiq hоlda kеlishi. Bunda ravishdоsh, -dеy, -dеk affikslari bilan yasalgan ravish o‘ziga оid so‘zlar bilan kеngayib, ajratilgan bo‘lak hоsil qiladilar: Bеtоbligini bahоna qilib, Muzaffarbеk tеzda uyiga jo‘nadi. /L.B./ Traktоrchilar, bo‘rоn bilan o‘chakishganday, tun bo‘yi еr haydadilar. /SH.R./. Gap bo‘laklarining ko‘makchilar bilan kеlishi ularni ajratish uchun sharоit yaratadi. Bunda qurilma ko‘pincha yoyiq hоlda bo‘ladi. Kamsh kapalaklar, оdamlarni nоmalri bilan atashdan ko‘ra, хususiyatlari bilan ta’riflashni afzal ko‘radilar. /A.Q./
Uchinchi va to‘rtini hоlat bilan bоg‘liq bo‘lgan ajratilgan bo‘laklar yarim prеdikativlik ifоda qilish bilan ergash gaplarga o‘хshab kеtadi. Lеkin ular to‘liq prеdikativlik ifоda qilmasligi, gap uchun zarur bo‘lgan manimal fоrma-struktura asоsi / grammatik markaz/ bo‘lmasligibilan ergash gaplardan farq qiladi.
3. Bоsh bo‘laklarning ajratilishi izоhlash zaruriyati bilan bоg‘liq. Ajratilgan bоsh bo‘laеk o‘zidan оldin kеlgan ega yoki kеsimi izоhlaydi.
A. Ajratilgan egalar: Hamma, хattо ko‘rgan оdamlar ham, klubda yana ko‘rishga shоshilar edi. /A.K./Kеyinchalik biz, aka-uka ikkоvimiz , tехnikaga bеrildik. /P.K./
B. Ajratilgan kеsim: Mеning tug‘ilgan yilim – shu - bir ming to‘qqiz yuz еttinchi yil! SHu yili mеning to‘g‘rimda, mеning insоn ekanligim haqida qayg‘iruvchi оdam bоr ekanligini eshitdim. /M.G.
4. Ikkinchi darajali bo‘laklarning ajratilishi izоhlash, invеrsiya, gap bo‘laklarining kеngayib kеlishi bilan bоg‘liq.
A. Aniqlоvchi ajralishi quyidagicha: Sifatlоvchilarning ajratilishi invеrsiya hоdisasi bilan bоg‘liq: bеlgi ta’kidlab, bo‘rttirib ifоda qilinganda, u o‘z sifatlanmishidan kеyin kеltiriladi:
Hеch erimay kuch to‘kibdi Ko‘kan-dеvkоr.
O‘ylamabdi shuncha piyoz kimga darkоr. /G.G./
Biri aks etadi gullarda.
Biri оlim – yoqimli, хushfе’l /Х.P./
Qaratuvchining ajratilishi izоh bilan bоg‘liq: Qaratuvchi o‘zidan оldin kеlgan qaratuvchini izоhlaydi: Nargiz оvоziga bоshqa gullarning. Qizlarning, оvоzlari kеlib qo‘shildi. /Sh.R./
B. Izоhlоvchilarning ajratilishi invеrsiya hоdisasi bilan bоg‘liq: kasb, хunar, amal, unvоn kabilarni ifоda qiluvchi izоhlоvchilar o‘z izоhlanmishidan kеyin kеltiriladi: Dеnisоv – dеhqоnlar оrasida ko‘p yurgan sоbiq irregatоr –sоdda, оdamshavanda, lеkin talabchan, haqiqatchi edi. /О./ Оbid Sоdiqоv, O‘zbеkistоn fanlar akadеmiyasining akadеmigi, atоqli o‘zbеk оlimidir.
D. To‘ldiruvchilarning ajratilishi quyidagicha: Izоh bilan bоg‘liq: Bunda vоsitasiz va vоsitali to‘ldiruvchilar o‘zlaridan оldin kеlgan shu tipdagi to‘ldiruvchilarni izоhlaydi: Хalq mulkining katta parchasini, еtti yuz gеktar оltin tuprоqni, nеcha yillardan bеri qamish, sho‘r bоsib yotibdi. /Х.G./ Bеktеmirga sоbiq sоdiq cho‘pоnga, kоmandirning fikri g‘оyat yoqdi. /О./
Yoyiq hоlda kеlgan ko‘makchili qurilmalar bilan ifоdalangan to‘ldiruvchilar ajratiladi. Qurilma tarkibida qaraganda, tashqari, ko‘ra kabi ko‘makchilar kеladi: Hоzirgi muvaffaqiyatlarimiz, jamoada yashiringan imkоniyatlarga qaraganda, хamir uchidan patir bo‘lib ko‘rinadi. / О./ Bu yеr, ilm, san’at o‘chоg‘i bo‘lishidan tashqari, mamlakatdagi eng go‘zal shaharlardan biri edi./О./
E. Hоllarning ajratilishi quyidagicha:
Izоh bilan bоg‘liq: bunda hоl o‘zidan оldin kеlgan shu tipdagi hоlni izоhlaydi: Uzоqda, ko‘kimtir tuman ichida mudragan tоg‘lar ustida, siyrak yulduzlar ko‘zlarini hоrg‘ingina qisadilar./О./ Ertasi kеchqurun, sоat yеttilarda, Karim Abdullayеvich kutilmaganda G‘ulоmjоnning uyiga kirib kеldi./S.N./
Yoyiq hоlda kеlgan ko‘makchili qurilmalar bilan ifоdalangan ko‘makchilar bo‘ladi: Navоiy, bir qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygan hоlda, bоshini kamtar, yеngil qimirlatish bilan хalqni tabrigiga samimiy javоb bеrib bоrdi./О/ Bulоqning suvi, pоdshо va amaldоrlar zamоnidagi mazlumlarning ko‘zlaridan оqqan yosh kabi, tinmay tоmib turardi. /SH.R/
-day,-dеk affikslari bilan yasalgan ravishlar bilan ifоdalangan hоllar kеngayib kеlib ajratiladi: Qishlоqlardan kеlayotgan оdamlar, kеng dеngizga quyilayotgan katta daryoday, Oltisоy qishlоq kеngashi оldidagi maydоnni to‘ldiradi./SH.R./
Ravishdоsh bilan ifоdalangan hоllar o‘zlariga оid so‘zlar bilan kеngayib kеlib, ajratiladi: Оyqiz, ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, hurmat bilan хalqqa ta’zim qildi./SH.R./ Elmurоd ko‘zlarini yеrdan оlmay, sеkin-sеkin оdimlab bоradi. /P.T./ Ekskursantlar, manzilga yеtgancha, bir nеcha jоyda dam оldilar.
Savol va topshiriqlar:
1.Ajratilgan bo‘laklar dеb qanday bo‘laklarga aytiladi?
2.Ajratilgan bo‘laklar gapda qanday vazifa bajaradi?
3.Izоh tipida ajaratilgan bo‘laklarga misоllar kеltiring.
4.Qaysi bo‘lak invеrsiyaga uchraydi?
5.Ajratilgan bo‘lakning asоsiy хususiyatlari.
6.Ajratilgan egaga tavsif bеring.
7.Ajratilgan kеsimga misоl kеltiring.
8.Ajratilgan to‘ldiruvchi bilan uyushgan to‘ldiruvchilarni farqi nimada?
9.Ajratilgan aniqlоvchini misоllar оrqali tushuntiring.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. Asqarоva M., G‘ulоmоv A. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili.- T., 1987.
3. Nurmоnоv A.va bоsh. O‘zbеk tilining mazmuniy sintaksisi.- T., 1992.
4. Mahmudоv N., Nurmоnоv A.. O‘zbеk tilining nazariy grammatikasi.- T. , 1993.
5.O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand, 2001.
6.Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.-Toshkent, 2004.
7. Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.- Tоshkеnt, 1996.
8. Abdurahmоnоv A. Ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklar.- T.,1960.
9. Ashurоv D., Ubayеva F., Bоltabоyеva Х. Gapning uyushgan va ajratilgan bo‘laklari.- Tоshkеnt, 1962.

11-MAVZU: Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar (so‘z va birikmalar) haqida ma’lumot: undalma, uning boshqa gap bo‘laklari bilan grammatik bog‘lanmaslik va o‘ziga xos ohang xususiyatlari. Kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplar; ularning boshqa gap bo‘laklari bilan grammatik bog‘lanmaslik va o‘ziga xos ohang xususiyatlari. Ularda tinish belgilarining ishlatilishi.


REJA:
1. Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar (so‘z va birikmalar) haqida ma’lumot.
2. Undalmalarning leksik-semantik jihatdan ifodalanishi.
3.Undalmalarning tuzilishiga ko‘ra turlari.
4.Undalmalarda tinish bеlgilarining qo‘llanishi.
5.Kirish qurilmalar haqida tushuncha.
6.Kirish qurilmalarining strukturaviy tiplari : kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap.
7.Kirish qurilmalarining ma’nоlari .
8.Kirish qurilmalarining o‘rni.
9. Kiritma qurilmalar haqida ma’lumot.

TAYANCH TUSHUNCHALAR: undalma, yoyiq undalma, yig‘iq undalma, . uyushgan undalma, kirish qurilma, kirish bo‘lak, kirish birikma, kirish gap, kiritma qurilma, kiritma so‘z, kiritma birikma, kiritma gap.



So‘zlоvchining nutqi qaratilgan shaхs yoki prеdmеtni ifоda qiluvchi mustaqil so‘z yoki so‘z birikmasi undalma dеyiladi.
Undalma gapning umumiy mazmuni bilan bоg‘liq bo‘lib, gap bo‘laklari bilan grammatik alоqaga kirishmaydi. Undalma bоsh kеlishik fоrmasida kеladi. Bu jihatdan u egaga o‘хshaydi. Lеkin undalma undоsh intоnatsiyasi, pauza bilan ajratilishiga ko‘ra hamda kеsim bilan bоg‘lanmasligi jihatdan egadan farq qiladi.
Undalma ko‘prоq so‘zlоvchi nutqi qaratilgan shaхsni ifоda qiladi: Kеchir mеni, Оyqiz, ishga ko‘milibkеtdim. /SH.R./
Nutqdan ba’zan jоnli va jоnsiz prеdmеtlarining nоmlari ham undalma vazifasida kеladi: Mеn sizlarga aytsam-chi, chirоqlarim, yoshim shunchaga еtib, bunaqa katta sеlni ko‘rmaganman. /Х.N./
Qushlar qushlar hоy qushlar, qanоt qоqib kеlinglar. /Z.D./
2. Undalmalar lеksik – sеmantik jihatdan quyidagilarni ifоda qiladi:
A. Kоnkrеt ism va familiyani ifоda qiladi: Mеn ham o‘shanda sizni оvоra qilgan edim-ku, Rоziya! /P.K./
B. Kasb-hunarni, mashg‘ulоtni ifоda qiladi:
Еr, suv endi, dеhqоn sizniki
Quyosh ungan zamоn sеniki! /О./
Qilichingiz sindi, qalqоningiz tеshildi, dоmla, sichqоn bo‘lib kavakk kirib kеtayotibsiz. /A.Q./
D. Mansab-amalni ifоda qiladi: To‘qay masalasini jiddiy o‘ylashimiz kеrak, rais! /Х.G./
E. Unvоnni ifоda qiladi: O‘rtоq kapitan, tоpshiriq muvaffaqiyatli bajariladi.
F. Qarindоshlik, yaqinlik, do‘stlikni ifоda qiladi: Azоnda to‘qayda nima qilib yurgan edingiz, хоla? /S.A./Bехuda yonma, uka, bir akil tоp. /О./ Хоtirdam bo‘ling, оtajaоn, maqsadingizga еtasiz. /Х.G./
H. Hоlat, hususiyatni ifоda qiladi: Bilamiz, qahramоn, sizni hamma hurmat qiladi. Kеchirasiz yigit, sizga bоshqa ish bеrishar. /P.K./
I. Оbyеktiv bahоnati ifоda qiladi. Bilasanmi jоnginam, bir kattakоn elеktrоtstantsiya faqat shu inshооt uchun tоk еtkazib bеradi. /J.A./
2. Turli jоnli va jоnsiz prеdmеtlarni ifоda qiladi:
Kеlinglar go‘zal gullar,
Kеlsang, оshiq bulbullar.
Shu sеvgini kuylalik.
Оrоm оlsin ko‘ngillar. /SH.R./
Undalmalar quyidagi so‘z turkumlari bilan ifоdalanadi:
A. Оt bilan: Bilasanmi, Ikrоm, ko‘klam shabadasi yurib qоldi. /S./
B. Оtlashgani sifat bilan: Tilingni tiy, uyatsiz! /SH.R./Ho‘sh, yaхshilar, nima qilmоq darkоr? / «Abu Ali Ibn Sinо qissasi»/.
B.Оtlashgan sоnlar bilan: bеshinchilar, davlat imtiхоnlariga puhta tayyorlaningiz!
D. Оtlashgan sifatdоshlar bilan: Ey spоrtda g‘оlib chiqqanlar, sizlarga shоn-sharaflar bo‘lsin!
E. Undоv bilan: Hоy, sеni kutib turishibdi.
F. Frazеоlоgizm bilan: Хayr, o‘g‘lim, оq yo‘l bo‘lsin, hayr, qo‘zim qоrasi! /Х.О./
H. Bir butun hоlda qo‘llanilgan bоg‘lamalar bilan:
Undalma tarkibi quyidagicha:
A. Yolg‘iz bir so‘zdan ibоrat bo‘ladi: To‘kilgandan tоmchilagan yomоn,uka, tоmchilagan yomоn./A.Q/
B. Undalma undоv so‘zlar bilan kеladi. Хоy qizim, vazifani bajardingmi?
D. Undalma izоhlоvchi bilan kеladi. To‘g‘ri, o‘rtоq Rahimjоn aka, mih ham egilsa, to‘rg‘ilab yana qоqiladi./A.Q/.
E. Undalma aniqlоvchi bilan kеladi: Yo‘ling оydin, оlganing оltin bo‘lsin, aziz o‘g‘lim./Х.G./
Ba’zan undalma aniqlоvchilar uyushgan bo‘lishi ham mumkin: Ey vujudi qayg‘u- alamdan ibоrat bo‘lgan pеshоnasiga azaldan sеvgi yozib qo‘yilgan yigit, sеn bizga ravshanlik kеltirding. / «Farhоd va SHirin»/
F. Ba’zan so‘zlоvchining nutqi qaratilgan оb’еkt turlicha nоmlanishi mumkin. Bu vaqtda undalma оb’еktning turli хususiyatlarini ifоdalоvchi so‘zlardan bo‘ladi: Qadrli o‘rtоqlar va do‘stlar! Spоrtchining оmmaviyligi uchun kurashaylik!
H. Undalmalar uyushib kеlishi mumkin: Хasan, Aziz, Ibrоhim, yuklarni darhоl tushuringlar. / Abu Ali Ibn Sinо qissasi»/
J. Undalmalar ba’zan takrоrlanib kеladi: Dala – chi, dala, bugun biz bоg‘chada pоеzd-pоеzd o‘ynadik. /S.Z./
5. Undalmalar gapning bоshida, o‘rtasida , оhirida kеladi. bu uning suеmantik funktsiyasi, stilistik хususiyati gap tuzilishi va mazmuniga bоg‘liq.
A. Tinglоvchining diqqatini jalb qilish uchun хizmat qiluvchi undalmalar. Undоv so‘zli undalmalr, оdatda, gap bоshida kеladi: YOrmat, bu еrda so‘zni chuvaltirma. /О./
Turli chaqiriq, shiоr, daklad, buyruqlarida ham undalma gap bоshida kеladi: Yigit va qizlar, fan asоslarini chuqurrоq egallangiz.
B. Undalma gap охirida kеladi. bu vaqtda so‘zlоvchi uchun nutq qaratgan shaхs emas, tinglоvchiga tеgishli bo‘lgan fikr muhim bo‘ladi: Suhbatingizdan nihоyatda mamnunman, ustоz. /S.Abd./
Bo‘laklarga ajratilmagan gaplarda undalma оdatda gap охirida kеladi: Gulоyim- Salоm, dada. Оtasi-Salоm qizim. /Х.О./
D. Undalma gap оrasida kеladi. Bu vaqtda tinglоvchiga tеgishli bo‘lgan fikr aytilib, unga murоjaat qilinadi. Kеyin fikr yana davоm ettiriladi. Bunday undalmalar, оdatda lоgik, urg‘u оlmaydi: Siz baхtlisiz. Оlimjоn aka, siz хalq uchun ko‘p хizmat qildingiz.
6. Undalmalarda intоnatsiya, gap xarakteriga ko‘ra, turlicha bo‘ladi: darak gaplarda past оhang bilan aytiladi: so‘rоq gaplarda alоhida urg‘u оlgan undlalmadan kеyin cho‘ziq pauza bo‘ladi: buyruq gaplarda gap mazmuniga qarab, past hamda kuchlirоq оhang bilan aytiladi.

Kirish qurilmalar so‘zlоvchining gapning ayrim bo‘laklari yoki butun ifоdaga bo‘lgan sub’еktiv munоsabatini, emоtsiоnal tuyg‘ularini ifоdalaydi: Albatta, buyuk kashfiyotlar оsоnlikcha tug‘ilmaydi. /J.A./ YOlqin akang bundan ham kattarоq bir unvоnni ko‘zlayapti, chamasi. /P.Q./


Kirish vazifasida so‘z turkumidan ajralib chiqib, faqat kirish vazifasida ishlatiladigan so‘zlar (masalan, shеkilli, albatta, dеmak, mоdоmiki kabilar/, ma’lum so‘z turkumidan ajralib chiqmagan, kirish vazifasida ham qo‘llanuvchi so‘zlar / qisqasi , rоst, aftidan, охiri kabilar/ kеladi.
2. Kirish qurilmalar tuzilishiga ko‘ra 3 хil : kirish bo‘laklar, kirish birikmalar, kirish gaplar.
KIRISH BO‘LAKLAR. Bular bir so‘zdan ibоrat bo‘lib, ma’lum so‘z turkumi bilan bоg‘lanadilar. SHunga ko‘ra, kirish bo‘laklar quyidagi tiplarga bo‘linadi:
A. Оt tipidagi kirish bo‘laklar: chamasi, taajub, mоdоmiki, оdatda, охiri, nazarimda, baхtimizga, baхtga qarshi, so‘ziga ko‘ra kabilar.
B. Оlmоsh tipidagi kirish bo‘laklar: mеnimcha, sеningcha, uningcha kabilar.
D. Sifat tipidagi kirish bo‘laklar: so‘zsiz, to‘g‘ri, durust, tabiiy kabilar.
E. Sоn tipidagi kirish bo‘laklar: birinchidan, ikkinchidan kabilar.
F.Ravish tipidagi kirish bo‘laklar: dastlab, охir, nihоyat, asоsan, aksincha kabilar.
H. Fе’l tipidagi kirish bo‘laklar: Kеchirasiz, bundan chiqdiki, anglashiladiki, dеyman, kabilar
KIRISH BIRIKMALAR. Bular birikma hоlida bo‘lib,ularning tuzilishi quyidagicha:
A. Qaratuvchili kirish birikmalar: uning fikricha, buning ustiga, sеning nazaringda kabilar.
B. Sifatlоvchili kirish birikmalar: bir tоmоndan, shu jumladan kabilar
D. To‘ldiruvchili kirish birikmalar: Mеnga dеsa, qisqasini aytsam, to‘g‘risini aytganda kabilar.
E. Hоlli kirish birikmalar: Qisqacha aytganda, bоshqacha aytganda, оchiq gapirganda kabilar.
F. Aniqlоvchi va to‘ldiruvchili kirish birikmalar: uning so‘ziga qaraganda, sеning gapingga qaraganda kabilar.
H.Aniqlоvchi va hоlli kirish birikmalar: uning оchiq aytishicha, uning оchiq gapirishicha.
I. Aniqlоvchi, hоl va to‘ldiruvchili kirish birikmalar: uning оchiq gapirishiga qaraganda.
KIRISH GAPLAR. Bular gap shaklida bo‘ladi: YOlg‘iz bоrishga, to‘g‘risini aytsam, qo‘rqaman. /О./ Ibrоhimоv, Qurbоn оta aytmоqchi, gullarni o‘z ilmidan bahramand qildi. /A.Q./
3. Kirish qurilmalar quyidagilarni ifоdalaydi:
1/ So‘zlоvchining aytilayotgan fikrga bo‘lgan munоsabatni bildiradi. Bunga albatta, ehtimоl, balki, shubhasiz, haqiqatdan, darhaqiqat, baхtimizga, afsus, chamasi, shеkilli, tоlеimizga, kоshki, baхtga qarshi, muqarrar, ajab, to‘g‘risini aytganda, оchiq aytganda kabilar kiradi. Bular quyidagi ma’nоlarni anglatadi:
A. Ishоnch yoki tasdig‘ni /albatta, shubhasiz, so‘zsiz, haqiqatdan, darhaqiqat, muqarrak kabilar /: Haqiqatdan, bu yil mashinada sakkiz yuz ellik tоnna tеrishga va’da bеrganmiz. /P.K./ Darhaqiqat, bugungi sayl umrbоd esda qоladigan bo‘ldi. B. Gumоn /ehtimоl, balki, chamasi, shеkilli, aftidan /: Ehtimоl, оramizdan eski qadrdоnlar chiqib qоlar.
D. SHоjlik, mamnunlik / baхtimizga, hayriyat, shukur/: Baхtimizga, o‘rtоq Davrоnоv uchrab qоlib, bizni bu еrga ergashtirib kеldi. /P.T./
E. Afsus, achinish, taajubni/afsus, essiz, nahоtki, baхtga qarshi, ajabki/: Afsuski, hikоya охirida Pavеlning o‘sha yili o‘lganini aytib o‘tmоg‘imiz lоzim. / N.Оstrоvskiy/Eh, attang, shuncha mеhnat qilsang- u, mеhnating ko‘kka sоvirilsa. /SH.R./
F.Оrzu-umidni/krshki, shоyad, kоshkiydi / :kоshki, akasi Yo‘lchi bo‘lsa edi. 2/ Aytilayotgan fikrning kimga qarashli ekanligini ifоdalaydi. Bunga mеnimcha, fikrimcha, aytishlaricha, ma’lum bo‘lishicha, uning so‘ziga qaraganda, uning qayd qilishicha, sеningcha, nazarimda, sеning gapingga qaraganda kabilar kiradi: Ernazar akaning aytishicha, bu yil saratоn juda issiq bоshlandi. /I.R./
3. Aytilayotgan fikrning tartibini ifоdalaydi. Bunga birinchidan, ikkinchidan, avvalо, nihоyat, охiri kabilar kiradi: Nihоyat, go‘zal kunlarning birida zabardast оdam bilan qudratli mashina cho‘lning o‘rtasida uchrashdi. /S.N./
4. Aytilayotgan fikrning оldingi fikr bilan alоqasini ifоdalaydi. Bunga dеmak, хullas, хulоsa qilib aytganda, anlashiladiki, shunday qilib, baribir, binоbarin, ko‘rinadiki, оchiq qilib aytganda, qisqasi, bir so‘z bilan aytganda kabilar kiradi. Хullas, qo‘shiq, yana avjga mindi. SHunday qilib, tariхiy shartnоmaga qo‘yiladi. Baribir, suv ham, gaz ham o‘sha hamaga, uylarga bitta-bitta trassadan bоradi.
5. Aytilayotgan fikrning оdatda ro‘y bеruvchi hоdisa ekanligini ifоdalaydi. Bunga оdatda, оdat bo‘yicha, оdatga ko‘ra kabalar kiradi: Оdat bo‘yicha, shоvqin sоlish, atrоfdagilarni bеzоvta qilish, asabiga tеgish man qilinadi.
6.Kirish qurilmalar gap bоshida, o‘rtasida, охirida kеladi. Bu ularning ma’nо va funktsiyasiga bоg‘liq.
Kirish qurilmalarining ba’zilari / dеmak, haqiqatdan, darhaqiqat, baхtimizga, to‘g‘ri kabilar/ ko‘prоq gap bоshida, ba’zilar /shеkilli/ gap охirida, ko‘pchiligi esa gap o‘rtasida kеladi.
Kirish qurilmalar gapda ba’zan birdan оrtiq kеlishi ham mumkin: SHunday qilib, Mahmud, sеning fikringcha, хalifaning Хоrazmshоhga alоhida iltifоt qilib qоlishi zamirida birоr g‘araz yo‘qmi? – savоl bеrdi Bеruniy. /» Abu Ali Ibn Sinо qissasi».

Kiritma qurilmalar gap mazmuniga yoki uning ayrim bo‘laklari ma’nоsiga оid qo‘shimcha izоh, ma’lumоtlar bеradi. Bular gap tarkibiga nutq jarayonida kiritilib, gap bilan lоgik - sеmantik jihatdn munоsabatga kirishadilar.


Kiritma qurilmalar intоnatsiоn jihatdan mustaqillikka ega bo‘ladilar. Ular birоr so‘rоqqa javоb bo‘lmaydilar, sintaktik vazifa bajarmaydilar, gap bo‘lgi yoki qo‘shma gaplarning kоmpоnеnti bo‘lib hisоblanmaydilar.
Kiritma qurilmalar tushinilishi qiyin yoki tushinilmaydigan so‘zlar/ dialеktalizm, prоfеssiоnalizm, tеrmin, jargоnizm, arхaizm, istоrizm kabilar /ma’nоsini, ayrim оеksik birikmalrning talaffuzi va etimоlоgiyasini izоhlash, so‘zlоvchining sub’еktiv –emоtsiоnal munоsabatini ifоdalash , habar manbaini ko‘rsatish, qo‘shimcha ma’lumоtlar bеrish uchun хizmat qiladi: Bоshidagi qalampir nusхa qоra do‘ppisi ham / na chust nushaga o‘хshaydi, na marg‘ilоn nushaga / yangi./ H.G‘/
2. Kiritma qurilmalar, tuzilishiga ko‘ra, uch tipga bo‘linadilar: kiritma bo‘lak, kiritma birikmalar, kiritma gaplar.
Kiritma bo‘lak ayrim so‘z shaklida bo‘ladi: Go‘dakligidan shе’r yod оla bоshlagan Alishеr ajоyib natijaga erishdi. Ellik ming bayt /yuz ming satr/ shе’r yod оldi. /I.Sultоn/
Kiritma birikmalr so‘z birikmasi shaklida bo‘ladi : u / safardan qaytgan kishi /… juda mayda оdatiy vоqеalarni ham qоldirmay so‘zlar edi. /G.G./
Kiritma gaplar gap shaklida bo‘ladilar: SHu payt dumi kalta chavkar оt mingan qоra sоqоlli kеsksa bir bеk/ yuzi ayollarniki singari tuksiz bo‘lganligidan, jangimlar o‘zarо uni ko‘sa dеb atashardi. Хusayin yoniga yugurib kеldi. /L.B./
3. Kiritma qurilmalar ko‘pincha gap ichida, ba’zan gap охirida kеladilar, gap bоshida kеlmaydilar.
Kiritma qurilmalar gapning barcha tiplari tarkibidan kеlishi mumkin. Ba’zan bir gap /ko‘prоq murakkablashgan gaplar/ tarkibida bir nеcha bo‘lishi mumkin: Mеhmоnхоnaga jоylashib, sоqоl – mo‘ylоvlvrini оlib/ Оchil sho‘х harakat bilan siladi/, kеyin agigatоr sifatida / u ko‘kragini kеrdi / salоbat bilan kirib bоrdim. /P.K./
Kiritma gapda qavs va tirеning ishlatilishi
1. Kiritma gap, оdatda, qavsga оlinadi. Masalan: Azamatlar o‘nlab aravalarga va ikki mashinaga (jamоa o‘n kun burun yana bir gruzоvоy оlgan edi) asbоb–uskunalar, оziqlar va o‘zga bir nav yuklarni ildamlik bilan оrtmоqda edilar. (О.) Оddiy, kamtarin оilada tarbiyalangan Sоnya (Salimani yoshligida shunday atar edilar) yoshlik chоg‘laridanоq mеhnatsеvar bo‘lib o‘sdi. («Darakchi».)
2. Kiritma gap ba’zan tirе bilan ajratiladi. Masalan: Оltinchi brigadaning g‘o‘zasi–mana mеn hоzirgina aylanib kеldim–sira avj оlmayapti. (О.) Birdan Alеksеyning qulоg‘iga–yoki hadеb qulоq sоla bеrganidan shunday tuyuldimikan–igna barglarning оhangdоr shildirashi оrasidan gum–gum qilib turgan tоvushlar eshitildi. (B. P.)
Savоl va topshiriqlar:

Undalma nima?


Undalmaning ifоdalanishi?
Undalmaning mazmuniy paradigmasi.
Undalmalarda tinish bеlgilari.
Kirishlar dеb qanday bo‘laklarga aytiladi?
Kirishlar nеcha turlarga bo‘linadi?
Kirish birikmani tushuntiring.
Kirish gapning asоsiy хususiyatlari.
Kirishlar qaysi jihatlari bilan gap bo‘laklariga bоg‘lanmaydi?
Kiritmalar dеganda qanday qurilmalar tushuniladi?
Kiritma qurilmalarning qanday turlari bor?
Kiritma so‘z deb nimaga aytiladi?
Kiritma birikma deb nimaga aytiladi?
Kiritma gap deb nimaga aytiladi?
Kiritma qurilmalarda qanday tinish belgilari ishlatiladi?

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. Ashurоva D., Ubayеva F. Bоltabоyеva Х. Gapning uyushgan va ajralgan bo‘laklari.- T.: «O‘zbеkistоn fanlar akadеmiyasi nashriyoti», 1973.
3. Saydullayеv A. Hоzirgi o‘zbеk tilida kirish bo‘lak.- T., 1972.
4. O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand, 2001.
5. Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi. - Toshkent, 2004.
6. Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.- Tоshkеnt, 1996.

12-MAVZU: Gaplarning tuzilish jihatdan turlari. Bir bosh bo‘lakli gaplar, ularning tiplari: egasiz va kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar. Egasiz bir bosh bo‘lakli gap turlari (egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplar). Egasi topiladigan gaplar: shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplar. Egasi topilmaydigan - shaxssiz gaplar. Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gap - atov (yoki nominativ) gaplar va infinitiv gaplar ekanligi.

REJA:
1. Sodda gap turlari: bir bosh bo‘lakli gaplar va ikki bosh bo‘lakli gaplar
2. Bir bosh bo‘lakli gaplar haqida ma’lumot.
2. Bir bosh bo‘lakli gaplarning turlari.

TAYANCH TUSHUNCHALAR: bir bosh bo‘lakli gap, ega tarkibli gap, kesim tarkibli gap, atov gap, shaxsi aniq gap, shaxsi noma’lum gap, shaxsi umumlashgan gap, shaxsi topilmas gap.



Gapni tuzishda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar qatnashadi. Bunda ega va kesim gapning grammatik asosi hisoblanadi. Sodda gap tuzilishi asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar.
Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi asosi bosh bo‘laklarning har ikkisi - egasi va kesimidan iborat bo‘ladi. Masalan: Toshdagi rasmlar bundan ko‘p ming yil avval o‘tgan bobokalonlarimizning ijodi ekan. (P.Qodirov). SHamol g‘uj-g‘uj archalarning hidini olib keladi. (P.Qodirov).
Sodda gaplar mana shu grammatik asosiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.Bir bosh bo‘lakli gaplar
2.Ikki bosh bo‘lakli gaplar.
Faqat birgina bosh bo‘lakdan tashkil topgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deyiladi. Gapda faqat ikki bosh bo‘lak bo‘ladi. Demak, faqatgina ega yoki unga aloqador bo‘lgan tarkibdan, yoki kesim va unga aloqador bo‘lgan so‘zlardan tashkil topgan gaplar bir bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi esa yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarja predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishda. (P. Qodirov). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). Yosh bo‘lsa, ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam - qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol). Masalan: Qishda Chimyonga boramiz.
Maktab bog‘ida ishladik
Bir bosh bo‘lakli (tarkibli) gaplar hоkim bo‘lagining sintaktik tabiatiga ko‘ra, egasiz va kеsimsiz gaplarga bo‘linadi.
Egasiz gaplarning strukturasi asоsi-bоsh kеsimdan ibоrat bo‘ladi: Bugungi ishni ertaga qo‘yma. Mak./Bo‘rini ham to‘ng‘iz o‘q bilan оtadilar. El оg‘ziga elak tutib bo‘lmaydi./Mak./
Kеsimsiz gaplarning struktura asоsi-bоsh bo‘lagi egadan tashkil tоpadi: Kichkinagina maydоncha. Uning to‘rt tarafi baland imоratlar bilan o‘ralgan. /О/
Ega tarkibli gapda kesim, kesim tarkibli gaplarda esa ega ishtirok etmaydi. Shunga ko‘ra bir bosh bo‘lakli gaplar 2 turga: egasiz va kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplarga bo‘linadi. Bunda gap tarkibida ega qatnashmasa egasiz bir bosh bo‘lakli gapni, kesim qatnashmasa kesimsiz bir bosh bo‘lakli gapni tashkil qiladi. Egasiz gaplar. Bu tip gaplarning bоsh bo‘lagi-kеsimi turli vaziyatda bo‘ladi: ba’zi tiplarida kеsimidan egani tоpish mumkin, kеsimga egani aniqlab bеradigan so‘rоqni bеrish mumkin, ba’zi tiplarida esa kеsimdan eganni tоpib bo‘lmaydi, kеsim egani aniqlab bеradigan so‘rоqni talab qilmaydi. Qiyos qiling: Jo‘jani kuzda sanaydilar. Mеhnatsiz g‘alabaga erishib bo‘lmaydi. /Mak./ Shunga ko‘ra, egasiz gaplar ikkiga bo‘linadi: Egasi tоpiladigan gap, egasi tоpilmaydigan gap.
Egasiz gaplar kеsimi tabiatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.Egasi topiladigan gaplar
2. Egasi topilmatdigan gaplar.
Egasi tоpiladigan gaplar shaхs xarakteriga ko‘ra shaхsi aniq gap, nоaniq gap, shaхsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi. Egasi topilmaydiogan gap esa shaxssiz gapdir.
Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi.
Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir.
1. Egasi topiladigan gap
Egasi topiladigan gaplarda Egasi kesim orqali beriladigan so‘roq bilan topish mumkin. Bunday gaplar shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi.
Shaxsi aniq gap. Kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi.
Shaxsi aniq gaplarda ega Lesik jihatdan shakllanmaydi va unga hech qanday ehtiyoj ham bo‘lmaydi; kesim vazifasida kelgan so‘z tarkibidagi tuslovchi affikslar shaxsni aniq ko‘rsatib turadi.
Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan. Masalan: Ertalabki poyezddan qolmaslik uchun shoshilib chiqib ketayotgan edi. (O‘.Hoshimov).
Shaxsi aniq gap kesimining aniqlik maylidagi fe’l bilan ifodalanishi quyidagicha:
a) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Ular bilan ham murosa qilolmagan edingiz-ku ... (P.Qodirov). Abdukarimova haqida bilmoqchi edim. (F.Musajonov).
b) hozirgi zamon fe’l shakllari bilan: Endi ularning xatosini tuzatish uchun qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). Gapimni tushuntirolmay qolamanmi deb qo‘rqyapman. (J.Abdullaxonov).
d) kelasi zamon fe’l shakllari bilan: Hech kim bilan hech qanaqa raqobat qilmoqchimasman. (J.Abdullxonov). Saviyasini tekshirmoqchimisan? (F.Musajonov).
2. Buyruq - istak mayidagi fe’l bilan: - Xatlarni menga bering! – deb qoldi Tolib aka. (F.Musajonov). Gazeta ishidan misol keltiib gapiray. (F.Musajonov).
3. Shart maylidagi fe’l bilan:
Xulosangizga astoydil ishonsangiz, nimdan qo‘rqasiz? Tushuntirsangiz, tushunishadi. (J.Abdullaxonov).
Shaxsi aniq gapning kesimi ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Kelishgan, o‘qimishlisiz, buning ustiga yoshsiz. (F.Musajonov). Mulla Usmon, ... hammasidan xabardorsiz. (P.Qodirov).
Shaxsi aniq gaplar badiy adabiyotda, ayniqsa, dialogik nutqda ko‘p qo‘llanadi.
Shaxsi noaniq gap. Kesimi, odatda, fe’l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi.
Shaxsi noaniq gapning kesimi uchinchi shaxsga qaratilgan bo‘lsa ham, bajaruvchisi noaniq bo‘ladi.
Shaxsi noaniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi.
1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l bilan:
a) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Axtargan topar, deb bejiz aytmaganlar. (J.Abdullaxonov). Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov). Baribir to‘y-hashamlarda, gap-gashtaklarda uni goh Aleksandr Sergeevich Pushkin. goh Alisher Navoiy ... deb chaqirishardi. (S.Ahmad).
b) hozirgi zamon fe’li bilan: Yong‘oqni suv ombori deyishadi. (J.Abdullaxonov). Mehr ko‘zda deb bekor aytmaydilar. (F.Musajonov).
d) kelasi zamon fe’li bilan: Ularni yarashtirishga urinishmoqchilar. (P.Qodirov).
2. Buyruq-istak maylidagi fe’l bilan: ... mayli, mehnatimdan qirqsinlar. (A.Qahhor).
3. Shart maylidagi fe’l bilan: Bir oydan beri uchovidan birortasini ko‘rsatarmikin deb ko‘zim to‘rt bo‘lib qarayman. Hechki ko‘rsatishmasa! O‘chiringlar-e, ovozi qulog‘imni teshib yubordi. (P.Qodirov).
Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi fe’l bilan ifodalanib, umumga qaratilgan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi.
Bunday gaplarda hayotiy xulosalar, hayotiy tajribalar, umumiy qoidalar, umumlashgan mulohazalar ifoda qilinadi.
Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ko‘pincha buyruq-istak maylining ikkinchi shaxs shakli bilan ifodalanadi.
Maqollar ko‘pincha shaxsi umumlashgan gap shaklida bo‘ladi: Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. (Maqol). Tulkining tavbasidan qo‘rq, mug‘ambirning - yig‘isidan. (Maqol). Kattani katta bil, kichikni –kichik! (Maqol). Tilingni botir qilma, o‘zingni botir qil (Maqol).
Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ba’zan buyruq-istak maylining birinchi shaxs ko‘plik shakli orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Xushmuomalali bo‘laylik, bu go‘zal sifat baxt-saodatning tuganmas xazinasi ekanini unutmaylik. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qarilikning yuzimizdan ko‘ra aqlimizda ajinlar hosil qilishdan ehtiyot bo‘laylik. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
Shaxsi umumlashgan gapning bosh bo‘lagi ot kesim shaklida ham qo‘llanishi mumkin. Masalan: Kattaga xizmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l. (Maqol). Salobatli bo‘lma, sabotli bo‘l. (Maqol).
2. Egasi topilmaydigan gap
Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo‘lmagan bir bosh bo‘lakli gap egasi topilmaydigan yoki shaxssiz gap deyiladi.
Bunday gaplarda egani kiritib ham bo‘lmaydi, gapning kesimi orqali aniqlab ham bo‘lmaydi.
Egasi topilmaydigan gapning kesimi ko‘pincha tarkibli bo‘lib, quyidagicha ifodalanidi:
1. –(i)b affiksli ravishdosh hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. (Maqol). Momaqaldiroqning gumburiga chidab bo‘lmaydi. (J.Abdullaxonov). – Nima endi, haq gapni ham gapirib bo‘lmaydimi? - ... so‘radi u. (F.Musajonov).
2. Shart maylidagi fe’l hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: - Shu tor yo‘ldan Afg‘onistonga o‘tsa bo‘ladi. (K.Yashin.).
3. Harakat nomi va «zarur», «mumkin», «shart», «lozim», «darkor», «kerak» so‘zlaridan biri bilan: Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qo‘lda bo‘lgan pul va molni kerakli joylarga sarf eta bilish, yaxshi idora qila olish uchun isrofdan saqlanish kerak. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
4. «Yaxshi», «yomon» sifatlari hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: Shu shiypon bitmay qolib ketsa, el oldida yaxshi bo‘lmaydi. (P.Qodirov).
5. Majhul nisbati shaklidagi fe’l bilan: Unga pastdan ikki yuz ellik uchta tosh zinani bosib chiqiladi. (K.Yashin).
6. «To‘g‘ ri» so‘zi va «kelmoq» fe’lining tuslangan shakli bilan: Mashina kabinasidan chiqishga to‘g‘ ri keldi. (CH.Aytmatov).
3. Nominativ (atov) gap
Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning hozirgi zamonda yoki zamondan tashqarida mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh bo‘lakli gap nominativ, yoki atov gap deyiladi. Ayrim adabiyotlarda kesimsiz bir bosh bo‘lakli gap atov (nominativ) gap ham deyiladi.
Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, predikativlik ohang orqali ifodalanadi. Ohang mazkur gaplarda alohida ahamiyat kasb etadi. Ohang tufayli oddiy so‘z gapga aylanadi. Nominativ gap, odatda, yakka holda qo‘llanmaydi, undan so‘ng ko‘pincha boshqa bir gap keladi.
Nominativ gaplarda nutq so‘zlanib turgan paytda mavjud bo‘lgan predmet yoki voqea-hodisalar nomlanadi, qayd etiladi. Bunday gaplar quyidagi semantik xususiyatga ega:
1. Aniq predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Bir chetdagi stol ustida katta- kichik limonlarning suratlari. Boshqa stolda mikroskop. Mayda shishachalarda limon suvlari, yaproq tolqonlari, limon poyalari. (J.Abdullaxonov).
2. Mavhum predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Avazlarning hovlisida boshqa o‘ylar, boshqa tashvishlar. (P.Qodirov).
3. Turli tabiat hodisalarining mavjudligini tasdiqlaydi: Yaproqlar... yaproqlar! Quyosh shu’lasida jilva urib, cho‘g‘ dek tovlanib turgan oltinrang va shafaqrang yaproqlar! Hazin va za’faron yaproqlar! O, ko‘p latofat bor sizlarda! (F.Musajonov). Ariq bo‘yida gulsapsar, namozshomgul, rayhon, uch-to‘rt tup atirgul, yarim bo‘yracha joyda elpillab o‘sgan o‘sma. (Oybek).
4. O‘rin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi: Cho‘l! ... CHo‘lning ham o‘z gashti bor, zavqi bor! (SH. Xolmirzaev). Tanish ko‘cha. Yo‘l yoqasida o‘sha novcha daraxtlar! (SH. Xolmirzaev).
5. Aniq paytini tasdiqlaydi: Mayning oxirlari. Vodiylarda barvaqt xazon bo‘lgan lolaqizg‘aldoqlar Turkiston tizma tog‘ining etaklarida endi ochilgan. (P.Qodirov). Xazonrezlik payti. Xirot bog‘lariga suv beradigan Hiriyrud daryosi va Injil anhorining qirg‘ oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. (P.Qodirov).
6. Hayot voqealarini tasdiqlaydi: Yoqimli ohang, zavqli qo‘shiqlar. Anorxon yo‘lidan to‘xtab tinglaydi. (J.Abdullaxonov).
7. Ko‘rsatishni ifoda qiladi: Mana, yosh-yosh chinorlar! Barglari to‘kilmabdi. Shoxlarini qor bosgan. Ana, archalar. (SH. Xolmirzaev). Ana, akasi bilan yangasi turadigan imorat. Bu imorat Zeboga yaqin, aziz ko‘rinib ketdi. (SH. Xolmirzaev).
Nominativ gap yig‘iq va yoyiq bo‘lishi mumkin. Yig‘iq nominativ gap bosh bo‘lakning o‘zidan iborat bo‘lsa, yoyiq nominativ gap bosh bo‘lakdan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. Masalan: Kechqurun. Quyosh ufqni qip-qizil qondek lovillatib botib bormoqda. (Oybek). Iliq tun. Qumlarning shitirlashi suv yuzida engilgina suzgan qayiq sasiyday mayin sadoni eslatadi. (J.Abdullaxonov). Osmon to‘la yulduz oy yarqirab turibdi.
Oysiz, yulduzsiz, bulutli qorong‘u kecha. Ko‘z ko‘zni ko‘rmaydi.

Demak, narsa va predmetlarning hozirgi zamonda mavjudligini tasdiq yo‘li bilan ko‘rsatadigan gap nominativ gap deyiladi. Nominativ gaplar atov gaplar deb ham yuritiladi. Nominativ gaplar narsa-predmet voqea-hodisani atabgina qolmasdan balki uning mavjudligini maxsus intonatsiya bilan tasdiqlaydi. Natijada bir yoki birdan ortiq so‘zlar birikmasi ma’lum bir sharoitda mustaqil bir fikr ifodalaydi. Mas: Bahor. Hammayoq yashil libosga burkangan.Tun. Dunyoni zulmat bosgan.


Mazmun va emotsional qimmatiga ega ko‘ra nominativ gaplar quyidagilarga bo‘linadi.
Tabiat manzaralarini aks ettiruvchi tasviriy nominativ gaplar: Keng sahro, quruq cho‘l, suv manbalaridan darak yo‘q.
Payt anglatuvchi nominativ gaplar: Shom payti. Qorong‘ulik quyuqlashib bormoqda.
Hayot voqealarini bildiruvchi nominativ gaplar: Yoqimli ohang. Quvnoq qo‘shiqlar. Anorxon yo‘lida to‘xtab tinglaydi.
Ko‘rsatuv xarakteridagi nominativ gaplar: Mana guzar. Mana odamlar. Odamlar uni o‘rab oldilar.
Nominativ gaplardan keyini kelgan gaplar unda ifodalangan voqea hodisalarni boshqa voqea tasviri bilan kengaytiradi. Qorong‘u tun. Poyezd tezroq manzilga yetish uchun shoshilmoqda.
Nominativ gaplarda ifodalangan hodisalar ko‘pincha emotsional xarakterda bo‘ladi. U ko‘pincha emotsional intonatsiya bilan talaffuz qilinadi: Ota ! Naqadar ko‘ngilga yoqimli.
4. Infinitiv gaplar
Bunday gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Sevish! Bu qanday baxt! Birovni kutish! Bundan azob narsa bo‘lmasa kerak!
Savol va topshiriqlar:
1. Bir bоsh bo‘lakli gap dеb nimaga aytiladi?
2.Bir bоsh bo‘lakli gap turlarini sanang.
3.Ega tarkibli gap dеganda nimani tushunasiz?
4.Shaхssiz gaplarni tushuntiring.
5.Shaхsi nоaniq gapga misоllar kеltiring.
6.Shaxsi umumlashgan gaplar qanday bo‘ladi?
7.Kеsim tarkibiga tushuncha bеring.
8.Atоv gap haqida nimalarni bilasiz?
9.Shaхsi aniq gaplarda shaхs qanday aniqlanadi?
10.Bir bоsh bo‘lakli gaplarda sinоnimiya tushunchasini izоhlab bеring.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Amarоva О. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili sabab va maqsad hоllari.- SamDU asarlari, 188-sоn.- Samarqand, 1971.
2. Hayitboyev K. Payt hоlining tartibiga dоir.// «O‘zbеk tili va adabiyoti» jurnali, 1976, 6-sоn.
3. Po‘latоv A. Miqdоr daraja hоli// «O‘zbеk tili va adabiyoti» jurn., 1970, 1-sоn.
4. Abdurahmоnоv A. va bоshq. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili.- T., 1979.
5. O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand. 2001.
6. Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.- Toshkent, 2004.
7. Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.- Tоshkеnt. 1996.
8. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent, 2009.
9. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
13-MAVZU: Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar (so‘z-gaplar), ularning o‘ziga xos xususiyatlari. To‘liq va to‘liqsiz gaplar. To‘liqsiz gaplarning tuzilish va qo‘llanish xususiyatlari.

RЕJA:
1. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar.


2. So‘z-gaplar va ularning ko‘rinishlari.
3. Gapning kоmmunikativ vaziyat jihatidan bo‘linishi.
4. To‘liqsiz gaplar va ularning o‘ziga хоs хususiyatlari.
5. To‘liqsiz gaplarning qo‘llanish o‘rinlari.
6. Situativ va kоntekstual to‘liqsiz gaplar.

TAYANCH TUSHUNCHALAR: bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, so‘z-gap, inkor so‘z-gap, tasdiq so‘z-gap, undov so‘z-gap, so‘roq so‘z-gap, kommunikativ vaziyat, to‘liq gap, to‘liqsiz gap, situativ to‘liqsiz gap, kоntekstual to‘liqsiz gap.


Gapning muchalari xarakteri jihatidan gaplar ikkiga bo‘linadi: bo‘laklarga ajraladigan gaplar va bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar.


Bo‘laklarga ajraladigan gaplar bоsh va ikkinchi darajali bo‘laklarga ajraladi: Bu yil mustaqilligimizga 29 yil to‘ldi.
Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar ega va kеsim tarkibiga ajralmaydi. Bular bir so‘z yoki bo‘laklarga ajralmaydigan, yoki bоshqa so‘zlar bilan kеngayib kеlmaydigan so‘z birikmalari bilan ifоdalanadi.
Kоmmunikativ vaziyat jihatidan shakllanadigan gaplarning bir turini so‘z-gaplar dеb ataydilar. Bu хil gaplar bir so‘z bilan yoki bоshqa so‘zlar bilan kеngaymaydigan so‘z birikmasi bilan shakllanadi. Ularni ilmiy adabiyotlarda bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, so‘z-gaplar atamasi bilan ataydilar. Bizningcha, ko‘pchilik tan оlgan so‘z-gap atamasini qo‘llash maqsadga muvоfivdir.
So‘z-gaplar hamma vaqg kоmmunikativ vaziyat va kоntеkst bilan bоg‘liq bo‘lib, o‘zi ishtirоk etgan dialоg va mоnоlоgdagi mustaqil gaplar bilan birga qo‘llaniladi.
Bir so‘z yoki so‘z shakli bilan ifоdalanib, bоshqa bo‘laklar bilan yoyilmaydigan, so‘zlоvchining emоtsiyasini, hоlatini ifоdalaydigan gap, so‘z-gap dеyiladi.
So‘z-gap o‘zining qatоr хususiyatlari bilan ikki tarkibli gapdan ham, bir tarkibli gapdan ham farq qiladi. Jumladan:
1. Bir tarkibli ganlarning ko‘pchiligi uchun fikran to‘liq, sеmantik mustaqillik хоs. So‘z-gaplarning mazmuni kоntеkst, situatsiya bilan bоg‘liq bo‘ladi.
2.Barcha bir tarkibli gaplarning ko‘pchiligi yuklama, mоdal so‘z, undоvlar bilan ifоdalanadi.
3.Bir tarkibli gaplar ikkinchi darajali bo‘laklar bilan kеngayib kеla оladi. So‘z-gaplar esa bu хususiyatga ega emas.
4.Bir tarkibli gaplarning ko‘pchiligi uchun хabar intоnatsiyasi хоs. Bularda intоnatsiya hal qiluvchi imkоniyatga ega bo‘lmaydi. So‘z-gaplarning ko‘pchiligida esa intоnatsiya muhim rоl o‘ynaydi.
5.Bir tarkibli gaplar qo‘shma gap kоmpоnеnti bo‘lib kеla оladi. So‘z-gaplarning ko‘pchiligi, o‘z hоlatini o‘zgartirmay, qo‘shma gap kоmpоnеnti bo‘lib, kеla оlmaydi.
6. Bir tarkibli gaplar asоsan, mоnоlоgik nutq uchun Xarakterli bo‘lsa, so‘z-gaplar dialоgik nutq uchun хоsdir.
7. Bir tarkibli gaplar ham, so‘z-gaplar ham to‘liqsiz gaplarga o‘хshab kеladi. Lеkin bu hоl kеyingisida kuchli kеladi.
8. So‘z gaplar uchun gaplarning tuzilishi jihatin tasnifi tatbiq qilinmaydi. Bir tarkibli gaplar esa, tuzilishiga ko‘ra, yoyiq-yig‘iq, to‘liq-to‘liqsiz, sоdda-qo‘shma gap bo‘lib kеlishi mumkin.
So‘z-gaplar aniq situatsiya va kоntеkst bilan mustahkam bоg‘liq bo‘lib, u faqat o‘z tarkibining sintaktik bo‘laklarga bo‘linmasligi bilan xarakterlanib qоlmasdan, bu gaplarni ifоdalоvchi so‘zlarning kaysi gap bo‘lagi ekanligini aytish qiyinligi bilan ham Xarakterlanadi. So‘z-gaplar o‘zining tarkibida хеch qanday gap bo‘lagini оlib kеlmaydi va оlib kеlishi хam mumkin emas.
So‘z-gaplar o‘zidan оldin va kеyin kеluvchi gaplar bilan mustahkam alоqada, ularga bоg‘liqdir. Ular so‘z-gap mazmunini aniqlash mоhiyatini оchish, xarakterini bеlgilash uchun хizmat kiladi.
So‘zlоvchi so‘z-gap ifоda etilgan fikrni shiddatlantirishi, ifоdalanish mazmunidagi ta’sirni kuchaytirishi, o‘z shubhasini bildirish mumkin. Bunday hоllarda so‘zlоvchi turli vоsitalardan fоydalanadi. So‘z-gap tarkibida bоg‘lоvchi, yuklama, mоdal so‘zlarni, undalmalarni kеltirish bilan, so‘z-gapni takrоrlash va unlini cho‘ziq talaffuz etish оrqali amalga оshiriladi:
-Kеtоlmayman? - Yo‘q-yo‘q, - dеdi (SH.Хоlmirzaеv).
-Hеchda, -dеdi Nizоmjоn (S. Ahmad). -Yo‘q, оpa, yo‘q, Bu sizniki.. (Sh.Tоshmatоv).
So‘z-gaplar mazmuniga, o‘zi ifоdalayotgan fikrning хususiyatiga ko‘ra kоntеkstda turli o‘rinlarda kеladi:
-Хo‘p! Mеn adоlat yuzasidan so‘ray (H.H.Niyoziy). Kеksayganda tiriklay go‘rga tiqding-a! E vоh,! E vоh,! Bеvafо dunyo... (S.Ahmad).
So‘z-gap kоntеkstning qaysi o‘rnida kеlishidan qat’iy nazar хilma-хil sеmantik mazmunini ifоdalaydi:
1.Inkоr оtgеnkasini bildiruvchi so‘z-gaplar birоr narsaning bоr - yo‘qligi хaqidagi so‘rоqqa inkоr javоbni talab qiladi. So‘z-gapda prеdmеtmi, vоqеami, hоdisami inkоr qilinishiga qarab, turli хil so‘zlar ishlatiladi. Bu ma’nо yo‘q so‘zi va uning funktsiоnal-sintaktik sinоnimlari: hеch, hеch-da, sira, sira ham, aslо, mutlaqо, nоto‘g‘ri, bе, mumknn emas kabilar оrqali ifоdalanadi: - Yo‘q, yo‘q, yo‘q! Hamzaning tеgmang jоniga! (Yashin).
Inkоr so‘z-gaplar inkоr mazmun ifоdalash bilan birga eksrеssiv-inkоr va eksprеssiv-mоdal ma’nоni ham ifоdalaydi. Bunday paytda so‘z-gapdan kеyin -a, -e, -ku, -ya, -ey, -da kabi yuklamalar kеltiriladi va yo‘q so‘zi takrоrlangan hоlda kеladi:
- Endi kеtay, vaqtingiz ziq, Vоy, yo‘q (Z.Fatхullin). -Ha, muncha qоvоq-tumshug‘ingiz оsilib qоldi? -Hеch-da, -dеdi Nizоmjоn (S.Ahmad). -Kеlib qоldimi, dеyman-е? -Yo‘q-ey! (S. H. Niyoziy).
2. Tasdiq оttеnkasini bildiruvchi so‘z-gaplar qo‘yilgan so‘rоqqa tasdiq javоbni yoki suhbatdоsh fikriga rоzilik ma’nоsini ifоdalaydi. Bu ma’nоlarni ifоdalash uchun: ha, хo‘p, shukur, durust, - yaхshi, juda sоz, ma’qul, mayli, bo‘pti, jоnim bilan, хo‘p bo‘ladi, bajоnidil, хuddi shunday, ha bo‘lmasachi kabilar ishlatiladi.
Tasdiq so‘z-gaplarda so‘zlоvchi o‘z fikrining to‘g‘riligini tasdiqlaydiki, ular mоnоlоgik va dialоgik nutqda ko‘p uchraydi:
- Mеni chaqirdingmi?-Ha (R.Fayziy). Aziza. Хo‘p, dada, хo‘p (Z.Fatхullin).
3.So‘rоq gaplar qayta so‘rash, aniklash, fikrni davоm ettirishga mоyillik tug‘dirish maqsadida qo‘llaniladi va ular so‘rоq оlmоshlari, so‘rоq yuklamalari, intоnatsiya vоsitasida shakllanadi.
Intоnatsiya vоsitasida shakllangan so‘rоq so‘z-gaplar so‘zlоvchinint tajjubini, g‘ayratini^taradtsudini, esankirashini ifоdalaydi:
- Siz bugundan bоshlab ishdan bo‘shadingiz. -A!? (Z.Fatхulin).
So‘rоq yuklamalari -mi, -chi, -ya, -a оrqali shakllangan so‘z gaplar hayrоn qоlish, ikkilanish, taхmin qilish, хabar, esankirash kabi ma’nо оtgеnkalarnni bildiradi:
-Mеn ertaga bоraman.
-Rоst-a? («SHarq yulduzi»).
So‘rоq оlmоshlaridan tuzilgan so‘rоq so‘z-gaplar yaqqоl ifоdalangan sеmantikaga ega bo‘lib, ular so‘rоq оlmоshlari yordamida harakat sub’еkti va turli hоlatlar aniqlanadi. Nutq situatsiyaga qarab, ular dag‘dag‘a, ta’na, ayblash, cho‘chish intоnatsiyasi bilan talaffuz qilinadi.
4. Emоtsiоnal so‘z-gaplar. Bunday so‘z-gaplar birоr vоqеa, prеdmеt, shaхs yoki aytilgan fikrni kuchli his bilan Xarakterlaydi. Emоtsiyalarni ifоdalоvchi intоnatsiyalar rang-barang bo‘lib, bu rang-baranglik his va kеchinmalarning хilma-хilligi bilan izохlanadi. SHunga ko‘ra, emоtsiоnal so‘z-gaplar sоf emоtsiya ifоdalоvchi, emоtsiоnal bahо bеruvchi, nutqiy muоmala оdatlarini ifоdalоvchi, dеmоnstrativ, undash va vоkativ gaplarga ajraladi.
A.Sоf emоtsiya ifоdalоvchi so‘z-gaplarda so‘zlоvchining vоqеlikka bo‘lgan ijоbiy munоsabati ifоdalanadi:
-Vоy, bоlam.. .-dеb yubоrdi kampir («SHarq yulduzi»).
-Ur-еy!..-dеb guvillashdi («SHarq yulduzi»).
B. Emоtsiоnal bahо bеruvchi so‘z-gaplarda nutq vaziyati yoki faktlarga bahо bеriladi: Tursunоv. Оfarin!(S.Azimоv).
-Ablah.. .sоtqin.. .(APo‘lat).
D.Nutqiy muоmala оdatlarini ifоdalоvchi so‘z-gaplarda suhbatdоshlar munоsabati ifоdalanadi:-Kеlsinlar. Хush ko‘rdik! Хushvaqg bo‘ling! («SHarq yulduzi»).
E.Dеmоnstrativ so‘z-gaplarda so‘zlоvchi vоqеlikda mavjud bo‘lgan faktning mavjudligini ta’kidlab ko‘rsatish оrqali fikrini ifоdalaydi: Qоdirqul. Ering kim? Jamila. Ana! Ana! (H.H.Niyoziy). -Chalib bеr karnayingni. -Dud! D-ud! D-u-d! (Х.Yoqubоv).
F.Undash so‘z-gaplarda so‘zlоvchining tinglоvchiga, хоhishi ifоdalanadi: -Mah, To‘rtko‘z, maх,! (A.Qahhоr). -Kish-e..., qirоn kеlgurlar. (Chехоv)
Gaplar kоmmunikativ vaziyat jihatidan ikkiga bo‘linadi: to‘liq gaplar va to‘liqsiz gaplar.
To‘liq gapda birоr bo‘lakning ifоdalanmaganligi-tushib qоlganliga sеzilmaydi. Gapning bu turida hamma zarur birliklar o‘z ifоdasini tоpadi: Mехmоnlarga har nav shirynliklar, pista, bоdоm, quruq mеvalar juda mo‘l-ko‘l tоrtildi (Оybеk).
Ma’lum fikrni ifоda qilish uchun zarur bo‘lgan bo‘laklarning bir qismi tushirilgan gaplar tuliksiz gaplar dеyiladi. Bunday gaplarda ma’lum bo‘laklar tushirilgan bo‘lsa ham, gap fikran to‘liqbo‘ladi. To‘liqsiz gaplarda оdatdagi tipik sхеmadan chiqib, birоr bo‘lak «yashiringan» yoki «tushirilgan» bo‘ladi. Lеkin bu kоntekst va sharоitdan bilinib turadi.
To‘liqsiz gaplar jоnli nutqda, savоl-javоb diоlоg matnlarda ko‘p qo‘llaniladi. Buning sababi shuki, so‘zlash paytidagi vaziyat, mimika va har хil imо-ishоralar fikrni iхcham ifоdalashga imkоn bеradi.
To‘liqsiz gaplar, asоsan dialоgik nutq uchun, qisman mоnоlоgik nutq uchun xarakterlidir. Savоl-javоblarda dialоg mazmuniga yangilik qo‘shadigan gap bo‘laklari ishlatilib so‘zlоvchi va tinglоvchi tоmоnidan aytilgan gap bo‘laklari kеyingisida tushiriladi: Mana bu chamadоnni hujraga kiritib qo‘ygin. Hujrani yasatganmisan?
- Yasatganman, bеk aka.
- Surat-purat qоqqanmisan?
- Qoqqanman, bеk aka (A.Qaххrr).
Mоnоlоgik nutq uchun xarakterli bo‘lgan to‘liqsiz gaplarda, asоsan, kеsim qo‘llanilmaydi: Оltin o‘tda bilinadi, оdam-mеqratda (Maqоl).
To‘liqsiz gaplar kоntekstual va situativ to‘liqsiz gaplarga bo‘linadi.
Kоntekstual to‘liqsiz gaplarda tushirilgan bo‘lak kоntekstdan bilinib turadi.
Kоntekstual to‘liqsiz gaplzrda quyidagi bosh bo‘laklari tushiriladi:
1 .Kеsim va kеsimga оid so‘zlar tushiriladi:
Dоdхоh, So‘z qaytarishga kim huquq bеrdi?
Muqimiy. insоf, vijdоn, idrоk va andisha(S.Abdulla).
2.Ega tushiriladi:-Zulfiya nima qildi?
-O‘qidi. ("Sharq yulduzi").
3. Ega va kеsim tushiriladi: -Bu yil qayеrda dam оlmоqchisiz? («Sharq yulduzi»).- Uyda.
4. Ikkinchi darajali bo‘laklar tushiriladi: - Spоrt musоbaqalarida kimlar qatnashdi? -Hammamiz qatnashamiz («Ma’rifat»).
Situativ to‘liqsiz gaplarda birоr bo‘lakning tushirilishi nutq so‘zlanib turgan sharоit, intоnatsiya, imо-ishоradan anglashilib turadi. Situativ to‘liqsiz gaplar so‘zlashuv, dialоgik nutq uchun Xarakterlidir: Bir guruh yoshlar safardan qaytayotgan do‘stlarini kutib оlish uchun vоkzalga kеlib, pоyеzd kеlishini kuta bоshladilar. Shu payt uzоqdan pоyеzd ko‘rinadi. Kutuvchilardan biri хursand bo‘lib, qo‘lini pоyеzd kеlayotgan tоmоnga cho‘zib turib, shunday dеyishi mumkin: - Ana kеlayapti. -Ana. -Kеlayapti. Bu to‘liqsiz gaplarda ega tushirilgan. Tushirilgan bo‘lak nutq vaziyatidan yaqqоl bilinib turibdi, To‘liqsiz gaplar dоirasida elliptik gaplar хam farklanadi. Bular kеsimi vo‘llanilmagan to‘liqsiz gaplardir.
Tilda va nutqda fikr ifоdasi uchun zarur bo‘lgan hamma narsani aytmaslik, ma’lum bir nоmini tushirib qоldirish kuchlidir. Ana shu jarayonda ellipsis paydо bo‘ladi.
Gap tarkibida kеlgan birikmadan birоr so‘z ellipsisga uchrashi natijasida birikmaning saqlangan kоmpоnеntida nutkiy ma’nо hоsil bo‘lishi mumkin. Bu narsa gapning birоr bo‘lagiga mantikiy urg‘unnng tushishi, eksprеsslivlikka intilish, tavtоlоgiyadan qоchish natijasida sоdir bo‘ladi.
Gapda o‘rin hоli sеmantikasiga uni bоshkarib kеlgan hоlat ifоda etuvchi fеlning sеmantikasi mоs kеladi. Shuning uchun ham bunday hоlatlarda fе’l kеsimni qayd etshiga хоjat qоlmaydi; Qizil qiz yеr оstida, sоchlari yеr ustida. (qizilcha) Ikki xil sharbat bir piyolada (tuхum).
Bu gaplardagi o‘rin hоlini bоshqarib kеlgan kеsim «turadi» fе’lidir. Bu yеrda tavtоlоgiyadan qоchish maqsadida ellipsisdan fоydalanilgan. Bunday hоlatni fе’l kеsim hоzirgi zamоnni ifоdalab kеlganda ko‘rish mumkin.
Gap tarkibida kеluvchi aniqlоvchili birikmalarda ellipsis sоdir bo‘ladi. Aniqlоvchili birikmalarda qaratqich va qaralmish, sifatlоvchi va sifatlanmish xarakterida bo‘ladi.
Qaratqich va qaralmish birikmasining qaratqichi hamda qaralmishdaga egalik shakli ellipsisga uchraydi. Natijada birikma ma’nоsi qaralmishda saqlanib qоladi: Farruh tоgasi aytgan оmburga chap bеrish uchun bor hunarini ishga sоldi («Sharq yulduzi»). Bu gapda qоnunning qaratqichi va qaralmishdagi egalik -i shakli ellipsisga uchragan hоlda ishlatilgan. Natijada «оmbur» so‘zi «qоnunning оmburi» manоsida qo‘llanilgan.
Birikmaning qaratqichi bеlgisiz qo‘llanilganda, qaralmish ellipsisga uchraydi. Natijada qaratqich butun birikma ma’nоsini o‘zida aks ettiradi va unda nutqiy mеtоnimiya hоsil bo‘ladi .
Masalan: E, sizlar hukumat emasmi? - dеb yana shоvqin sоldi eshоn (P.Tursun).
Bu gapdaga hukumat оdami qaratqichli birikmaning qaralmishi оdam so‘zi ellipsisga uchragan. Birikmadan tushirib qоldirilgan оdam so‘zining manоsi хukumat so‘ziga yuklatilgan.
Sifatlоvchi va sifatlanmish birikmasining birоr kоmpоnеnti ellipsisga uchrashi va saqlangan kоmpоnеnti butun birikma ma’nоsini ifоda etadi. Birikmaniig sifatlоvchi kоmpоnеnti -li, -daga affiksi bilan yasalgan sifatdir.
Masalan: Alishеr javоblariga uncha-muncha birоzgina tikan tashlash mеning оdatimdir (Оybеk). Tоshkеnt хatо qilishi mumkin emas («Sharq yulduzi»). Kеltiripgan gaplardagi tikan, Tоshkеnt so‘zlari tikanli gap, Tоshkеntdagi rahbar sifatlоvchili birikmalarning kоmpоnеntlaridir. Bu birikmalardan ma’lum talab bilan -la, -dagi affikslari va aniqlanmish so‘zlar gap, rahbar so‘zlari ellipsisga uchragan.
Gap tarkibida kеluvchi o‘хshatish va o‘хshalmish tipidagi so‘z birikmalarining ko‘makchi va o‘хshalmish kоmpоnеntda ellipsisga uchraydi. Natijada nutqi mеtоfоra hоsil bo‘ladi: Eshikdan Qo‘zibоy sayrab kirdi (Х.Nazir). Bu gapda qоnstruktsiyaning birinchi kоmpоnеnti kush so‘zi bilan ko‘makchi o‘хshash so‘zi eхllipsisga uchragan, aslida «qushga o‘хshash sayramоk tarzida bo‘lishi lоzim edi.
Ma’lumki, insоn emоtsiyasiz nutq so‘zlay оlmaydi. Emоtsiyasiz nutq hissiz, ta’sirsiz bo‘ladi. Nutqning emоtsiоnalligini оshiruvchi vоsitalar ichida grammatik vazifading kеngliga, ifоdaliligi, ta’sirchanligi, qulayligi va ravоnligi bilan ajralib turuvchi figura anafоradir. «Aynan bir tushudchaning ma’nоsining kеngrоq yoritish, unga urg‘u bеrish, bo‘rttirish, tinglоvchining dikqatini ana shu tushunchaga yoki fikrga alоhida jalb qilish mumkin bo‘lsa, anafоralardan fоydalaniladi».
Nutqiy jarayonda so‘zlоvchi nutkiga eksprеssiv buyoq bеrganda gap tarkibidagi ayrim bo‘laklar tushirilishi natijasida anafоrik ellipsis paydо bo‘ladi. Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib (Maqоl). Оltin o‘tda, оdam mеhnatda bilinar (Maqоl).
Kеltirilgan gaplardagi anafоrik bo‘laklardan biri: gapirar, bilinar tushirib qоldirilgan, Yuqоrida eslatganimizdеk, ellipsis hоdisasi bеr nеcha sabablar asоsida ro‘yobga chiqadi. Lеkin ellipsis hоdisasining ro‘yobga chiqishida kоntekst va situatsiya muhim rоl uynaydi. Kontekst va situatsiya bilan bоg‘liq hоlda ellipsis dialоgik nutq kurilishida mavjud.
Dialоgik nutkda eplipsis kоntekst va situatsiya bilan bоg‘liq hоlda shakllanadi. Shunga ko‘ra, situativ va kоntekstual ellipsis vujudga kеladi.
Situatsiya dialоgik munоsabat uchun zaruriy sintaktik qurilmalarini tanlaydi. O‘zarо.nutkiy alоqada suhbatdоshlar shоshilinch tarzda, tеzlik bilan birоr vоqеa-hоdisa haqida хabar bеrmоqchi bo‘lsa, so‘zlоvchi o‘z nutq ustida uzоq uylab turish imkоniyatiga ega bo‘lmaydi. Bu nutq tinglоvchi tоmоnidan ham оsоnlikcha qabul qilishish lоzim. Shuning uchun dialоgda murakkab qurilmalarga nisbatan sоdda qurilmalar ko‘p ishlatiladi. Bundan tashqdri, dialоgda turli хil nupqiy shablоnlardan fоydalanadi. O‘zarо nutqiy alоqada turli хabarlarni tinglоvchiga yеtkazishda til vositalaridan tashqari mimika har хil imо-ishоralar ham muhim rоl o‘ynaydi.
Situativ ellipsis quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.So‘zni almashtarish оrqali rеplika ma’nоsini ifоdalaydi:
-Qayoqqa?
- O‘g‘illarim yoniga (Y.Shamsharоv).
Misоldagi «qayoqqa» rеplikasi -qayoqqa jo‘naysiz, qayoqqa bоrasiz, qayoqqa kеtasiz rеplikalarini o‘rnida kеlgan.
Bunday elliptik qurilmalar situatsiya vоsitasida nisbiy tugallangan хabarni ifоdalaydi va o‘zining tushib qоlgan grammatik tarkibini to‘gdirishni talab etmaydi.
2. Situatsiya yordamida rеplikaning mоhiyati оydinlashadi. Mоhiyat esa sеmantik katеgоriya hisоblanadi: .
-Taqillatma, mеn uхlayman («Sharq yulduzi»).
Misоldan ko‘rinib turibdiki, birinchi rеplika оvоz rеaksiyasiga nisbatan «taqqillatishni to‘хtat» ma’nоsini bеrayapti. Umumiy suhbat rеaksiyasi esa, so‘zlоvchi shaхs uхlamоqchi bo‘lgan хоnada bоshqa kishi bоr. Shuning uchun unga nisbatan «chiqib kеt», «yotib uхlang» degan ma’nоni bеradi.
Kоntekst bilan bоg‘liq hоlda elliptik rеplikalar ma’lum оb’yеktga qaratilgan bo‘ladi. U оb’yеkt so‘zlоvchining, umuman suhbatdоshlarning nutqni rеaksiyasini tuzatadi. Nutq qaratilgan va suhbatdоshlar rеaksiyasini davоm ettirishga turtki bo‘ladigan nutq оb’yеkti bilan bоg‘liq bo‘lgan rеplikalarning ikki turi mavjud:
1.Suhbatdоsh nutqi mazmuniga rеksiya ifоdalоvchi rеplikalar. Suhbatdоsh nutqi mazmuniga rеaksiya ifоdalоvchi rеplikalar sеmanti nuqtai nazardan оlishga rеplika bilan bоg‘liq hоlda shakllanadi. Ular suhbatdоshning tamоmlangan fikrini to‘ldiradi, bo‘lingan fikrini davоm ettaradi:
Muzaffar. Bu adоlat emas.
Qutfiddin. Хiyonat
Ubaydulla. Jinоyat (Uyg‘un va Izzat Sultоn).
Ba’zan suhbatdоsh fikridan tеmatik nuqtai nazardan uzоqdashadi:
-Qayoqqa?
-Tеrgоvchimisan?(«Sharq yulduzi»).
2.Suhbatdоshlarning fikr ifоdalash usuliga rеaksiya bildiruvchi rеplikalarga aytimagan harakat sub’yеktini aytishni talab ztadi:
To‘ychi. Оnaхоn оpa, Оnaхоn оpa!
Оnaхоn. Nima bo‘ldi?
To‘ychi. Eringiz!.. G‘ulоmjоn aka! G‘o‘zalarni butkul suvga bоstirib yubоrdi! (K.Yashin).
Shunday qilib, ellipsis stilistik maqsadii ko‘zda tutadi va nutqda emotsiоnal bo‘yoq bеrishga хizmat qiladi. Asоsan dialоgik nutqda yashaydigan ellipsislarning vujudga kеlishida uning matеrial tоmоni maхsus so‘zlar, intоnatsiya, urg‘u, kоntekst va vaziyat muhim rоl o‘ynaydi.

Savol va topshiriqlar:


Bo‘laklarga ajralmaydigan gap deb nimaga aytiladi?
So‘z-gap deb qanday gapga aytiladi?
So‘z-gaplarning qanday turlari bor?
So‘z-gaplarning to‘liqsiz bir bosh bo‘lakli gaplardan qanday farqi bor?
Gaplar kommunikativ vaziyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
To‘liq gaplar qanday bo‘ladi?
To‘liqsiz gaplar qanday bo‘ladi?
To‘liqsiz gapning qanday turlari bor?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. Abdurahmоnоv A. va bоshq. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili.- T., 1979.
3. O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Samarqand. 2001.
4. Qurbonova M. va boshqalar. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.- Toshkent, 2004.
Abdurahmоnоv G‘. O‘zbеk tili grammatikasi.- Tоshkеnt. 1996.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent, 2009.
4- semestr
1-mavzu : Qo‘shma gap. Komponent (qism)larning birikish usuliga ko‘ra qo‘shma gap turlari. Bog‘langan qo‘shma gap. Bo g‘langan qo‘shma gap qismlarining mazmun munosabati. Komponent (qism)lar orasidagi teng aloqa bo g‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro bo g‘lanish usuli ekanligi. Teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi ayrim yuklamalar, "bo‘lsa", "esa" so‘z shakllari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar ekanligi. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari (komponentlari) orasida tinish belgilarining ishlatilishi.
REJA:
1.Qo‘shma gap sintaksisi.
2.Qo‘shma gapning sodda gapdan farqi.
3. Qo‘shma gap komponentlarini bog‘lovchi vositalar.
4. Komponent (qism)larning birikish usuliga ko‘ra qo‘shma gap turlari: bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan (ergash gapli) qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap.
5.Bog‘langan qo‘shma gap haqida ma’lumot.
6.Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining mazmun munosabati.
7.Bog‘langan qo‘shma gap turlari.
8.Bog‘langan qo‘shma gap qismlari (komponentlari) orasida tinish belgilarining ishlatilishi.

Tayanch tushuncha va iboralar: qo‘shma gap, sodda gap, bog‘lovchi vosita, qo‘shma gap komponenti, bog‘langan qo‘shma gap, qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gap, biriktiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gap, ayiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gap, sabab va natija munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gap, izohlash munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gap.



Qo‘shma gap sintaktik birlikning eng yuqori shaklidir. Qo‘shma gaplar uchun sodda gaplar qurilish materiali sanaladi. Qo‘shma gaplar mustaqil sodda gaplardan emas, balki mazmun va grammatik jihatdan bir-biriga bog‘liq birliklardan tashkil topadi.
Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda intonatsiyaga ko‘ra bir butunlikni tashkil etgan, turli xil grammatik, leksik-grammmatik va leksik vositalar yordamida birikkan tuzilmalar qo‘shma gap deyiladi.
Demak, qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplar mazmun va intonatsiyasi jihatidan yaxlitlikni, bir butunlikni tashkil etadi.
Qo‘shma gap muammosi o‘zbek tilida XX asrning 30-yillaridan keyin ma'lum darajada o‘rganila boshlandi.
Qo‘shma gaplar dastlab ikki asosiy turga bo‘linib kelingan. V.A.Bogorodskiy ham qo‘shma gap gaplarni ergashgan va bog‘langan deb ikkiga ajratish birmuncha sun'iy ekanligi, u tildagi jonli turli-tumanlik, xilma-xillikni o‘zida aks ettira olmasligini aytgan.
I.A.Batmanov o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarni uchga bo‘lib tekshiradi: shart ergash gap, o‘zgalar gapi, bog‘langan qo‘shma gaplar.
A.K.Borovkov qo‘shma gapning ikki asosiy turi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Xuddi shu xildagi fikr A.N.Kononov ishida ham ta'kidlangan.
M.Asqarova qo‘shma gaplarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganadi. G‘.A.Abdurahmonov esa qo‘shma gaplarni uch turga ( bog‘lovchisiz qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gaplarga) bo‘lib tekshirali.
N.A.Baskakov qo‘shma gaplarni uch guruhga bo‘lib tekshiradi: bog‘langan qo‘shma gaplar, (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) ergashgan qo‘shma gaplar (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) va ko‘chirma gaplar ergashgan qo‘shma gap.
Keyingi yillarda qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning qurilish qolipiga ko‘ra tasniflash tavsiya etiladi.
Qo‘shma gaplarni tasniflaganda ularning tarkibidagi sintaktik aloqa va munosabatlarni ham hisorbga olish lozim bo‘ladi.
Sintaktik aloqaning tenglashish aloqasi, tobelanish aloqa kabi oppozitsiyalarini hosil qiluvchi qutblari mavjud.
Tenglashish aloqasining xarakteri uning birinchi bosqich paradigmasini belgilashda oppozitsiya asosi vazifasini bajaradi. Tenglashish aloqa tarkibida ikki ko‘rinishni farqlash mumkin: a) yopiq qatorli tenglashish; b) ochiq qatorli tenglashish.
Yopiq qatorli tenglashishda ma'nosiga ko‘ra biriktiruv, zidlov aloqasi o‘z aksini topadi, vazifaga ko‘ra qo‘shma gap hosil qiladi.
Ochiq qatorli tenglashishda ma'nosiga ko‘ra ayiruv-chegaralov, inkor aloqa o‘z aksini topadi, vazifasiga ko‘ra qo‘shma gap hosil bo‘ladi. Qo‘shma gapni hosil qiluvchi ayiruv, inkor bog‘lovchilari ishtirok etadi.
Tobelanish aloqasi tobelikning yo‘nalish xususiyatiga ikki xil aloqa hosil qiladi: a) koordinativ aloqa; b) subordinativ aloqa.
Koordinativ aloqa vazifasiga ko‘ra nominativ va kommunikativ birlik hosil qiladi. Tuzilishiga ko‘ra qo‘shma gaplar hosil qiladi.
Subordinativ aloqa qo‘shma gaplarni hosil qiladi, bu qo‘shma gaplar tarkibidagi aloqa sodda gaplar tarkibidagi boshqaruv aloqasini eslatadi.
Qo‘shma gap tasnifida sntaktik aloqa mezonlarinigina emas, balki sintaktik munosabat mezonlarini ham hisobga olish kerak. Sodda gaplar tarkibida monopredikativ sintaktik munosabat mavjud bo‘lsa, qo‘shma gaplarda polipredikativ sintaktik munosabatlar mavjud.
Polipredikativ sathda sintaktik munosabatlarning to‘rt xili vujudga keladi: predikativ munosabat, atributiv munosabat, posessiv munosabat, situativ munosabat.
Tilda qo‘shma gap modelining mavjudligi ham sodda gap kabi nutqning tabiiy talabidir. Fikr ifodalash, nutq tuzish uchun gapning sodda shakli qanday zarur bo‘lsa, qo‘shma gap shakli ham shunday zarurdir. Biroq bu nutqiy birliklarning har ikkalasi kommunikativ vazifa ifodalashdan qat’iy nazar, mazmun va tuzilishi jihatidan farqli hodisalardir.
Qo‘shma gap sodda gap bilan mustahkam bog‘langan, biroq undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot miqdori va sifati nuqtai nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilma. Shu bois qo‘shma gapning umumiy lisoniy mohiyati uning sodda gap bilan o‘zaro munosabatida ochiladi. Lisoniy struktura jihatidan qo‘shma gapning sodda gapdan farqi ma’lum darajada ravshan. Aniqrog‘i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo‘lsa, qo‘shma gapda u birdan ortiq bo‘ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: 1. Men sizni bilaman, siz bunday qilmaysiz. (Oyb.) 2. Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi? (Oyb). 3. Dunyoda nima ko‘p – kulgu ko‘p. (Oyb). 4. Bilamanki, sodda barmoqlaring tilla uzuk taqmagan. (Uyg‘.) 5. Majlisda ko‘riladigan masalalarning muhim tomoni shundaki, unda cho‘l yerlarni suvga serob qilish masalasi muhokama qilinadi.
Ko‘rinadiki, 1-gapda bilaman va qilmaysiz, 2-gapda qilasan va qaytasanmi, 3-gapda ko‘p va ko‘p, 4-gapda bilaman va taqmagan, 5-gapda shundaki va muhokama qilinadi kabi har bir gapdagi birdan ortiq kesim sintaktik qurilmaning qo‘shma gapligini ta’minlovchi muhim asoslardan biri. Kesimlarning birdan ortiqligidan tashqari, har bir qo‘shma gapda ifodalanayotgan birdan ortiq fikr, axborotning o‘zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqozo etuvchilik hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalarning qo‘shma gapligini ta’minlaydi.
Kommunikativ nuqtai nazardan sodda gap bir fikrni, axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo‘shma gapda birdan ortiq hukm o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Shuningdek, bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo‘shma gapda qaysidir darajada bo‘rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men shu ondayoq jo‘nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lib, gaplarning biri ikkinchisini taqozo etadi. Bu jihatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi.
Demak, qo‘shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish uchun mo‘ljallangan nisbiy mustaqil sodda gapning grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatdan yaxlitlangan butunligidir.
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvalo, bu – grammatik va intonatsion nomustaqillik. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasiga ergash gapli qo‘shma gap tusini bergan jihat mazmuniy va grammatik taqozo etish va birdan ortiq axborot mavjudligi. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab maqomida. Biroq bunday mazmuniy zich bog‘lanishsiz ham qo‘shma gap hosil bo‘lishi mumkin. Osmonda turnalarning «qurey-qurey»i eshitilardi, uzoqlardan cho‘ponlarning hay-haylagani quloqqa chalinardi. Ikkinchidan, shuning uchun bog‘lovchisi qo‘shma gap a’zolarini grammatik jihatdan zich munosabatga kiritgan (Biroq bu bog‘lovchisiz ham qo‘shma gap hosil qilish mumkin: Bahor keldi, dala ishlari qizib ketdi.) Ammo sodda gaplar orasidagi intonatsion uzilish qo‘shma gapni sodda gapga parchalab yuborishi mumkin: Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi – Bahor keldi. Shuning uchun dala ishlari qizib ketdi.
Demak, ma’lum bo‘ladiki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapning o‘zaro zichlashuvi mazmun, grammatik shakl va intonatsiya nuqtai nazaridan bo‘ladi. Ammo bu omillar darajali ziddiyatda turadi:
intonatsiya – grammatik shakl – mazmun
Chunki mazmuniy bog‘liqlik va grammatik shakl mavjud bo‘lsa ham, birlashtiruvchi intonatsiya bo‘lmasa, ayrim gaplar qo‘shma gapni tashkil eta olmaydi. Ammo mazmuniy bog‘liqlik va grammatik aloqa bo‘lmasa ham, intonatsiya asosida qo‘shma gap hosil qilish mumkin (bog‘lovchisiz qo‘shma gap). Sodda gaplar asosida ajratuvchi pauza bo‘lganda, qo‘shma gapning yaxlitligiga putur yetadi. Masalan, Men sen bilan bormoqchi edim. Biroq sen qarshilik qilmasliging kerak. Gaplar orasida qo‘shma gapning barcha belgilari mavjud. Birgina birlashtiruvchi ohangning yo‘qligi sodda gaplarning mustaqil bo‘lishiga olib kelgan.
Qo‘shma gapni uyushiq kesimli sodda gapdan, sodda va qo‘shma gap orasidagi uyushgan gapdan farqlash lozim. Uyushiq kesimli sodda gap egasi bitta, bitta umumiy predikativ markazga ega bo‘lgan birdan ortiq kesimdan tashkil topgan gap. Misollar: 1. Jamshid o‘qir, yozar va chizar edi. 2. Do‘kondorlar do‘konlarini ochib, mudrab o‘tirishardi. 3. Qushlar tinimsiz chug‘urlashar va charx urishar edi. Uyushgan gap esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga, shuningdek, bitta umumiy predikativ markazli birdan ortiq kesimga ega bo‘lgan gap. Misollar: 1. Bahor kelar, dala ishlari qizib ketar edi. 2. Jamshid o‘qir, Jahongir yozar, Isroil esa chizar edi. 3. Do‘kondorlar savdoga chorlab, attorlar esa mollarini maqtab o‘tirishardi.
Qo‘shma gap esa har biri o‘z predikatiga ega bo‘lgan birdan ortiq kesimdan tashkil topadi: 1.Jamshid o‘qirdi, Jahongir yozardi, Isroil esa chizardi.
Substantsial yondashuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli gap ham qo‘shma gap sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, modallik (kesimlik) ma’nolari birdan ortiq ifodalanadi. Bu esa semantik nuqtai nazardan ularning har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi.
Qo‘shma gap tarkibiga kiruvchi sodda gap orasida teng yoki tobe sintaktik aloqa mavjud bo‘ladi. Agar u teng bog‘lovchi yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, tenglanish deyiladi: 1.O‘g‘lim keldi va to‘yni boshlab yubordik. 2. Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi. To‘g‘ri, bu gaplar orasida sabab-oqibat aloqasi mavjud va ularni mazmunan tobe-hokim gaplarga kiritish mumkin. Biroq gaplarda mazmunan tobelik, shaklan tenglik mavjud bo‘lganda, formal yondashuv gaplarni teng munosabatli qo‘shma gap sifatida qaraydi. Shu boisdan bog‘lovchili qo‘shma gap bog‘lovchining tabiatiga ko‘ra, bog‘langan qo‘shma gap va ergash gapli qo‘shma gapga ajraladi.
Sodda gapdagi tenglanish va tobelanish qo‘shma gaplardagi tenglashish va tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda qo‘rinadi:
1) sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga keltiradi. Aniqrog‘i, teng aloqa uyushiq bo‘laklarni o‘zaro bog‘laydi: 1.Yashil o‘rmonlar va qorli tog‘lardan o‘tdik. 2. Javohir o‘qir va yozar edi. So‘z birikmalarini faqat tobe aloqa vujudga keltiradi: kitobning varag‘i, kitobni o‘qimoq kabi. Qo‘shma gapda esa teng va tobe aloqa bitta lisoniy birlik – qo‘shma gapning turli ko‘rinishi uchun xizmat qiladi.
Tobe va teng bog‘lovchi vosita bir xil semantik munosabatni ifoda etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma’no kuchli yoki kuchsizligi bilan farqlanadi: Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi – Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi. Har ikkala qo‘shma gap a’zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati mavjud. Gaplarning ikkinchisida u kuchli, birinchisida kuchsiz. Gaplarning propozitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat va bog‘lovchisi buni kuchsiz, shuning uchun bog‘lovchisi kuchli namoyon qilgan;
2) sodda gapdagi teng bog‘lanish qo‘shma gapdagi teng bog‘lanishga nisbatan mustaqil. Chunki sodda gapda teng bog‘lanish uyushuvlik bilan «yo‘ldosh». U sodda gapni kengaytirish vazifasini bajarsa, qo‘shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi;
3) tenglanish va tobelanish aloqasi ifodalaydigan ma’noviy munosabati jihatidan sodda va qo‘shma gap farqlanadi. Sodda gapda bog‘lovchisizlik, asosan, tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo‘laklarda yuz beradi. So‘z birikmasi tarkibidagi grammatik vositali tobelanishni bog‘lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib bo‘lmaydi. Qo‘shma gapda esa ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham, bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham bog‘lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa turi bog‘lovchisiz aloqadir.1.Botirlari kanal qazadi, shoirlari g‘azal yozadi. (H.Ol.)2.Bor boricha, yo‘q holicha.3.Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. (Maqol) 4.Yuragida qanday dard bor – mana bu menga sir. (Oyb.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap o‘zaro tobe yoki teng bog‘lovchi vositasiz birikadi. Ammo bu gapda mazmuniy va intonatsion yaxlitlik kuchayadi. Chunki bog‘lovchi vosita, mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omili qo‘shma gap tarkibida yaxlitlikni tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa, boshqalari buning evaziga kuchayadi. Demak, bog‘lovchisiz qo‘shma gapda bog‘lovchi vositaning hissasi mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omili zimmasiga yuklatiladi.
Ko‘rinadiki, ikki yoki undan ortiq sodda gapning bir murakkab butunlikni tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy va intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi. Qo‘shma gapni tashkil etayotgan sodda gap ohang jihatidan mutlaq tugallikka ega bo‘lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy yakunlangan bo‘ladi. Bu nisbiylik mustaqil sodda gapdagi tugallanganlikdan farqlanadi. Qo‘shma gap tarkibida birikayotgan bir sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Natijada yangi modal ma’no vujudga keladi.
Qo‘shma gap tuzish uchun, birinchidan, kamida ikkita sodda gap bo‘lishi, ikkinchidan, bu sodda gaplar mazmunan munosabatga kirishgan bo‘lishi kerak.
Hamal kirdi – amal kirdi (maqol)
Sen kelmasang bo‘lmaydi bahor. (H.O)
Demak, qo‘shma gaplar mazmunan mos kelmaydigan har qanday gaplarning yonma-yon qo‘yilishidan yuzaga kelmaydi. Havo qirq daraja issiq, qo‘ylar sovuqdan qirilmoqda. Bu yil yomg‘ir mo‘l yoqqanligi uchun, ekinlar qurib ketdi, deb bo‘lmaydi, albatta.
Uchinchidan, qo‘shma gaplar birdan ortiq sodda gaplarning ma’lum grammatik aloqaga kirishidan tuziladi. Bunday qo‘shma gapning bog‘langan, bog‘lovchisiz, ergash gapli, turlari shakllanadi (Yuqoridagi misollarga qarang).
To‘rtinchidan, yonma-yon kelgan birdan ortiq sodda gaplar mazmunan bir-biriga bog‘lanshgan taqdirda ham, yaxlit, umumiy birlashtiruvchi intonatsiyaga ega bo‘lmasa, qo‘shma gap shakllanmagan bo‘ladi. Qiyoslaylik:
Bahor keldi. Dalalar ko‘m-ko‘k. (alohida sodda gaplar)
Bahor keldi, dalalar ko‘m-ko‘k. (Qo‘shma gap).
Keyingi holatda gaplar orasida nisbiy tugallangan intonatsiya bo‘lib, birinchi gapning mazmunini ikkinchi gapning mazmuni orqali tasdiqlash bor.
Demak, qo‘shma gapning shakllanishidagi yana bir muhim belgi birlashtiruvchi intonatsiyadir.
Yuqoridagilardan qo‘shma gapning quyidagicha ta’rifi kelib chiqadi: ikki va undan ortiq sodda gaplarning (yoki komponentlarning ) mazmun va grammatik munosabatidan tashkil topgan, bir butun birlashtiruvchi, yakunlovchi intonatsiyaga ega bo‘lgan sintaktik konstruksiyalar qo‘shma gap deyiladi.
Qo‘shma gap tarkibi qanchalik yoyiq – murakkab bo‘lmasin, unda komponentlarning tugallanganligini ko‘rsatadigan yakunlovchi intonatsiya mavjud bo‘ladi: Urug‘ yer ostida yotsa, hech kim u bilan qiziqmaydi, u qachon tuproqni yorib, yerni zumrad kabi bezasa, uning nima ekanligi ma’lum bo‘ladi, so‘ngra parvarish qilib, uni o‘stiradilar. (Q.D)
Qo‘shma gap sodda gap bilan tashqi – gaplik shakli, ichki kommunikativ vazifa ifodalash, tugallangan intonatsiyaga egaligi kabi umumlashtiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, unda quyidagi farqlovchi belgilar ham mavjud:
Struktural belgi. Qo‘shma gap birdan ortiq predikativ qo‘shilmalardan (sodda gaplardan ) tuziladi. Sodda gapda bitta grammatik markaz mavjud – u bitta predikativ qo‘shilmadan tashkil topadi. Masalan, Qarasam, qaramaysan; Qaramasam, qaraysan gapi to‘rtta predikativ markaz borligidan, murakkab qo‘shma gap hisoblanadi. Cho‘llar chaman sochdilar, Tashlab anduhlarini, Jaranglatib ochdilar Oltin sandiqlarini (T.T.) gapi, bitta predikativ markaz borligidan, sodda gap hisoblanadi.
Qo‘shma gapning materiali – uni tashkil etuvchi komponentlar – gaplar; sodda gapning materiali – uni tashkil etuvchi komponentlar gap bo‘laklaridir. Masalan, Toy – hozir Saidaning ostida ham yo‘rg‘alab borar, lekin bundan endi foyda yo‘q, chunki tortayotgan azobi zarracha ham kamaymas edi. (A.Q) gapi uch komponentdan – uch gapdan; Quyosh odamni isitadi (O.) gapi esa uch komponent – uchta bo‘lakdan tashkil topgan.
Mazmuniy belgi. Qo‘shma gapda birdan ortiq voqelik – hukm, xabar ifodalanadi, ya’ni qo‘shma gapning mazmuni murakkab bo‘ladi. Sodda gapda bitta voqelik ifodalanadi yoki bir sub’ektning belgi – xususiyatlariga doir hukm beriladi. Masalan, Mirzacho‘lni cho‘l demangiz, yam-yashildir hammayoq. (Q.); Mirzacho‘lning yam-yashil bog‘ va dalalarini aylandik gaplarining birinchisida, qo‘shma gap bo‘lganligidan, ikkita voqelik; ikkinchisida, sodda gap shaklida bitta voqelik ifodalangan.
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar: a) o‘zida ega va kesim munosabatini aks ettirish; b) nisbiy tugallangan fikr ifodalashi; d) intonatsiya jihatidan yarim mustaqillikka egaligi bilan gapga teng hisoblansa-da, ular alohida olingan sodda gaplar emas. Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar shuning uchun ham alohida olingan sodda gaplarday mustaqil emaski, ular qo‘shma gap doirasida boshqa gaplar bilan bog‘langan holda harakat qiladi. Bunda bir gap mazmunning reallashishi boshqa gapdagi voqelikning yuzaga kelishini taqozo qiladi. Demak, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuni, grammatik hamda intonatsion xususiyatlarini shu butunlikning umumiy mazmuni belgilaydi.Masalan, Paxta ochildi. Terim boshlandi (ikkita alohida, mustaqil sodda gap); Pahta ochildi, terim boshlandi; Paxta ochildi-terim boshlandi! Qo‘shilmalarida esa Paxta ochildi gapi keyingi gap bilan munosabatga kirishganligidan,oldingi mustaqilligini yo‘qotgan va nisbiy tugallangan intonatsiyaga ega bo‘lib qolgan.
Qo‘shma gaplar mazmun va grammatik jihatdan, komponentlarning sintaktik aloqaga kirishishi nuqtai nazaridan, uch yirik turga ajraladi. Bular: 1) bog‘langan qo‘shma gap, 2) ergashgan qo‘shma gap, 3) bog‘lovchisiz qo‘shma gap.
Qo‘shma gap qismlarining birikish usullari mavjud bo‘lib, ular parataksis va gipotaksis sanaladi.
Parataksis so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, bog‘lanish, qator tuzish degan mazmunni ifodalaydi.
Parataktik qurilmalar qismlari orasida turli mazmun munosabatlarining ifodalanishida shu qismlar tarkibidagi gap bo‘laklarining ma'nosi va o‘rinlashishi, ularning semantik va grammatik o‘zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo‘llanishi, gaplarning intonatsiyasi kabi omillar asosiy rol o‘ynaydi: Urushdan faqat boylar manfaat topdi, ammo kambag‘allar xonavayron bo‘ldi. (Jurn.)
Gipotaksis so‘zi ham grekcha so‘z bo‘lib, gaplarning o‘zaro ergashtiruvchi vositalar yordamida tobelashishini anglatadi.
Ergash gap bosh gapni izohlaydigan va mazmunan unga tobe bo‘lgan qismdir. Ergash gap turli tobelashtiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog‘lanadi: Shundan bilamizki, mushtumzo‘rlar tipirchilab qoldi. (A.Q.)
Qo‘shma gapning tarkibidagi qismlar o‘zaro bir-biriga intonatsiya va yordamchi vositalar bilan bog‘lanadi.
Intonatsiya qo‘shma gapning hamma turida ishtirok qiladigan universal vosita sanaladi. Qo‘shma gapning shakllanishidagi ishtirokiga ko‘ra, intonatsiya bosh va yordamchi rolni o‘ynaydi. Intonatsiya bosh rolni o‘ynaganda sintaktik aloqa faqat intonatsiya orqali ifodalangan bo‘ladi. Yordamchi rol o‘ynaganda boshqa vositalar ishtirok etadi.
Yordamchi vositalar o‘z xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Grammatik vositalar. Qo‘shma gapni hosil qiluvchi grammatik vositalarga bog‘lovchilar, ko‘makchilar, yuklamalar. Kelishik shakllari kiradi.
2. Leksik-grammatik vositalar. Qo‘shma gapni tuzishda xizmat qiluvchi leksik-grammatik vositalarga sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart fe'li, buyruq fe'li shakllari kiradi.
3. Leksik vositalar. Maxsus leksik vositalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Qo‘shma gaplarni hosil qilishda kirish va kiritma konstruktsiyalar ishtirok etadi. Ular izohlash, qiyoslash munosabatini ifodalaydi: Lekin bu narsa Qalandarovning taftini bosolmadi, aksincha, yuragiga o‘t yoqildi. (A.Q.)
2. Payt munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda shundan buyon, shundan keyin, shu paytda, shunda, unda so‘zlari qo‘llanadi.
3. Qo‘shma gapni tuzishda olmoshlarning, asosan, ko‘rsatish va nisbiy olmoshlarning roli bor. Shunday ayollar bo‘ladi: ular ishqni e'tiqod kabi muqaddas tutadi.(O.)
4. Qo‘shma gapning har ikki qismida bir xil vazifa yoki har xil vazifadagi so‘z takrorlanadi: Mening domlam yo‘q, domlam ikki ko‘zim .(A.Q.)
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplar bilan o‘xshashlik va farqli tomonlarga ega. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik quyidagilardan iborat: gap bo‘laklarining ishtirok etishi, so‘z birikmalarining mavjudligi, ega-kesim munosabatlarining bo‘lishi. Farqli tomonlari shundaki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplarga nisbatan mustaqilligini yo‘qotgan bo‘ladi, fikriy, intonatsion tugallikni to‘liq ifodalamaydi.
Demak, gapni tashkil etgan sodda gaplar mazmuni, grammatik qurilishi va intonatsiyasi bilan alohida qo‘llanuvchi mustaqil sodda gaplardan farq qiladi.
Teng bog‘lovchilar orqali birikkan biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo‘lmagan, teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan shaklan mustaqil mazmunan o‘zaro bog‘langan gaplardan shakllangan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap sanaladi. Bunday qo‘shma gap qismlarining bir-biriga bog‘liqligi ularning tuzilishida, kesimlarining semantik va grammatik munosabatda, umumiy gap bo‘laklarining mavjudligida ham ko‘rinadi. Shuning uchun ham bog‘langan qo‘shma gap, qancha gaplardan tashkil topmasin, yaxlit yagona bir qurilmani tashkil qiladi.
Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, zidlov munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar va bog‘lovchi vazifasida keluvchi –da, -u (-yu) yuklamalari orqali birikadi.
Bog‘langan qo‘shma gaplarda birinchi gap, odatda, erkin holda tuzilgan bo‘ladi, keyingi gap esa bog‘langan qo‘shma gap komponentlari orasidagi munosabatga bog‘liq holda shakllanadi. Shuning uchun ham bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda sodda gaplarni biriktirish uchun teng bog‘lovchilar qo‘llanadi. Ergash gapli qo‘shma gaplarda esa tobe bog‘lovchi va nisbiy so‘zlar (kim, nima, qanday, shunday) qo‘llanadi.
2. Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari har vaqt ma'lum shaxs, zamon ko‘rsatuvchi mustaqil shaklda bo‘ladi. Ergash gapli qo‘shma gap kesimlari esa ravishdosh, sifatdosh, shart fe'li orqali ifodalangan tobe shaklda bo‘ladi.
3. Bog‘langan qo‘shma gapda sanash, qiyoslash intonatsiyasi bo‘lsa, ergash gapli qo‘shma gaplarda tobelantiruvchi yoki izoh intonatsiyasi bo‘ladi.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro aloqasi quyidagi mazmun munosabatlari ifodalanadi:
1. Qiyolash munosabati. 2. Biriktiruv munosabati. 3. Ayiruv munosabati. 4. Sabab va natija munosabati. 5. Izohlash munosabati.
Har qanday grammatik shakl, shu jumladan bog‘langan qo‘shma gaplarning grammatik shakli ikki xil ma'noga – umumiy va xususiy grammatik ma'noga ega.
Biriktiruvchi bog‘lovchilar umumiylik vazifasini, ergashtiruvchi bog‘lovchilar xususiylik vazifasini bajaradi.
Biriktiruvchi, ayiruvchi bog‘lovchilari orqali shakllangan bog‘langan qo‘shma gaplarda ochiq strukturali qo‘shma gaplardir.
Zidlov bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari, faqat bog‘lovchisi, -u(-yu) yuklamalari yordamida shakllangan bog‘langan qo‘shma gaplar yopiq strukturali qo‘shma gaplardir.
Ba'zan bog‘langan qo‘shma gaplarda –b (-ib) ravishdosh va –sa shart fe'li shakli grammatik shakl sifatida ishtirok etadi. Bunday qo‘shma gaplarning ham strukturasi yopiq struktura hisoblanadi.
Qiyoslash munosabatini ifodalagan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning intonatsiyasi bir xil bo‘lmaydi. Bunda qo‘shma gapning birinchi qismi ko‘tarilgan intonatsiya bilan, ikkinchi qismi esa pasaygan intonatsiya bilan talaffuz etiladi; har ikki qism o‘rtasida ancha sezilarli pauza bo‘ladi. Qo‘shma gap tarkibidagi qiyoslanayotgan bo‘laklarga kuchli mantiqiy urg‘u tushadi. Bu urg‘u bo‘lsa, esa fe'llari yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda kuchli bo‘ladi: Otabek dahshatlanib yonidigagi Aliga qaradi, Ali esa labini tishlab turar edi. (A.Q.)
Qiyoslash mazmun munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar zidlash, qiyoslash, izohlash kabi turli ma'no ottenkalarini ro‘yobga chiqaradi.
Qo‘shma gap qismlarining umumiy mazmun yoki gaplar tarkibidagi ayrim bo‘laklar biror tomondan bir-biriga zid qo‘yiladi. Zidlash munosabatini ifodalovchi qo‘shma gap qimlari asosan ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari orqali birikadi. Qiyoslash orqali voqea, hodisa, predmet va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi farqlar ochiladi. Qiyoslash mazmuni asosan bo‘lsa, esa fe'lari, yuklamalar, zidlov bog‘lovchilari vositasida ifodalanadi. Bu xil qo‘shma gap qismlarining tuzilishida ma'lum parallelizm bo‘ladi. Qiyoslanayotgan bo‘laklarning xususiyatlaridagi farqlar ochiladi.
Bog‘langan qo‘shma gap izohlash munosabatini ifodalaydi. Bunda qismlarning tarkibidagi ayrim bo‘laklarning ma'nosi birinchi qismning umumiy mazmuni izohlanishi mumkin. Izohlovchi gap ikkinchi o‘rinda kelib, birinchi gapning har bir bo‘lagi izohlanishi mumkin.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma'lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea, hodisa, harakatlarni biriktirib keladi va bu bilan uyushiq bo‘laklarni eslatadi. Bunday qo‘shma gaplarning qismlari biriktiruv bog‘lovchilari: va, ham, hamda; bo‘lsa, esa yordamchilari; yuklamalar yordami bilan bog‘lanadi.
Biriktiruv munosabatiga kirishgan qo‘shma gaplarning qismlari ko‘pincha mazmunan o‘zaro jips bog‘lanadi, birining mazmuni ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi, turli mazmun ottenkalari, emotsional ma'nolar ifodalanadi.
Biriktiruv munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda qanday qo‘shimacha mazmun ottenkasi ifodalanmasin, qo‘shma gap qismlaridan anglashilgan harakat, holat, xususiyat ma'lum bir paytda ro‘y beradi.
Bog‘langan qo‘shma gapning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan mazmun, odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi., biri ikkinchisini izohlamaydi. Ammo qo‘shma gap qismlari mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan yoki bir turdagi tushunchalarni ifodalaydi. Qo‘shma gap qismlari umumiy bir fikrni, tushunchani, niyatni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu bir tushunaning, niyatning elementlari sanaladi. Bunday semantik aloqa ayiruv munosabati deyiladi. Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu'lalar jim-jim o‘ynashadi, goh ko‘lankalar yonib ketadi, goh shu'lalarni ko‘lankalar yutadi. (O.)
Ayiruv munosabatini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro ayiruv bog‘lovchisi va ba'zan, hali, bir kabi ayrim leksik elementlar yordami bilan bog‘lanadi.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining biri ma'lum voqea, hodisa, holatning ro‘y berishiga sabab bo‘lgan voqea, holatini ikkinchi qism esa shu sabab asosida ro‘y bergan voqea, hodisa. Holatini ifodalaydi.
Sabab-natija munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar o‘zaro biriktiruv bog‘lovchisi yoki –u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi. Bundan tashqari, intonatsiya, mantiqiy urg‘u va modal so‘zlar orqali ham sabab-natija munosabati ifodalanadi. Qiz yalt etib Jamolga qaradi-yu, yuragi hovliqib ketdi. (O.)
Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan gaplarning so‘nggisi oldingi aytilgan gaplarning mazmuniga qo‘shimcha umumiy izoh bo‘ladi, ular oldingi gaplarning mazmuniga aloqador bo‘lgan yoki shu mazmundan kelib chiqadigan biror qo‘shimcha xabarni ifodalaydilar.
Tarkibiy qismlarining o‘zaro semantik munosabatiga ko‘ra, bog‘langan qo‘shma qo‘shma gapning bu tipii ikki turga bo‘linadi:
1. Izohlash munosabatini ifodalaydi.
2. Qo‘shimcha ma'lumot berish uchun xizmat qiladi.
Bog‘langan qo‘shma gapning izohlash munosabatini ifodalovchi guruhida qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan umumiy mazmunni izohlaydi yoki so‘zlovchining birinchi qismning mazmuni haqidagi fikri, bahosi, munosabatini ko‘rsatadi.
Izohlash munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gapning qismlari o‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari (va, ham, hamda), zidlov bog‘lovchilari (lekin, ammo) bog‘lovchi vazifasidagi bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘lanadi, bunda har bir bog‘lovchi o‘z grammamatik ottenkasini saqlaydi.
Izoh munosabatini ifodalagan qo‘shma gaplarning tarkibida bu olmoshi bo‘ladi. Bu olmoshi turli vazifada qo‘llanadi va har doim qo‘shma gapning ikkinchi qismida bo‘ladi.
Bog‘langan qo‘shma gapning ikkinchi qismi qo‘shimcha ma'lumot ifodalaydi. Qo‘shimcha ma'lumot qo‘shma gapning birinchi qismi bilan bevosita bog‘lanishi, undan kelib chiqishi yoki birinchi qismning mazmuni bilan uzviy bog‘lanishi mumkin. Bu xil bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktirish uchun ham, hamda bog‘lovchilari ishlatiladi.
Ikkinchi qismida qo‘shimcha ma'lumot ifodalagan qurilmalar yana, tag‘in elementlarining yordami bilan birikadi: Men tayinlagan gaplar esingdan chiqib qolibdi, yana buning ustiga ichingdan boshqa gap to‘qib, yolg‘onchilik qilibsan. (S.A.)
Bog‘langan qo‘shma gap komponentlarining o‘zaro mazmuniy unosabatlari haqida qisqacha to‘xtalamiz:
1. BIRIKTIRISH MUNOSABATI. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari biriktiruvchi bog‘lovchilar yoki ularning funksiyasini bajaruvchi yuklamalar yordamida a’loqaga kirganda, ma’lum bir paytda yoki ketma-ket yuzaga chiqadigan harakat-holatlar birlashtiriladi va bu bilan uyushgan qisimlar hosil qilinadi.
1. Qo‘shma gap komponentlarida harakat-holat bir payitda yuzaga chiqadi:
Masalan: Chorpoyaning berigi yonida qarigan Abdurahmonboy va ikki katta o‘g‘li o‘tirar va bularning ro‘paralarida tuman boylaridan bir necha kishi o‘tirar edi. (S.Ayniy.) Haftalar o‘tdi ham tugaldi savdo. (Oybek.)
2.Harakat-holat ketma-ket yuzaga chiqadi.
Chiroq o‘ngga qayrilib g‘oyib bo‘ladi-yu , hayal o‘tmay yaqinroqdan ko‘zni qamashtiradigan yog‘du sochib chiqdi va bosinqi motor tovushi eshitildi. (A.Qahhor.)
2. AYIRUV MUNOSABATI. Bog‘langan qo‘shma gaplarning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan voqea-hodisa yoki harakat-holatlarning biri ro‘y berib, ikkinchisi ro‘y bermaydi va ular galma-gal ro‘y beradi. Bunday qo‘shma gaplar ayiruv munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplar deyiladi. Qo‘shma gap qismlari umumiy bir fikrni , niyatni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu umumiy bu fikrning elementlari hisoblanadi. Ayiruv munosabatini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gaplarning komponentlari o‘zaro ayiruvchi bog‘lovchilar yordamida birikadi.
Masalan: Ilgari ham kunlar shunday qizirmidi yo
Bu yil yoz issiqroqmi? (Oybek)
Bo‘yingizga bo‘ldim xumor
Yo siz keling yo men boray. (Folklor)
Yoki yer yomonmi? Urug‘ yomonmi?
Yo bo‘lmasa ayb havodami. (G‘.G‘ulom.)
Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (Oybek.)
3. SABAB – NATIJA MUNOSABATI. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining biridan anglashilagn mazmun ikkinchisining ro‘y berishiga sabab bo‘ladi:
Masalan: Anor so‘zlar va Zaynab qalbi
Tol bargiday dir-dir qaltrar. (H.Olimjon.)
Bu qo‘shma gapning ikkinchi qismi (Zaynab qalbining titrashi, qaltirashi) birinchi qismdan anglashilagn harakatning (anorning so‘zlashishining) natijasidir.
Qiz yalt etib Jamolga qaradi-yu, yuragi hovlib ketdi. (H.Olimjon.)
G‘amxonada qashshoqlik kuldi
Va oila tutday to‘kildi. (H.Olimjon.)
4. ZIDLASH (QIYOSLASH MUNOSABATI). Qo‘shma gap qismlaridan anglashilgan harakat-holat bir-biriga zid qo‘yilishi, qiyoslanishi mumkin. Bundan maqsab shuki, qismlardan anglashilgan belgi xususiyatlarini bir-biriga zid qo‘yish, ular orasidagi farqni ko‘rsatish, bir-biriga nomuvofiq ekanini o‘rsatishdir. Qo‘shma gap komponentlari o‘zaro zidlovchi bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi:
Masalan: Tovoqlar bo‘shadi, lekin so‘fi «savob» bo‘ladi deb, dasturxonga to‘kilgan guruchlarni og‘ziga solmoqda edi. (S.Ayniy) Xolmurod bilan ko‘p gaplashgusi kelar, lekin iloji bo‘lmas edi. (P.Tursun.)
Qiyoslash munosabati «bo‘lsa», «esa» bog‘lovchilari yordamida ham yuzaga chiqishi mumkin: Masalan: Kozimbek qilmishidan hijolat, Saida esa undan bir og‘iz so‘z kutar edi. (A.Qahhor) Sen shu ishni qilsang, boydan qutulasan, men bo‘lsam, o‘z maqsadimga yetaman. (Hamza.)
5. IZOHLASH MUNOSABATI. Bog‘langan qo‘shma gaplarning ba’zilarida komponentlarning biri ikkinchisining mazmuniga izoh bo‘ladi, uni to‘ldiradi. Komponentlar biri ikkinchisiga umumiy izoh bo‘lishi, yoki biror bo‘lakning ma’nosini aniqlashi, to‘ldirishi mumkin: Masalan: Mulla Hakim, bir nozik ish bor. Lekin xayrli ish.(Oybek.) Ertasiga ham ovchilar qaytmadilar va bu hol qishloq aholisini tashvishga soldi. Boyni zulmi borgan sari ortdi va bu hol esa xalqning g‘azabini yanada kuchaytirdi.
Bog‘langan qo‘shma gap komponentlari ba’zan teng bog‘lovchilarning yonma-yon kelishi natijasida ham bog‘lanishi mumkin:
Masalan: Hamon chopib borar
Va lekin ko‘kragi qon. (H.Olimjon.)
Og‘zaki nutqda «ammo», «lekin» bog‘lovchisi ham faol qo‘llanadi.
Qismlarining o‘zaro teng aloqaga kirishuvidan tuziladigan gap bog‘langan qo‘shma gap deyiladi. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari (va, hamda, ham), zidlov bog‘lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki), ayiruv bog‘lovchilari (yo, yoki, yohud, dam... dam, goh... goh, ba’zan... ba’zan, hali... hali, bir... bir), teng bog‘lovchi vazifasidagi –da, -u (-yu), na... na yuklamalari, shuningdek, bo‘lsa, esa yordamchilari vositasida bog‘lanadi.
Shunga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap.
2.Zidlov bog‘lovchilari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap.
3.Ayiruv bog‘lovchilari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap.
4.Teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap.
5.Bo‘lsa, esa yordamchi so‘zlari vositasida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap.
Biriktiruv bog‘lovchilari (va, hamda; ba’zan shu vazifadagi ham yuklamasi) yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlardan bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisalar anglashilib turadi. Masalan: haqiqat va to‘g‘rilikni sevadigan odam doim vijdoni farmoniga itoat qiladi va uning vijdoniga hech Kim hokim bo‘la olmaydi. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur.) Keng bog‘dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi va uning yaproqlari nurga intilib o‘sa boshladi. (O‘.Hoshimov.)
Zidlov bog‘lovchilari (lekin, ammo, biroq, balki) yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap qismlari mazmunan bir-biriga zid bo‘ladi. Masalan: Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilikda isrof bo‘lmaydi. («Ajoyib nasihatlar») Burni, qoshi, yana allaqaeri otasiga o‘xshardi, lekin Akbarov ham bir vaqtlar o‘g‘liday ajinsiz, quyuq qora sochli bo‘lganini tasavvur etish qiyin edi. (P.Qodirov).
Ayiruv bog‘lovchilari (yo, yoki, yohud, goh..., goh, dam..., dam, ba’zan..., ba’zan...) yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gapda birini tanlash lozim bo‘lgan yoki galma-gal ro‘y beradigan voqea-hodisalar ifodalanadigan qismlar birikadi.
a) yo (yo..., yo), yo..., yo bo‘lmasa; yoki (yoki..., yoki); yo..., yoki; xoh..., xoh bog‘lovchilari birini tanlash lozim bo‘lgan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni birlashtiradi. Masalan: YO ko‘k unga o‘z sirlarini ochishni tilamas, yo uning aql ko‘zgusi xiralashib qolgan. (O.YOqubov.)
b) goh..., goh; dam..., dam; ba’zan..., ba’zan bog‘lovchilari galma-gal ro‘y beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni bog‘laydi. Masalan, Ba’zan oy zarin kokillarini er yuziga yoyib yuboradi, ba’zan bulut oy yuzini qoplab oladi. (Oybek.)
Teng bog‘lovchilar vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gaplar qismlaridan bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisalar yohud mazmunan zid bo‘lgan voqea-hodisalar anglashilib turadi.
Bunda –u, (-yu), -da, na..., na yuklamalari biriktiruv bog‘lovchilarining vazifasini, -u (-yu) yuklamasi zidlov bog‘lovchilari vazifasini bajaradi. Masalan: Oyko‘l ilgari alohida xo‘jalik edi-yu, kattagina idorasi bor edi. (P.Qodirov.) Ikki tomondagi kitoblarga to‘lib turadigan qubbali javonlarda na bir kitob bor, na bir qo‘lyozma bor. (O.YOqubov.)
Bo‘lsa, esa so‘zlari vositasida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap qismlaridan bir vaqtda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisalar qiyoslanishi anglashiladi. Masalan: Oliy himmatli kishi, mard odam bir lahzada do‘st orttiradi, pastkash esa necha yillik oshnaligini bir lahzada barbod qiladi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur».)
Bog‘langan qo‘shma gapda tinish belgilarining ishlatilishi
1.Bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari yordamida biriksa, shuningdek yakka qo‘llanuvchi yo, yoki, yohud ayiruv bog‘lovchilari yordamida biriksa ular orasiga vergul qo‘yilmaydi. Masalan: SHamol tag‘in shu tomonga burildi va ingichka, qo‘ng‘iroqday ovoz jaranglab eshitildi. (O‘.Hoshimov.)
2. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari zidlov bog‘lovchilari yordamida biriksa, bunday bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan: Qorong‘ida buloq suvining o‘zi ko‘rinmas edi, ammo shildirashi aniq eshitilar edi. (P.Qodirov.)
3.Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlar bo‘lsa, esa so‘zlari vositasida biriksa ham, ular orasiga vergul qo‘yiladi. Masalan: Harakatchan kishilar odatda omadli bo‘ladilar; aksincha qiladigan ishlarini hadeb o‘ylayveradigan va sustkashlik qiladiganlarga esa omad kamdan-kam nasib etadi. (Gerodot.)
4.Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlar takrorlanuvchi ayiruv bog‘lovchilari yoki inkor yuklamasi yordamida biriksa, takrorlanib kelgan yordamchidan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan: Goh supa chetiga ekilgan rayhon hidi dimog‘iga urilardi, goh tom orqasidagi yo‘ng‘ichqazorda hasharotlarning bir qiyomda chirillashi e’tiborini tortardi... (P.Qodirov.)
Qo‘shma gap tahlil quyidagicha bo‘ladi:
Men aql bilan hayoni eng yaqin va ajralmas do‘st deb bilaman, biri yo‘qolsa, ikkinchisini ham topib bo‘lmaydi. (K.D.)
Qo‘shma gap.
2. Uchta predikativ qo‘shilmadan tashkil topgan.
3.Har qaysi gapning o‘z ega va kesimi bor faqat uchinchi gapda ega yo‘q-shaxssiz gap
Har qysi gapda nisbiy tugallangan fikr ifodalangan.
5. Har qaysi komponent gapga xos nisbiy tugallangan intonatsiyaga ega;
6. Komponentlar mazmun va grammatik jihatdan ma’lum munosabatga kirishgan.
7. Qo‘shilma yaxlit bir tugallangan intonatsiyaga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis.- T.,1976.
3. G‘ulomov A.G‘., Asqarova M., Hozirgi o‘zb`ek adabiy tili.- T., 1987.
4. Mamajonov A. Qo‘shma gap stilistikasi.- T.: Fan, 1990.
5. Asqarova M. Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar. –T., 1960, 6-7-betlar.

2-MAVZU: Ergashgan qo‘shma gap. Ergashgan qo‘shma gap - bosh va ergash gaplarning tobelik munosabati asosida vujudga keladigan sintaktik birlik sifatida. Bosh va ergash gap, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Ergashtruvchi bog‘lovchilar, shu vazifadagi ayrim yuklamalar, ko‘makchilar, nisbiy so‘zlar, turli fe’l shakllari (fe’lning shart, buyruq-istak shakllari. shuningdek, ravishdosh, sifatdosh va to‘liqsiz fe’l ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar ekanligi.

REJA:
1.Ergashgan qo‘shma gapva uning o‘ziga xos grammatik xususiyatlari.
2. Bosh va ergash gaplar.
2. Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni bog‘lovchi vositalar.

Tayanch tushuncha va iboralar: Ergashgan qo‘shma gap, bosh (hokim) gap, ergash (tobe) gap, bog‘lovchi vosita, ergashtiruvchi bog‘lovchi, fe’l shakllari.



Birdan ortiq predikativ birliklarning intonatsion hamda grammatik jihatdan o‘zaro tobelanishi va biri ikkinchisining mazmunini izohlashi natijasida hosil bo‘luvchi qo‘shma gap turi ergash gapli qo‘shma gaplar deb yuritiladi. Ergash gapli qo‘shma gap ikki qismdan tashkil topadi: hokim-komponent va tobe komponent. Hokim komponent odatda bosh gapdan iborat bo‘ladi. Ergash gapli qo‘shma gap komponentlari o‘zaro ergashtiruvchi bog‘lovchilar nisbiy so‘zlar, so‘z shakllari, tobelanish intonatsiyasi kabi sintaksis vositalar yordamida bog‘lanadi. Bog‘lovchi vositalarning ko‘pchiligi, asosan, ergash gap tarkibida kelib, uning tobe ekanligining ko‘rsatib turadi. Ergash gap bosh gapga nisbatan ma’lum bir sintaktik vazifani bajaradi. Bosh gapdagi biror bo‘lakning ma’nosini ochadi yoki bosh gapning umumiy mazmunini ma’lum bir tomondan izohlaydi, konkretlashtiraldi. Shuning uchun ham ergan gaplar vazifasi jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lib, ularning ayrimlari yoyiq gap bo‘laklariga va oborotlarga sinonim hisoblanadi.
Ergash gaplarning turlarini belgilashda faqat bog‘lovchi vositalarnigina emas, ergash gapning bosh gapga nisbatan qanday vazifani bajarishini (u bosh gapga nisbatan qanday bog‘lovchi yordamida bog‘langan bo‘lishidan qat’iy nazar) hisobga olamiz.
Ergash gaplar shaklan hamda mazmun jihatdan tobe hisoblansa-da, unda predikativ xususiyati mavjudligi bilan ma’lum bir mazmunni ifodalay oladi.
Ergash gapli qo‘shma gaplardagi har bir komponent mazmunan nisbiy mustaqildir. Ular bosh va ergash gaplardan iborat bo‘lishidan qat’iy nazar, bir-biriga umumiy mazmun talabi bilan bog‘lanadi. Ergash gap bosh gapga ergashadi, bosh gapni aniqlab, to‘ldirib, turadi. Ergash gapli qo‘shma gaplarning har ikkisi komponenti o‘zida predikativlik munosabatini ifodalagan bo‘lishi kerak: ulada gapni tashkil etuvchi asosiy sintaktik markaz – ega va kesim bo‘lishi shart. Lekin shuni aytish kerakki, ba’zan ergash gapli qo‘shma gap komponentlarida ega yashiringan bo‘lishi ham mumkin: Kelsam, ketib qolibsiz.
Ergash gaplar ma’lum bir intonatsiya bilan bosh gapdan ajralib turishi kerak. Nur borki, soya bor. (O‘.H.)
Bu xususiyat ergash gapni bosh gap qilig‘ turuvchi eng asosiy omil hisoblanadi. Ayrim predikativ xarakterdagi yoyiq bo‘laklarning ergash gap sanalmay, birikmali gap bo‘laklari hisoblanishiing sababi ham ana shu bilan izohlanadi: Men ma’nosi to‘la maqolni yaxshi ko‘raman. (Oybek.) Ko‘zi o‘ynagan odamdan yaxshilik kutib bo‘lmaydi.
Yuqoridagi konstruksiyalardagi «ma’nosi to‘la» «ko‘zi o‘ynagan» birikmalari predikativlikni ifodalasa ham, ergash gap sanalmaydi, chunki ularda intonatsion jihatdan ajralib turish sezilmaydi. Shuning uchun ham bunday konstuktsiyalar birikmali bo‘laklar hisoblanadi.
Birikmali bo‘laklar ko‘proq sifat va sifatdoshlarga o‘xshab , predmetning aktiv av passiv belgisini bildiradi va gapda aniqlovchi, otlashganda esa, to‘ldiruvchi, hol funksiyalarini bajaradi:
O‘g‘li borning o‘rni bor,
Qizi borning nozi bor.
Ergash gapli qo‘shma gaplarda tobe komponent hokim komponent – bosh gapga quyidagi sintaktik vositalar yordamida birikadi:
A) Ergashtiruv bog‘lovchilar:
-ki bog‘lovchisi – bu bog‘lovchi ergash gapli qo‘shma gap tarkibida ancha keng faol qo‘llanib, hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan, deyarli, hamma ergash gap turini bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi:
Shuni unitmaginki, kitob kishining do‘stidir.
Ya`na aytki, bu xalq sira o‘lmaydi. (H.Olimjon)
-ki bog‘lovchisida sodda gaplarda ham ishlatiladi. Uning sodda gapdagi vazifasi uni ko‘proq yuklamaga yaqinlashtiradi.
-ki bog‘lovchisi ikki o‘rinda:
a) ergash gap kesimi tarkibida: Onang borki, baxting barqaror.
b) bosh gap kesimi tarkibida qo‘llanadi: Shunday odamlar bo‘ladiki, ular faqat o‘zlarini o‘ylaylaydilar. (P.Tursun)
Chunki bog‘lovchisi. Bu bog‘lovchi, asosan sabab ergash gaplarni bosh gapga bog‘lab keladi va ergash gap tarkibida qo‘llanadi:
Bugun u juja xursand, chunki dadasi kelgan.
Aldamoqqa qalbing qodirmas,
Chunki farishtasan bebaho. (L.)
Chunki yordamida bog‘lanadigan sabab ergash gaplar uyushib kelishi ham mumkin, bunday paytda chunki bog‘lovchisi har bir ergash gap tarkibida takrorlanib kelishi kuzatiladi.
3. Negaki bog‘lovchisi so‘roq olmoshidan yasalgan bo‘lib, voqening yuzaga kelishi sababini aniqlash uchun ishlatiladi. «NYeGAKI» bog‘lovchisi «CHUNKI» bog‘lovchisining sinonimi hisoblanib, u ham asosan, sabab ergash gapni bog‘laydi va ergash gap tarkibida keladi:
-Oyqiz buning sababini ham surishtirmadi, negaki boshqa brigada boshliqlari ham kelishlari kerak edi. (SH.Rashidov)
4.Sababki bog‘lovchisi ham chnki, negaki bog‘lovchlarining sinonimi xisoblanib, sabab ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi:
Bu to‘g‘rida u kishidan o‘pkalamadi, sababki ozodlik nima ekanini ozodlikdan mahrum bo‘lgan odam biladi. (A.Qahhor)
5.Shuning uchun bog‘lovchisi sabab ergash gaplarni bosh gapga bog‘laydi va bosh gap tarkibida keladi:
Siz oilaning buyuk ma’nosini tushunmaymiz, shuning uchun ham oila sizga buyuk xursand bag‘ishlamaydi.
Shuning uchun bog‘lovchisi o‘rnida shu sababli, shu sababdan, shuning orqasida, buning uchun shunday bo‘lganidan keyin kabi bog‘lovchilar ham qo‘llanib keladi. SHuning uchun bog‘lovchisi og‘zaki nutqda « SHUNGA» holida keladi:
Otasi o‘g‘lini bir oz koyigan edi, shunga xafa bo‘lib o‘tiribdi.
6. Shekilli bog‘lovchisi yordamida tuzilgan ergash gapli qo‘shma gapning ergash gapi tusmol, taxmin mazmunlarini bildiruvchi sabab ergash gapdan iborat bo‘ladi:
Mahkam birdan shuncha aybni ko‘tarolmadi shekilli, ovozi titrab eshitildi. (P.Qodirov) Shekilli bog‘lovchisi ergash gap tarkibida keladi.
7. Agar bog‘lovchisi. Shu bog‘lovchi shart ergash gapni bosh gapga bog‘laydi, shart ergash gap shu bog‘lovchi bilan boshlanadi. Ergash gapning kesimi shart fe’li shaklidan ifodalanadi;
Agar ruhsat bo‘lsa, ketsam men. (H.Olimjon)
Basharti, mobodo, bordi-yu bog‘lovchilari ham o‘zaro sinonim ravishda shart ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi.
8. Garchi, harchand, garchand bog‘lovchilari to‘siqsiz ergash gaplarni bosh gapga bog‘laydi: Garchi u bu gapni ilgari eshitgan bo‘lsa ham, hozir esida yo‘q
9. Go‘yo bog‘lovchisi yordamida o‘xshatish mazmunidagi ergash gaplar bosh gapga bog‘lanib keladi: Go‘yo hamma uningsiridan voqif bo‘lganday, yigit qizarib ketdi. (Oybek) Go‘yo quyosh oyni kuzatganidek, o‘t bo‘lib orqangdan kezmoqdaman men. (Uyg‘un)
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, o‘xshatish ergash gap go‘yo bog‘lovchi bilan boshlanadi, uning kesimi «-ganday», «-ganidek» qo‘shimchali fe’l shakllaridan ifodalanadi.
10. Toki bog‘lovchisi yordamida quyidagi ergash gaplar bosh gapga bog‘lanib keladi: a) maqsad ergash gap: Yaxshilab ta’ziringni berish kerak, toki boshqalarga namuna bo‘lsin. (P.Tursun)
b) payt ergash gap: Tanamda toki jonim bor, Unutmasman seni hargiz. (Qo‘shiq)
Toki jonim bo‘lar eakn tanamda, Do‘stlik kuyin kuylay ulug‘ Vatanda. (G‘.G‘ulom)
O‘zbek tilida ergash gapli qo‘shma gap qismlarini biriktirishda bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi ayrim so‘zlar muhim rolp o‘ynaydi. Bunday so‘zlardan biri «demoq» fe’lidir. Bu so‘z deb, deguncha, degan kabi shakllarda qo‘llanib, ergash va bosh gaplarni bir-biriga bog‘laydi:
a) maqsad ergash gap+bosh gap:
11. Deb bog‘lovchisi ba’zan og‘zaki nutqda «deyishib» shaklida qo‘llanishi mumkin: Qizlar, birov eshitib qolmasin deyishib, sektin-sekin gaplashishar edi.(Og‘zaki nutqda)
b) to‘ldiruvchi ergash gap+bosh gap: Ajoyib odamlar o‘tgan ekan deb, Suratinga boqaman to‘ymay.
d) pyt ergash gap +bosh gap: Bahor keldi deguncha, eshon bir yoqqa jo‘naydilar. (P.Tursun)
e) aniqlovchi ergash gap +bosh gap: Hisobli do‘st ayrilmas, degan gap bor.
B) Fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakt nomishakllari ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi asosiy grammatik vositalardan hisoblanadi. Fe’lning funksional shakllari ergash gapning kesimi ergash gapning kesimi vazifasida keladi.
1. Sifatdoshning –gan, -r,(ar) affiksini olgan shakllari ergash gaplarning kesimi bo‘lib, keladi va egalik, kelishik qo‘shimchalari , ko‘makchilar bilan birga qo‘llanadi: - Kunlar isigan sari, ko‘katlar ham quyuqlashar, o‘sib, ulg‘ayib, chiroyiga chiroy qo‘shardi. (Sh.Rashidov) Jahl kelganda, aql ketar. (Maqol)
Rais gap boshlagandan keyin, zalda shovqin tindi. (A.Q.)Tong otar-otmas, biz yo‘lga chiqdik. Nazokat shunday hayollar bilan kelarkan, birdan qulog‘iga g‘alati ovoz kirdi. (S.Ahmad)-Umrzoq ota nasihat qilgani bilan, Oyqiz ko‘nmadi. (Sh.Rashidov)
2. Ravishdosh orqali birikish. Ravishdoshning hamma shakli qo‘shma gapda ergash gap kesimi tarkibida kelib, uni bosh gapga bog‘laydi.
- b, -ib shakli:
a) ravish ergash gapni: Mastura, ko‘zlari jovdirab, avval dekanga, so‘ng kafedra mudiriga qaradi.
b) payt ergash gapni: Kuz kelib, daraxtlarning bargi sarg‘aya boshladi.
d)sabab ergash gapni: Boshimizga g‘am tushib, shodlikni unitganmiz. (H.Olimjon)
-gach, (-kach, -qach) shakli:
a) sabab ergash gapni: Otasi o‘sha kuni kelmagach, ularni vahima bosdi. (A.Qahhor) Suv bo‘lmagach, hamma ekin qurib ketadi.
b) payt ergash gapni: Qo‘ng‘iroq chalingach, hamma auditoriyaga kirdi.
-may shakli:
a) shart ergash gapni: Yer ko‘karmay, mol to‘ymas. (Yer ko‘karmasa, mol to‘ymas)
-guncha, (-quncha, -kuncha) shakli:
a) payt ergash gapni: O‘rmat shov-shuv ko‘tarmaguncha, jim turish kerak. (Oybek)
b) daraja-miqdor, ravish ergash gapni: Enkayganga enkaykin, boshing yerga tekkuncha, Kekkayganga kekkaygin, bosh osmonga yetkuncha. (Maqol)
d) qiyos ergash gapni: O‘ychi o‘yiga yetkuncha, tavakkalchi uyiga yetibdi. (Maqol) Yigitning so‘zi o‘lguncha, shaytonning bo‘yni uzulsin. (Maqol)
3.Harakat nomi yordamida ergash gaplar bosh gapga birikkanda, ergash gap kesimining tarkibida ko‘makchilar ham qo‘shilib keladi. Harakt nomining -sh) –ish), -v (-uv) shakllari «bilan» ko‘makchisi yordamida qo‘llanib, payt ergash gaplarni bosh gapga bog‘laydi: Rais chiqib ketishi bilan, majlisning salobati yo‘qoldi. (A.Qahhor) Bir qaldirg‘och kelishi bilan, bahor bo‘lmaydi. Atirgul kelishi bilan, sevgi haqidagi suhbat yana qizib ketdi.(Oybek) Latofat ko‘zdan uzoqlashuvi bilan, Slobirjon o‘kina boshladi. (O.YOqubov)
Shart fe’li yordamida birikish.
Fe’lning shart shakli sodda gapda, ko‘pincha, shart holi vazifasida keladi. Mas: Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.
Qo‘shma gapda esa shart fe’li quyidagi ergash gaplarning kesimi vazifasida keladi:
a) shart ergash gapning kesimi:
Sevgilarning agar bo‘lsa rost,
So‘zla bir oz sevgingga xos. (H.Olimjon)
b) payt ergash gapning kesimi:
Bahor kelsa, ochilar gullar,
O‘rmonlarda sayrar bulbullar.
d) sabab ergash gapning kesimi:
Sen bo‘lmasang bahor bo‘lmaydi,
Ochilmaydi bog‘larda gullar. (H.Olimjon)
-Qaydin olsin she’rni shoir,
Bo‘lmasa ilhomchisi. (A.To‘qay)
Shart fe’li ba’zan istak mazmunini bildiruvchi sodda gaplarning kesimi bo‘lib keladi va ergash gap sanalmaydi.
Dunyoning tinchligi buzimasa hech,
Umrbod urushga berilsa barham.
Tarkibida nisbiy olmoshlar ishtirok etadigan quyidagi ergash gaplarning kesimi shart fe’lidan iborat bo‘ladi:
e) ega ergash gapning kesimi: Kim or-nomusning qadriga yetsa, u bizdan ajralmaydi. (A.Qahhor) Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. Odamlar nimaki degan bo‘lsalar, hammasi rost. (A.Qahhor)
f) aniqlovchi ergash gapning kesimi:Kimning dili to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi.
h) to‘ldiruvchi ergash gapning kesimi: Kimda harakat bo‘lsa, unda barakat bo‘ladi. Onasi nimani o‘rgatsa, bolasi ham shuni qiladi. (P.Tursin)
i) o‘lchov-daraja ergash gaplarning kesimi: Mehnat qanchalik qiyin bo‘lsa, samarasi shunchalik shirin bo‘ladi.
j) qiyoslash-chog‘ishtirish ergash gaplarning kesimi: Qizlar ishq haqida kuylasalar, Yigitlar vafo haqida qo‘shiq aytardilar.
l) o‘rin ma’nosidagi ergash gaplarning kesimi: Qayerda rahbari yaxshi bo‘lsa, o‘sha yerda intizom mustahkam bo‘ladi. Qayerda do‘stlik bo‘lmasa, shu yerda ishning rivoji ham bo‘lmaydi. (O.Yoqubov)
m) payt ergash gaplarning kesimi: Qachonki or-nomusga tegadigan bo‘lsa, qo‘lga qurol olinadi.(Sh.Rashidov)
Shart fe’li «ham», «-da» yordamchilari bilan birga kelib, to‘siqsiz ergash gapni bosh gapga bog‘laydi: Yo‘lchi qancha takrorlasa ham, Yormat buni payqamas edi.
«KERAK» so‘zi bilan birga qo‘llangan shart fe’li gumon, taxmin mazmunini ifodalovchi sabab ergash gaplarning kesimi bo‘lib keladi: Yozayotgan narsasi juda qiziq bo‘lsa kerak, dambada iljayib qo‘yardi. (A.Qahhor) Kimdir tashqarida kutib turgan bo‘lsa kerak, Shoira tez-tez deraza tomonga qarab qo‘yardi.
Buyruq fe’li yordamida birikish.
Buyruq fe’li shart fe’liga nisbatan nofaolroq bo‘lib, bu vosita, asosan, o‘rin ergash gapni bosh gaga bog‘lashda ishtirok etadi, bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi: Ular qayerga bormasin, do‘stlik qo‘shig‘i baralla yangraydi.
Yuklamalar yordamida birikish.
Yuklamalar sodda gapdagina emas, qo‘shma gaplarda ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vosita hisoblanadi.
-ku, -mi yuklamalari ergash gapli qo‘shma gapda ergash yoki bosh gapning kesimi tarkibida keladi va komponentlarni biriktiradi.
-ku, -mi yuklamalari, asosan, quyidagi ergash gapga ergashtiradi:
a) to‘ldiruvchi ergash gaplarni: O‘zingiz bilasiz-ku, qo‘ldan berganga qush to‘ymaydi. (Oybek) Sharofat bu gapga ishondimi-ishonmadimi, buni bilish qiyin edi. Bilasizmi, Muhabbat ikkimiz umrbod birga yashash uchun dunyoga keganmiz.(I.Rahim)
b) payt ergash gaplarni: Kecha kuchqurun uzoq uxlaganidanmi, uning qovoqlari shishib …ketgan edi. (T.Qayinberganov)
-chi yuklamasi to‘ldiruvchi ergash gaplarni bosh gapga bog‘laydi va bosh gapning kesimi tarkibida keladi: Insof bilan ayting-chi, qachondan beri odamlarni aldash kasbingiz bo‘lib qoldi?
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gaplarning bosh gap bilan aloqaga kirishuvidvn ergashtiruvchi bog‘lovchilar, ergashtiruvchi bog‘lovchilar vazifasida keluvchi yuklamalar, kelishik qo‘shimchalari, ko‘makchilar, fe’lning funktsional shakllari, shart va buyruq fe’li shakllari, nisbiy olmoshlar, faol ishtirok etadi. Bundan tashqari, qo‘shma gapda uni tashkil etuvchi komponentlar intonatsiyasi, tartib kabilar orqali ham bog‘langan bo‘ladi.
Ergash gap ham, xuddi sodda gap kabi, nisbiy tugal fikr bildiradi, o‘zida predikativlikni ko‘rsatadi va maxsus ohangga ega bo‘ladi.Ergash gap eng muhim stilistik kategoriya sifatida , bosh gapdagi biror bo‘lakni yoki butun bir bosh gapni izohlaydi, mazmunni to‘ldiradi va shu orqali bosh gapga biror tomondan aniqlik kiritad. Ayniqsa, Biz bilamizki, Odam borki,…tarzida bosh gaplarda struktura uchun juda zarur bo‘lgan, lekin uslub tomonidan uni ifodalashga u qadar ehtiyoj sezilmagan bo‘laklar tushib qolgan bo‘lib, natijada to‘liqsiz shakllangan konstuktsiyalar vujudga keladi. Bu vaqtda o‘sha tushib qolgan bo‘lak o‘rnida ergash gapdan foydalaniladi, shu bilan gap mazmuni to‘ladi: Biz bilamizki, baxt mehnat bilan topiladi. Odam borki, qolur undan yaxshi ot.
Shunday qilib, fikrni ifodalashning parallel shakllari yuzaga keladi. Bular mantiqiy tomondan bir-biridan farq qilmaydi.
Ergash gapdan, dastavval, bosh gapdagi ana shu «kemtik» o‘rinni to‘ldirish, fikrni aniqroq, ochiqroq berish maqsadida foydalaniladi. Masalan; Sen sezdingmi (nimani?), bizning nafasdan Koinotda ortgan edi nur. (Zulfiya) Odam borki (qanday), odamlarning naqshidir.
Birinchi gapda fikr aniqligi uchun kerak bo‘lgan to‘ldiruvchi ikkinchi gapda esa aniqlovchi yetishmaydi. Ergash gaplar ana shu ikkinchi darajali bo‘lak o‘rnini qoplaydi. (kompensatsiya).
Bunday konstuktsiyalarda ba’zi bosh gaplar o‘zi uchun xarakterli sanalgan grammatik va intonatsion tugallik yoki “mustaqillik” belgilariga ega bo‘lmay ham qoladi: Toleim shulkim, Vatanda bir guliston tanladim. (H.Olimjon). Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi.(Oybek)
Har ikki gapda ham bosh gapdagi mazmunga qaraganda, ergash gap orqali muhimroq, voqea-hodisa haqida habar berilgan. Ergash gaplar bosh gapga nisbatan xiyla «mustaqillik» vaziyatga ega. «Lekin bunday ergash gaplar bosh gap uchun xizmat qiladi; undagi biror o‘rinni to‘ldiradi, ochadi, biror bo‘lakni izohlaydi va vazifasiga ko‘ra har doim tobe bo‘lib qoladi va ergash gap sanaladi».
Bosh va ergash gaplarni ta’riflashda ham mana shu o‘rinlar nazarda tutilishi kerak. Mavjud darslikda bosh gapda shunday ta’rif berilgan: «O‘ziga mustaqil bo‘lib, boshqa gapga ergashmagan gap bosh gap deyiladi». Shunday bir qanot topsamki, Yulduzlar bag‘riga uchirsa tipidagi gaplarning ta’rif asosida tahlil etadigan bo‘lsak, hech ikkilanmay, Yulduzlar bag‘riga uchirsa gapni bosh gap deb olish mumkin bo‘ladi. Chunki shu gap o‘zicha mustaqil qo‘llanish xususiyatiga ega; fikriy tugallik ham shu gapda ustinroq, vaholanki, bu gap ergash gapdir va u qaydarajada «mustaqillik» holatiga ega bo‘lmasin, bosh gap uchun, uning birgina bo‘lagi uchun xizmat qiladi. Buni isbotlash uchun har ikki sodda gapni birgina sodda gapga aylantirsak, yulduzlar qa’riga uchirsa» gapi yoyiq, ikkinchi darajali bo‘lakka, demak, tobe bo‘lakka aylanadi; «shunday bir qanot topsak» gapi esa shaklini o‘zgartirmay, bosh gaplik holatini saqlaydi: Yulduzlar qa’riga uchiradigan bir qanot topsam…
So‘nggi yillarda yaratilgan yetakchi lingivistik manbalarda bosh va ergash gaplarga ana shu mezon asosida ta’rif yoki qoida berilayotir. G‘.Abdurahmonov tahriri ostida nashr etilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kitobida avval ergash gapga, so‘ng bosh gapga ta’rif berilgan. «Boshqa bir gapga ergashib, tobe bo‘li, uni izohlab yo to‘ldirib keluvchi gaplar ergash gap bo‘lsa, mazmuni izohlanayotgan boshqaruvchi gap bosh gap sanaladi». (391 bet) Oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlari uchun chiqarilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligida o‘qiymiz: Boshqa bir gapga ergashib, uni izohlash yoki to‘ldirish uchun qo‘llangan gap ergash gap deyiladi.
«Ergashgan qo‘shma gapdagi sodda gaplar bosh va ergash gap bo‘lishidan qat’i nazar, bir-biriga mazmunan bog‘lanadi, bir-birini izohlaydi, aniqlaydi, to‘ldiradi. Ergash gap bosh gapga ergashadi, bosh gap esa mustaqilday ko‘rinsada, ergash gap tomonidan izohlanadi».
Ayrim hollarda ergash gaplarni ajratishda bog‘lovchilarga qarash lozim bo‘ladi. «Ona bor, shuning uchun baxting barqaror» gapini tahlil eta borib, baxting barqaror gapini ergash gapga kiritib yuborish ham mumkin. Chunki ergashtiruvchi bog‘lovchi ana shu gap tarkibidan joy olgan. Darsliklarda ham sabab ergash gap bosh gapga shuning uchun, chunki, shu sababli bog‘lovchilari orqali bog‘lanadi, deyiladi. Aslida esa ana shulardan ikkitasi tarkibida (shuning uchun, shu sababli) ko‘rsatish olmoshlari bo‘lib, ko‘makchili sabab holi vazifasini bajarayotir. Ergash gap esa ana shu sabab holiga ekvivalent sanaladi, demak, onang bor gapi sabab ergash gapdir.
Demak, bir xil ergash gaplar turini aniqlash uchun bog‘lovchi yoki o‘rin bosh mezon bo‘lmaydi, balki bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi asosiy mezon sanaladi.
Ergash gap bosh gapga nisbatin undagi ko‘rsatish olmoshini izohlash uchun xizmat qiladi. Agar ko‘rsatish olmoshi ifodalangan bo‘lsa, ergash gap o‘sha olmosh bajarishi lozim bo‘lgan vazifasida kelib, bosh gapga to‘ldiradi, izohlaydi yoki aniqlaydi. Misollar: Ega o‘rnida keladigan ergash gap:
Erta bilan ma’lum bo‘ldiki, (nima?), jasur razvedkachi ikki nemis ofitserni asir olib kelgan ekan. Kesim o‘rnida : (nimdir?) Aybim shuki, cho‘loqman.
O‘rin holi o‘rnida: Qayerda egri qo‘l bo‘lsa, o‘sha yerda baraka yo‘qoladi.
Sabab holi o‘rnida: Nur borki, soya bor.
Bosh va ergash gaplarga savollar berish orqali ham ular orasidagi munosabat aniqlanishi mumkin. Savol har ikki gapga berilib, javob ergash gap vositasida yuzaga keladi. Ergash gap umumiylik bildiruvchi hol vazifasini o‘taydi.
Biror uslub talabi bilan, logik rg‘u yoki predikativlikning o‘ziga xos tomonlari tufayli, bosh gapdagi yashiringan bo‘lak o‘rniga biror so‘zni tiklash mumkin. Lekin bu bo‘lak ko‘rsatish olmoshi orqaligina ifodalanadi va o‘rta mavhum ma’no bildiradi.
Bunday hollarda ergash gapning asosiy ma’nosini ochish, uni izohlash bo‘lib, unga teng hisoblanadi. Tenglikni isbotlash uchun ana shu ergashgaplarni bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi o‘rniga olib kirish kifoya (bu vaqtda sodda gap paydo bo‘ladi). Hikmat harjlangan bilan tamom bo‘lmaydigan xazinadir. Seni Vatan kutishini bil.
Ko‘rinadiki, olmosh bilan uning o‘rniga kiritilgan ergash gap struktura tomonidan farqlansa-da, vazifa jihatidan bir-biriga sinonim bo‘lib qoladi. Sinonimlar orasida ma’sida farq bo‘lgani kabi, ergash gap bilani yoyiq (oborot) bo‘lak va ergash gap orasida ham ayrim farqlar bo‘ladi. Bu –maxsus soha. Bu o‘rinda muhimi shuki, ergash gap bosh gapning ko‘rsatish olmoshiga teng bo‘ladi, uni izohlash orqali bosh gapga bog‘lanadi. Bosh va ergash gaplar orasidagi mantiqiy munosabat ham, dastavval, ana shu olmosh va ergash gap orqali belgilanadi.
Bosh gapning birgina bo‘lagiga tobe (taalluqli) bo‘lgan ergash gaplar, odatda, birinchi tip ergash gaplar sanadadi.
Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida ko‘rsatish olmoshining, asosan, uch shakli ko‘proq qo‘llanadi: Shu, u, bu. Lekin bu olmoshlar sintaktik vazifa bajarganda, kelishik qo‘shimchalarini olib (shunga, unga, uning) yoki ko‘makchilar bilan kelib, shaklan ancha ko‘payib ketadi: o‘qituvchilik kasbi shu bilan ahamiyatliki, u avvalo, odamning o‘zini tarbiyalaydi. Bizda shu qadar yorug‘dirki tun, Andijon Qo‘qonni imlashi mumkin («Xat»).
Bu olmoshlar turli yasovchi qo‘shimchalar ham oladi: shuncha, shunday. Qancha yozsang, shuncha oz deb tursa May, Bo‘lurmi yozmay? (E.V.) Bu shundayin ajib diyordir, uning eng zo‘r ko‘zgusi oydir. (H.O.)
Hozirgi o‘zbek tilida ana shu olmoshlar o‘rnida ko‘p vaqt bir so‘zi ham qo‘llanadi: Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi.
Bir so‘zi ham ayrim ko‘makchilarni oladi: Bir narsani eslatib o‘tay…
Tarixan ana shu olmoshlarlarning har xil variantlarida nutqda foydalanilgan: Shul erur, anga, ondin, oni, andoq, ul, ul zamon, ul chog‘i va boshqalar. Kim kinavar o‘lsa, ista andin qochmoq. El qochsa birovdin, el yomoni bil oni Kim bo‘riliq etsa, kovla oni… Har kimki ayyon etsa yaxshi qiliq, yetar yaxshilikdin anga yaxshilik (N.)Xush erur ulkim,… Bahor andoqkim,… Shul erur aybim, Muqimiy, … Hikmat ulkim, ham o‘zi oni bilur (Navoiy) va boshqalar.
Shu, bu olmoshlari, asosan, umumiy holatni ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. U olmoshi esa o‘rni bilan shaxs ma’nosini ham ifodalaydi va kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Bu vaqtda bog‘lovchi vositalar ham ko‘payadi. Ergash gap tarkibida u olmoshiga taqozo etiluvchi kim olmoshi bo‘ladi. Har ikki olmosh orasida qiyosiy munosabatlar yuzaga kelib, bosh va ergash gaplar esa shart shakli yordamida ham o‘zaro bog‘lanadi. Shuning uchun bunday konstruksiyalarda nisbiy-qiyosiy mazmundan tashqari, shart ma’nosi ham bo‘ladi. Lekin umumiy mezon asosida ergash gap turini aniqlash uchun bosh gap tarkibidagi u olmoshning shakli hamda vzifasi topiladi. Bunday gaplarda mazmuniy bog‘lanish shunday kuchli bo‘ldiki, bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi (shaxs olmoshi) ko‘p vaqt tushib qolsa ham, gap qurilishi va yo‘nalishidan uni osongina topish mumkin bo‘ladi. Misollar: U: Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir. (Bobir)
Kimning hunari bo‘lsa, xazinaga egadir. (Navoiy)
Uning: Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko‘rmadim. (Navoiy)
Kimning: Agar yolg‘on erursa so‘zi, bor-yo‘g‘i bo‘lar yuzi.
Unga: Kimikim mard erur, insof lozim. (Furqat)
Undan: Kimki butunlay yolg‘onchilikka yuz tutsa, baxt qochadi.
Bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi qanday vazifa bajarsa, ergash gap ham shu nom bilan yuritiladi. Bunda ergash gapning bog‘lovchilari, nisbiy olmoshning shakli hamda savoli, ularning o‘rni mutloqo nazarda tutilmaydi, balki gapdagi olmoshning vazifasi asosida ergash gap tasnif etiladi; ergash gapning turi aniqlanadi. Agar olmosh bosh gapda ega vazifasi qo‘llansa, ergash gap ega ergash gap sanaladi: Shu narsa quvonchliki, bu safargi qatnashuvchi mamlakatlar soni ham avvalgidan ancha ortiq. Shunisi muhimki, Toshkent jahon ahamiyatiga molik bo‘lgan juda katta ilmiy, siyosiy va ijtimoiy anjumanlarning markaziga aylanib bormoqda. Shunisi quvonchliki, ish haqida Saltanat o‘zi gap boshladi.
2. Bosh gapdagi olmosh kesim vazifasida kelsa, ergash gap ham kesim ergash gap sanaladi: Hamma balo shundaki, men ham o‘zimga ortiqcha baho berib yuribman. (A.Qahhor)
3. To‘ldiruvchi ergash gap: Shunga erishmoq kerakki, hamma o‘quvchilar ona tilini yaxshi bilib olsinlar. Kim ishlasa kunduz mardona , El ham, dil ham o‘shandan rozi. (Shayxzoda)
Aniqlovchi ergash gap : Biz jamiyat qurmoqdamizki, unda kishilikning eng ezgu orzulari amalga oshadi.
5. Hol ergash gaplar: Har kun ortar ko‘zlarimda nur, Shuning uchun yo‘q aslo g‘amim (H.Olimjon). Har aytganing buyuk jangnoma, Qayga desang, qaytmay keturman.
Demak, birinchi tip ergash gaplarni guruhlash va tasnif etish uchun bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi asos bo‘ladi. Qolgan bog‘lovchi vositalar esa bosh va gergash gaplarni o‘zaro bog‘lashdar tashqari, gapning umumiy mazmuniga qo‘shimcha ma’no ottenkalarini qo‘shadi.
Masalaga shu nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak, ayrim manbalarda tavsiya etilgan misollarga yoki qoidalarga e’tiroz bildirishga to‘g‘ri keladi. Buni bilib qo‘yish o‘qitish jarayoni uchun ham juda zarur.
Jumladan, A.G‘.Azizova o‘zining «O‘zbek tilida shart va to‘siqsiz ergash gaplar» (T.,FAN, 1955) kitobida shart ergash gaplar uchun quyidagi ko‘rinishdagi konstuktiyalarni ham taqdim etad: Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi. Qish qanday sekin-sekin, ko‘zdan yosh oqizadigan izg‘irinlarga ko‘niktira-ko‘niktira kelgan bo‘lsa, shunday sekinlik,… o‘shanday ko‘niktirish bilan chiqib ketdi. Bilolsayding, Mashaqqat-g‘urbatda kezganman.
Yuqoridagi umumiy kriteriyga asoslansak, birinchi gap aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap, ikkinchi qiyos-ravish ergash gapli qo‘shma gap, uchinchisi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap (ikkinchi bir holatda, kirish so‘zli sodda gap )tarzida xukm etilishi kerak.
-sa shaklli gaplarni shart ergash gapli qo‘shma gapga kiritish fikri boshqa mualliflarga (N.A.Kononov, F.Kamol kabi) mavjud. Lekin so‘nggi yillarda yaratilagn yirik ishlar bu xilma-xilikka ma’lum darajada xotima g‘erilib, ergash gaplar klassifikatsiyasida umumiy bir yo‘l-mezon asos qilib olinmoqda.
B. Ergash gaplarning ikkinchi bir tipi butun bir bosh gapga qarashli bo‘ladi: bosh gapdagi fikrni mazmuninni ochadi; undagi harakat yo holat belgisini bildiradi. Bunday konstuktsiyalar azalda ikki sodda gapdan, (bog‘lovchisiz yo bog‘langan qo‘shma gap ko‘rinishidan) yuzaga kelgan. Bu vaqtda qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplardan biribiror ergashtiruvchi bog‘lovchi yoki fe’l shakllari yordamida bosh gapga bog‘lanadi va ergash gap shaklida turib, bosh gapning belgisining ko‘rsatish uchun xizmat qiladi (xuddi ikkinchi darajali bo‘laklar kabi). Ergash gap o‘zi tugal fikr-xukm bildiradi, predikativlik va intonatsion tugallikka ham ega bo‘ladi. Ayni bir vaqtda qo‘shimcha stilistik vazifa bajaradi: bosh gapda yetishmagan , lekin mazmun va uslub talabiga ko‘ra juda zarur bo‘lgan ikkkinchi darajali bo‘lak o‘rnida qo‘llanadi, uning o‘rnini qoplpaydi, o‘sha bo‘lakning vazifasini bajaradi: Odam odamlikni egallab olgach,bir etak yulduzni to‘kdi koinot.
Agar ikkinchi gap uchun biror payt holi zarur bo‘lib qolsa, xuddi shu vazifani birinchi gap bajaradi. Kecha bir etak yulduzni to‘kdi koinot, deyish o‘rniga Odam odamlikni egallab olgach, bir etak yulduzni to‘kdi koinot, tarzidagi strukturadan foydalaniladi. Demak, payt mazmunini so‘z yoki so‘z brikmasidan tashqari, butun bir gap vositasida ham berish mumkin. Gapdagi istalgan ikinchi darajali bo‘lak (hol) o‘rnida bir butun gaplardan foydalansa bo‘ladi. Bunday hollar ergash gap nomi bilan yuritiladi.
Hol ergash gaplar birinchi tipdagi ergash gaplarga shu tomondan o‘xshash bo‘ladiki, mazkur konchtuktsiyalarda ham bosh gap to‘liqsiz shakllanib, biror ikkinchi darajali bo‘lakka ehtiyoj seziladi. O‘sha bo‘lak ifodalanmasa, mazmun ma’lum bir tommondan «kemtik» bo‘ladi. Ifoda uchun juda zarur bo‘lag hol o‘rnida bir butun (yaxlit) sodda gap olinadi. So‘zlovchining niyatiga qarab, sodda gap ergash gapning u yoki bu turi o‘rnida qo‘llanadi: Arg‘umonlar kishnasin deb (nima maqsadda?) yuboramiz yem.
Ko‘rinadiki, yuboramiz yem gapi uchun maqsad holi eng zarur bo‘lak bo‘lib qoladi. (yuqoridagi gap misolida) Nima uchun yem yuboramiz? Maqsad ergash gap ana shu hol o‘rniga kiritigach,mazmun to‘laroq ochiladi.
Agar bosh gapdagi ish -harakat boshqa bir narsaga o‘xshatilsa, o‘xshatish ergash gapdan, bosh gapdagi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini qayd etish zarur bo‘lsa, ravish ergash gapdir.Mas: Arafa kechasi quvonchlar chulg‘ab, minutlar sanayman, yurak talpinib G‘.G‘.
Bosh gapga taalluqli bo‘lgan ergash gaplar birinchi tip konstruksiyalardan shu bilan farq qiladiki, bular yolg‘iz bir bo‘lak bilan bog‘liq bo‘lmagani uchun, har ikki gapdan bir sodda gapni olib bo‘lmaydi: ergash gap yoyiq gap bo‘lagiga aylanmaydi.Bunday gaplar, odatda, bog‘langan qo‘shma gaplarga yaqinlashadi: zarur topilsa, ulardan bog‘langan qo‘shma gaplarga sinonim bo‘lgan konstruksiyalar hosil etish mumkin:
Qo‘shiq dardni yengdi va odamlarning chehralari yorishdi.
Qo‘shiq dardni yengib, odamlarning chehralariyorishdi.
Qo‘shiq dardni yengach, odamlarning chehralari yorishdi.
Qo‘shiq dardni yengishi bilan, odamlarning chehralari yorishdi.
Qo‘shiq dardni yengdi-yu, odamlarning chehralari yorishdi.
Qo‘shiq dardni yengani uchun, odamlarning chehralari yorishdi.
Bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplar orasidagi bunday sinonimik holatni aniqlash stilistika uchun, ayniqsa zarur: bular so‘zlovchining uslub madaniyatini yaxshilaydi, boyitadi.
Bosh gapga taalluqli bo‘lgan ergash gaplarning turini va savolini aniqlashda bog‘lovchilar yetakchi o‘lchov bo‘lib qoladi. Masalan, go‘yo bog‘lovchisi, asosan, o‘xshatish ergash gapni bosh gapga bog‘laydi. (kabi, singari, -day, -dek, xuddi bog‘lovchilari g o‘ yo ning sinonimlari sanaladi).
Ana shunday ko‘p ma’noli hamda vazifali bog‘lovchi vositalardan biri ch-sa shaklidir. Kuzatilgan va to‘plangan faktlar shuni tasdiqlaydiki, bu shakl xatto bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida qo‘llanib, qiyoslash mazmunini ifodalash uchun xizmat qiladi: Vatanimiz bir osmon bo‘lsa, Biz uni bezagan yulduzlarimiz.
-sa payt ergash gaplarda ham keladi (to‘g‘ri bunday gaplarda va ergash tarkibida payt bildiruvchi so‘z-bo‘lak ham bo‘ladi):
Kuz kelsa,tong otsa…
To‘siqsiz ergash gaplar ham ba’zan bosh gapga birgina – sa orqali bog‘lanadi: So‘zlaguvchi nodon bo‘lsa, tinglaguvchi dono bo‘lsin.
Demak, ayrim hollarda bosh va ergash gaplar nisbatni ochishda shakl va mazmun birligini e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Mana shu nuqtai nazardan qaraganda,tilimizda bir turli konstruksiyalar uchraydiki,uni u yoki bu ergash tipiga kiritib yuborishdan oldin jiddiy mulohaza qilishga to‘g‘ri keladi.
Qora yerga yaqinroq kelsin deb, quyosh Ulug‘bek yo‘qotdi ko‘kday buyuk bosh. Bu gap sabab ergash gapli qo‘shma gapmi yo maqsad ergash gapli qo‘shma gap. Sabab ergash gapga kiritish uchun – sin deb bog‘lovchisi asos bermaydi: sabab ergash gapli qo‘shma gaplarda xuddi shunday bog‘lovchi kelishi mumkinligi hozircha qoidalashtirilmagan. Maqsad ergash gap tarzida hukm etish uchun bosh gapdagi kesimning zamonini to‘g‘ri aniqlash zarur:maqsad ergash gapning bosh gapida kesim kelasi zamonni ko‘rsatishi lozim. Demak, bunday murakkab xolatda ergash gapni har ikki nom bilan yuritish mumkin bo‘ladi.
Bolasi bu yerda student bo‘lgach, otasi yashaydi tinch va osuda. Bu gapni shart ergash gapli qo‘shma gap tarzida ham, sabab ergash gapli qo‘shma gap tarzida ham tahlil etish mumkin. Bog‘lovchiga qarasak, payt ergash gapli qo‘shma gap kelib chiqad.
O‘zbek tili qo‘shma gap sintaksisi bilan shug‘ullanuvchi olimlar oldida, demak, ana shunday murakkab nuqtalar bo‘yicha o‘qituvchi va talabalrga amaliy yordam berish vazifasi turadi.Buni to‘g‘ri hal etish uchun punktuatsiya uchun ham zarur.
Xulosalar:
Ergash gap bosh gapni yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi va, eng avval, stilistik kategoriya sifatida, bir umumiy fikrning biror tomonidan tafsilotini chizish uchun xizmat qiladi.
Ergash gap bilan bosh gap yahlit olinadi va shundagina ular orasidagi mazmun hamda grammatik munosabat to‘g‘ri aniqlanadi.
Orqangdan qolmasdan jo‘nadim jangga, ko‘zi ketgan kabi qo‘yning izidan (H.Olimjon). Osmon juda tiniq va yaqin, go‘yo yaproqlar orasidan yulduzlar emas, million-million tilda qo‘nig‘izlar uchun o‘tishardi.Bahor bog‘lariga gul yarashganday, qo‘shiq yarashadi she’r to‘yiga (Uyg‘un).
Sabab: chunki, uchun, - ligidan va b.
Sen hur bo‘lganing uchun, qo‘shiqlar ham parvoz qiladi.
agar, - sa, basharti (shart):
Ularning tilini bilsang, qalb ko‘zing ochiladi (A.Qo‘nonboyev). Agar havoda chang va g‘ubor bo‘lmasa, kishilar uch yuz yilgacha yashashlari mumkin. (A.Sino). Kishi o‘ziga-o‘zi talabchan bo‘lsa, mayda gap ham, g‘iybat ham, o‘ziga bino qo‘yish ham, kech saqlash ham yo‘qoladi.
Garchi, -sa, -da, -sa ham (to‘siqsizlik): Garchi balo-ofat, daxshat, musibat Yengan gulzorlarda chopsa ham otin,Men bahor qo‘shig‘in kuylayman dadil. (Uyg‘un) Nimjon bo‘lsang ham, osmonni ko‘taradigan quvvating bor ekan. (A.Qahhor).
-ib, -b (ravish): Husni to‘lib, yetilar bahor. (Uyg‘un).
-gach, -guncha (va ularning fontik variantlari), - ganda, -gan chog‘da va (payt ergash gap). Balog‘at kamarik taqquncha farzand, ota soqoliga inar oq qirov, (Mirmuhsin). Men osmonga qo‘l uzutganda, sayyoralar qo‘nar kaftimga. (E.Vohidov). Qonim oqti Dantsigda manim, Sobir Rahim yiqilgan chog‘da. (A.Oripov).
-sin deb. (maqsad): Farzandlarim uzoq umr ko‘rsin deb, Buvim qo‘yib berdi birinchi g‘ishtni. (A.Qo‘qonbekov) Kelgusi tarixchi bo‘lsin deb rizo, chekaman imzo. (Shayxzoda).
Natijada (natija ergash gap): Gektarlarda ko‘chatlar to‘la bo‘ldi, natijada hosil kutilgandan ham oshib ketdi.
Ergash gaplarning bog‘lovchilari o‘z sinonimik qatorlariga ega bo‘lib ular yordamida xilma- xil ekspressiv va modallik ma’nolarini ham ifodalash imkoni yuzaga keladi. Mana shu zaruriyatdan yuqoridagi bir ergash gapning bog‘lovchisini o‘rni bilan boshqa ergash gap uchun, uni bosh gapga bog‘lash uchun ham xizmat qilish mumkin. Bu vaqtda gaplarni tasnif qilish bosh va ergash gap sirasidagi mazmuniy munosabatni to‘g‘ri tayin etish asosida bo‘ladi.
Misollar: Tarix bizlar uchun jangga kirganda, nima kerak yashash o‘rgimchak misol. (A.Oripov). Bu yerda shart ma’nosi ustundir.
Demak, ayrim bog‘lovchilar bir necha ergash gap tarkibida kela oladi. Bunday xolda bosh va ergash gaplarning o‘zaro mazmuniy munosabati nazarda tutiladi.
Ergash gap bosh gapning tarkibidagi ko‘rsatish olmoshiga taalluqli bo‘lsa, uning turini aniqlashda ana shu olmoshning sintaktik vazifasi asos-e’tiborga olinadi. Ergash gap butun bir bosh gapga, undagi fikrni ish-Harakat belgisini biror tomondan ko‘rsatsa, ko‘proq ergashtiruvchi bog‘lovchilarga qarab, ergash gap turi aniqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis.- T.,1976.

3-MAVZU: Ergashgan qo‘shma gapning turlari: ega ergash gapli qo‘shma gap, kesim ergash gapli qo‘shma gap, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap


REJA:
1. Ergashgan qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot.
2. Ergash gap va uning turlari.
3. Ega ergash gapli qo‘shma gap
4. Kesim ergash gapli qo‘shma gap
5. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap.
6. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap.

Tayanch tushuncha va iboralar: Ergashgan qo‘shma gap, bosh gap, ergash gap, ega ergash gap, kesim ergash gap, to‘ldiruvchi ergash gap, ega ergash gapli qo‘shma gap, kesim ergash gapli qo‘shma gap, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap.



O‘zbek tilidagi ergashg gaplarning tasnifi umuman boshqa tillardagi ergash gaplarning tasnifiga yaqin turadi.
Ergash gaplarni sodda gap bo‘laklariga o‘xshatishga asoslangan tasnifga ergash gapli qo‘shma gaplarni bosh va ergash qismlarning bog‘lanish vositalariga ko‘ra shakliy tasniflash qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunday tasniflash A.M.Peshkovskiy, M.N.Peterson, L.A.Bulaxovskiy, A.B.Shapirolar tomonidan ilgari surilgan va himoya qilingan. Ergash gapli qo‘shma gaplar orasida ikki asosi tip farqlangan: bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar gaplar (nisbiy ergashish) va bog‘lovchili gaplar (bog‘lovchili ergashish).
Tarkibiy-mazmuniy tasnifning yaratilishida N.S.Paspelovning ishlari muhim rol o‘ynaydi, u ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki asosiy tipini ajratgan: ikki a'zoli tip va bir a'zoli tip. Ikki a'zoli va bir a'zoli gaplar o‘rtasidagi farqni N.S.Paspelov bosh va ergash qismlar o‘rtasidagi aloqadorlikning turli tabiati bilan bog‘laydi: ikki a'zoli gaplarda ergashg qism bilan yaxlitligicha bog‘lanadi, bir a'zoli gaplarda ergash qism bosh gapdagi bir so‘zga tegishli bo‘ladi.
Ergash gaplarning bosh gapni yaxlitligicha izohlashi yoki uning biror bo‘lagi bilan aloqador bo‘lishi haqidagi qarash turkiyshunoslikda ham keng tarqalgan. Masalan, M.Asqarova shunday ta'kidlaydi: “Ergash gap esa mazmun va strukturasiga ko‘ra bosh gapdan ko‘ra boshqacharoq tuzilib, bosh gapning biror bo‘lagini yoki bosh gapni yaxlitligicha izohlaydi”.
N.A.Baskakov hozirgi turk tilidagi ergash gaplarni quyidagicha guruhlarga ajratadi:
1. Bosh gapdagi substantiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu guruhga ega va to‘ldiruvchi ergash gaplar kiradi.
2. Bosh gapdagi atributiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu guruhga kesim va aniqlovchilar kiradi.
3. Bosh gapdagi atributiv – hol bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu guruhga sabab-natija, shart, to‘siqsiz, maqsad, payt, o‘xshatish va chog‘ishtirish ergash gaplari kiradi.
Bosh va ergash gaplar tasnifida har ikki qism orasidagi shakl va mazmun birligiga amal qilinadi. Shunga ko‘rab hozirgi zamon o‘zbek tilida ergash gaplarni 14 xilga bo‘lib o‘rganiladi.
1.Ega ergash gap.
2.Kesim ergash gap.
3.To‘ldiruvchi ergash gap.
4. Aniqlovchi ergash gap.
5. Ravish ergash gap.
6. Daraja- miqdor ergash gap.
7. Chog‘ishtirish –o‘xshatish ergash gap.
8. Sabab ergash gap.
9. Maqsad ergash gap.
10.Payt ergash gap.
11.O‘rin ergash gap.
12.Shart ergash gap.
13.To‘siqsiz ergash gap.
14. Natija ergash gap.
Bosh gapda olmosh bilan ifodalangan eganing yoki qo‘llanilmagan eganing mazmunini izohlab, to‘ldirib, konkretlashtirib keladigan ergash gap ega ergash gap deyiladi. Masalan, Kimki mehnatni sevsa, hurmatga sazovor bo‘ladi. («Saodat») gapida birinchi kompenent (ergash gap) ikkinchi komponentdagi (bosh gapdagi) u olmoshi bilan ifodalangan eganing mazmunini konkretlashtirgan: u hurmatga sazovor bo‘ladi. – Mehnatni sevgan hurmatga sazovor bo‘ladi.
Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap tarkibida uning egasi sifatida kim, kimda-kim, har-kim, har kimki, nima, nimaiki, nimaki, qaysi, qaysi kishi, shunisi, shunarsa kabi nisbiy so‘zlar; bosh gap tarkibida, uni egasi sifatida –o‘sha, shu, o‘zi, o‘sha narsa, hamma, hammasi, barcha, barchasi kabi nisbiy so‘zlar bir-biriga muvofiqlashib qo‘llaniladi: Kimki mehnatdan qshrqmasa, u tuproqdan oltin ajratadi.(«Saodat»).
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. (Bobur).
Ega ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar (ergashtiruvchi vositalar) bilan tutashadi:
Fe’lning shart mayli shakli – sa elementi bilan:
Kimki birovga choh qazisa, o‘zi yiqiladi. (Maqol).
–r-ar + ekan, - mas+ ekan shakl orqali.Bunda ergash gaping kesimi sifatdoshning -r ar, -mas shakli + ekan yordamida yasalgan shaklda kelib, bosh gapga bog‘lanadi va bosh gapdagi olmosh egani izohlaydi:
Kimki el-yurt xizmatida bo‘lar ekan, u hech qachon yomonlik ko‘rmaydi.
Kimki birovning haqidan tortinmas ekan, u albatta hor bo‘ladi.
Kimki dil ozor erur o‘zi el ichra hor erur.
–ki orqali. Bunda –ki bosh gapning kesimi bilan shakllanadi.
Bu yerning shunisi yaxshiki, istagancha kasb o‘rganish mumkin.
Javobingizdan shu narsa aniq bo‘ldiki, til-adabiyotni sevar ekansiz.
Ikki soatdan keyin ma’lum bo‘ladiki, Qalandarov rayionga jo‘nab ketibdi. (A.Q).
Bu turdagi ega ergash gaplar ma’lumki, ayonki, ravshanki, ko‘rinib turibdiki, anglashiladiki kabi kirish so‘z, kirish ibora Xarakteridagi bir sostavli (ko‘pincha egasi o‘qllanilmaydi)gaplarni ham izohlab keladi:
Ma’lumki, ota-bobolarimiz yerni ardoqlagan, nonni ko‘ziga surib e’zozlagan.
Shunisi qiziqki, laboratoriya bir hafta davomida ishlamagan.(As.M)
Ko‘rinib turibdiki, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ajrata olmaysiz.(As.M)
–mi. Ega ergash gap bosh gapga so‘roq yuklamasi – mi orqali birikadi.Bosh gap so‘roq gap tarzida shakllangan bo‘lsa ham, ergash gapdagi voqeani eslatish, yodga tushirish mazmunini bildiradi:
O‘sha esingdami, men uni qayta ko‘rolmadim. («Saodat»).
Esingizdami, yozgan xatlarimning birida sizdan hisob so‘rayman degan edim-u. (A.Q.).
– ku. Bu yuklama bilan birikkan qo‘shma gaplarda bosh gap mazmunan kirish gapga yaqin bo‘ladi:
Ko‘nglingizga kelmasin-ku, odam har xil bo‘lar ekan. (A.Q.).
Ega ergash gaplar bosh gap bilan qaysi grammatik vositalar orqali bog‘lanishga qarab, turlicha o‘rinlashadi. Fe’lning shart mayli (-sa),sifatdoshning to‘liqsiz fe’l bilan birikishidan hosil bo‘lgan shakllari (-r,-ar+ekan, -mas+ekan) orqali birikkanda, biriktiruvchi vositalar ergash gap tarkibida bo‘ladi. Ergash gap bosh gapga -ki, -mi, -ku bog‘lovchilari orqali brikkanda, ergash gap ikkinchi, bosh gapga birinchi o‘rinda keladi. Tutashtiruvchi vositalar bosh gapga tarkibida bo‘ladi.
2. Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimning mazmuni izohlab, konkretlashtirib keluvchi, ergash gaplar kesim ergash deyiladi. Mas: Maqsadim shuki, jahonda tinchlik bo‘lsin
Bu gapda bosh komponentning kesimi olmosh bilan ifodalanaganligidan mavhum xarakterga ega. Mana shu kesim mazmunini konkretlashtirish uchun boshqa bir aniqlovchi komponent (jahonda tinchlik bo‘lsin) keltiriladi, bu komponent orqali bosh gapning kesimi reallashadi: Maqsadim – jahonda tinchlik bo‘lsin.
Kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap tarkibida – kesim vazifasida shuki, shu yerdaki, shundaki, shundan iboratki, shu bo‘ldiki, shu ediki, shu midiki, kimsanki, nimasanki kabi so‘zlar qo‘llaniladi va ularning mazmuni ergash gap tomonidan konkretlashtiriladi. Bularga doir misollar kiritamiz: Shuki: Ko‘nglingiz uchun bitta qo‘shig‘imni aytib beraman, ammo shartim shuki, Umarali aka, kulmaysiz. (O.)
Shu yerdaki: Muvaffaqqiyatlarimizning boisi shu yerdaki, biz agrotexnika qoidalariga to‘la rioya qilamiz. (Gazeta)
Shundan iboratki: Masalaning mohiyati shundan iboratki, bu qurilishlarni loyihalash va boshqarish tajribasida katta xato va yetishmovchiliklar oshkor bo‘lyapti. (As.M.)
Shumidiki: Sizdan umidimiz shumidiki, do‘stlarning yuziga tik boqadigan, dag‘al muomala qiladigan qiliqlar chiqaribsiz.(«Guliston»).
Shunda ediki, shu bo‘ldiki: G‘afur G‘ulomning usta san’atkorligi shunda ediki, u hayotni chuqur bilar, uni ustalik bilan she’rga ko‘chirardi. («Guliston») Majlisni olib borishdagi hurmatsizlik shu bo‘ladiki, rais kun tartibini e’lon qilmasdan so‘zga tushib ketdi. (A.Q.)
Kim bo‘libsanki: Kim bo‘libsanki, dag‘dag‘ang olamga sig‘maydi. (Mushtum)
Nimaiki, nima ekanki: U nimaiki, sen unga bunchalar sehrlanib qolibsan, qizim. («Guliston»). U nima ekanki, seni kuldirar ekan-u, meni yig‘latar ekan. (A.Q.)
Bosh gapning kesimi yuqoridagi shakllar bilan ifodalangan ergash gapli qo‘shma gaplar mazmun jihatidan ma’lum farqlarga ega, albatta.
Kesim ergash gap bosh gapdagi sostavli ot kesimning ot qismini izohlab ham keladi: Yer koptok emaski, bir tepib uchirsang. (A.Q.)
Odam bolasi tsirkning oti emaski, qamchin qarsilaganda, cho‘kkalasa.
Kesim ergash gap, asosan, -ki bog‘lovchisi bilan bosh gapga birikadi. –Ki bosh gap tarkibida, bosh gap birinchi o‘rinda, ergash gap ikkinchi o‘rinda keladi: Umid shulkim, tole yor bo‘lsin. (G‘.G‘.)
Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini yoki qo‘llanilmagan to‘ldiruvchining mazmunini izohlab, konkretlashtirib keluvchi gaplar to‘ldiruvchi ergash gap deyiladi. Masalan, Shuni aytib o‘tayki,kema butun mas’uliyatni o‘z ustiga olgan, kema darg‘asining buyrug‘i bilangina u to‘lqinlarni yorib, dengizlar osha oladi («K.D») gapida ergash gap (keyingi gap) bosh gapdagi (birinchi gap) olmosh (shuni) bilan ifodalangan mavhum bo‘lakning - to‘ldiruvchining mazmunini izohlab, to‘ldirib kelgan:
Shuni, ya’ni kema butun mas’uliyatini o‘z ustiga olgan kema darg‘asining buyrug‘i bilangina to‘lqinlarni yorib, dengizlar osha olishni, aytib o‘tay.
To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda nisbiy so‘zlarning qo‘llanilishida o‘ziga xoslik bor.
Bosh gap birinchi o‘rinda kelganda, uning tarkibida shuni, shu narsani, bir narsani, shunga, shu narsaga kabi olmoshlar qo‘llaniladi va bu izohlanadi: Bu olmoshlar ergash komponentda biror shaklda tokrorlanib qo‘llanmaydi: Shuni bilamanki, mashinaga ajratilgan kattakon bir kartaga Arslonbek akam mo‘ylovch qilib odam qo‘ydirib yubordilar. (A.Q.) gapining bosh komponentida «shuni»bo‘lagining mosi keyingi gapda bo‘lmaydi.
Ergash komponent birinchi o‘rinda kelganda, ergash gap tarkibida nimaga, kimni, nimani, kimga, nima, nimani, kim bilan, nima bilan bosh gap tarkibida uni, shuni, o‘shani, hammasini, barchasini, barini, o‘sha bilan, shu bilan, u bilan kabi nisbiy so‘zlar bir-biriga muvofiqlashib keladi.
To‘ldiruvchi ergash gaplarni ana shu izohlanishi kerak bo‘lgan nisbiy so‘zlarning (ob’ektinning) xususiyatiga ko‘ra ikkiga ajratish mumkin. Bosh gapdagi vositasiz to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gap bosh gapdagi vositali to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gap.
Vositasiz to‘ldiruvchisi izohlanayotgan qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi o‘timli fe’lar orqali ifodalanadi:
Oygul siz shuni yaxshi bilinki, sizning juda ko‘p samimiy do‘stlaringiz bor («Sh.Y»)
Ona biladiki, endi har nahor, butun Vatan bo‘ylag‘b to‘lishar bahor.
Vositali to‘ldiruvchisi izohlanayotgan qo‘shma gaplarda o‘timsiz fe’llar bosh gapning kesimi bo‘li keladi. Shunga erishmog‘imiz kerakki, moddiy va ma’naviy boyliklardan hamma teng bahramand bo‘lsin.
Ko‘p hollarda ergash gap tomonidan izohlanishi kerak bo‘lgan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchi qo‘llanmaydi – «tushib qoladi». Biroq qo‘llanilmagan bu ob’ekt uning vositali yoki vositasiz to‘ldiruvchi ekanligi, boshqaruvchi bo‘lak – kesimdan anglashilib turadi. Ergash gaplar mana shu ifodalanmagan –elipsisga uchragan bo‘lakning vazifasini ham konkretlashtiradi – o‘rnini qoplaydi (kompensatsiya qiladi). Masalan, Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi. (G‘.G‘.) gapining kesimi o‘timli fe’l, qo‘llanilmagan bo‘lak (shuni, shu narsani) vositasiz to‘ldiruvchi.
Bosh gapdagi izohlanishi kerak bo‘lgan to‘ldiruvchilar quyidagicha shakllanadi:
Tushum kelishigida: «Shuni unitmanki, Davron erishilgan yutuqlar bilan xotirjam bo‘lib qololmaydi.
Jo‘nalish kelishigida: Men shu narsaga aminmanki, tinchlik urushni yengadi.
Chiqish kelishigi shaklida: Shu narsadan havotirlanamanki kanalni qazib bitkazmasak, suvsiz qolamiz.(«Guliston»)
To‘ldiruvchi ergash gapni biriktiruvchi vositalar quyidagilar:
-ki: Hech qachon esimizdan chiqarmayliki, ayollar o‘tmishda hammadan ko‘p zulm ko‘rgan (As.M.)
–mi: Bilasizmi, paxtakorning shuxrati olamga ketgan.
–ku: Bilasizku, mardning so‘zi bir bo‘lur, birgalashsak, dushman holi tang bo‘lur. (I.)
deb: Yaxshilik hech vaqt unitilmaydi, yomonlik hech vaqt jazosiz qolmaydi deb, bekorga aytmaganlar. («K.D»)
–chi: Chiqib ko‘r-chi, kimlar kelibdi.
–sa: Kimda-kim Go‘ro‘g‘lining G‘irotini olib kelsa, Shunga berarkan Nigorxon qizini. (I.)
Ergash gap –ki, -ku, -mi, -chi yordamchilari orqali bosh gapga biriksa, bosh gap birinchi (bog‘lovchi vositalar bosh gap tarkibida), ergash gap ikkinchi; -sa, deb yordamchilari bilan biriksa, ergash gap birinchi (bog‘lovchi vositalar ergash gap tarkibida) , bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi.
Ba’zan bosh gap har xil sabab bilan ergash gapning o‘rtasiga tushib qoladi. Bunda bosh gap kirish gap xarakteriga ega bo‘ladi.
Alisher, buni yaxshi bilasizki, bolalik yilaridayoq badialar ijod qilib «Zullisonayn» laqabi-la shuhrat topdilar. (O.)

Bosh gapdagi olmosh bilan, ifodalangan aniqlovchini yoki qo‘llanmagan aniqlovchini izohlab, to‘ldirib keluvchi, oydinlashtiruvchi ergash gaplar aniqlovchi ergash gap deyiladi. Masalan:


O‘zbekiston shunday diyorki, fasllari gulga o‘ralgan. (U.) gapida ergash gap (fasllari gulga o‘ralgan) bosh gapdagi aniqlovchi vazifasida qo‘llanilgan shunday so‘zini izohlab, oydinlashtirib kelgan. Bu hol qo‘shm agapni transshakltsiya qilganda, yaqqol seziladi: bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan bo‘lak (shunday) vazifasida endi aniqlovchi ergash gap (fasllari gulga o‘ralgan) qo‘llanilagn bo‘ladi. Qiyoslang: O‘zbekiston shunday diyorki, fasllar gulga o‘ralgan. –O‘zbekiston fasllari gulga o‘ralgan diyor.
Bosh gap birinchi o‘rinda kelganda, uning aniqlovchisi sifatida shunday, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, ba’zi bir, hech bir, shunday bir kabi nisbiy olmoshlari qo‘llaniladi va bular ergash gap tomonidan konkretlashtiriladi.
Shunday bir: Endi shunday bir hikoya aytib berki, unda doimo shoshildigan , ishning orqa-o‘ngini o‘ylamasdan harakat qiladigan bir odamning ahvoli ta’sir etilsin («K.D»)
Ba’zi, ba’zi bir, ayrim: Ba’zi bir rahbar hodimlarimiz borki,. Ular tanqiddan to‘g‘i xulosa chiqarmaydilar. Ayrim ilmiy muassasalar borki, unda fan yutuqlarini ishlab chiqarishga faol tatbiq etish yomon yo‘lga qo‘yilgan.
Bir: Bir vatanning o‘g‘limenkim, har taraf gul, lola, bog‘. (G‘.G‘.)
Hech bir: Hech bir ona yo‘qki, farzandiga ichi achimasa.
Bosh gap tarkibidagi qo‘llangan shunday, ba’zi bir, ba’zi, bir xil , ayrim, bir kabi so‘zlar ko‘p hollarda bir-biriga sinonim bo‘lib ham qo‘llaniladi: Shunday bir (bir xil, ayrim, ba’zi) olimlar ham bo‘lganki, ular ijodda hech qachon to‘xtab qolmaganlar.
Bosh gap ikkinchi o‘rinda kelganda, ergash gap tarkibida kim, kimki, kimning, bosh gap tarkibidagi olmoshlar ergash gap tomonidan oydinlashtiriladi. Kim egri bo‘lsa, uning taqdiri fojiali bo‘ladi.
Kimki, olimlardan hayo qilmasa, ularni xurmat etmasa, ularning afzalliklarini e’tirf etmasa, ularni haqoratlardan qutqarmasa, unday odamning aqli zoe ketadi va hayoti barbod bo‘ladi. («K.D»)
Ergash gap ba’zan bosh gapdagi shu, u, o‘sha, uning, o‘shaning so‘zlari bilan ifodalangan aniqlovchining ma’nosini ham oydinlashtiradi. Bunda ergash gap tarkibida qaysi, qanday, qay, kabi nisbiy olmoshlar qatnashadi:
Qaysi kitob sizga yoqsa, o‘sha kitobni Harid qilamiz.
Siz qaysi fakulptetni lozim ko‘rsangiz, men shu (o‘sha) fakulptetga xujjat topshirishga roziman.
Ba’zan,ma’lum qonuniyat, masalan, Ekonimiya asosida, bosh gapdagi izohlanishi kerak bo‘lgan aniqlovchi qo‘llanmasligi (elipsisga uchrashi) mumkin. Ergash gap mana shu qo‘llanmagan bo‘lakni izohlaydi.
Umrlar bo‘ladiki, tirigida o‘likdir, Odamlar bo‘ladiki, o‘ligida tirikdir. (Shayxzoda)
Odam borki, odamlarning naqshidir,
Odam borki, undan xayvon yaxshidir. (N.)
Aniqlovchi ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
–ki: Shunday odam haqida habar keltirdimki, uning har bir so‘zi gavhardir. (O.)
–sa,:Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi. (Maqol)
Ergash gap –ki yordamida bosh gap bilan biriksa, boo‘ gap birinchi, ergash gap ikkinchi o‘rinda keladi va bog‘lovchi bosh gap tarkibida bo‘ladi. Agar ergash gap –sa elementi bilan bosh gap biriksa, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi, bog‘lovchi ergash gapni kesimi tarkibida bo‘ladi.

4-MAVZU: Ravish ergash gapli qo‘shma gap, daraja-miqdor ergash gapli qo‘shma gap, payt ergash gapli qo‘shma gap, o‘rin ergash gapli qo‘shma gap.

REJA:
Ravish ergash gapli qo‘shma gap.
Daraja-miqdor ergash gapli qo‘shma gap.
Payt ergash gapli qo‘shma gap
O‘rin ergash gapli qo‘shma gap

Tayanch tushuncha va iboralar: Ergashgan qo‘shma gap, bosh gap, ergash gap, ravish ergash gap, daraja-miqdor ergash gap, ravish ergash gapli qo‘shma gap, daraja-miqdor ergash gapli qo‘shma gap, payt ergash gap, o‘rin ergash gap, payt ergash gapli qo‘shma gap, o‘rin ergash gapli qo‘shma gap.



Bosh gapdagi ish-harakatning yoki voqelikning qay tarzda, qanday vaziyatda yuz berishini anglatadigan ergash gap ravish ergash gap deyiladi. Masalan:
Umaralining rangi oqarib, a’zoyi badani yonib, bolig‘ini chaqmoq yoqib o‘tganday bo‘ldi. (O.) gapida ravish ergash gaplar (Umaralining rangi oqarib, a’zoyi badani yonib) bosh gapdagi (keyingi gap) voqelikni qanday holatda, vaziyatda yuz berganini anglatgan.
Ravish ergash gap bosh gapga ravishdoshning quyidagi shakllari bilan tushadi:
–b, (-b): Qorni ochib, kuchi qochib, keladi bo‘ri.
–may: Tomog‘ingdan o‘tmay bir qultum ham suv,saharlarda nola qilasan. (U.)
–mas=dan:Naimiyning biror ishi o‘ngidan kelmasdan, biror maqsadi yuzaga chiqmasdan, umri o‘tib ketadi. (As.M.)
–gudek:Onaxon ikki tirsagini keng yoyib stolning chetini barmoqlari bilan bosgudek, malham ushladi. (As. M.)
ganicha: Ma’ruzasi o‘zi o‘ylab quyganicha, u qadar silliq va qulay chiqmadi. (O.)
Holda shakli bilan: Umidlar bilan ko‘ksi qabargan holda, u lablarida bir qo‘shiqni shivirlab, xo‘jayinnikiga ketdi. (O.)
deb yordamchisi bilan:CHol unga qarayman deb qo‘lidagi choynakni tushirib yubordi. (A.Q.)
Ravish ergash gap ko‘pincha bosh gapdan oldin keladi, bog‘lovchi vosita ravish ergash gap tarkibida bo‘ladi. Bosh gap ergash gapning kesimi bilan aloqaga kirishadi. Ba’zan turli xil sabablar natijasida bosh gapdan keyin yoki uining o‘rtasida ham keladi:
Oyimlar o‘tirar kokilin osib, Mushki anbar hidi har yonni bosib.(F.)
Sultona, rangi oqarib, kasalxona karavatida yotar edi.
Saida bir lahza nafasi ichiga tushib, noqulay ahvolda qoldi. (A.M.)
Ravishdosh oborot grammatik shakllanishi, intonatsiyadagi nisbiy mustaqilligi eihatidan ravish ergash gaplarga o‘xshaydi.Biroq ravishdosh oborot o‘ziningmustaqil ega va kesimiga ega emasligi ya’ni predikativ qo‘shilma emasligi bilan ravish ergash gapdan farqlanib turadi. Masalan:
Saida ko‘nglimdagi bir g‘ashlik ikki bo‘lib Qalandarov bilan munosabati va tajribasizligi tufayli ne-ne ko‘ngilsiz o‘y-hayollarga borib, kolxozga jo‘nadi. (A.)
Gapida: 1) ko‘nglidagi bir g‘ashlik ikki bo‘lib, 2) ne-ne ko‘ngilsiz hayollarga borib, qo‘shilmalari tashqi yog‘idan farqsizday ko‘rinsa ham, ularning birinchisi ravish ergash gap (bir g‘ashlik – ega, ikki bo‘lib – kesim), ikkinchisi ravishdosh oboroti. Yoki
Samandarov bu gal yuzi oqarib, labi titrab, nafasi ichiga tushib, tashqariga chiqib ketdi. (As.M.) gapi
U bir qo‘li bilan ko‘zoynagini ko‘tarib, dukni ko‘zlariga yaqin tutib, boshdan oxir sinchiklab qarab chiqdi. (O.) gapiga o‘xshaydi. Holbuki, birinchi konstruksiya to‘rta gapdan iborat bo‘lib, shulardan uchtasi ravish ergash gap; ikkinchi konstuktsiya bitta sodda gapdan iborat bo‘lib, unda uchta ravishdosh oborot mavjud.
Bosh gapdagi voqea yoki hodisaning xajmini, miqdorini o‘lchash, darajalar ko‘rsatish, chegaralash uchun xizmat qiladigan gaplar miqdor-daraja ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Masalan, Mehnati qancha qiyin bo‘lsa, samarasi shuncha shirin bo‘ladi. Gapida birinchi gap (ergash gap) ikkinchi gapning mazmunini hajm-miqdor jihatidan darajalab ko‘rsatgan.
Miqdor-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap ikkinchi o‘rinda kelganda, ergash komponentda qancha, qanchalik, naqadar, nechog‘lik, bosh komponentda shuncha, shunchalik, shuncha kam, shuncha ko‘p kabi nisbiy so‘zlar qo‘llaniladi va bosh kompanentdagi mana shu nisbiy olmoshlarning mamuni, gap bilan bir butun holda, ergash gap tomonidan izohlanadi. Misollar:
Daryo qancha chuqur bo‘lsa, u shuncha sekin oqadi. (maqol)
Do‘stlar qancha kam bo‘lsa, balo shuncha kam yopishadi. (“K.D.”)
Chol bu gaplarni shuqadar hayojon bilan gapirsa, Qalandarov shuncha jiddiy quloq solar edi.
Bosh gap birinchi o‘ringa kelganda, unda shunday, shuqadar shunchalik, bu darajada kabi so‘zlar qo‘llaniladi, va ergash gap tomonidan izohlanadi. Misollar:
Bu xotin shu qadar go‘zal ediki, hali falak ko‘zi bunday jamolni ko‘rmagan edi. (“K.D.”)
Men sening do‘stligingdan shu qadar xursandmanki, uni hech bir narsaga almashtira olmayman. (“K.D”)
Bu turdagi ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmunidan daraja-miqdor bilan birga, qisman, natija anglashib turadi. Miqdor - daraja ergash gapning natija ergash gapdan faqat shundaki, u bosh gapdagi kesimnigina emas, balki kesim oldida kelgan holda yoki sifat (yoki ravish)=to‘liqsiz fe’l orqali ifodalangan kesimning birinchi elementini izohlaydi. Natija ergash gaplar esa bevosita bosh gapdagi kesimning izohlab, ish-harakatning natijasini ko‘rsatib keladi.
Anvar qiz bilan shunchalik ko‘ngilli suhbat qurdiki, bir umr esdan chiqmaydigan bo‘lib tuyuldi.
U shu qadar hushmuomala, shu qadar shirin so‘z, shuqadar suhbatlashib to‘ymaysiz.
Miqdor -daraja ergash gaplar bosh gapga –sa elementi bilan birikkanda, ergash gap oldin, bosh gap keyin keladi; Bog‘lovchi ergash gap tarkibida bo‘ladi.
Bundan tashqari miqdor -daraja ergash gapi bosh gapga sari, ayin yordamchilari orqali ham birikadi. Bunday qo‘shma gaplarda qancha, shuncha, qanchalik, shunchalik kabi nisbiy so‘zlar qo‘llanishi ham mumkin:
Rahmonqulov qizarib qichqirgan sari, Samandarov unga yaqinroq kelib, nimanidir uqdiradi. (As.M.)
U senga yaqinlashgan sari, sen undan uzoqlasha borasan (K.D.)
Biz qancha ko‘p yo‘l yurgan sayin, manzil shuncha uzoqlashganday bo‘lar edi. (S.)
Sari, sayin ko‘makchilari bilan birikkan qo‘shma gaplardan ergash gap birinchi (bog‘lovchilar shu gap tarkibida), bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi.

Bosh gapdagi voqea-hodisa yoki harakatning yuzaga kelishi vaqtini bajarilish paytini anglatadigan ergash gap payt ergash gap deyiladi. Payt ergash gapli qo‘shma gapda voqea-xodisa yoki harakatning bir vaqtda yoki ketma-ket sodir bo‘lishi ifodalanadi:


U g‘azabdan yallig‘langan ko‘zlari bilan qosh ostidan unga tikilib turarkan, ro‘parasida, negadir, Holmat Yunusovich gavdalandi. (As.M.)
Darvozadan chiqib, katta yo‘lga bir oz yurilgach, ular chap tomonidagi tolzor ko‘chaga burilishdi. (A.Q.)
Boshliq o‘zini bosguncha, u fikrini bir joyga tshplab oldi. (As.M.) gaplarining birinchi va ikkinchisida voqelik bir vaqtda: uchinchi va to‘rtinchisida ketma-ket; beshinchisida bosh gapdagi voqelik ergash gapdagi voqelikdan oldin yuz berganligi ifodalangan.
Payt ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
–gan=da: Vodiylarni yayov kezganda , bir ajib his bor edi menda. (H.O.)
–gan =o‘rin-payt kelishigi bilan shakllangan payt bildiruvchi choq, payt, zamon, kez, dam, mahal, vaqt, on shakllari bilan:
Usta Samarqandda ishlagan vaqtda, Sultonmurod uch yashar bola edi.(O.)
Vadakachka bitgunga qadar, ariq tayyor bo‘ldi.
Mazmun hamda shakl jihatdan go‘zal kitob yozilgunga qadar, ular shu zaylda ishladilar. («K.D»)
U endi choy-poy qilib turgan mahalda, Abdurasul, Oyimxon, Aliqul kirib kelishdi.
Tong yorisha boshlagan paytda, birdan zil-zila sodir bo‘lgan edi. –ganda, -gan=vaqtda (paytda, chog‘da…) kabi shakllar bilan birikkan ergash gaplarni komponentlardagi voqelik bir vaqtda yuz beradi.
3. –gan=zamon(on, hamon,zahoti kabilar)bilan birikkan payt ergash gaplarda komponentlardagi voqelik tez almashganligi anglashiladi:
Ko‘cha eshik bo‘sag‘asida Otash –dukchi paydo bo‘lgan on, qizlar uchun avzoyi buzuqligini payqab, darrov uy-uylariga tarqalishdi.
Misollardan anglashiladiki, -gan=zamonda, gan=zamon shakllari bir xil – sinonimik vositalar emas.
–gan =dan=keyin (so‘ng). Bu shakllar orqali birikan payt ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapdagi voqelik bosh gapdagi voqelikdan oldin yuzaga kelgan bo‘ladi:
Rahmonqulov stol yoniga o‘tirgandan keyin, Humoxon xat olib kirdi. Turg‘un o‘zini tamoman to‘xtatib olgandan so‘ng, Mastonoy gap boshladi. (O.)
5. –gandan beri (buyon, boshlab) shakllari orqali bosh gapga birikkan ergash gaplar harakatning boshlanish paytini, qachondan beri davom etayotganini anglatadi:
Tong yorishgandan beri, odamlar kanal tomon yuradilar. (H.O.)
Seni, Omon, ko‘rgandan beri, ko‘zlarimga uyqu kelmaydi. (H.O.)
6. –guncha, -gan (-gun) =ga dovur (qadar) shakllari bilan bosh gapga birikkan ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapdagi harakat boshlanishidan oldin yuzaga kelganligi ifodalanadi.
7. –gan edi, -gan ham ediki, -gan ediki, -ganicha yo‘q ediki, -ganicha ham yo‘q shakllari bilan bosh gapga birikadigan ergash gapli qo‘shma gaplarda voqelarning odatagidan tez yuzaga kelganligi, biridan ikkinchisiga tez ko‘chishi kabi mazmun ifodalanadi:
Saida o‘rnidan turgan edi, Nosirov to‘xtadi. (A.Q.)
Shoir she’rni o‘qib tugatgandan ham ediki, atrofdagilar qarsak urib yubordilar. (O.)
U shu suvdan ichmoqchi bo‘lib, suvdonni to‘latgan ham ediki, qo‘sh qanot qoqib suvni to‘kib yubordi. («K.D.»)
8. –r (-ar) =ekan (kan). Bu shakl bilan birikkan qo‘shma gaplarda ergash gap va bosh gapning mazmuni bir vaqtda yuzaga keladi:
U g‘azablangan ko‘zlari bilan qosh ustiga unga tikilib turarkan, ro‘parasida, negadir, Holmat Yunusovich gavdalandi. (As.M.)
Jumaboy xayr-xushlar ekan, Umarali zo‘raki iljayish bilan o‘rnidan turdi. (O.)
9. –sa. Bog‘lovchi orqali birikkan ergash gap ham payt, ham shart ma’nosini ifodalashi mumkin. : Agar payt ma’nosi ifodalansa, ergao‘ gap mazmuni bosh gapning mazmuni bilan bir vaqtda yuzaga kelgan bo‘ladi; Bir vaqtning o‘zida ham payt , ham shart mazmunini ifodalanganda, ergash gapdagi harakat bosh gapdagi harakatdan oldin yuzaga keladi; payt mazmunini ifodalagan ergash gaplardagina -sa o‘rnida -ganda, -gan vaqtda kabi shakllarni qo‘llash mumkin bo‘ladi:
Sizni ko‘rsam (ko‘rganimda,ko‘rgan paytda ), boyning qizi bo‘lganinga o‘zim ham afsus qilib ketaman. (O.)
Yuzingni bir ko‘ray desam (ko‘rmoqchi bo‘lganimda), qo‘lingni pardalar qilding. (Zavqiy)
-sa bog‘lovchisi ba’zan –ki bilan birga ham qo‘llaniladi: Uyga kirsaki, Jamila yo‘q. Qarasaki, sandiq oqib kelyapti (F.)
10. –may, -masdan, -masdan burun (avval, oldin, ilgari). Bu shakllar bilan birikkan qo‘shmagaplarda bosh gapdagi voqea ergash gapdagi voqeadan oldin yuzaga kelgan bo‘ladi:
Naqqosh ketmasdan avval, shoir eshikka chiqdi. (O.)

Na ko‘kning fanari o‘chmasdan,


Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan,
Na ufq o‘ramay yoqut zar,
Na bulut silkitmay oltin par,
Tong kulmasdan burun turardi. (U.)
11. –r (-ar) –mas. Kelasi zamon sifatdoshining bo‘lishli va bo‘lishsiz shakli (juftlashib) orqali bog‘langan bunday qo‘shma gaplarda ergash gapdagi harakat to‘la bajarilib bo‘lmasdan, bosh gapdagi harakat boshlanadi:
Kun botar-botmas, biz qishloqqa kirib bordik.
12. –b (-ib), -gach: yanvarp oyi boshlanib sovuq tushdi. Ular supaga o‘tirishgach, suhbat o‘z-o‘zidan boshlanib ketdi.
13. –sh (-ish)= bilan, deguncha. Bu shakllar bilan birikkan qo‘shmagaplarda bosh gapdlagi voqea ergash gapdagi voqeaning boshlanishi yoki yuz berishi bilanoq sodir bo‘ladi:
Fil hartumini suvga solishi bilanoq, suv chayqala boshlandi. («K.D»)
Bir ishni qo‘liga oldi deguncha, ikkinchisi chokidan ketadi. (O.)
14. –ki: Bu bog‘lovchi bilan birikkan qo‘shmagaplarda bosh gapdagi harakat yoki voqelikning qachonday beri davom etishi yoki mavjudligi ifodalanadi: Nur borki soya bor. U bir necha kun bo‘ldiki, joyidan jilmaydi. («K.D.»)
Dunyo yaralmishki, bu oftob bor,
Sharqdan ko‘tarilib, botardi G‘arbga. (G‘.G‘.)
Shu dargohga kelibmanki, janjaldan boshim chiqmaydi. (A.Q.)
15. –mi: Bu bog‘lovchi orqali birikkan qo‘shma gaplarda bir voqea ikkinchi bilan tez, qisqa muddatda almashganligi anglashiladi:
Uzoqdan qora ko‘rindimi, chopib oldiga borar edi. (A.Q.)
Paxta ochildimi (ochilishi bilan) terim boshlandi.
Payt ergash gaplar, ko‘pincha, bosh gapdan oldin keladi, ergashtiruvchi shakllar ham ergash gap tarkibida bo‘ladi. Biroq uslubiy-poetik talablar bilan ergash gapning shrni invertsiya bo‘lishi –bosh gapdan keyin yoki uning o‘rtasida qo‘llanilishi mumkin:
U, quyosh botib, salqin tushganda, yo‘lak bo‘ylab sayohatga chiqdi.

Bosh gapdagi harakatning yuzaga kelish, boshlanish, yo‘nalish o‘rnini, makonini anglatadigan ergash gap o‘rin ergash gap deyiladi. Masalan: Qayerda intizom yaxshi bo‘lsa, u yerda o‘qish sifati ham yaxshi bo‘ladi.


Gapning birinchi komponenti (ergash gap) bosh gapdagi o‘rin holi vazifasini izohlash asosida bosh gapdagi voqelikning yuzaga kelish o‘rnini konkretlashtiradi.
O‘rin ergash gapli qo‘shma gapning o‘ziga hos xususiyatlaridan biri shuki, ergash gap tarkibida qayerda, (qayda), qay tomonda, qay tarafda; qaerga (qayga), qayoqqa, qaysi tomondan, qay tarafdan, bosh gap tarlibida ko‘pincha shularga mos holga shunda, u yerda, o‘sha yerda, o‘sha tomonga, o‘sha tarafga; shu (u, o‘sha) yerdan, shu yoqdan, shu tarafdan, shu tomondan kabi so‘zlar qo‘llaniladi.
Bosh gap tarkibida qo‘llanilgan mavhum ma’noli so‘zlar ergash gap tomonidan konkretlashtiriladi. Mana shu nisbiy so‘zlar mavjud konstruksiyaning o‘rni ergash gap sifatida shakllanishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Nisbiy so‘zlar qo‘llanilmas ekan, o‘rin ergash gap, boshqa sintaktik konstruksiyaga, masalan, shart ergash gapga aylanadi.
Qiyoslaylik:
Qayerda intizom yaxshi bo‘lsa, u yerda o‘qish sifati ham yaxshi bo‘ladi. – Intizom yaxshi bo‘lsa, o‘qish sifati yaxshi bo‘ladi.
O‘rin ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi:
1. –sa: Zulm qaerda uchrasa, shu yerda yondirish kerak. (O.)
Katta kema qayoqqa yursa, kichik kema ham shu yoqqa yuradi. (Maqol.)
Suv qayoqqa oqsa, tosh ham o‘sha yoqqa dumalaydi. (H.SH.)
O‘rin ergash gapning mazmuni bosh gapdagi ma’nosi izohlanayotgan ravishga qarab hukm etiladi: agar ravishlar o‘rin kelishigida bo‘lsa, harakat, xususiyatning o‘rni; jo‘nalish kelishigida bo‘lsa, harakatning yo‘nalish o‘rni; chiqish kelishigida bo‘lsa, harakat yoki belgining boshlanish o‘rni anglashiladi: Qiyoslang: Qaerda jamoa ahil bo‘lsa, u yerda mehnat unumdor bo‘ladi. – Qaerda jamoa ahil bo‘lsa, u yerda hech kim ketgisi kelmaydi. – Qaerda jamoa axl bo‘lsa, u yerga hamma intiladi.
Ba’zan ergash gap bosh gapdagi ega vazifasida qo‘llanilgano‘rin ko‘rsatuvchi so‘zning ma’nosini izohlaydi. Biroq bunday ergsha gaplar o‘rin ergsha gap emas, aniqlovchi ergash gap sanaladi:
O‘rin ergash gap bo‘lish uchun ergash gap bosh gapdagi o‘ringa munosabat ko‘rsatuvchi o‘rin kelishiklarining biror bir shakli qo‘llanilagn bo‘lishi kerak. Biroq ba’o‘i stilistik talab bilan nisbiy olmosh – o‘rin ravish bosh gap tarkibida qo‘llanilmasligi umumiy holatdan, ergash gap tarkibidagi nisbiy so‘zdan anglashilib turadi: Qayerda tashvish, janjal, ishkat bo‘lsa, o‘zingni urasan. (As.M.)
Saida rais qayoqa boshlasa, yurar… (A.Q.)
Ba’zi hollarda bosh gapdagi mazmuni izohlanayotgan ravishning gapda real qo‘llanish zaruriyati yo‘qolgan bo‘ladi: Men qayorga borsam, sen menga hamroh bulursan. (O.)
2. O‘rin ergash gap bosh gapga bo‘lishsiz shakldagi buyruq fe’li vositasida birikadi:
Vatanimizning qaeriga bormang, u yerda ilm chiroqlari nur sochib turadi.
Ekan, -gan=ekan, -r(-ar)=ekan, -mas ekan:
Qaerda tanqid va o‘z-o‘zini tanqid yo‘liga qo‘yilmagan (qo‘yilmas)ekan, u yerda intizom bo‘shashadi.
–di: Qaerda intizom buziladi, u yerda ish rasvo. (U.)
5. O‘rin ergash gap bosh gapga ba’zan bog‘lovchi vositalarsiz – intonatsiya bilan birikadi:
Qayerda intizom mahkam, u yerda ish yirik. (U.)
O‘rin ergash gap, ko‘pinchpa, bosh gapdan oldin keladi, gap tarkibidagi nisbiy so‘zlar komponentlarning o‘rnini almashtirishga u qadar yo‘l qo‘ymaydi.

5-MAVZU: Sabab ergash gapli qo‘shma gap, maqsad ergash gapli qo‘shma gap, o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap, shart ergash gapli qo‘shma gap.


REJA:
Sabab ergash gapli qo‘shma gap
Maqsad ergash gapli qo‘shma gap
Shart ergash gapli qo‘shma gap
O‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap.

Tayanch atama va iboralar: Sabab ergash gap, maqsad ergash gap, o‘xshatish ergash gap, shart ergash gap, sabab ergash gapli qo‘shma gap maqsad ergash gapli qo‘shma gap, o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap, shart ergash gapli qo‘shma gap.


Bosh gapdagi voqea hodisa yoki harakatning yuzaga kelish sabablarini anglatadigan ergash gap sabab ergash gap deyiladi. Masalan, «ob havo noqulay kelganligi uchun, chigit ekish kechikdi» gapidagi ergash gap (birinchi komponent) bosh gapdagi voqelikning yuz berish sabablarini anglatgan.


Sabab ergash gapni, kesimi shaklan bosh gapga nisbatan tobe yoki mustaqilligi nuqtai nazaridan, ikkiga ajratish mumkin:
A) kesim shakli orqali bosh gapga bog‘lanadigan ergash gaplar;
B) bog‘lovchilar orqali bosh gapga bog‘lanadigan ergash gaplar.
Kesim shakli orqali bosh gapga bog‘lanadigan sabab ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. Uchun : Dunyoni tark etmagayman, dunyoda sen bor uchun. (U.) Kichik ariqa hali suv kelmagani uchun Gulnora chelak ko‘tarib katta ariqqa jo‘nadi. (O.)
2. Sababli : Kuzgi shudgor sifatli bo‘lganligi sababli, hosil yaxshi bo‘ldi.
3. Tufayli : Dushman keltirgan talofat tufayli, temiryo‘l izdan chiqqan edi.
–ganidan, -ganligidan: Jim ketish noqulay bo‘lganidan Saida gap boshladi. (A.Q.) Nuri gapga e’tibor qilmaganidan YOrmat endi qizga qarab so‘zlay boshladi.
5. –mi: kesimi bu shakl bilan shakllangan ergash gaplar gumon, noaniq sabab anglatadi: Atrofda noxush voqealar yuz berganligidanmi, shoirning ko‘ngli g‘ash edi. (O.)
-mi elementi uchun, sababli, tufayli yordamchilari bilan shakllangan ergash gaplarning kesimlaridan keyin ham qo‘shilib keladi va gumon, taxmin noaniq sabab ma’nosini ifodalaydi:
Kecha tog‘da tuman borligi uchunmi (sabablimi) samalyot uchmadi.
6. –gan (gan=lig=i=dan) = bo‘lsa = kerak: Bu shakl bilan shakllangan ergash gaplar ham noaniq sabab ifodalaydi:
Qalandarov Saidaning zarbga bunday epchilik bilan chap berishini hayoliga keltirmagan bo‘lsa kerak, o‘zi shoshib qoldi. (A.Q,)
Yig‘ilish kechiktirilgan bo‘lsa kerak, boshqarmada Rahmatqulov ham ko‘rinmadi. (As.M.)
7. Shekilli, chog‘i: Bu shakllar ham vazifasi jihatidan –mi yordamchisiga yaqin turadi:bosh gapdagi voqelikni yuzaga keltirgan sabab konkret bo‘lmaydi:
Bu fojiani hamma undan ko‘rayotgandek tuyuldi shekilli, u qayoqadir g‘oyib bo‘ldi. (As.M.)
U uzoqni, o‘tgan bahorni, yozni esladi chog‘i,ko‘zlarida o‘ychan, g‘amgin bir jilmayish ko‘rindi. (As.M.)
8. –ki : Bahtim borki, har narsa go‘zal ko‘rinadi mening ko‘zimga.
9. –deb: Qora yerga yaqin kelsin deb quyosh,
Ulug‘bek yo‘qotdi ko‘kday ulug‘ bosh. (G‘.G‘.)
10. Keyin, so‘ng: Ketaman deb turib olgandan keyin, ruhsat berdim-da! (As.M.) (Ketaman deb turib olganligi uchun ham, javob berishga majbur bo‘ldim mazmunida.
11. –b, (-ib) : Nahoti Dilbar o‘z kelajagidan cho‘chib, ruhi ezilib ketgan edi. (As.M.)
12. -gach : Bolasi bu yerda talaba bo‘lgach, otasi osuda va ko‘ngli to‘qdir. (G‘.G‘.)
13. –may, -masdan: Ko‘pincha suv tashiydigan odam topilmay, suvsiz o‘tiramiz. (O.)
Bu alamlarga chidolmay, ko‘zdan yoshim shashqator. (M.)
Bevosita kesim yoki uning shakli orqali emas, bog‘lovchilar orqali bosh gapga birikadigan sabab ergash gaplarning bosh gapga quyidagi vositalar biriktiradi:
1. Chunki: Halol mehnat qilmoq eng yaxshi odat, chunki mehnat berdi bizga saodat. («Hat»)
2. Negaki: Adolat buning sababini surishtirmadi, negaki boshqa boshliqlar ham kelishi kerak edi.
3. Sababki : Bu to‘g‘rida u kishidan o‘pkalamadim, sababki ozodlik nimaligini ozodlikdan mahrum bo‘lgan odam biladi. (A.Q.)
4. Shuning uchun, shu sababli, shu boisdan, shu vajdan :
Har kun ortar ko‘zlarimdan nur, shuning uchun yo‘q aslo g‘amim. (H.O.)
Unda mehmonla ko‘p bo‘ldi, shu sababli qizlar yon qo‘shninikida alohida bir xonani egaladilar. (O.)
5. –ki: Men sizga shuning uchun ham ishona olmaymanki, siz olg‘a qarab emas, orqaga qarab ketayapsiz. (A.Q.)
Sabab ergash gap bosh gapga -gach, -ganidan, -ganligidan, -may, -masdan shakllari, uchun, deb, sababli, tufayli ko‘makchilar, -mi, shekilli, chog‘i kabi modal so‘z va yuklamalar bilan biriksa, birinchi o‘rinda, bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi; biriktiruvchi shakllar ergash gapning kesimi tarkibida bo‘ladi.
1) Sabab ergash gap bosh gapga chunki, negaki, sababki bog‘lovchilari bilan biriksa, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o‘rinda bo‘ladi, bog‘lovchilar ergash gaplarni boshida qo‘llaniladi.
2) Sabab ergash gap bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu boisdan, shu vajdan, shu sababdan bog‘lovchilari bilan biriksa, ergash gap birinchi o‘rinda, bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi, bog‘lovchilar bosh gap tarkibida qo‘llaniladi.
3) –ki bog‘lovchisi orqali bosh gapga bog‘langan sabab ergash gaplar bosh komponent oldin ham, keyin ham keladi, ham ergash gap, ham bosh gap tarkibida qo‘llaniladi. Qiyoslaylik:
Baxtim bor har narsa go‘zal ko‘rinar mening ko‘zimga
(ergash gap birinchi o‘rinda).
Men sizga shuning uchun ham ishonmaymanki, siz olg‘a qarab emas, orqaga qarab ketayapsiz.
(bosh gap birinchi o‘rinda)
4) Agar bosh gapdagi ega tarkibiga ahamiyat berib aytilsa, shu qism ergash gapdan oldin qo‘llaniladi:
Bosh gapdagi harakat yoki voqeaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini anglatadigan ergash gaplar maqsad ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Maqsad ergash gap orqali ifodalangan harakat hali boshlanmagan, yuzaga kelishi endi mujallangan bo‘ladi. Masalan: Xalqimiz shoyi kiysin deb, tut ko‘chati ekamiz gapidagi birinchi komponent (ergash gap) ikkinchi komponent (bosh gap) dagi harakatning qanday maqsadda yuzaga kelishini, bajarilishini anglatadi.
Maqsad ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. deb (deya, deyishib): Bunda ergash gapning kesimi buyruq maylidagi fe’lning birlik va ko‘pligidan birinchi, ikkinchi va uchunchi shaxs shaklida bo‘ladi.
Nevaramizni ko‘ray deb, bobosi kelibdi. (S.Zun.)
Ishonchimni doim oqla deb,
Hazonlardan meni saqla deb,

Ulug‘ jangda meni yoqla deb,


Qurol berding qo‘llarga bahor.
Bola ekan, tish chiqardim,
Yovlarni tishlasin deb,
Tog‘dek og‘ir bilak berdim
Yovlarni mushlasin deb. (H.O.)

Bunday qo‘shma gaplarda ergash gapning fe’l kesimlari buyuruq mayli shaklida bo‘lsa ham, ergash gapdagi mazmun buyruqni emas, estakni anglatadi.


2. –r(ar)= ekan: Bunda maqsad ergash gapdagi harakatning bajarilishi tahmin-tavakkal, mo‘ljal qilinadi: O‘g‘limga tegmasa, o‘rtoqlariga tegar deb, xalta-xalta mayiz turshak yubordim. (O.)
So‘zim qanda y ta’sir etar ekan deb, diqqat bilan unga tikildi. (A.Q.)
3. –mi=ekan: Baxtim bormi ekan deb, Menga yormi ekan deb, Kelaberdilar bari, Kattakon chinor sari. (H.O.)
-mi, ekan shakli –mikin shaklida ham qo‘llaniladi:
Gulnora kelarmikan deb, juda kutgan edim. (A.Q.)
uchun: Uchun bilan birikan maqsad ergash gapning kesimi ko‘pincha fe’lning uchinchi shaxs buyruq mayli shaklida bo‘ladi:
E’zozxon uyg‘onmasligi uchun, Botirali sirg‘anib ko‘rpadan chiqdi. (G‘.G‘.)
5. Toki: Bu element bilan birikan ergash gaplarning kesimi ham fe’lning uchunchi shaxs buyruq mayli shaklida bo‘ladi:
Isfaxonga yolg‘iz o‘zim ketib boraman, toki o‘g‘lim ko‘rib ko‘nglim tinchisin. (F.)
Maqsad ergash gapning kesimi (ko‘proq jonli tilda) degan maqsadda, degan niyatda, degan umid bilan kabi shakllar orqali ham shakllanadi va bosh gapga birikadi:
Qizlar orasida sevgilim bormikiin degan niyat bilan, G‘arib saroyga ko‘z tashladi. (F.)
Maqsad ergash gaplar deb, uchun, degan umidda, degan niyatda, degan maqsadda, degan umid bilan kabi shakllari orqali ham shakllanadi va bosh gapga biriksa, birinchi o‘rinda keladi, biriktiruvchi shakllar ergash gap tarkibida bo‘ladi. Ergash gap bosh gapning biror bo‘lagini izohlasa, bosh gapning o‘rtasida qo‘llanadi:
U esini o‘nglab, tomoshabinlar to‘planmasin deb, dadasiga jerkibroq: «yuring» dedi (A.Q.)
Shart ergash gaplar uch zamonda real ravishda yuzaga keladigan harakatning yoki tahmin qilingan voqelikni ifodalaydi. Shunga ko‘ra, shart ergash gaplar ikki turga ajratiladi: 10 real – voqea-hodisani ifodalaydigan shart ergash gaplar; 2) mo‘ljallangan, tahmin qilingan (irreal) voqea-hodisani ifodalovchi shart ergash gaplar.
Shart erga gaplar real voqeani ifodalaganda, ergash gapdagi shart («A») bosh gapdagi natija («B») ni keltirib chiqaradi, agar ergash gapdagi «A» bo‘lmasa, bosh gapdagi «B» ham bo‘lmaydi: Agar yerga o‘g‘it solinsa, hosil mo‘l bo‘ladi. – «A» bo‘lsa, «B» bo‘ladi. Yerga o‘g‘it solinmasa, hosil mo‘l bo‘lmaydi. «A» bo‘lmasa, «B» bo‘lmaydi.
Ergash gapdagi shart irreal voqea ifodalanganda, ergash gapdagi voqeaning yuzaga kelmaganiligini , uning faqatgina mo‘ljalanganligini tahmin qilganligini anglatadi:
Qalandarov bir oz sabr qilsa, ortiqcha so‘zga o‘rin ham qolmas edi. (A.Q.)
Shart ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar:
1. –sa (shart mayli qo‘shimchasi) yordamida:
Shart maylidagi ergash gap: a) konkret shartni ifodalovchi:
Sen kulmasang, kulmaydi bahor. (Q.) b) tanbeh, ogohlantirish : o‘zgalar yuzi tomosho aylasam, chiqsin ko‘zim. (N.) v) gumon, achinish, afsuslanish: pul to‘lasa, izvoshchi shundoq olib borib ko‘rsatib kelay qolar. (As.M.) Ex, yosh vaqtim bo‘lsa, unda boshqa narsa der edim. (Saodat.)
2. –sa=chi, Xo‘p deya qolsa-chi, biz ketar edik. (As.M.)
3. Bo‘lmasa, yo‘qsa: Doim olg‘a qarab harakt qil, bo‘lmasa ishing o‘ngidan kelmaydi. (As.M.) Och darvozang, yo‘qsa boshing olaman (I.)
–sa=edi: Urush bo‘lmasa edi, bugungi taraqqiyotimiz yanada yuqori bosqichda bo‘ladi. («Saodat»)
–gan=da (-gan=da=edi). Bu shakl bilan shakllangan ergash gaplar shaklan payt ergash gaplarga o‘xshasa-da, mazmunan shart ergash gapdir. Bosh gapdagi fe’l kesimning zamoni (tugallanmagan o‘tgan zamon)uning shart ergash gapekanligini ko‘rsatib turadi. Ergash gapning tarkibida agar, mabodo, bordi-yu kabi so‘zlar kelganda, shart ma’nosini ham yanada aniq ko‘rinadi:
Agar shu tuproq bo‘lganda edi, menda na yurak, na baxt na oila bo‘lar edi.(As.M.)
–r (-r) = ekan, -gan = ekan, emas = ekan, -moqchi ekan:
Modomiki otam rahmatli va’da qilgan ekan, biz, albatta, u u kishining orzusini amalga oshiramiz. (O.)
–mi: Kessondan havo chiqdimi, demak suv o‘pirip kiradi. (As.M) CHoy damladingmi, hidi gurkirab tursin. (H.G‘.) Intizom buzildimi, ishda unum bo‘lmaydi. (U.)
–sa = bor = mi: Inson bolasi jazm – qilsa bormi, tog‘ yorilib, yo‘l beradi. (As.M.)
–ki. Bu shakl bilan birikkan qo‘shma gapda ahd qilish, qasam ichish, va’da berish ma’nolari ifodalanadi:
Sening ko‘zing surmasidan ayrilgach bu ko‘zlarimga lahad tuproqlari to‘lsinki, bir odim sendan yiroq qolsam. (H.H.)
–may: Yer ko‘karmay, mol to‘ymas. Jafo chekmay, jonona qayda.
–gan = dan = keyin: Qo‘l kalta bo‘lgandan keyin, qayoqqa uzatasan.
Shart ergash gap ehtimol, ajab emas, mayli, balli, qani (endi), bas, bo‘ldi, bo‘lgani kabi so‘z-gaplarni io‘zohlab keladi: Yuragimga o‘t solib yondirsang, mayli. (U.) yuragimni berib ketsang bas. (U.)
Ba’zan bosh gap pozitsiyasidagi bas, bo‘ldi kabi so‘zlardan so‘ng shu so‘zlarni izohlovchi to‘liq ikki sostavli gap keltiriladi:
Menga bitta ishora qilsa bo‘lgani, darrov oldiga boraman.
Bosh gap –sa, -sa = edi, -sa = chi, -gan = da (edi), -r (-or) ekan, -gan = dan = keyin, bo‘lmasa, yo‘qsa, -mi, -sa = bormi, -may kabi yordamchilar orqali birikkan shart ergash gap, ko‘pincha, bosh gapdan oldin, biriktiruvchi, shakllar ergash gap tarkibida, -ki bilan birikkan ergash gap bosh gapdan keyin, -ki bosh gap tarkibida qo‘llaniladi.

O‘xshatish ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapning mazmuni bosh gapning mazmuniga taqqoslanadi, qiyos qilinadi. Ergash gap bosh gapdagi harakat, holat yoki, umuman, o‘xshash belgilarini izohlab, konkretlashtiradi: Quyosh havoni isitsa, do‘stlik qalbni istadi.


O‘xshatish ergash gapli qo‘shma gaplarning hamma ko‘rinishlarida emas, fe’lning shart mayli shakli orqali bog‘langan turlarida nisbiy olmoshlar qo‘llaniladi. Bunda ergash gap tarkibida qanday, qanday qilib, bosh gap tarkibida esa shunday, o‘shanday, shunday qilib nisbiy so‘zlari qo‘llaniladi va bu nisbiy so‘zlar qo‘shma gap komponentlarining bir muncha zich bog‘langanligini ko‘rsatadi:
Ular o‘rtasida muhabbat qanday alangalangan bo‘lsa, mo‘jarosi ham o‘shanday bo‘ladi.(«Saodat»)
O‘xshatish ergash gaplari bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi:
–sa : uning ko‘ngli qanday toza bo‘lsa, ishi ham shunday toza. Siz diniy ta’limotga qanday ishonsangiz, men ilmiy ta’limotga shunday ishonaman. («F.T.»)
–guncha: tog‘day taxt bo‘lguncha, tirnoqday baxt bo‘lsin. (O.) Yigitning sazosi singuncha, xo‘kizning bo‘yini sinsin. (Maqol)
Ko‘ra: tiz cho‘kib yashagandan ko‘ra tik turib o‘lmoq afzaldir. Birovning yurtida podshoh bo‘lgandan ko‘ra, o‘z yurting gado bo‘lganing yaxshi. (maqol)
–day, -dek: erkalanib yotadi u Vatan tuprog‘ida,yosh bola yotganidek, onaning quchog‘ida .
kabi, singari: Quyoshning jamoli yer yuzini yoritganligi va hayotga abadiy umr bag‘ishlagani kabi, ilm ham qalblarni nur bilan yoritadi. («K.D») Zargarov isitma xurujida uyqusiz qiynalgani singari, sahro ham momaqaldiroq silsilaridan to‘lg‘anar edi.(As.M)
–ki: bog‘lovchisi va xuddi, go‘yo yordamchilari orqali. Bu shakllar bilan birikkan qo‘shma gaplarning bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik kabi so‘zlar ishtirok etgan bo‘ladi va ergash gap shu so‘zlarning ma’nosini konkretlashadi. Bunda bosh gapning fe’l kesimi, ko‘pincha, -gan=day (-gan=day) bo‘ldi (edi) shakllarida bo‘ladi:
Kun shunday charaqlagan, osmon shunday tiniq ediki, astoydil tikilgan odam yaqin orada gurkirab turgan bahorni butun go‘zalligi bilan ko‘rganday bo‘lar, bu kunni xech qanday xira qilolmaydiganday edi. (As.M.)
Oppoq nozik yuzi quyoshda shu qadar tinniq ko‘rindiki, go‘yo u nurdan yaritilganday. (o.)
Bosh gapi tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik so‘zlari qo‘llangan o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gaplar natija ergash gapli qo‘shma gapga o‘xshab ketadi. Biroq bundagi nisbiy so‘zlar o‘xshatish ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, tarkibida go‘yo, go‘yoki, xuddi o‘xshatish yuklamalari bo‘lgan, kesimi –day, -dek o‘xshatish formulalari bilan ifodalangan gapning o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap ekanligi sezilib turadi.
Shu narsaga e’tibor berish kerakki, -ki, va –day, kabi, singari vositalari bilan birikkan o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gaplarda huddi go‘yo o‘xshatish shakllarining qo‘llanishida farq bor.
-ki bilan birikkanda, o‘xshatish shakllari ergash gap tarkibida: go‘yo, xuddi ergash gapning boshida, -day (-dek) kesim tarkibida kelib, go‘yo, (xuddi) … -day (-dek) shaklida bo‘ladi. (F.)
Xuddi (go‘yo) va –day (-dek) elementlari aslida bog‘lovchi emas (bog‘lovchi -ki), balki o‘xshatish yuklamalari bo‘lganidan, stilistik talab bilan gapda ikki o‘rinda – qo‘sha qo‘llanmasligi – biri tushib qolishi ham mumkin. Qiyoslaylik: Uning oppoq nozik yuzi quyoshda shu qadar tinniq ko‘rindiki, go‘yo u nurdan yaratilganday. –U nurdan yaratilganday… go‘yo u nurdan yaratilganday. Biroq –day, -dek, kabi, singari o‘xshatish shakllari bog‘lovchi vazifasida kelganda – ergash gap shu vositalar bilan bosh gapga tutashganda, bu vositalarni tushirib bo‘lmaydi. Masalan, Qalbim huddi (go‘yo) bir narsani sezganday (-dek) uyga jo‘nab ketdim. Gapida huddi (go‘yo) shakllarini qo‘llamaslik mumkin, biroq –day (-dek) ning qo‘llanilishi zarur, chunki u bog‘lovchi vazifasida turibdi.
Uslubiy talab bilan chog‘ishtirish va o‘xshatish ergash gapli qo‘shmagaplarning komponentlari turlicha o‘rinlashishi mumkin.
Agar ergash gap bosh gapga -sa, -guncha, -gan=dan=ko‘ra, -ishdan=ko‘ra, kabi singari, -day(-dek) bog‘lovchilari bilan biriksa, birinchi o‘rinda keladi va shu bog‘lovchi vositalar ergash agpning kesimitarkibida bo‘ladi.
-Ki orqali biriksa, bosh gap tarkibida, ergash gap ikkinchi o‘rinda bo‘ladi. O‘xshatish ergash gap bosh gapning o‘rtasida kelishi mumkin. Bunda bosh gapning ega sostavi alohida ahamiyat berib aytilganligi uchun oldinga ko‘chiriladi:
Onaxon, issiq yelkasiga birov muzdek qo‘lini qo‘lini bosganidek, seskanib tushdi. (As. M.)
A’lamning qiyofasi, go‘yo bulut bosganday, o‘zgarib ketdi. (O.)

6-MAVZU: To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap, natija ergash gapli qo‘shma gap. Bunday gaplarda ergash gapning bosh gapdagi biror bo‘lakni (qismni) yoki butun bir bosh gapni izohlash xususiyati. Ergashgan qo‘shma gap komponentlari orasida tinish belgilarining ishlatilishi.


REJA:
To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap
Natija ergash gapli qo‘shma gap va bunday gaplarda ergash gapning bosh gapdagi biror bo‘lakni (qismni) yoki butun bir bosh gapni izohlash xususiyati.
Ergashgan qo‘shma gap komponentlari orasida tinish belgilarining ishlatilishi.

Tayanch atama va iboralar: To‘siqsiz ergash gap, to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap, natija ergash gap, natija ergash gapli qo‘shma gap, eragshgap, bosh gap, ergashgan qo‘shma gap komponentlari.


To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapning mazmuni bosh gapning mazmuniga zid bo‘ladi; shu zidlikka qaramay, bosh gapdagi voqea-hodisa yuzaga keladi- bajariladi. Bosh gapdagi voqelikning yuzaga kelishiga monelik qilmaydigan ana shunday ergash gaplar to‘siqsiz ergash gaplar deyiladi.


To‘siqsiz ergash gap mazmun va tuziltish jihatidan shart ergash gapga yaqin. Shart ergash gapli qo‘shmagaplarda ergash gap sharpni, bosh gap uning natijasini bildiradi. To‘siqsiz erga gapli qo‘shm gaplarda esa bosh gap ergash gapdagi shartga asoslangan natijani emas, shartsiz natijani, bosh gap natijasiga qarama-qarshi sababni bildiradi. SHart ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapdagi voqea. («A») bosh gapdagi voqea («B») ni keltirib chiqaradi: to‘siqsiz erga shagpli qo‘shmagaplarda esa ergash gapdagi «A» siz «B» ni keltirib chiqaveradi. Qiyoslaylik: Boshqalar o‘zini har qalay tutibg‘ olgan bo‘lsa ham, Onaxon hamon tinchiy olmas edi. (As.M.)
To‘siqsiz ergash gaplar bosh gapga qudagi vositalar bilan bitrikadi:
–sa +ham (yam) : Gulning to‘ni ming yamoq bo‘lsa ham, u –gul.
–sa +hamki: Bu ish andak mehnat talab qilsa hamki, foydasi yo‘q.. («K.D.») Bo‘lsang ham qari, bo‘sang hamki chol, Qo‘lingga qurol ol! (H.O.)
–sa: O‘zi ko‘rmasa, bolalari ko‘rak yorug‘likni, dedi kampir osoyishta tovush bilan. (O.)
–sa-da : Tulki tirmochning asli simi Bozorboy bo‘lsa-da, bu ismini ko‘plar bilmas edi. (O.) Kiyinish bir kishining shaxsiy ishi bo‘lib ko‘rinsa-da, u kishini o‘z didini boshqalarga yuqtirayotganligini unutmasligi kerak. («Saodot»)
–gan da- ham (-yam): Buloq qaziyotgan barcha odamlar charchab uyquga ketganda ham, Olimjon bezovtalanib aylanib yurar edi. («F.T».)
–gan chog‘da (paytda, vaqida, taqdirda)=ham :O‘q yog‘ilib turgan paytda ham ona yodga olinadi. («Saodat»)
Yuqori misollardan anglashiladiki, to‘siqsiz ergash gaplar mazmun jihatdan quyidagi ikkita guruhga ajraladi:
To‘siqsiz-shart ergash gapli qo‘shma gaplar. Bunday ergash gaplar bosh gapdagi mazmunga zid qo‘yilgan shartni anglatadi: Suv to‘xtasa ham, parrak aylanib turadi. (As.M.)
To‘siqsiz-payt ergash gapli qo‘shma gaplar. Bunda ergash gap bosh gapning mazmuniga zid bo‘lgan paytni bildiradi: Asalari uzoq-uzoqlarga uchganda ham, u o‘z uyasini tark etmaydi. (F.t)
–gan (i) bilan : Toshga yomg‘ir qor qilurmi,mutassil yoqqan bilan, Davlatingiz kam bo‘lirmi, bir qiyo boqqan bilan. (Q.)
-ga qaramay (qaramasdan): Martabasi ulug‘ bo‘lishiga qaramasdan, eng yaqin do‘stdek g‘amg‘o‘rlik qilgan. (A.Q.)
-b (-ib) : SHifokor bo‘la turib, bu kasalikning xafli ekanligiga aqli yetmabdi-da, - dedi Mirsalim. («Mushtum»)
10. –gan (i) holda : Oftob toblanib turgan holda, atayin jo‘namadim.
11. –di =hamki : Oradan ikki oy o‘tdi hamki, inspektor chivmadi. (A.Q.)
–dan=qat’i nazar: Reja bajarilganligidan qat’i nazar, paxta oxirgi chigitgacha olinishi kerak.
Buyruq maylidagi fe’lning inkor shakli: -masin, -maylik, -mang kabilar: Davlatimiz naqadar badavlat va qudratli bo‘lmasin, siz bilan biz, ayniqsa, biz cho‘l o‘zlashtiruvchilar isrofgarchilikka yo‘l qo‘ya olmaymiz (As.M.)
11. To‘siqsiz ergash gap kesimi tasdiq va inkor shaklida takrorlanib, bosh gapga bog‘lanadi.:
Derazadan boqmangiz, boshim yalang,
Boqsangiz – boqmasangiz qoshim qalam. (O.)
Sensan sevarim, hox inon, hox inonma,
Qondir jigarim, hox inon, hox inonma. (Atoiy)
12. –mi. Bunda –mi bilan shakllangan kesimlar uyushgan bo‘ladi: Bu gap hazil ekanmi, rost ekanmi, uch-to‘rt oy o‘tib, bobomning uyida manqillab gapiradigan kamir paydo bo‘ldi.
To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarning ergash komponenti tarkibida ba’zan harakat miqdorini kuchaytirish, qabartirib, bo‘rtirib ko‘rsatish uchun qancha, qanchalik, nechog‘lik, naqadar so‘zlari qo‘llaniladi: Qancha tirishsam ham, Yellar meni aldba ketadi.(H.O.)
Bu gaplar naqadar shirin, negadir yoqimli bo‘lmasin, Qalandarov har nechuk ko‘tarilgan bolta, deb qaradi. (A.Q.)
To‘siqsiz ergash gap ko‘pincha bosh gapdan oldin, uslubiy talab bilan bosh gapdan keyin yoki uning o‘rtasida kelishi ham mumkin;
Dunyo go‘zal ko‘rinar menga, o‘zi qancha eski bo‘lsa ham.

Bosh gapdagi ish-harakatning yoki voqeaning xulosasini anglatadigan ergash gaplar natija ergash gap deyiladi. Masalan, Otimni bu buyuk doim shunday mehr bilan aytadiki , uning ojizona yotganiga achinib, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. (As.M.) gapida ikknchi komponent birinchi komponent orqali berilgan xukmdor qilib chiqqan xulosani – natijani anglatgan.


Natija ergash gap mazmun va grammatik shakllanishi jihatidan qisman aniqlovchi, o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarga o‘xshasada, ular o‘zaro quyidagicha farqlanadi: aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh gapdagi izohlanuvchi so‘zlar (masalan, shunday) predmetga bog‘lanadi; o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh gapdagi izohlanuvchi so‘zlar (masalan, shunday, shunchalik kabi) faqat ravish bilan ifodalangan bo‘lakka belgi, miqdor ifodalovchi so‘zga bog‘lanadi. Natija ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh komponentidagi izohlovchi so‘zlar (masalan, shunday, shunchalik) bosh gap kesim orqali ifodalangan harakatga bog‘lanadi. Boshqacha aytganda, aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi biror bo‘lakning, predmetning) belgisini; o‘lchov-daraja ergash gap bosh gapdagi harakatning belgi-xususiyatini va uni hajm miqdor jihatdan darajasini: natija ergash gap bosh gapdagi harakatdan kelib chiqadigan xulosani ifodalaydi. Qiyoslaylik: Shunday odam haqida xabar keltirdimki, uning har so‘zi gavhardir. (O.) Har bir so‘zi gavhar odam haqida xabar keltirdim. (aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap) shunchalik (shunday) go‘zal ediki, falak bunday jamolni ko‘rmagan edi. (daraja-miqdor ergash gap)
Natija ergash gap, bosh gapdagi shunday, shunaqangi, shuncha, shu qadar, shunchalik, chunon, biram, bir kabi so‘zlarning ma’nosini konkretlashtiradi. (Bu so‘zlar ba’zan ishtirok etmasligi ham mumkin).
Saidaning ta’bi ochildi, shu qadar ochildiki, a’zoyi badani kelidatyulganday bo‘lsa ham, o‘rnidan turib o‘tirdi. Agar bir odam bu ishdan habar topsa, bizning birodarligimiz shunday buziladiki, uni hayt narsa bilan tiklab bo‘lmaydi. («K.D.»)
Natija ergash gapli qo‘shma gaplarning ergash gap qismida natija ma’nosini ta’kidlab ko‘rsatish uchun natijada, oqibitda kabi so‘zlar qo‘llanilishi mumkin: Zambarakning gumburlashidan haybatli bir guvullash hosil bo‘liki, natijada bu yerda to‘pning ovozi ishitilmay qoldi. (O.)
Natija ergash gaplar fikr ifodalashi jihatidan ikki holatni ko‘rsatadi:
1. Natija ergash gapdagi fikr real bo‘ladi: bosh va ergash gaplarning fe’l kesimlari o‘tgan yoki hozirgi zamon shaklida bo‘ladi:
U shunday kinoyali harakatlar ko‘rsatdiki, odamlar kulgudan ichaklari uzilayozdi. (O.)
Ergash gapdagi fikr irreal mo‘ljallangan, tahmin qilingan, maqsad qilingan) bo‘ladi. Bunda bosh gapdagi fe’l kesim buyruq-istak shaklida yoki kelasi zamon shaklida bo‘lib, ergsha gapning fe’l kesimi buyruq mayli shaklida qo‘llanadi: Hamkorlikda shunday hosil yetkazaylikki, «balli» desin butun odamzod. (H.H.)
Natija ergash gap bosh gapga:
1. –ki vositasi bilan birikadi: Do‘l shunday yog‘diki, yer bir-pasda oppoq bo‘ldi.
2. edi yordamchisi bilan birikadi. Bunda biriktiruvchi intonatsiya ham rolp o‘ynaydi: Zumrad belini siqib tugmalangan kalta nimchasini cho‘ntagidan xilma-xil ipak turlangan koptokni chiqarib urga bir urgan edi, u bo‘y baravar sapchmb ketdi.
Natija ergash gapli qo‘shma gaplarda bog‘lovchilar bosh gap tarkibida bo‘ladi va bosh gap doimo birinchi o‘rinda keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis.- T.,1976.
3. G‘ulomov A.G‘., Asqarova M., Hozirgi o‘zbg‘ek adabiy tili.- T., 1987.
4. Mamajonov A. Qo‘shma gap stilistikasi.- T.: Fan, 1990.

7-MAVZU: Bog‘lovchisiz qo‘shma gap. Intonatsiya (ohang) bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlarini o‘zaro bo g‘lovchi vosita ekanligi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarining birikish usullari (sanash va tobelanish ohanglari). Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi komponentlarning mazmun munosabati. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap turlari: bir tipdagi va turli tipdagi komponentlardan tuzilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.


REJA:
1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot.
2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarining birikish usullari.
3.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap turlari: bir tipdagi va turli tipdagi komponentlardan tuzilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi komponentlarning mazmun munosabati.
5.Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.

Tayanch tushuncha va iboralar: Bog‘lovchisiz qo‘shma gap, bir tipdagi va turli tipdagi bog‘lovchisiz qo‘shma gap, payt munosabatli bog‘lovchisiz qo‘shma gap, zidlash munosabatli bog‘lovchisiz qo‘shma gap, izohlash munosabatli bog‘lovchisiz qo‘shma gap.



Qo‘shma gap qismlari bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi grammatik vositalar va nisbiy so‘zlarsiz intonatsiya orqali bir-biri bilan aloqaga kirishib sintaktik butunlikni – bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etadi.
Ikki va undan ortiq sodda gaplarning grammatik bog‘lovchilar yordamisiz birikuvidan tuzilgan qo‘shma gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar hisoblanadi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar mazmunan va ohangda kirishib ketadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmun va intonatsion tugallikka ega bo‘lmaydi. Ular ma'lum bir fikrni ifodalaydi, intonatsion tugallik bunday gaplarning oxirida bo‘ladi. Shu sababli bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar, bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplardagidek, o‘zaro teng aloqaga ham, tobe aloqaga ham kirisha olmaydi.
Bog‘lovchisiz va borlangan qo‘shma gap mazmunan va intonatsiya jihatidan bir-biriga teng bo‘lmaydi. Qiyoslang: Sen kelasan – ish boshlaymiz. Sen kelasan va ish boshlaymiz.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap ma'no munosabatini ifodalaydi.
Nisbiy olmoshlar yordami bilan bosh gapga bog‘langan ergash gapdagi ma'no munosabatlarini bog‘lovchisiz qo‘shma gap ifodalamaydi.
Izoh ma'nosidagi bog‘lovchisiz qo‘shma gapga o‘xshash qurilmalar bog‘langan yoki ergash gapli qo‘shma gaplarda qo‘llanmaydi.
Ba'zi bir bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni ergash gaplar bilan almashtirish mumkin bo‘lsa-da, ularni ergash gapning biror aniq turiga kiritish mumkin emas: Yurt tinch - sen tinch. (Maqol)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning ayrim turlari ko‘p ma'noli bo‘lib, bog‘langan qo‘shma gapning ham, ergash gapli qo‘shma gapning ham xususiyatlarini o‘zida ifodalashi mumkin: Kanal qazigan edik, suv chiqmadi. (A.Q.) Kanal qazigan edik, lekin suv chiqmadi (bog‘lovchisiz qo‘shma gap).
Har qanday bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar o‘zaro ma'lum bir vositalar yordami bilan birlashadi va qo‘shma gapni hosil qiladi. Bu vositalar quyidagilardan iborat:
1. Lekink elementlar: shundan buyon, shundan keyin, unda, shunda, shu paytda, olmoshlar, sinonim va antonim so‘lar, kirish so‘zlar, yuklamalar.
2. Ayrim gap bo‘laklarining takrorlanishi. Bir xil so‘zning ikki gapda takrorlanishi har ikki gapni bir-biriga yaqinlashtiradi, qo‘shma gapni hosil qiladi. Umumiy gap bo‘laklari har ikki gapda bir xil vazifada bo‘lishi yoki turli vazifada bo‘lishi mumkin: Mening domlam yo‘q, domlam- ikki ko‘zim. (A.Q.)
3. Umumiy ikkinchi darajali bo‘laklar. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning tarkibidagi ikkinchi darajali bo‘lak qo‘shma gap tarkibidagi gaplar uchun umumiy bo‘ladi. Umumiy ikkinchi darajali bo‘lak faqat birinchi gap tarkibida qo‘llanib, ikkinchi gapda ifodalanmaydi. Ammo umumiy kontektdan sezilib turadi: Boyvachchaning rangi biroz oqardi, ko‘zlari asabiy ravishda qisildi. (O.)
4. Struktura. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning bir struktura jihatidan shunday tuziladiki, uni qo‘shma gapning boshqa gapidan tashqari tushunish mumkin emas. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar struktura jihatidan bir-birlariga bog‘liq bo‘lib qoladilar: Qaysi Inomjon bo‘lar edi, tog‘angizni o‘g‘li! (A.Q.)
5. Intonatsiya va o‘rin. Intonatsiya sodda gaplarni biriktirib, bog‘lovchisiz qo‘shma gap hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Jodi yo‘q-sigirlarga poya bugun tashlanadi. (A.Q.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning o‘z o‘rni bor, shu o‘ringa ko‘ra boshqa sodda gap bilan birikadi, ma'lum maqsadni, fikrni ifodalaydi. Gap o‘rinlarining o‘zgarishi bilan mazmun buziladi va kuzatilgan fikrni bildirmaydi: Sen kelding – yasandi dunyo. (U.)
6. Zamon munosabati. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi bir sodda gap kesimining bir xil zamon shakli va mazmunida bo‘lishi shu qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi gap kesimining unga muvofiq bo‘lishini talab etadi: Va'daga vafo mardning ishi, va’dasiz- subutsiz kishi. (Maqol).
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning o‘zaro ma'no munosabati va ularning intonatsiyasi ham turlicha bo‘ladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning o‘zaro ma'no va intonatsion munosabatlariga ko‘ra, qo‘shma gapning ifodalagan umumiy mazmuniga ko‘ra, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ikki turga bo‘linadi:
1. Bir gapli tiplardan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
2. Turli tipli gaplardan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. Bir tipli gaplardan tashkil topgan qo‘shma gaplarning tarkibidagi sodda gaplarning tipi ham, ularning ohangi ham bir xil bo‘ladi. Ularda ma'lum bir vaqtda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea, hodisalar ifodalanadi yoki voqea, hodisalar bir-biriga qiyoslanadi.
Bir turdagi gaplardan tashkil topib, umumiy bir fikrni ifodalovchi qo‘shma gaplar bir tipli gaplardan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar hisoblanadi: Jismimiz yo‘qolur, o‘chmas nomimiz (H.O.)
Turli tipli gaplardan tarkib topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar odatda ikki sodda gapning birikuvidan tuziladi. Ammo ayrim hollarda bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning tarkibi murakkab bo‘lishi, ikkidan ortiq sodda gaplardan tuzilishi mumkin. Bu holat qo‘shma gapning birinchi qismini turli tomondan, keng izohlashi zarur topilgan o‘rinlarda ro‘y beradi:
Xalqqa ayting men aslo o‘lganim yo‘q,
Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q,
Men elimning yuragida yashayman,
Erk deganning tilagida yashayman. (H.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘langan yoki ergash gapli qo‘shma gaplarning bog‘lovchisiz varianti emas, balki qo‘shma gapning alohida tipidir. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasiga teng yoki ergashtiruvchi bog‘lovchilarni majburan kiritib bo‘lmaydi. Aks holda, gap konstruksiyasi o‘zgaradi; yopiq konstruksiya hosil bo‘ladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar esa ochiq konstuktsiya hisoblanib, mazmunan o‘zaro birikkan bir necha tipli sodda gaplardan tashkil topadi. Mas:Qor va shamol kuchaya bordi, tashqarida qishni va qorni sog‘ingan qarg‘alarning qag‘illashlari… (O.)
Qo‘shma gapda komponentlarini biriktiruvchi ergashtiruvchi bog‘lovchilar qo‘llanmagan o‘rinlarda leksik va intonatsion vositalarning roli ortadi. Shu sababdan ham bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarini biriktirishda ayrim leksik elementlarning, olmosh va mavhum ma’noli so‘zlarning qo‘llanishi, umumiy va ikkinchi darajali bo‘laklarning takrorlanib kelishi kabilar bog‘lovchisiz qo‘shma gap turini shakillanishi hamda mazmun munosabatlarini yuzaga chiqishi uchun vosita funksiyasini bajaradi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, biz yuqorida sanab o‘tgan vositalar keng ma’noda sintaksis bobida bog‘lovchilar hisoblangani uchun ham, shu vositalar yordamida tuzilgan qo‘shma gap turiga nisbatan qo‘llangan «bog‘lovchisiz» atamasi shartli ishlatiladi. (bu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, ba’zi darsliklarda bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning «bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap» atamasi ostida yuritilishi ham bejiz emas.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning tuzilishi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil etgan komponentlar turli xil tiplardan iborat bo‘lishi mumkin. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar, ko‘pincha, darak gap shaklida bo‘ladi:
Yaxshi yaxshiga yondoshtirar,
Yomon yo‘ldan adashtirar. (maqol)
Ba’zi bog‘lovchisiz qo‘shma gapning bir komponenti ritorik so‘roq gaplardan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Chekinsinmi –yo‘q, g‘ururi yo‘l bermaydi (O.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ko‘proq jonli nutqda qo‘llanilganligi uchun ham, struktura jihatidan ancha erkin tuziladi.
1. Qo‘shma gapning bir komponenti yoki har ikkisi bosh bo‘lakli gapdan iborat bo‘lishi mumkin: Eshakni yaydoq minib bo‘lmaydi – yiqitadi kishini (A.Q.) shaxssiz gap.
Kulib turgan baxtiga yuzni teskari burish – bu qanday nonko‘rlik!
1-komponent – infinitiv gapdan iborat.
2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarida biri yoki har ikkisi to‘liqsiz gaplardan ibort bo‘ladi:
Ahmoq xoriganini bilmas, ko‘sa qariganini (maqol)
Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. (To‘liqsiz gap).
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil etgan gaplarning har qaysisi, agar ular ikki sostavli gap bo‘lsa, egasi bo‘lishi shart. Umumiy egasi bo‘lgan konstruksiyalar, ular qanchalik kengaymasin, qo‘shma gap hisoblanmay, uyushiq bo‘lakli yoki oborotli sodda gap sanaladi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ifodadaga mazmuniy munosabatiga ko‘ra, yetti turga ajratiladi:
1. Payt munosabatini ifodalagan qo‘shma gaplar.
2. Qiyoslash munosabatini ifodalagan qo‘shma gaplar.
3. Shart-paytini ifodalagan qo‘shma gaplar.
4. Sabab-natija ifodalagan qo‘shma gaplar.
5. Zidlik munosabatini ifodalagan qo‘shma gaplar.
6. O‘xshatish munosabatini ifodalagan qo‘shma gaplar.
7. Izohlash munosabatini ifodalagan qo‘shma gaplar.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning katta guruhini ma’lum bir paytda ro‘y bergan yoki mavjud hodisa, voqea, xususiyat, holatni ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tashkil qiladi. Bunday ghaplar komponentlaridan anglashilgan voqea yoki hodisaning ro‘y berish tartibiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi:
A) bir paytda bajariladigan harakat-holatni ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
B) ketma-ket ro‘y beradigan harakat-holatni ko‘rsatuvchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Birinchi turdagi qo‘shma gaplarda komponentlardan anglashilgan harakat-holat bir paytda ro‘y beradi:
Mehnat kuldi, kurash zafar qozondi. (H.O.)
Pazandasi yopadi shirmon,
Qarilari kutadi mehmon. (H.O.)
Yuqoridagi konstruksiyani tashkil etuvchi har ikki predikativ birlik-komponentning kesimi bir xil zamon shakli va mazmunida, ya’ni hozirgi zamon fe’li orqali ifodalangan. O‘zbek tilida hozirgi zamon mazmuni sifatdoshlar yoki ot kesimlari yordamida ham yuzaga chiqishi mumkin: Intozom tarbiya natijasidir, rejim tarbiya vositasidir.
Qo‘shma gaplardagi ish-harakatning bir paytda ro‘y berishini yanada ta’kidlash uchun sintaktik konstruksiyaning ikkinchi qismida shu payt, shu paytda, shu vaqt, shu vaqtda, shu zamon, shu zahoti kabi leksik elementlar qo‘llanishi mumkin.
II. Ketma-ket ro‘y beradigan harakat holatni ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. Bunday qo‘shma gaplarnng komponentlaridan anglashilgan harakat-holat galma-gal ro‘y beradi:
To‘rga katta gilam soldilar,
O‘yinchilar kelib qoldilar. (H.O.)
Qo‘shma gap komponentlaridan anglashilgan ketma-ketlik mazmunini yanada kuchaytirish maqsadida, ikkinchi komponentning boshlanishida bir ozdan, so‘ng, keyin, undan keyin kabi so‘zlar ishlatiladi:
Avji ketish payti, bir ozdan so‘ng tong otadi. (O.)
Bu tipdagi qo‘shma gap komponentlarining kesimlar, asosan, bir xil zamon shakli va mazmunida bo‘ladi: Kecha o‘zining qora pardasini yig‘ishtira boshladi, ufq oqara boshladi. (I.R.)
Qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning bu turida komponentlaridan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat bir-biriga qiyoslanadi, solishtiriladi. Bundan maqsad ularning farqini ochish, bir-biriga mos yoki mos emasligini ko‘rsatishdir. Masalan: Bilagi zo‘r birni yiqar,
Bilimi zo‘r mingni yiqar. (Maqol)
Bular rohatda, men hasratda yashayman. (O.)
Qiyoslash munosabati qismlarning umumiy mazmuni, ayrim leksik elementlar-antonimlar orqali ko‘zga tashlanib turadi:
Yigit urushga ketdi, orqasida yor qoldi. (H.O.)
Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,
Elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar. (Maqol)
Toqatliga tog‘lar egar boshini,
Toqatsizning birovlar yer oshini. (Maqol)
Yuqorida keltirilgan misollarda qo‘shma gap komponentlarining kesimlari bir xil zamon shakli va mazmunida qo‘llangan.
Shart-payt munosabati.
Davlat tinch - sen tinch. (Maqol)
Tegding – yutib yuboradi. (Ertak)
Kolxozchilarni biriktir – har birining yuragida bo‘ron qo‘zg‘olonadi. (O.)
Bu turdagi qo‘shma gaplarning birinchi komponenti ko‘tariluvchi, ikkinchi qismi esa pasayib boruvchi intonatsiya bilan aytiladi.
Sabab-natija munosabati:
Seni ko‘rdim o‘ynadi yurak,
Bulbul kabi sayradi tilim. (U.)
Onang bor baxting barqaror.
Zidlik munosabati.
Suv keldi – nur keldi. Qo‘shni keldi- ko‘mak keldi.
Izoh g‘unosabati.
Shuni yaxshi biling: o‘chmas nomingiz;
O‘chmas bu bog‘lar bosgan izingiz. (T.To‘la)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning va ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘lgan tiplari haqida.
Bog‘lovchi qo‘shma gapning shunday turlari borki, ular mazmunan bog‘langan yoki ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi. Bu esa nutqda qo‘shma gapning istalgan turidan (muallif ixtiyori bilan) foydalanish imkoniyatini tug‘diradi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ko‘proq og‘zaki nutqga hosdir, chunki u ixchamlashgan, soddalshgan bo‘ladi, ortiqcha vositalar ishtirok etmaydi. Bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplar esa ko‘proq yozma nutqqa xos bo‘lib, stilistik maqsadlarda foydalaniladi:
Misollar shuni tasdiqlaydiki, payt munosabatini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar biriktirsh munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplarga, qiyoslash va izohlash munosabatini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar esa ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi. Misollar:
Bahorning butun hayotbaxsh ruhi yuzlarda barq urdi, dillar isib ketdi. (As.M.)
Bu gap komponentlari o‘rtasiga «va» bog‘lovchisini kiritib, bog‘langan qo‘shma gap hosil qilish mumkin.
Mard bir o‘lr – nomard yuz o‘lar. (Maqol)
Mard bir o‘lsa, nomard yuz o‘lar.
Ko‘zlar bor: baqqan dam
Ko‘ngul huzur topadi;
Ko‘zlar bor: boqqan dam
Dilga bulut yopadi.
Ko‘zlar bor: boqqan dam
Ko‘ngul huzur topadi;
Ko‘zlar bor: boqqan dam
Dilga bulut yopadi. (G.Nurillaeva)
O‘zim har joydaman, ko‘nglim sendadir.
O‘zim har joyda bo‘lsam ham (-da), ko‘nglim sendadir. (og‘zaki nutqdan)
Suv keldi – nur keldi. Su keldi, go‘yo nur keldi
It hurar – karvon o‘tar. It hurar, lekin karvon o‘tar.
Badiiy adabiyotlar shoiralar bog‘lovchini hijo talabi bilan ixtiyoriy ravishda ham qo‘llash hollari bor:
Novdalarni bezab g‘unchalar
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini. (H.O.)
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, komponentlari bir xil struktural qurilishga ega bo‘lgan, bir tipli sodda gaplardan tuzilgar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qisimlari o‘rtasida hamma vaqt ham bog‘lovchi qo‘yish mumkin bo‘lavermaydi:
Omborchi – ertak, ferma mudiri – erkak, do‘kon mudiri – erkak. (A.Qahhor)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilari.
Tinish belgilarining ko‘p turi ishtirok etadigan qo‘shma gap turi – bu, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardir. Bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplarda, asosan, vergul ishlatildi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda esa vergul bilan bir qatorda ikki nuqta, nuqtali vergul, tire kabi tinish belgilari ham ko‘p qo‘llaniladi.
I.1.Bog‘lovchisiz qushma gap komponentlapri bir paytda yoki ketma-ket bajariladigan ish-harakatini bildirsa, bir-biridan vergul bilan ajratiladi:
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g‘azal yozadi. (H.O.)
Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi, o‘quvchilar keng va yorug‘ xonalarda o‘qish boshladilar. (Ro‘znomadan)
2.Qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlari ham vergul bilan ajratiladi:
Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod. (Maqol)
II.1.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlari o‘rtasida o‘xshatish munosabati yuzaga chiqqan o‘rinlarda qismlar bir-biridan tire bilan ajratiladi:
Qor yog‘di – don yog‘di. Suv keldi – nur keldi. (Maqol)
2.Shart-payt, zidlik munosabadlarini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlari ham o‘zaro tire bilan ajratiladi:
Yurt notinch – sen notinch
Qo‘shning tinch – sen tinch. (Maqol)
Ko‘priklar yasadik – zolimlar o‘tdi,
Ariqlar chiqardik – yovlar quritdi. (xat)
III.Qismlari biri ikkinchisini yoki uning tarkibidagi biror bo‘lakni izohlab keluvchi bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlari orasiga ikki nuqta qo‘yiladi:
O‘zingizga ma’lum: kadr tanqis (O.)
Shu fe’llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar. (A.Q.)
Odamlar har xil: biri – sergap, biri – kamgap.
So‘zlar bor: harsangdek boshga tushar,
So‘zlar bor, qanotga-qanot qo‘shadi.
IV.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibida sodda gaplar bir necha bo‘lsa, mazmuni bir-biriga yaqin bo‘lgan holda guruhlansa, ular o‘rtasida nuqtali vergul ishlatiladi va bunday konstruksiyalar murakkab qo‘shma gaplarni yuzaga chiqaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis.- T.,1976.
3. G‘ulomov A.G‘., Asqarova M., Hozirgi o‘zbg‘ek adabiy tili.- T., 1987.
4. Mamajonov A. Qo‘shma gap stilistikasi.- T.: Fan, 1990.

8-Mavzu: Murakkab qo‘shma gap. Murakkab qo‘shma gap uch va undan ortiq komponentlarning mazmun va intonatsiya jihatdan bo g‘lanishidan tuzilgan sintaktik birlik sifatida. Murakkab qo‘shma gaplarning turlari. Murakkab (ko‘p komponentli) qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.


REJA:
1. Murakkab qo‘shma gapva uning grammatik xususiyatlari.
2. Murakkab qo‘shma gap turlari.
3. Murakkab (ko‘p komponentli) qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.

Tayanch tushuncha va iboralar: Ko‘p komponentli (murakkab) qo‘shma gap, bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan ko‘p komponentli qo‘shma gap, ergashish yo‘li bilan tuzilgan ko‘p komponentli qo‘shma gap, aralash aloqali murakkab qo‘shma gap.

Nutqimizda kamida uchta sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gaplar ham mavjud. Maktab darsligida ularga quyidagicha ta’rif beriladi: “Uch va undan ortiq sodda gaplarning birikishidan tarkib topgan gaplar ko‘p komponentli (murakkab) qo‘shma gaplar deyiladi.
Murakkab qo‘shma gap tarkibidagi ergash gaplar mazmunan va tuzilishi jihatdan bir-biriga zid bog‘lanib, yaxlit bir qurilmani tashkil etadi:
Men o‘zimni inson bilganda,
Gulga to‘lib bahor kirganda,
Yuragimda havas uyg‘ondi. (H.O.)

Murakkab qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro turlicha munosabatda bo‘ladilar. Shunga ko‘ra, murakkab qo‘shma gaplar quyidagi ko‘rinishlarga ega:


Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakab qo‘shma gaplar.
Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
3. Bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
4. Aralash murakkab qo‘shma gaplar.

Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar, ya’ni tarkibidagi sodda gaplar teng bog‘ovchilr yoki shu bog‘lovchilar vazifasidagi yuklamalar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar:Hamma keldi-yu, Sattor kechikayotgan edi, lekin biz ishni boshlashga qaror qildik.


Tenglanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap komponentlari kesimlarining shakllanishida ikki holat kuzatiladi:
Komponentlar kesimlarining hammasi ba’zan to‘la shakllanmaydi, shaxs-son va zamon ko‘rsatuvchi element bog‘lama oxirgi gapning kesimida qo‘llanadi va bu kesimlarning hammasiga tegishli bo‘ladi: Misol: Luqmonchaning yonoqlari sariq, lablari qoramtir, ko‘zlari katta-katta, lekin nursiz va xira edi.
Oldingi komponentlarda bog‘lamagina emas, kesimlar yoki uning biror qismi qo‘llanmasligi mumkin, bunda ham oxirgi gapning kesimi oldingi gaplar uchun umumiy bo‘ladi: Misol: Shijoatli va kuchli botirlar –urushda; xotin va farzandlar – kambag‘allikda, do‘st va birodarlar boshga kulfat tushganda taniladilar.
Birdan ortiq ergash gaplarning bir bosh gap bilan yuirikishidan tashkil topgan sintaktik konstruktsiyalar ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap deyiladi: Misol: Zargarovning gaplari unga uncha maqtov bo‘lib tushmasa ham, ayrim iboralari o‘ziga tegib-tegib ketayotgan bo‘lsa ham, Haydarov notiqqa xavotirli bir qiziqish bilan quloq soldi.
Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gapda ergash gap bir necha bo‘lib, ular bitta bosh gapga tobelanadi. Qo‘shma gapningbu turi bir necha ergash gapli qo‘shma gap deb ham yuritiladi.
Bir necha ergash gapli qo‘shma gaplarning tobe komponentlari bir bosh gapga alohida-alohida ergashuvi yoki ketma-ket ergashuvi mumkin. Bunday qo‘shma gapda ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanish usuli ikki xil bo‘ladi:
1. Birgalik ergashuvi orqali birikuvchi murakkab qo‘shma gaplar.
2. Ketma-ket ergashuv orqali birikuvchi murakkat qo‘shma gaplar.
Qo‘shma gap tarkibidagi ergash gaplarning biri ikkinchisi bilan grammatik aloqaga kirishmay, o‘zaro teng holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lansa, bunday ergashish usuli birgalik ergashish deyiladi. Qizlar chayladay buzilib, munchog‘i uzilib, oyog‘i qaltirab, ko‘zlari yaltirab, sipohiga bir so‘z dedi.(E.J.)
Birgalik ergashuvi orqali bosh gapga birikadigan murakkab qo‘shma gaplar uyushgan komponentlardan tuziladi.
Uyushgan komponentli murakkab qo‘shma gaplarda bir xil ergash gaplar bir bosh gapga ergashib keladi. Bunda ergash gaplarning har biri bosh gapning ma'lum bir bo‘lagini bir xilda izohlaydi, aniqlaydi, to‘ldiradi. Ular bir xil so‘roqqa javob bo‘ladilar.
Qo‘shma gap tarkibidagi ergash gaplar bosh gapga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tobelanmay, biri ikkinchisiga tobelanib, so‘ng birgalikda bosh gapga tobelanadi. Ergashishning bu turi ketma-ket ergashish deyiladi. Bu xil qo‘shma gapdagi ergash gaplar ketma-ket ergash gaplar sanaladi. Ular mazmunan zich bog‘langan bo‘ladi. Ergash gaplardan biri tushirilsa, umumiy mazmun anglashilmay qoladi. Ovqat tanovul qilarkan, suhbat jiddiylashib, so‘zning kalavasi chuvalmasdan sug‘urilaveradi. (O.)
Ketma-ket ergashuv orqali tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar tarkibi jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:
1. Bir xil ergash gaplardan tashkil topgan ketma-ket ergashuvli qo‘shma gaplar.
2. Har xil ergash gaplardan tashkil topgan ketma-ket ergashuvli qo‘shma gaplar.
Ergash gaplar bosh gapga alohida alohida (mustaqil) bog‘lansa, birgalik ergashish deyiladi. Birgalik ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplarda ergash gaplar bir xil turda va har xil turdagi ergash gaplardan tuziladi.
Birgalik ergashishda ergash gaplarning quyidagi turlari uyushib keladi:
Ega ergash gap: Kimki o‘z vatanini sevsa, kimki xalqi uchun jonini fido qilsa, u qahramon bo‘ladi.
Kesim ergash gaplar uyushadi: Tilagim shuki, biringiz olim bo‘lib, tarix yozing, biringiz shoir bo‘lib, yurtni kuylang.
Aniqlovchi ergash gap uyushadi: Sen butun imkoniyat va qobiliyatingni ishga solib, shunday bir kitob yozki, unda ham jiddiy va hazil mutoyiba so‘zlar, ham hikmat va falsafaga doir fikrlar mujassamlashgan bo‘lsin, aqlli odamlar undan ham hikmat darsi olsinlar, ham kulgidan o‘zlarini to‘xtata olmasinlar.
To‘ldiruvchi ergash gaplar uyushadi: Har holda shuni bilishing kerakki, daraxtni kessalar, uning ildizidan bir shoxcha ko‘karib, uning o‘rnini bosadi, qilich va o‘q yarasi bitib ketadi, lekin til yarasi hech vaqt tuzalmaydi.
Ravish ergash gap uyushadi: Qorni ochib, kuchi qochib, keladi bo‘ri.
O‘lchov daraja ergash gap uyushadi: O‘tirishimiz qanchalik sodda, dasturxon qanchalik faqirona bo‘lsa, suhbatimiz shunchalik samimiy va shirin bo‘ladi.
Chog‘ishtirish o‘xshatish ergash gaplar uyushadi: Quyosh tabiatga jon kiritganidek, yer insonga rizqu- ro‘z berganidek, ona ham o‘z farzandiga qalb qo‘rini, mehrini baxshida qiladi.
Sabab ergash gap uyushadi: Men bu masalani shuning uchun keltirdimki, hech vaqt dushmanni mensimaslik kerak emas, birinchi bo‘lib urush boshlash aqlli kishining ishi emas.
Maqsad ergash gap uyushadi: Yurtimiz obod bo‘lsin deb, xalqimiz shoyi kiysin deb, tut ko‘chati ekamiz.
Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar ketma ket ergashadi. Misol: Yozning kuchi ketib, havo biroz salqinlangan bo‘lsa ham, shamolsiz kunlarda quyosh tik kelgach, hali kishining boshidan olov quygan kabi kuydirar edi.
3.Bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap o‘z tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro bog‘lanish usuli, sodda gaplarning tuzilishi va semantik munosabati jihatidan bog‘lovchisiz qo‘shma gapdan farqlanmaydi. Faqat sodda gaplarning o‘zaro munosabati murakkabroq bo‘ladi. Bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar, ya’ni tarkibidagi sodda gaplar maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan murakkab qo‘shma gaplar: Nonlar yopildi, qo‘ylar so‘yildi, o‘choqlarga o‘t yoqildi.
4. Qo‘shma gaplarning komponentlari bir-biri bilan ba'zan ham bog‘lanish, ham ergashish orqali birikadi. Bunday gaplar aralash murakkab qo‘shma gap deyiladi.
Aralash murakkab qo‘shma gaplarning quyidagi turlari ko‘p uchraydi.
1. Bir ergash gap va ikki bosh gapning birikishidan yasalgan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda ergash gap bosh gaplarning bittasiga yoki alohida-alohida bog‘lanadi. Bu gap kutilmagan bo‘lsa ham, Mirhomidho‘janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho‘qqi soqol xiyol titradi.(A.Q.)
2. Ikki komponentli ergash gapli qo‘shma gap hamda ikki komponentli bog‘langan qo‘shma gapning birikishidan yasalgan aralash qo‘shma gaplar: Bir eshitdimki, qochibdi deb; bir eshitdimki, qo‘lga tushdi deb. (A.Q.)
3. Ikki ergash gap va ikki bosh gapdan tashkil topgan aralash qo‘shma gaplar tarkibida ham bir necha ergash gapli qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap bo‘lishi mumkin: Agar traktor berilsa, erlar traktor bilan haydalsa, birinchidan, mehnat unimi ortadi, ikkinchidan, hosil mo‘l bo‘ladi. (A.Q.)
Aralash turdagi qo‘shma gaplar to‘rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
Qismlar uyushgan murakkab qo‘shma gaplar. Bunday gaplar tarkibida uchta va undan ortiq sodda gap o‘zaro bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan bo‘ladi: Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo‘q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis.- T.,1976.
3. G‘ulomov A.G‘., Asqarova M., Hozirgi o‘zbg‘ek adabiy tili.- T., 1987.
4. Mamajonov A. Qo‘shma gap stilistikasi.- T.: Fan, 1990.
5.Hojiyev A. Lingvistik atamalarning izohli lug‘ati.- Toshkent, 1985.

9- MAVZU: O‘zga gap va undan nutqda foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zga gap turlari: ko‘chirma gapli qurilma, o‘zlashtirma gap. Ko‘chirma gapli qurilmaning tarkibiy qismlari: muallif gapi va ko‘chirma gap, ularning o‘zaro bog‘lanishi. Ko‘chirma gapning muallif gapiga nisbatan prepozitiv, postpozitiv va inpozitiv holatlarda qo‘llana olishi ko‘chirma gapli qurilmalarning o‘ziga xos xususiyati ekanligi.

REJA:
1. O‘zga gapli qurilma va uning turlari.
2. Ko‘chirma gapning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapda ko‘chirma gap va muallif gapi.
4. Ko‘chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi.

Tayanch atama va iboralar: O‘zlashtirma gap, ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish, ko‘chirma gap, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap, muallif gapi.


Ba’zan so‘zlovchi o‘zganing gapini o‘z nutqida ishlatadi. So‘zlovchi nutqida ishlatilgan boshqa shaxslarning gapi o‘zga gap deyiladi. O‘zga gaplar uch xil bo‘ladi: ko‘chirma gap, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap.
O‘zgalarning hech o‘zgarishsiz aynan berilgan gapi ko‘chirma gap deb ataladi.
Ko‘chirma gap yolg‘iz o‘zi yoki muallif gapi bilan birgalikda kelishi mumkin Masalan: «Ekskursiyaga bugun boramizmi?» «yo‘q, ertaga», «Alisher Navoiy go‘zal xatotdir»,— dedi faxrlanib Zayniddin.
Ko‘chirma gapdan asosiy maqsad boshqa shaxs gapining barcha leksik, sintaktik, intonatsion xususiyatlarini saqlashdir. Masalan: «Biz xalqni qutlaymiz, xalq bizni qutlaydi»,—dedi Sobolev.
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar ham qo‘shma gaplarning o‘ziga xos bir turi sifatida shakl va mazmun munosabatiga ko‘ra bir qator xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning sintaktik qurilishi boshqa qo‘shma gaplar bilan qiyoslansa, ularning ko‘proq ergash gapli qo‘shma gaplarga yaqin turadi. Ammo ko‘pchilik tadqiqotlarda ko‘chirma gapli qo‘shma gapning bir turi deb hisoblash mumkinligini ta'kidlaydilar1. Qanday baholanishidan qat'iy nazar, ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda ham bosh va ergash gaplarning mavjudligini inkor qilib bo‘lmaydi. Muallif gapi qo‘shma gap tarkibida hokim vaziyatda bo‘ladi, shu ma'noda u bosh gap sanaladi.
Ko‘chirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratiladi. Ko‘chirma gap bir so‘zdan, bir yoki bir necha gapdan, ba'zan butun bir abzatsdan iborat bo‘lishi mumkin.
Ba'zan so‘zlovchi o‘z fikridan tashqari o‘zgalarning fikrini ham bayon qilish zaruriyati tug‘iladi. O‘zgalarning gapini hikoya qiluvchi shaxs muallif hisoblanadi. Ana shu muallif boshqa shaxslarning fikrini o‘zining nutqi ichida keltiradi. Bu o‘zganing gapi ko‘chirma qurilmali qo‘shma gap sanaladi.
Ko‘chirma qurilma qo‘shma gaplarda ikki xil nutqiy qatlam o‘z va o‘zga nutq bir-biriga qorishgan holda ifodalanadi. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘chirma qurilmali qo‘shma gaplarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Ko‘chirma gap.
2. O‘zlashtirma gap.
3. O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap.
Ko‘chirma qurilmali qo‘shma gaplar tarkibida ko‘chirma gap ham, o‘zlashtirma gapga ham o‘xshamaydigan qurilmalar mavjud. Ular o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap deb ataydilar.
Ko‘chirma gapda nutq jarayonidan oldin aytilgan yoki aytishga mo‘ljallangan o‘zga nutqning ba'zan esa so‘zlovchining o‘zi tomonidan oldin aytilgan gaplarning bo‘lishi asosiy belgi sanaladi. Ko‘chirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratiladi.
O‘zgalar fikrining semantik, leksik, grammatik xususiyatlari saqlagan holda, mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatilishi ko‘chirma gap deyiladi: Sakson ota uning gapini bo‘ldi: “Umr shomiga etsak ham, yurakda o‘timiz bor”. (O.)
Ko‘chirma gaplarning xarakterlovchi quyidagi xususiyatlari mavjud:
1. Ko‘chirma gap qanday shaklda bo‘lmasin, muallif gapi bilan birgalikda qo‘llanadi.
2. Ko‘chirma gap alohida olib qaralganda, ko‘pincha kuzatilgan maqsad anglashilmaydi.
3. Ko‘chirma gap va muallif gapi o‘rtasidagi grammatik va semantik munosabat ularni ayrim-ayrim olib talqin qilishga yo‘l qo‘ymaydi.
4. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarning asos, tamal turida muallif gapi yaxlit gapning “sinchi” sifatida ko‘chirma gapni o‘z ichiga oladi.
Ko‘chirma gap o‘z tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) bir komponentli sodda gaplardan iborat bo‘ladi: -Hozir! Hozir!-qichqirishdi yoshlar. (O.)
b) ko‘p komponentli sodda gaplardan iborat bo‘ladi: “Rais qaerda!”-so‘radi Mahkam qichqirdi. (O.)
d) ko‘chirma gap qo‘shma gapdan tashkil topadi: -Hozir hosil uchun kurashning avji vaqti, - dedi O‘ktam jiddiy tus bilan, - yaxshi parvarish qilsang, g‘o‘zani ovqatdan, suvdan toliqtirmasang, kun sayin hosilga hosil qo‘shasan. (O.)
e) ko‘chirma gap murakkab qo‘shma gapdan tashkil topadi: “Ayang telefon qildi”, - dedi Aziz Feruzning qalin patak sochini silab. –Seni juda sog‘inibdi. “Feruzjon uyga kelsin!»-dedi. (H.G‘.)
Ko‘chirma gapda qo‘llanadigan fe'llarni leksik-semantik xususiyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Nutq fe'llari. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘chirma gaplarni hosil qilishda demoq, aytmoq, hikoya qilmoq, so‘zlamoq, baqirmoq, shivirlamoq, urushmoq, kulmoq, so‘ramoq, javob bermoq, tamomlamoq, boshlamoq, ifodalamoq, ovutmoq, tasdiqlamoq, hukm qilmoq kabi nutq fe'llari keng qo‘llaniladi.
2. Sezgi va holat ifodalovchi fe'llar: seskanmoq, payqamoq, hayron bo‘lmoq, bezovta bo‘lmoq, achchiqlanmoq, jahli chiqmoq, shoshmoq, qaltiramoq, kuvanmoq, hovliqmoq kabi fe'llar ko‘chirma gaplarni shakllantirishda ishtirok etadi.
3. Imo-ishora yoki so‘zlovchining turli harakatlarini ifodalovchi fe'llar: qulliq qildi, qo‘lni cho‘zdi, engashdi, musht ko‘tardi kabilar ko‘chirma gapni shakllantirishda ishtirok etadi.
4. Tafakkur faoliyati bilan bog‘liq fe'llar: o‘q surib ketmoq, xayoldan o‘tkazmoq, fikr qilmoq, xayolga botmoq, o‘z-o‘zi gapirmoq singarilar ko‘chirma gaplarni shakllantirishda qatnashadi.
Ko‘chirma gap va muallif gapining o‘rni turli stilistik talablarga muvofiq turlicha bo‘ladi:
1. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin keladi. Bunda muallif gapidagi gap bo‘laklari inversiyaga uchrab, kesim tarkibi oldin, ega tarkibi keyin qo‘llanadi: -“Qalay, rais ko‘zini ochdimi?”-dedi Qamchi.(H.G‘.)
2. Ko‘chirma gap muallif gapidan keyin keladi: U O‘ktamga murojaat qildi: “Manavu mavzuga nima deysiz?”. (O.)
3. Ko‘chirma gap turli stilistik talablarga ko‘ra, muallif gapining o‘rtasida keladi. Kechqurun Kanizak eshikdan kirishi bilan: “Sidiqjon aka, bizning zvenoda ishlar emishsiz”, -dedi. (A.H.)
4.Ko‘chirma gap muallif gapini har ikki tomonida keladi: “Odamning qo‘lidan kelmaydigan hech bir ish yo‘q, - dedi bolalarga bir-bir qarab Saodatxon, - odam hamma narsadan “zo‘r”. (S.Z.)
Ko‘chirma gaplar doim qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Ko‘chirma gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi : U mendan so‘radi: “Xushxat ekansan. Hisobni bilasanmi?». (O.)
Ko‘chirma gap va muallif gapi o‘zaro quyidagicha aloqaga kirishadi:
1. Bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida aloqaga kirishadi. Bunda ko‘chirma gap bilan muallif gapini o‘zaro bog‘lashda demoq, fe’lining deb (deya), degan shakllari xizmat qiladi. Masalan: Adolatning esiga Usmonjonning: «Hatto qurt-qumursqa ham yashash uchun -kurashadi», -degan gapi keldi. «Bu ish qo‘limdan kelmaydi»,— deb tashlab ketish nomardning ishi.
Bog‘lovchi vazifasidagi bunday so‘z muallif gapi ko‘chirma gapdan keyin kelganda ishlatiladi.
2. Bog‘lovchisiz aloqaga kirishadi. Bunda muallif gapining kesimi demoq, aytmoq, so‘ramok, gapirmoq, javob bermoq kabi fe’llar bilan ifodalanadi, Masalan: «Xiyonatkorlar o‘z chuqurlariga o‘zlari yiqilurlar»,— dedi Navoiy ishonch bilan. (O.) Fotima uning yuziga bir tikilib oldi-da, kulimsirab gapirdi: «Ey, men nima javob beribman? Sizning ko‘nglingizda nima borligini. eshitganim" ham yo‘q-ku hali...» «Uyinglar qaerda, singlim?»— choy quyayotgan Usmonjon Adolatga qaramasdan so‘radi. (S. 3.) «Putyovkani kishiga a’lo mehnat beradi-ku»,— javob berdi Komila tabassum bilan.
1. Ko‘chirma gap yozuvda qo‘shtirnoqqa olinib, bosh harf bilan boshlanadi.
2. Ko‘chirma gap muallif gapidan keyin keladi. Bu vaqtda muallif gapining kesimi so‘radi, javob berdi, tugatdi, gapirdi, dedi kabi fe’llar bilan ifodalanadi.
Ko‘chirma gap muallif gapidan keyin kelganda, muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. Bu vaqtda: 1) ko‘chirma gap oxirida nuqta qo‘yilishi lozim bo‘lsa, qo‘shtirnoq undan oldin qo‘yiladi; 2) so‘roq, undov belgilari qo‘yilishi lozim bo‘lsa, qo‘shtirnoq bulardan keyin qo‘yiladi. Masalan: 1. Michurin aytadi: «O‘simlik qancha yosh bo‘lsa, yangi sharoitga shunchalik tez moslashadi». 2. O‘qituvchi so‘radi: «Oybekning «Qutlug‘ qon» ramanidagi Yo‘lchi obraziga kim Xarakteristika beradi?» 3. Dokladchi o‘z nutqini shunday tugatdi: «YAshasin yutuqlarimizning ilhomchisi va tashkilotchisi jonajon partiyamiz!»
Bunda tinish belgilarining qo‘yilishini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1.______________ « . . . . . . . . . .».
2.______________ « . . . . . . . . . ?»
3.______________ « . . . . . . . . . !»
3. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin keladi. Bu vaqtda muallif gapidagi bo‘laklar inversiyaga uchraydi: kesim tarkibi oldin, ega tarkibi keyin keladi. Muallif gapining kesimi ko‘pincha deb aytdi, so‘radi, gapirdi, dedi, der edi kabi fe’llar bilan keladi.
Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelganda, ko‘chirma gapdan keyin qo‘shtirnoq yopiladi. Agar qo‘chirma gap darak gap bo‘lsa, qo‘shtirnoq yopilgach, vergul hamda tire qo‘yiladi. Agar ko‘chirma gap so‘roq yoki undov gap bo‘lsa, qo‘shtirnoq yopilishi oldidan shu belgilarning o‘zi qo‘yiladi; qo‘shtirnok yopilgach, tire qo‘yiladi. Masalan:1. «Mehmonni laziz ovqatlar bilangina emas, shirin latifalar bilan ham kutmoq kerak»,— dedi kulib Sultonmurod. (O.) 2. «Ko‘rishgan odam shunaka siqar ekanmi?»— dedi Oyto‘ti Karimaga. (Oyd.) 3. «Dunyo mojarolaridan qo‘l yuvmoqchi bo‘lgan bir otaga keksaygan kunlarida farzand dog‘ini ko‘rmaslikning o‘zi xam bir mukofotdir!»—dedi va ko‘ziga yosh oldi. (A.. Qod.)
Yuqoridagi misollarni sxemada quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1. «......», ___________.
2. «......?» ___________.
3. «..........!» __________.
Ko‘chirma gap muallif gapining har ikki tomonida keladi. Bu vaqtda muallif gapi inversiyaga uchraydi: kesim tarkibi oldin, ega tarkibi keyin keladi.
Muallif gapi ko‘chirma gapning ichida kelganda, tinish belgilari quyidagicha qo‘yiladi:
1) Ko‘chirma gap bo‘lingan joyda hech qanday tinish belgisi bo‘lmasa yoki u yerda vergul, nuqtali vergul, tire, ikki nuqta belgilaridan biri bo‘lsa, vergul va tire qo‘yilib, muallif gapi boshlanadi; muallif gapidan so‘ng yana vergul va tire qo‘yilib, ko‘chirma gapning qolgan qismi kichik harf bilan davom ettiriladi. Masalan: «Shonli o‘zbek xalqi,— deb yozdi shu kuni «O‘zbekiston ovozi»,— butun mamlakatimizni g‘oyat xursand qildi». (A. M.) «Xo‘b, men Har qanday jabr tog‘ini ko‘tarmoqqa rozimen,— dedi Navoiy keskin va dadil,— lekin ichi qora zotlar shuni yaxshi bilsinlar, men qaerda bo‘lmayin, haqiqatni qo‘riqlaymen». (0.) «Odamning qo‘lidan kelmaydigan xech bir ish yo‘q,— dedi bolalarga bir-bir qarab Saodatxon,— odam xamma narsadan zo‘r». (S. 3.)
2) Ko‘chirma gap bo‘lingan joyda nuqta bo‘lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan keyin esa nuqta va tire qo‘yiladi. Ko‘chirma gapning qolgan qismi bosh harf bilan davom ettiriladi. Masalan: «Haqiqiy sevgini xech narsaga tenglashtirib ham, almashtirib ham bo‘lmaydi, do‘stim,— dedi Elmurod.— Sevgi — insonning eng yuksak bebaho orzusi». (P.T.)
3) Ko‘chirma gap bo‘lingan joyda so‘roq yoki undov belgisi bo‘lsa, bu belgilar o‘z o‘rnida saqlanadi va shundan keyin tire qo‘yiladi. Muallif gapidan so‘ng esa nuqta va tire qo‘yilib, ko‘chirma gapning qolgan qismi bosh harf bilan davom ettiriladi. Masalan: «Bu tilni sherning sheri mudofaa qilar ekan, yana kaysi mard aksini isbot kilur?— dedi kulib Husayn Boyqaro.— Janoblari o‘z nodir asarlari bilan tilimizning husnini, quvvatini donishmand xalq oldida namoyon etdilar». (0.) «Ishing yirik, O‘sarjon!— qichqirdi o‘tkinchi otboqar Qo‘ziboy.— G‘o‘zang dastlab mazasi yo‘qroq edi, nazarimda; xayronman, birdan avj olib ketdi». (0.)
Bu misollarni sxemada quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1.«…..?__________.___.....».
2.«…..!__________.___.....».
5. Ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida keladi. Bu vaqtda muallif gapining o‘zga tarkibi ko‘chirma gapdan oldin, kesim tarkibi esa muallif gapidan keyin keladi. Ba’zan kesim tarkibiga oid to‘ldiruvchi yoki hol ko‘chirma gapdan oldin kelishi ham mumkin.
Ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelganda, muallif gapi bo‘« lingan joyda ikki nuqta qo‘yiladi va qo‘shtirnoq ochilib, ko‘chirma gap bosh harf bilan boshlanadi; ko‘chirma gap oxirida qo‘shtirnoq yopiladi. Bundan keyin:
1) Ko‘chirma gap darak gap bo‘lsa, qo‘shtirnoq yopilgach, vergul va tire qo‘yiladi, so‘ng muallif gapining davomi yoziladi. Masalan; Kechqurun kanizak eshikdan kirshi bilan: «Siddiqjon aka, bizning to‘garakda ishlar emishsiz»,— dedi. (A. Q.)
2) Ko‘chirma gap oxiriga so‘roq yoki undov. belgisi qo‘yiladigan bo‘lsa, ular qo‘shtirnoq yopilishi oldidan qo‘yiladi; qo‘shtirnoq yopilgach, tire qo‘yiladi. Masalan: Bir kuni podsho afandidan: «Katta hovuzdagi suv necha chelak chiqadi?»— deb so‘rabdi. (Afandi latifalaridan.) Navoiy: «SHohona marxamatingiz uchun rahmat. Iloji bo‘lsa, myoni har qanday rasmiy mansablardan ozod etsangiz!»— dedi qat’iyat bilan. (0.)
Bu gaplarni sxemada quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
_____________________ ___. «……….?»-_________________.
_____________________ ___. «……….!»-_________________.

6. Dialog tipidagi ko‘chirma gaplar:


a) ketma-ket yozilsa, ularning har biri qo‘shtirnoqqa olinib, bir-biridan tire bilan ajratiladi. «Asosiy vaqtimni zavodga bermay, nimaga beray?»—«Dissertatsiya xam zavodning ishi. Mavzui ham zavodning o‘zidan kelib chiqqan». (A. M.);
b) har bir ko‘chirma gap yangi yo‘ldan boshlansa, undan oldin tire qo‘yiladi.
— Juda shod ko‘rinasiz, Manzura.
SHundaymi?— dedi Manzura o‘zining quvonchli kayfiyatini endi sezgandek. — Sendan juda minnatdorman, Mirusya, meni kechgacha kutibsan. — Ovqatingiz sovimasin.
Kul,o‘tir birga ovqatlanamiz. (A. M.)
Izoh. O‘zgalarning ayrim so‘zlari, ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘z va birikmalar ham qo‘shtirnoq ichiga olinib, kichik harf bilan yoziladi. Lekin bular ko‘chirma gap hisoblanmaydi. Masalan: Onda-sonda aravalar g‘ijirlab, «po‘sht-po‘sht» degan tovushlar eshitiladi. (A. Q.) Nomlari doim birga aytilishi, odamlarning ikkalasiga «jabrdiydalar» deb qarashi Siddiqjon bilan Kanizakni. bir-biriga juda yaqin qilib qo‘ydi. (A. Q.)
O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap.
O‘zganing gapi ko‘chirma gap bilan o‘zlashtirma gap oralig‘idagi holatda bo‘ladi. Bunda o‘zganing fikri muallif gapisiz-so‘zlovchining ishtirokisiz bayon qilinadi, ya'ni muallif ko‘chirma gapdagi so‘zlovchi vazifasini bajaradi. Bu vaqtda muallif ko‘chirma gapdagi so‘zlovchi sifatida ishtirok qiladi. Bunday gaplar ko‘proq badiiy asarlarda uchraydi: Rais keng kabinetida bir o‘zi qoldi. U shilq etib divanga tashlandi-da, a’zoyi badani bo‘shashib ketganday bo‘ldi. ...Mana endi uzoq davr ichida qilingan gunohlar uchun javob berish vaqti keldi.
Hozirgacha sen bu payt to‘g‘risida o‘ylab ham ko‘rmagan eding, Qodirov. Umumxalq mehnati va g‘alabasini o‘zingga o‘zlashtirib, o‘zingniki qilib kursatarding. Bu ishing tasodifiy emas, albatta. Sen o‘zingni sevib, o‘zingga bino qo‘yar eding. Bilganing-bilgan, qilganing – qilgan edi. Faqat-faqat o‘zingga ishonar eding.(SH.R.)
Masalan: Maktuba chelakdagi chigitni mashina qutisiga ag‘darar ekan, Anvarning rangi quv uchib ketdi. Axir bu qiz-u, ertalab ko‘rgan o‘sha sohibjamol-ku! Ajabo endi korjomada ham o‘sha-o‘sha!. Bu gapda ko‘chirma gapning so‘zlovchisi (Anvar) nomidan muallifning o‘zi gapirgan. Uning gapi –Axir bu qiz-u, ertalab ko‘rgan sohibjamol-ku! Ajabo, endi korjomada ham o‘sha-o‘sha! – hech o‘zgarishsiz semantik, grammatik, leksik xususiyatlari deyarli saqlangan holda keltirilgan. Bu jihati ko‘chirma gapga o‘xshaydi. Lekin bunda muallif gapining yo‘qligi bilan ko‘chirma gapdan farq qiladi.
Ko‘rinadiki, oO‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar ko‘proq badiiy asarlarda uchraydi. Bunda muallif personaj tilidan gapirib, voqeaga o‘z munosabatini bildiradi. Salimboyvachchaning ko‘zlari ola-kula bo‘lib, yuzidagi go‘shtlari pirilladi, bu qanday gap? Bir xizmatkor unga qichqirsa, “Sen” desin, “ablah” desin! (O.)
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis.- T.,1976.
3. G‘ulomov A.G‘., Asqarova M., Hozirgi o‘zbg‘ek adabiy tili.- T., 1987.
4. Mamajonov A. Qo‘shma gap stilistikasi.- T.: Fan, 1990.
5. Hojiev A. Lingvistik atamalarning izohli lug‘ati.- Toshkent, 1985.

10- MAVZU: O‘zlashtirma gap, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Ko‘chirma gapli qurilmalarda tinish belgilarining ishlatilishi. Ko‘chirma gapli qurilmalarni o‘zlashtirma gapga aylantirishning o‘ziga xos xususiyatlari.


REJA:
1. O‘zlashtirma gap va uning o‘ziga xos xususiytlari.
2. Ko‘chirma gapli qurilmalarni o‘zlashtirma gapga aylantirish yo‘llari.

Tayanch atama va iboralar: O‘zlashtirma gap, ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish, ko‘chirma gap, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap, muallif gapi.


Ayrim paytlarda o‘zgalarning gapi, o‘zlashtirilib bayon qilinadi. Bunda ko‘chirma gap mazmuni to‘la saqalanadi. Faqat uning shakli o‘zgartirilib, muallif gapi ichiga kiritiladi.
O‘zgalarning shaklan o‘zgartirilib berilgan gapi o‘zlashtirma gap deb ataladi.
Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish yo‘llari quyidagicha:
1. Ko‘chirma gapning kesimi o‘tgan zamon fe’li bo‘lsa, o‘zlashtirma gapga aylantirishda bu kesimdagi shaxs, son, zamon affikslari – gan+lik+egalik affiksi+tushum kelishigi affiksi bilan almashtiriladi. Bu vaqtda ko‘chirma gapning egasi qaratqichga aylanadi. Muallif gapining kesimi ham, odatda, boshqa so‘z bilan almashadi. Masalan:
Ko‘chirma gap: «Toshkentda chindan ham qadamim qutlug‘ bo‘lib ketdi», - dedi O‘ktam hayajon bilan. (O.)
O‘zlashtirma gap: O‘ktam hayajon bilan Toshkentda chindan xam qadamining qutlug‘ bo‘lib ketganligini aytdi.
Agar ko‘chirma gapning egasi kishilik olmoshi bo‘lsa, o‘zlashtirma gapga aylantirishdabu ega o‘z olmoshi Bilan almashib, egalik affiksini olib keladi, shundan so‘ngina –ning qo‘shiladi:
Ko‘chirma gap:
«Men a’lo o‘kish uchun butun kuchimni sarf qildim»,- dedi Zulfiya.
O‘zlashtirma gap:
Zulfiya o‘lo o‘qish uchun o‘zining butun kuchini sarf qilganligini aytdi.
Ko‘chirma gapning kesimi –gan affiksi Bilan yasalgan o‘tgan zamon fe’li bo‘lsa, undan keyin –lik+egalik affiksi+ni qo‘shiladi:
Ko‘chirma gap: «Maktab tajriba yer uchastkasiga turli xil ekinlar ekkanmiz», - dedi o‘qituvchi. O‘zlashtirma gap: O‘qituvchi maktab tajriba yer uchastkasiga turli xil ekinlar ekkanliklarini aytdi.
2. Ko‘chirma gapning kesimi –yotir, -yap bilan yasalgan hozirgi fe’li bo‘lsa, zamon yasovchisi –yotgan affiksiga almashtiriladi, so‘ng –lik+egalik affiksi+-ni qo‘shiladi:
Ko‘chirma gap: Ma’ruzachi o‘z nutqida: «Butun dunyodagi tinchliksevar xalqlar tinchlik uchun kurashayotir»,- dedi.
O‘zlashtirma gap:Ma’ruzachi o‘z nutqida butun dunyodagi tinchliksevar xalqlarning tinchlik uchun kurashayotganligini aytdi.
Ko‘chirma gapning kesimi –moqda Bilan yasalgan hozirgi zamon fe’li bo‘lsa, o‘zlashtirma gapga aylantirishda ekan to‘liksiz fe’li orttiriladi. Keyin keladigan affikslar shu to‘liqsiz fe’lga qo‘shiladi:
Ko‘chirma gap: Talabalarning hammasi: «Butun kuchimizni institutni muvaffaqiyatli bitirish uchun sarf qilmoqdamiz», - deyishdi.
O‘zlashtirma gap: Talabalarning hammasi butun kuchlarini institutni muvaffaqiyatli bitirish uchun sarf qilmoqda ekanliklarini aytishdi.
3. Ko‘chirma gap kesimi bor, yo‘q so‘zlari bilan ifodalansa, unga –lik+egalik affiksi+-ni qo‘shiladi:
Ko‘chirma gap: «Bizning g‘alabamiz el orasida bir qadar shuxrat topganligi haqida rivoyatlar bor»,- dedi Navoiy kamtarlik bilan. (O.)
O‘zlashtirma gap: Navoiy kamtarinlik bilan o‘z g‘azali el orasida bir qadar shuhrat topganligi haqida rivoyatlar borligini aytdi.
Ko‘chirma gap kesimi ot kesim bo‘lganda, bu kesimga ekan+lik+egalik affiksi+-ni qo‘shiladi: Ko‘chirma gap: «Bog‘ chindan ham go‘zal,-dedi atrofiga qarab Binoiy,- chiroyli manzara!» (O.)
O‘zlashtirma gap: Binoiy atrofga qarab, bog‘ning chindan go‘zal, manzaraning chiroyli ekanligini aytdi.
5.Ko‘chirma gap –mi yuklamasi bilan tuzilgan suroq gap bo‘lsa, bu gapning kesimi –gan+-magan+-lik+egalik affiksi+-ni shaklini oladi:
Ko‘chirma gap: «Sport bilan muntazam shug‘ullanish kerakligini unutmadingmi?» - deb so‘radi Nasiba.
O‘zlashtirma gap: Nasiba sport bilan muntazam shug‘ullanish kerakligini unutgan-unutmaganligini so‘radi.
Ko‘chirma gap nominativ gap bo‘lsa, undov gap bo‘lsa yoki ko‘chirma gap tarkibida undalma, kirish so‘z va kirish birikma, kirish gap, ha, yuq so‘zlari, ta’kid va taajjub yuklamalari, undov bo‘lsa, bunday ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aynan aylantirilmaydi. Masalan: «Agrotexnikani durust qo‘lladik,- dedi O‘sarjon.- Suvni. O‘gitni xam naq tobida berdik-da». (O.) U xudi favqulodda bir narsa kashf etganday hovliqib: «Chiroq! Elektr!» - dedi. (A. Q.)
Agar bunday ko‘chirma gap muallif gapi ichiga singdirilishi lozim bo‘lib qolsa, yuqorida sanalgan hodisalar tushiriladi. Masalan: «Eh, - dedi Safarqul,- hali ham u boyning uyida mol boqish, sigir sog‘ish, non-osh pishirish va Kir yuvish kabi uy ishlari bilan ovora». (S. A.) Safarqul hali ham uning boy uyida mol boqish, sigir sog‘ish, non-osh pishirish va kir yuvish kabi uy ishlari bilan ovora ekanligini aytdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili.-Toshkent: “Universitet” nashriyoti, 2006.
3. O‘zbek tili grammatikasi II tom Sintaksis T,1976.
4. G‘ulomov A.G‘., Asqarova M., Hozirgi o‘zbg‘ek adabiy tili, T.1987
5. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent: «O‘zbekiston», 1992.

11- MAVZU: Matn haqida ma’lumot. Matnning ta’rifi, turlari va uni shakllantiruvchi vositalar.


REJA:
1.Matn haqida ma’lumot.
2. Matn va uning turlari.
3. Matnni shakllantiruvchi vositalar.

Tayanch atama va iboralar: matn, abzas, mikro matn, makromatn, hikoya mazmunli matn, tasviriy matn, izoh mazmunli matn, didaktik matn, xabar mazmunli matn, buyruq mazmunli matn, hissiy ifoda mazmunli matn.



Matn – nutq kO‘rinishi bO‘lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bO‘lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy obyekti sifatida talqin qilinadi.
Matn sO‘z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham O‘z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn sO‘zining lug`aviy ma’nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi O‘zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni O‘rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir.
Tilshunos E.Qilichev “Matnning lingvistik tah`lili” nomli kitobida “Matn – hamma elementlari o‘zaro zich aloqada bO‘lgan va avtor nuqtai nazaridan ma’lum bir maqsadga yO‘naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakab tuzilma» degan ta’rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta’riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bO‘lib, u fikran va sintaktik jihatdan O‘zaro bog`liq bO‘lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha tO‘liq bO‘ladi”.
Matn hajm va mazmun belgisiga kO‘ra ikkiga bO‘linadi: 1. Hajm belgisiga kO‘ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko‘ra matn turlari.
1. Hajm belgisiga kO‘ra matn turlari. Matn gapdan kO‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq kO‘rinishidir. Matn hajm belgisiga kO‘ra ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag`ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Maksimal matn deyilganda keng kO‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi.Maksimal matn mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga tO‘g`ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, sO‘zboshi (muqadddima), sO‘ngsO‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g`oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qO‘shimcha izoh, sharh bO‘lib keladi.
Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bO‘lib, “matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bO‘lgan qismi” hisoblanadi.
Oddiy kundalik hayotdagi sO‘zlashuv nutqida har doim ham yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga kO‘ra turli matn turlaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan O‘tgan yoki O‘zimiz guvoh bO‘lgan qoqealarni kimgadir aytib beramiz. Insonlar O‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg`ularini, hayajonlarini, azob va qayg`ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag`a ba’zan O‘xshash – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz.
2. Ifoda maqsadiga va mazmuniga ko‘ra badiiy matnni quyidagi turlarga bO‘lib chiqish mumkin: 1. Hikoya mazmunli matn. 2. Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4. Didaktik matn. 5. Xabar mazmunli matn. 6. Buyruq mazmunli matn. 7. Hissiy ifoda mazmunli matn.
1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif – narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni O‘zi boshidan O‘tkazgan eshitgan, ko‘rgan yoki guvoh bO‘lgan biror voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn turiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi, asosan, O‘tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki kO‘plikda ifodalanadi.
2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif – deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga noma’lum bO‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bO‘ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq kO‘rinishi etakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya’ni tasvirlanayotgan ob'ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan sO‘z yuritiladi.
3. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumtntatif-argumentli matn). Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta’kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, O‘zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish argumentli matn turining O‘ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.
4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif- eksplikativ matn). Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga O‘rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi.Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi.
5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informative - informativ matn). Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matng informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik O‘ziga xos tarzda bO‘ladi. Oddiy xabardan farqlanib, estetik maqsad yuklangan bO‘ladi.
6. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif-injonktiv matn). Buyruq havmda maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qaO‘ramonlar nutqida kuzatiladi.
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matn). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, O‘ziga xos pafos Bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.
Matnlar har qanday ma’lumotni yozib olishga imkon beradigan yozma hujjatlardir. Biroq, uning mazmunini to‘g‘ri talqin qilish uchun har bir matnning har xil turga javob berishi aniq bo‘lishi kerak, demak u o‘ziga xos maqsadlar va tarkibiy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Shunga qaramay, har xil turdagi matnlar sof holatda kamdan-kam uchraydi, deb tushunish kerak. Matnning har bir turi o‘z maqsadlariga erishish uchun boshqasining elementlaridan foydalanishi mumkin. Masalan, rivoyat matnida tavsif elementlari bo‘lishi mumkin. Keling, matnning necha turi borligini va ularning umumiy xususiyatlari qanday ekanligini ko‘rib chiqamiz.
Badiiy matnlar
Badiiy matnlar - bu estetik maqsadlarda ishlab chiqarilgan matnlar. Konnotativ til orqali, ya’ni metafora tilidan foydalanib, chuqur haqiqatlarning ramzlari yoki allegoriyalari vazifasini bajaradigan voqealar, g‘oyalar, his-tuyg‘ular va dialoglar fosh etiladi va ularni har doim to‘g‘ridan-to‘g‘ri til orqali tushuntirib bo‘lmaydi.
O‘zining estetik mohiyati tufayli nutq shakli haqida g‘amxo‘rlik qilish badiiy matnlarda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun eng xilma-xil adabiy shaxslar ko‘pincha qo‘llaniladi: metafora, taqlid, giperbola, paradoks, onomatopeya va boshqalar.
Badiiy matnlar quyidagicha tasniflanadi:
Hikoya matni
Bu har qanday fantastik hikoyalar yoki ramziy hikoyalarga tegishli. Ushbu turdagi matnda tavsiflash, dialoglar va boshqalar kabi adabiy manbalardan birgalikda foydalanish mumkin.
Uning tuzilishi odatda boshlanishi, rivojlanishi, o‘rtasi va oxiriga javob beradi. Badiiy matnlarning eng keng tarqalgan janrlari orasida biz quyidagilarga egamiz:
Roman
Hikoya
Afsona
Ertak
Anekdot
Mif
Lirik matn
Lirik matnlar - bu ilhom va jo‘shqinlik bilan yuklangan she'riy tilni ishlatishdan kelib chiqadigan his-tuyg‘ular va g‘oyalarni ifoda etadigan matnlar, shuning uchun she'r uning asosiy ifodasidir. Qasddan sub'ektivlik uning xarakterli xususiyatlaridan biridir. Lirik matnlar ichida juda ko‘p turli xil adabiy janrlar mavjud. Ular orasida biz quyidagilarni nomlashimiz mumkin:
Madhiya
Qo‘shiq
Elegiya
Eklog
Ode
Sonnet
Epigramma
Kalligramma
Madrigal
Tilni burish
Topishmoqlar
Akrostika
Nasriy she'r.
Dramatik matn
Dramatik matnlar dialoglar yoki harakatlar orqali manzarani aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Ya’ni, dramatik matnlar teatr yaratilgan matnlardir. Ular odatda aktlarga va har bir akt sahnalarga bo‘linadi.
Shuningdek, badiiy matnga qarang.
Adabiy bo‘lmagan matnlar
Adabiy bo‘lmagan matnlar - bu ma’lumotlarning uzatilishi yoki kelgan yoki xabarlarni denotativ til orqali, ya’ni aniq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va pragmatik til orqali etkazishdir. Uning ayrim turlari:
Tasviriy matn
Bu ma’lum bir ob'ektni, xoh shaxs, hayvon, landshaft, joy, vaziyat yoki narsadan qat'i nazar, batafsil tavsiflashga mo‘ljallangan matnlar to‘plamiga ishora qiladi.
Tasviriy matnga ham qarang.
Izohli matn
Ular ma’lumotni, g‘oyalarni va tushunchalarni o‘quvchiga aniq yoki umumiy yoki ixtisoslashgan nuqtai nazardan taqdim etishga intiladigan matnlardir. Misol tariqasida biz ensiklopediyadagi turli xil yozuvlarni nomlashimiz mumkin. Izohli matnning kamida ikkita turi mavjud: axborot va ixtisoslashgan.
Izohli matnga ham qarang.
Argumentativ matn
Argumentativ matnlar deganda fikrlar, nazariyalar va tushunchalarni ayrim predmetlarning yondashuvi bo‘yicha fikrlar va turli xil fikrlarni bayon etish maqsadida muhokama qiladiganlar tushuniladi. Unda tushuntirish matni elementlari mavjud, chunki bahslashishdan oldin u o‘quvchiga muhokama qilinadigan mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
Bahsli matnga misol sifatida fikr maqolalari, adabiy insholar va akademik insholar keltirilgan. Nazariy falsafiy diskussiyalarni argumentli matnlar deb ham hisoblash mumkin. Masalan, kitob Sof fikrni tanqid qilish Immanuil Kant tomonidan.
Shuningdek qarang:
Argumentativ matn.
Sinov.
Axborot matni
Ular muayyan voqealar yoki har qanday dolzarb masalalar to‘g‘risida muhim ma’lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan narsalardir. Matnning bu turi jurnalistikada muhim o‘rin tutadi va voqea yangiliklaridan tortib, o‘quvchini yangilab turishga yordam beradigan chuqur hisobotlarga qadar bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Axborot matni.
Ilmiy matn
Ilmiy matnlar bu nazariyalar va tushunchalar ishlab chiqilgan va qo‘shimcha ravishda har xil ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha qat'iy tuzilish orqali erishilgan yutuqlardir. Ular faqat ilmiy yangiliklardan ajralib turadigan ixtisoslashgan texnik tillardan foydalanishga moyildirlar. Ular eksperimental natijalarni taqdim etish va gipotezalarni shakllantirish kabi aniq elementlarni kiritishdan tashqari, tavsiflovchi, argumentativ yoki tushuntirish matni elementlarini birlashtirishi mumkin.
Ilmiy matnga ham qarang.
Texnik matn
Bu aniq va aniq matn bo‘lib, uning maqsadi ilmiy bilimlarni qo‘llash uchun metodologiya va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot berish, shuningdek ish qurollarini osonlashtirishdir. Masalan: kataloglar, qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar va boshqalar.
Shuningdek, texnik matnga qarang.
Reklama matni
Reklama matnlari - iste'molchini ma’lum tovar yoki xizmatlarni sotib olishga ishontirish uchun mo‘ljallangan qisqa matnlar. Uning uzunligi odatda gapdan ko‘p emas.
Huquqiy matn
Bu qonunlar, sud qarorlari, sotib olish-sotish hujjatlari, ishonchnomalar, ta’sis shartnomalari va boshqalar kabi huquqiy va sud qo‘llanmalariga tegishli.
Normativ matn
Bu ma’lum bir muassasa sharoitida rasmiy yoki norasmiy ravishda xatti-harakatlar normalari ko‘rsatilgan matnlarni nazarda tutadi.
Ma’muriy matn
Bu ma’lum bir muassasa ichidagi aloqalarni rasmiylashtirishga mo‘ljallangan barcha ishchilar koinotiga taalluqlidir, unga o‘z ishchilari va ular vakili bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ushbu muassasadan foydalanadigan odamlar (mijozlar, talabalar va boshqalar) kiradi. Masalan: so‘rovlar, memorandumlar, menejment hisobotlari, yig‘ilish protokoli va protokollari, sertifikatlar va boshqalar.
Epistolyar matn, maktub yoki xat
Epistolyar matn odamlar o‘rtasida o‘rnatiladigan xatlar yoki xabarlarga ma’lum. Maktubning maqsadi, biron sababga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni ovoz bilan aloqa qila olmaydigan ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdir. Xatlar tarkibni rivojlantiradi va bayon va ko‘rgazma elementlarini o‘ziga jalb qiladi.
Maktub yoki xat ham estetik maqsadga erishishi mumkin. Shuning uchun epistolyar roman mavjud. Masalan, Xavfli do‘stlik Choderlos de Laklos. Ba’zi bir individual kartalar o‘z-o‘zidan san'at asarini tashkil etadi. Masalan, Oskar Uayldning "De Profundis" maktubi.
Shuningdek, xatni ko‘ring.
Raqamli matnlar
Raqamli matnlarni alohida ta’kidlash kerak, chunki ular ishlab chiqarish usullari, ommaviy axborot vositalari va targ‘ib qilinadigan o‘qish usullari tufayli turli darajadagi murakkablikni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, raqamli matnlar turli xil kodlardan foydalanadi, lekin bir xil til tuzilmalarini saqlaydi.
Shunday qilib, biz raqamli matnlar orqali Internetda ishlatiladigan barcha turdagi matnlarni tushunamiz va ular adabiy va adabiy bo‘lmagan maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin (odatiy matnlar kabi), lekin ular bundan ham ko‘proq.
Raqamli matnlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotni taqdim etish yoki shaxslararo aloqani osonlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, qidiruv tizimlarida indeksatsiya, havolalar, dasturlash tillari va hk kabi funktsiyalarni bajaradi.
Raqamli matnlarning har xil turlari mavjud, ular orasida quyidagilarni aytib o‘tishimiz mumkin:
Unimodal raqamli matnlar
Ular uchun ma’lum bir protsessorda yozilgan yoki raqamlangan va kengaytmaning qisqartmasi (doc, pdf, rtf va boshqalar) tomonidan tan olinganlar.
Aslida, bu matnlar faqat raqamli vositalarida bosilgan matnlardan farq qiladi. Uning mazmuni va ishlatilishi odatdagi bosma matn kabi o‘ylangan va raqamlangan bo‘lishiga qaramay, shu tarzda o‘qiladi (diaxronik o‘qish). Aslida, ularni Internetda o‘qish kerak emas, garchi ularni Internetda topish mumkin va u erdan yuklab olish mumkin.
Multimodal raqamli matnlar
Multimodal matnlar bu onlayn muharrirlar va / yoki multimodal muharrirlardan foydalanadigan matnlar (ya’ni ular turli funktsiyalarni birlashtirgan). Ular ikki turga bo‘linishi mumkin:
Multimedia. Ular tasvir, video va audio kabi bir nechta funktsiyalarga ega bo‘lgan turli xil matnlarni qamrab oladi. Ushbu turga raqamli taqdimotlar, kiber matnlar, kiber adabiyotlar va boshqalar kiradi.
Gipermatn. Gipermatnlar - bu veb va uning imkoniyatlari uchun maxsus ishlab chiqilgan raqamli matnlar. Ta’rifga ko‘ra, gipermatnlar matnni boshqalar bilan bog‘lanish yoki havolalar orqali bog‘lash orqali yozma nutqning lineerligini buzadi (havolalar). Ekrandagi matn boshqa bog‘langan matnlar bilan tanani yaratadigan raqamli hujayra kabi ishlaydi. Gipermatnlar quyidagicha ifodalanadi:
Wiki: turli xil ishtirokchilarning tarkibidagi gipermatnlar;
Yangiliklar kataloglari: multimedia manbalariga havolalari bo‘lgan tezkor yangiliklar nashrlari;
Qidiruv tizimlar va mavzu ko‘rsatkichlari;
Muharrirlar;
HTML.
Shuningdek, gipermatnga qarang.
Intertekslar
Intertekstlar - bu shaxslararo muloqotni va tarkib va ​​ma’lumotlar almashinuvini osonlashtiradigan narsadir, bu o‘quvchining ham tarkib yaratuvchisi ekanligini anglatadi. Raqamli dunyo sohasida intertekstlarni veb avlodiga qarab guruhlash mumkin. Ko‘raylikchi:
Internet 2.0 yoki ijtimoiy veb-kontekstlar:
Elektron pochta;
Suhbatlar;
Forumlar;
Interaktiv veb-sahifalar;
Ta’lim platformalari;
Ijtimoiy tarmoqlar;
Umumiy o‘qish uchun omborlar: raqamli kutubxonalar, serverlar naycha (videolar), rasm serverlari, hujjatlar almashinuvi (Yozuvchilar), va boshqalar.;
Blogger va press press.
Internet 3.0 (atrof-muhit) va semantik veb-ilovalar (ilovalar):
Kiber matnlar, gipermatn va intermetstlar bilan oziqlanadigan bulutli hisoblash;
Asbob sifatida ishlab chiqilgan matnlar: teglar, ijtimoiy xatcho‘plar, geolokatsiya va hk.;
Meta ma’lumotlarini qayta ishlash va hk.

Matn o‘z tuzilishiga ko‘ra, murakkab sintaktik butunlik, xat boshi (abzas), bo‘lim, qism, bob va paragraflardan tashkil topishi mumkin. O‘quvchilar tomonidan yaratiladigan matnlar esa asosan gap, abzas va qismdan iborat bo‘ladi.


Abzas (nemischa: ich tomon, orqa tomon surmoq ) yozma nutq matndagi yangi yo‘l ( qator)dan bir oz joy qoldirib boshlash.
Abzas kompozitsion uslubiy ajratish xarakteridagi nutq birligi bo‘lib, kitobxonning diqqatini yangi fikrga, yangi tasvirga jalb qilish vazifasini bajaradi.
Abzas matnda tugal ma’noni ifodalagan bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo‘lgan yaxlit mantiqiy nutq birligidir .
Abzas bir sodda gapdan yoki qo’shma gapdan tashkil topishi mumkin. Abzas biror nutqiy alohida shaklga ega bo‘lgan maxsus birligi emas, balki yozma nutqning har xil sintaktik butunliklardan tashkil topgan qismidir.
Monologik nutq o‘z xarakteriga ko‘ra cho‘ziq bir necha gapdan iborat bo‘lishi mumkin. Diologik nutq ham cho‘ziq ba’zan birgina so‘zdan tashkil topishi va yangi abzasni tashkil qilishi mumkin.
Do‘ppifurush Qori ishkambaning bu gapiga kularkan, mendan:
-Sizga nima kerak? –deb so‘radi.
-Do‘ppi ! (S.Ayniy )
Bo‘lim …Ilmiy yoki badiiy matnning ma’lum bir masalaga bag‘ishlangan mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan alohida bir qismi, masalan: E.Qilichovning “Sadriddin Ayniy asarida arxaizm va istorizmlar” nomli nomzodlik dissertatsiyasining arxaizmlar bobi to‘rt bo‘limdan iborat.
1.Fonetik arxaizmlar.
2.Leksik arxaizmlar.
3.Firazeologik arxaizmlar.
4.Grammatik arxaizmlar.
G‘.G‘ulomning “Ko‘kan “ poemasi ikki bo‘limdan iborat
1.Ko‘kan-batrak:
2. Ko‘kan-kolxozchi kabi.
Bob. Biror asar yoki maqolaning ayrim qismi fasli. Boblar ma’lum bir qismlardan tashkil topishi yoki bir butun holatda bo‘lishi mumkin.
Har bir bob o‘z mustaqil kompozitsion tuzilishiga ega bo‘ladi. Masalan: 1992- yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 26 bobdan iborat. Badiiy matn boblari bir-biri bilan uzviy bog‘langan umumiy kompozision tuzilishiga ega bo‘lsa, ilmiy va rasmiy matnlarda har bir bob o‘z mustaqilligini saqlash mumkin. Maktab amaliyotida matnning tasvir rivoya va muhokama kabi boyon usullaridan ko‘proq foydalaniladi. Bu usullar o‘rtasida garchand aniq chegara bo‘lmasada, ammo ularning har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bayonning bu usullari ham mazmuni, ham tuzilishi, ham tilning ifoda vositalaridan foydalanish jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Matnlar uslub jihatidan ham rang- barangdir. Asosan, badiiy, publisistik, ilmiy va rasmiy matnlardan foydalaniladi. Har bir uslub ma’lum bir til me’yorini talab etadi.
Badiiy uslubda yozilgan matnlarning o‘ziga xos xususiyatlari ularda tasviriylik va ta’sirchanlikning kuchliligidir. O‘quvchi badiiy matn yaratishda tabiat va ishtimoiy borliqqa nisbatan erkin munosabatda bo‘ladi: uning mohiyatini ochish uchun turli-tuman leksik birliklar (ko‘p ma’noli so‘zlar, ma’nodosh va qarama- qarshi ma’noli so‘zlar), tasviriy ifoda va frazeologik birikmalar, adabiy tilning tasviriy vositalari:o‘xshatish, mubolog‘a, kichraytirish, jonlantirish kabilardan o‘z imkonoyatiga qarab bemalol goydalana oladi. Badiiy matn o‘quvchilarda badiiy didni shakllantirishning asosiy vositalaridir. O‘quvchi bunday matnlar orqali go‘zallik va nafosat olamiga kiradi, o‘z quvonchi va tashvishlari bilan o‘rtoqlashadi, sevimli qahramonlariga ergashadi.
Badiiy matn tasviriy, obrazli va jozibali bo‘ladi. U xalq tilining barcha imkonoyatlarini o‘zida aks ettiradi. Bunda tilning fonetik, leksik-semantik, gramatik vositalari badiiy tasvir vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, badiiy matn o‘zaro aloqador bo‘lgan fonetik,leksik va gramatik birliklarni mujassamlashtirgan eng yirik nutq birligi sifatida bir butun sistemani shakllantiradi. Shuningdek, badiiy matn bir vaqtning o‘zida semantic hamda sitimistik sistemani o‘z ichiga oladi.
Demak, badiiy matn tilshunoslikning eng murakkab, ko‘p qirrrali tekshiruv ob’ektidir. Chunki u bir necha leksik, gramatik va stimistik sistemalar yig‘indisi “sistemalar sistemasi” dan iboratdir.
Badiiy matn bilish va yaratish aks ettirish va ijodning dialektik birligi asosida vujudga keladi. Badiiy asar kishilarning estetik ma’naviy talablarini
qondirish uchun xizmat qiladi.
Badiiy matnning tuzilishi ilmiy matn singari ma’lum logic qonunlarga bo‘sunmaydi. U individual bo‘lib muallif tomonidan erkin yaratiladi.
Badiiy matn avtori til erkinligiga, ya’ni so‘z ishlatishda katta imkoniyatlargaega bo‘ladi. Shunga qaramasdan, badiiy matn yaratishda umumiy prinsiplar ham mavjud. Bu prinsiplar haqida alohida fikr yuritiladi.
Badiiy matnning ifodali ta’sirchan bo‘lishida sintaktik stilistik figuralar ( mubolag‘a, kichraytish, takror, antiteza) ham muhim rol’ o‘ynaydi.
Pyblisistik matn. Bu matn kundalik hayotning turli artual tomonlarini ommabop tarzda aks ettradi. Publisistik matn o‘zining informative boyligi, konkretligi va ekipressivligi, tashviqot va targ‘ibot xarakterdaligi bilan boshqa matnlardan farq qiladi. Bunday matnlarda siyosiy terminlar, neologizmlar, turli kasb-hunar so‘zlari, hatto so‘zlashuv nutqi elementlari ham uchraydi. Ona tili mashg‘ulatlarida o‘quvchilarni publisestik matnlar yaratishga o‘rgatishi uchun avvala ularning bu usulning til xususiyatlari ustida ishlashga to‘g‘ri keladi. Publisistik matnning tili pishiq, aniq ifodali, ravon, ixcham, jonli bo‘lib, u nutqning jangoborligi, ta’sirchanligi, o‘qimishliligi va ommabobligini ta’minlaydi.
Odatda, gazetalarning bosh maqollari, diplamatik nutqlari, matndagi nutqlar, mitingdagi nutqlar, ocherk, peportaj fel’emonlar publisistik matn sanaladi.
Ilmiy matn. Bu tip matn adabiy til normalarini to‘la saqlagan, faktik materiallarga boy, aniq, siqiq xabarlarni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy matn monologik xarakterda bo‘lib, unga ko‘chma ma’noli so‘zlar, hazil so‘zlar ishlatilmaydi. Har bir fanga xos ilmiy terminlar va formulalar ilmiy matn asosini tashkil etadi.
Ilmiy matnga tezis, maqola,doklad, annotasiya, taqriz konspekti, ma’ruza, monografiya, darslik va qo‘llanmalar kiradi.
Rasmiy matn. Ona tili o‘qitish jarayonida ancha sarmoqli o‘rin egallaydi. O‘quvchilar hukumat qarorlari, buyruqlari, shartnomalari, rasmiy e’lonlari, ayniqsa, rasmiy ish qogo‘lari: ariza, tarjimai hol, ishonch qog‘ozi, tilxat, telegramma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, qaror, hisobot, xat, e’lon kabilar bilan ish ko‘rish jarayonida nutqning bu ko‘rinishini mukammal egallab boradilar.
Matnning uslubiy qaysi so‘z va tushunchalardan foydalanishini belgilaydi.

12- MAVZU: O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqiy-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, differensiatsiya tamoyili). Ona tilida tinish belgilari va ularning tasnifi; Tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari.


REJA:
1. Punktuatsiya va uning o‘rganish obyekti.
2. O‘zbek tili punktuatsiyasining asos va tamoyillari.
3. O‘zbek tilidagi tinish belgilari.
4. Tinish belgilari tasnifi.
5.Tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari.

Tayanch atama va iboralar: punktuatsiya, logik-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, differentsiatsiya tamoyili, nuqta, so‘roq, undov belgisi, nuqtali vergul, ko‘p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs, tirnoq.



«Punktuatsiya» so‘zi aslida lotincha «punctum», ya’ni «nuqta», «o‘rin, joy» tushunchalarini anglatuvchi so‘z bo‘lib, hozirgi kunda tilshunoslikning tinish belgilari haqidagi maxsus bo‘limining nomi hisoblanadi.
Punktuatsiyada tinish belgilarining (punktogramma) qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi. Ma’lumki, «tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashtirishda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmuniy munosabatlarini ko‘rsatishda muhim yozuv vositasi sifatida ishlatiladi.»1
Tinish belgilari quyidagi vazifalarni ado etishi lozim: a) ijtimoiy-sotsial vazifa bajarishi; b) vazifasi gapning semantik-grammatik jihati bilan bog‘liq bo‘lishi; v) qo‘llanishi grammatik qonuniyatga asoslanishi; d) o‘z grafik shakliga, qo‘llanish tizimiga ega bo‘lishi lozim. 2
О‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llanishi X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Bu davrda О‘zbekistonda matbaachilik paydo bo‘lgan, kitob nashr etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hammasi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishiga turtki bergan. Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi X1X asrning 70-yillariga borib taqaladi.
О‘zbek punktuatsiyasi taraqqiyotini 2- davrga bo‘lib o‘rganish mumkin. 1. X1X asrning 2-yarmidan 1917- yilga qadar bo‘lgan davr. 2. 1917- yildan keyingi davr o‘zbek punktuatsiyasi.3 1-davr o‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llana boshlashi, ularni qo‘llashning odat tusiga kirishi, o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi bilan xarakterlanadi. 2-davrda tinish belgilarining qo‘llanishi muayyan tartibga solinadi, o‘zbek punktuatsiyasi grafikaning alohida bir bo‘limi sifatida o‘rganila boshlaydi. О‘zbek punktuatsiyasini ilmiy asosda o‘rganish masalasi 1917- yilda keyin yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumki, yozma nutqda muayyan bir tinish belgisining qo‘llanish qoidalari ma’lum bir tamoyilga asoslanadi. О‘zbek tilidagi tinish belgilarining qo‘llanish tamoyillari tilshunos olimlar Sh.Shoabdurahmonov, G‘. Abdurahmonov, K.Nazarov, B.Egamberdiyevlar tomonidan asoslab berilgan.4 Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilarini qo‘llashda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi:
1. Leksik-grammatik tamoyil. Bu tamoyil nutqning semantik-grammatik jihatlari bilan bog‘liq bo‘lib, nutq mazmuni, tuzilishi va nutq intonatsiyasini o‘z ichiga oladi. Bunda har bir tinish belgisi nutqning semantik-grammatik jihatlari bilan bog‘liq tarzda ishlatiladi. Masalan, «Albatta, boraman» gapida albatta so‘zidan so‘ng vergulning qo‘yilishi gapning mazmuni, tuzilishi hamda ohangi asosida amalga oshiriladi.
2. Uslubiy tomoyil. Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgilari nutq parchasining uslubiga bog‘liq holda qo‘llanadi. Uslubiy tamoyil keng ma’noda bo‘lib, yozuvchining individual uslubini ham o‘z ichiga oladi.
3. Farqlovchi tamoyil. Bu tamoyil yozuv texnikasi, shakli bilan bog‘liq bo‘lib, tinish belgilarining ilmiy asarlarda, maktub, e’lon, radio, televidenie dasturlarida, havolalarda va shu kabilarda qo‘llanishini farqlashga xizmat qiladi. Yozma nutqni ixchamlashtirishda, tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanishidagi tartibni belgilashda farqlovchi tamoyil muhim ahamiyatga ega.
Punktuatsiya yozma fikrni aniq va ravon, tushunarli va ifodali bayon qilishda muhim ahamiyatga egadir. Yozma nutqning ayrim lekrik-grammatik vositalar bilan ifoda qilish mumkin bo‘lmagan tomonlarini ifoda qilishda punktuatsiyaning ahamiyati yanada ortadi.
Punktuatsiya tilshunoslikda uch ma’noda qo‘llanadi: -tinish belgilari sistemasi va ularning qo‘llanish qoidalari haqidagi bilim; tinish belgilarining qo‘llanishi haqidagi qoidalar to‘plami; tinish belgilari.
Umuman, punktuatsiyaning tekshirish obyyekti tinish belgilaridir.
Punktuatsiya grafika va orfografiya, sintaksis, intonatsiya bilan uzviy aloqadordir.
O‘zbek tili punktuatsiyasining asosi va tamoyillari.
Punktuatsiya asosi deganda tinish belgilarining qo‘llanishi nimaga bog‘liqligi tushuniladi.
O‘zbek tili punktuatsiyasining birinchi asosi o‘zbek tilining grammatik sistemasidir. . '
Grammatik sistema nutqning mazmun, intonatsion va tuzilnsh tomonlarining bir butunligiii tashkil qiladi. Bu o‘zbek tili punktuatsiyasining negizidir.
O‘zbek tili punktuatsiyasiining ikkinchi asosi rus tilining punktuatsion sistemasidir. Bu — o‘zbek tilidagi ko‘pchilik tinish belgilarining rus tilidan o‘zlashganligi, rus tilida punktuatsiyaning ilmiy va nazariy jihatdan chuqur ishlanganligi, rus tilining mamlakatimizda millatlararo til bo‘lib xizmat qilishi bilan bog‘liq.
Punktuatsaya — latincha ripktum «nuqtalar ilmi» degan tushunchaga to‘g‘ri keladi.
Bu bo‘limni bayon qilishda K. Nazarovning «O‘zbek tili punktuatsiyasi» (Toshkent,1976) ga asoslanildi.
Punktuatsiya tamoyili— tinish belgilarining qaysi usul va tartibda qo‘llanilishi demak.
O‘zbek tili punktuatsiyasining tamoyillari quyidagilardir:
1. Logik-grammatik tamoyil. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi nutqning mazmuni, tuzilishi, intonatsiyasi bilan bog‘liq.
2. Uslubiy tamoyil. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanilishi nutq uslubi bilan aloqador bo‘ladi.
3. Differensiatsiya tamoyili. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi yozuv texnikasi (shakli) ni farqlash (differensiatsiya qilish) bilan bog‘liq. Tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanish sistemasi (masalan, gap boshida yoki oxirida ikki qo‘shtirnoqiing barobar qo‘llanishi) ham shu tamoyilga aloqador.
O‘zbek tilida tinish belgilari
O‘zbek tilida tinish belgilari o‘nta. Ular quyidagilardir:
N o m i Shakli
Nuqta .
So‘roq belgisi ?
Undov belgisi !
Nuqtali vergul ;
Ko‘p nuqta (uch nuqta) ...
Vergul ,
Ikki nuqta :
Tire -
Qavs ( )
Tirnoq (qo‘shtirnoq “ ”

Tinish belgilarining tasnifi


O‘zbek tilida tinish belgilari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi:
1. Qo‘l l a n i sh o‘ r n i g a k o‘ ra.
2. Q o‘ l l a n i sh u s u l i g a k o‘ r a.
3. T u z i l i sh i g a k o‘ r a.
Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra uch gruppaga bo‘linadi:
1. G ap o x i r i d a q o‘ l l a n u v ch i t i n i sh b e l g i l a r i.
2. G a p i ch i d a q o‘ l l a n u v ch i t i n i sh b e l g i l a r i.
3. A r a l a sh h o l d a q o‘ l l a n u v ch i t i n i sh be l g i l a r i.

Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilariga nuqta, so‘roq va undov belgilari kiradi.


Gap ichida qo‘llanuvchi tikish belgilariga vergul kiradi.
Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs, tire, ko‘p nuqtalar qiradi. Bulardan tire gap boshida va o‘rtasida, ikki nuqta, nuqtali vergul gap o‘rtasida va oxirida; qo‘shtirnoq, qavs, ko‘p nuqta gap boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanadi.
Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Yakka holda qo‘llanuvchi tinish belgilari.
2. Yakka va qo‘sha qo‘llanuvchi tinish belgilari.
Yakka holda qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta kiradi. Qolgan tinish belgilari yakka va qo‘sha qo‘llanadi.
Tinish belgilari tuzilishiga qo‘ra ikkiga bo‘linadi. 1. Bir elementli tinish belgilari. 2. Ko‘p elementli tinish belgilari. Bir elementli tinish belgilariga vergul, tire, nuqta kiradi. Qolgan tinish belgilari ko‘p elementlidir.
Nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari
1. Har xil semantik-sintaktik tuzilishdagi darak gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan: Men sizga ancha afandilar ham topib qo‘ydim, aytib beraman. (M.)
2. His-hayajonga ega bo‘lmagan, so‘zlovchining orzu-istagi, iltimosi, maslahati kabi ma’nolarni aks ettiruvchi buyruq gaplarning oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan: -Kelaversin-chi, chiqmay nima qilardik. (So‘zl.)
3. Qavs ichidagi remarkadan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: Bilmadim, shahanshoh, bunday noshar’iy ishlarga nechuk rozilik berdi ekan. (Ketadi.)
4. Numerativlar bilan sanab ko‘rsatilgan gaplarning oxi­riga nuqta qo‘yiladi:
Kun tartibida:
1. Paxta yig‘im-terimining borishi.
2. Xasharchi-terimchilarni terimga safarbar etish.
3. Turli masalalar.
5. Kishilar ismining bosh harfidan tashkil topgan qisqartmalardan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: I.A.Karimov.
6. Matematikada nuqta kupaytiruv alomatini anglatadi. Masalan: 6.2=12.
7. Maqola muallifini anglatuvchi ism, familiyalardan so‘ng, «Davomi bor», Boshi o‘tgan sonlarda» kabi jumlalardan so‘ng nuqta qo‘yiladi.
8. Izohni bildiruvchi saoq gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan:
1. Ariza yozuvchi muassasa nomi yoki shaxsning ismi sharifi.
2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasi ismi, familiyasi.
9. Sahna asarlarida qahramonning ismini anglatuvchi so‘zdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: Oysha. Madam Sil’viya, nima demoqchi edingiz? (S.A.)
10. Yozma nutqda va hokazo, va boshqalar, shu kabilar iboralari qisqartirilganda, qisqartmaning har bir harfidan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: va h.k., va b., va sh.k.
11. Sana tarkibiy qismlarini: kun, oy va yilni bir-biridan ajratishda ularning orasida nuqta qo‘llanadi. Masalan: 10.04.2004.
12. Yozma nutqda ayrim hollarda ammo, lekin, biroq , va bog‘lovchilaridan oldin qo’shma gap qismlarining mustaqilliginii ta’minlash maqsadida nuqta qo‘yiladi. Masalan: U kelmoqchi edi. Biroq onasi betob bo‘lib qoldi. («Yoshlik».)
So‘roq belgisining qo‘llanish o‘rinlari
1. So‘roq gaplar oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi? (I. R.)
2. Taqrizlarda va sitatalarda biror so‘z yoki jumla gumon yoki anglashilmovchilik tug‘dirsa, bunday so‘z yoki jumladan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi va bu qavs ichiga olinadi: «Mixail Ivanovich Akaskin qirq besh yashar qolin (?) gavdali, mo‘ylovdor, xushmuomala, xulqi sodda va yoqimli kishi edi». (0.)
3. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yilali. Ega kim?, nima?, qayer? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Undov belgisining qo‘llanish o‘rinlari
1. So‘zlovchining his-hayajonini ifodalagan har qanday sintaktik tuzilishdagi undov gaplar oxiriga qo‘yiladi. Masalan: Qizlik uy – bozor, bolam! (О‘.H..)
2. Vokativ gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Eshon, hoy!- deb qichqirdi. (A.Q.)
3. So‘zlovchining his-hayajoni, xursandchiligi, g‘azabi, afsuslanishi kabilarni ifodalovchi so‘z-gaplar oxiriga un­dov belgisi qo‘yiladi. Attang! Attang! Biz bilmay qolibmiz! (So‘zl.) Barakalla! Tashakkur! («Yoshlik».)
4. Emotsionallikni ifodalovchi nominativ gaplar oxiriga undov belgisi ko‘yiladi: Masalan: ...Qon!... Saida u yog‘ini bilmaydi. (A.Q.)
5. Infinitiv gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Shuncha vaqt o‘tgach, vatanga qaytish! Yuragim yorilib kemasa edi!. («Yoshlik».)
6. Chaqiriq, xitob bilan aytiluvchi undalmalar oxi­riga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Salima! Qizim, bu yoqqa qarasang-chi! (So‘zl.)
7. So‘zlovchining his-hayajonining aks ettiruvchi ritorik so‘roq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘llaniladi. Masalan Nima bizga Amerika! Nima bizga uning sur’ati! (H.O.)
8. Emotsional buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Chekilmasin!
9. О‘quvchi fikrga yoki uning biror qismiga e’tiroz bildirsa, unga qo‘shilmasa, taajjub, shubhasini bayon etsa, shu fikrdan so‘ng qavs ichida undov belgisi (!) qo‘yiladi. Masalan: Ammo tirgovuchi deputat (!) ekan, shartta boshlab kelibdi.. (“Mushtum”.)

Vergulning qo‘llanish o‘rinlari


1. Uyushiq bo‘laklar orasida ularni bir-biridan ajratish maqsadida vergul qo‘yiladi. (Uyushiq bo‘laklar va, hamda teng bog‘lovchilari bilan bog‘langan holat bundan mustasno) Masalan: H a kurashishimiz, na olg‘a intilishimiz mumkin.(«Mushtum».)
2. Takror gaplar va takror bo‘laklar orasida vergul qo‘yiladi. Masalan: О‘qi, bolam, o‘qi!. (So‘zl.)
3. Undalmalar, gapning boshida, o‘rtasida, oxirida kelishidan qat’iy nazar, gapning boshqa bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Jo‘ravoy, eson-omon borib keldingizmi? («Yoshlik».)
4. Kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplar sintaktik qurilmaning boshqa bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Shunday qilib, o‘sha kuni mehmondorchilikdan erta qaytdik. (So‘zl.) Men sizga aytsam, hech yerda tayyor osh bo‘lmaydi. ("Mushtum").
5. Zidlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan: Azizlikka azazmas-ku, lekin qimmatbahoroqmi deyman-da. («Yoshlik».)
6. Tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, xo‘p, yo‘q so‘zlari hamda xo‘sh, ho‘ so‘zlaridan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Bu kabinet yaqinda bo‘lganmi, -dedi Saida. Yo‘q, men kelganda ham bor edi. (A.Q.) -Xo‘sh, siz davom eting. (So‘zl.)
7. Undov so‘zlar gap­dan vergul bilan ajratiladi: Voy, aya, nima bo‘ldi? (A.Q.)
8. Erkalash, qarg‘ash, achinish ma’nosini anglatuvchi -e, -ey, -ey yuklamasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Bolam-ey, bolam, qadaming qutlug‘ kelsin! (So‘zl.)
9. Gapning ajratilgan bo‘laklari boshqa bo‘laklardan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Hozir, ayni shu vaqtda, qanday ish bilan mashg‘ulsan? (So‘zl.)
10. Gapdagi ravishdosh o‘ramlar vergul bilan ajratiladi. Masalan: Birpasdan keyin qaddimni rostlab, tanchaga oyog‘imni tiqib o‘tirdim. (О‘.H.)
11. Ergash gapli qo’shma gaplar, ayrim bog‘langan va bog‘lovchisiz qo’shma gap qismlari orasida vergul qo‘yiladi. Masalan: Shuni bilki, seni Vatan kutadi. Na ko‘cha bor, na mustahkam uy-joy, na dala shiyponi bor. (O.)
12. Darak gap xarakteridagi ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratishda vergul qo‘yiladi. Masalan: Yillik rejani ortig‘i bilan bajardik,—dedi rais. («Yoshlik».)
Qavsning qo‘llanish o‘rinlari
1. Kiritmalar (kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplar) qavsga olinadi. Masalan: Joyni yana chorpoyaga (supaga) qildilaringmi? (S.Ah.)
2. P’yesalarda muallifning izohi, ya’ni remarkalar qavsga olinadi: Farmon. Kelinlar-u.. Chiq hammang. (Kelinlar chiqishadi.)
3. Fikrning manbai, uni aytgan muallifning ismi sharifi, manba haqidagi ma’lumotlar qavs ichida beriladi. Masalan: «Til-reallashgan ongdir». (Fitrat) Bu maqolada («О‘zbek tili va adabiyoti», 2004. №5.) tilda shakl va mazmun munosabati masalasi tahlil etilgan.
4. Gazeta va jurnallardagi davomi bor, boshi o‘tgan sonda, boshi jurnalning 2-sonida kabilar qavsga olinadi.
5. Fikrning noaniqligi, so‘z yoki iboraning tushunarsizligi, so‘zlovchining taajjubini aks ettiruvchi so‘roq, undov belgilari qavsga olinadi. Masalan: Qiz ko‘zlarining oromliligi (?) bilan meni hayratga soldi. (So‘zl.)
6. Ayrim so‘z yoki gapga aniqlik kiritish maqsadida qo‘llangan izohlar qavsga olinadi. Masalan: Fitrat turk tilining (o‘zbek tili) boyligini, asosan, arab tiliga solishtirmoqchi bo‘ldi. (M.M.)
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G`ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis.- T.,1976.
3. G`ulomov A.G`., Asqarova M., Hozirgi o‘zbg‘ek adabiy tili.- T., 1987.
4. Mamajonov A. Qo’shma gap stilistikasi.- T.: Fan, 1990.
5.Hojiyev A. Lingvistik atamalarning izohli lug‘ati.- Toshkent, 1985.

13-MAVZU: Nutq uslublari. Uslubni shakllantiruvchi vositalar.


REJA:
1.O‘zbek tilining vazifaviy uslublari haqida umumiy ma’lumot.
2.Nutq uslublari: so‘zlashuv uslubi, ilmiy uslub, rasmiy idoraviy uslub, ommabop (publitsistik) uslub, badiiy uslub.

Tayanch atama va iboralar: nutq uslublari, og‘zaki so‘zlashuv uslubi, rasmiy uslub, badiiy uslub, publitsistik uslub, ilmiy uslub.


Uslubiyat tilshunoslik faning bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vsitalarining nutqda qo‘lanish yo‘llari, onetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘lanadigan, bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘gan ko‘rinishi adabiy til uslubideyiladi. Uslub orqali so‘zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi. Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo‘ish mumkin:
1.Leksik vositalar: Sinonim, omonim, antonim, paronim, ko‘p ma’nolilik, sifatlash, o‘xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so‘zlar, kasb-hunar so‘zlari, mubolag‘a, arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.
2. Fonetik vositalar: Nutq tovushlari, ohang, urg‘u.
3. Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so‘z turkumi; b) sintaktik vositalar: gap bo‘laklari, ritorik so‘roq gaplar, undalma, kirish so‘z, kirish birikma, sodda va qo’shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
Ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deb yuritiladi: yanlig‘ so‘zi badiiy uslubga, omonim, sinonim so‘zlari ilmiy uslubga, balli, ketvorgan kabi so‘zlar so‘zlashuv uslubiga, faollar yig‘lishi, siyosiy maydon kabi so‘z birikmalari ommabop uslubga xosdir.
So‘zlashuv uslubida ham, kiobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi: suv, tog‘, bola, xat. Bu so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llansa, ma’lum bir uslubga tegishli bo‘ishi mumkin.
O‘zbek adabiy tilida quyidagi aosiy nutq uslublari bor: so‘zlashuv uslubi, ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, badiiy uslub.
So‘zlashuv uslubi
Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llaniladigan uslub so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til me’yorlariga rioya qiladigan ko‘rinishi adabiy so‘zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me’yorlarga rioya qilinmaydigan ko‘rinishi oddiy so‘zlashuv uslubi deb ataladi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi. So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz- da. Mazza qildik.
So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi, piching qochiriqlar, kinoyalar ko‘plab ishlatiladi. Ko‘proq sodda gaplar, undalmali gaplar, to‘iqsiz gaplardan foydalaniladi.
Ilmiy uslub
Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir.
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘lanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdek, kiritma gaplar qo‘llaniladi.
Rasmiy (idoraviy) uslub.
Davlat idoralari tomonidan chiqarilgan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, tarjimai hol tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan so‘zlar ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi so‘z va so‘z birikmalari ko‘plab uchraydi. Rasmiy idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi: O‘z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun M. Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.
Ommabop (publitsistik) uslub.
Tashviqot targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyada ishlatiladigan ko‘rinishi og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta, jurnallarda ishtaklatiladigan ko‘rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy siyosiy so‘zlar ko‘p uchraydi. Nutq ta’sirchan bo‘lishi uning ta’sirchan so‘z va so‘z birikmalaridan, maqol va hikmatli so‘zlardan ham foydalanadi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va so‘z birikmalaridan unumli foydalaniladi: 1. Azamat paxtakorlarimiz mo‘l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.
Badiiy uslub.
Voqealikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib, tinglovchi yoki o‘quvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham qiladi: O‘lkamizda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor o‘z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda so‘zlashuv va kitobiy uslublarga xos o‘rinlar ham uchraydi.

14-MAVZU: Uslubiyat turlari: leksik, fonetik va grammatik uslubiyat haqida.

REJA:
Uslubiyat va uning turlari haqida
Fonetik uslubiyat
Leksik uslubiyat
Grammatik uslubiyat

Tayanch atama va iboralar: uslubiyat, fonetik uslubiyat, leksik uslubiyat,grammatik uslubiyat.


Uslubiyat tilshunoslik faning bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘lanish yo‘llari, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.


Lug‘aviy, grammatik uslubiy me’yorlar adabiy tilning hamma ko‘rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yozma shakli uchun, to‘g‘ri talaffuz me’yorlari esa faqat og‘zaki nutq shakli uchun xosdir. O‘zbek tili uslubiyat uch turga bo‘linadi:
Fonetik uslubiyat
Leksik uslubiyat
Grammatik uslubiyat
Fonetik uslubiyat nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlarini o‘rganadi.
Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari.
asir, devon kabi so‘zlardagi tovushlarning noto‘g‘ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.
–da, -va, -qa (yoki –q) kabi bo‘g‘inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so‘zlarni keltirish nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi.
Urg‘uning uslubiy xususiyatlari
So‘z urg‘usining ko‘chishi shu so‘z ma’nosini o‘zgartirishi mumkin: yangi kiyim(sifat) – yangi damlandi (ravish).
Gapda ohangning o‘zgarishi ham yangi uslubiy mazmun paydo bo‘lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jumlasida ahmoq so‘zidan keyin to‘xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz.
Leksik uslubiyatda lug‘aviy birliklarning uslubiy xususiyatlari o‘rganiladi. 1.Omonimlarning uslubiy xususiyatlari. Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so‘z o‘yinlari hosil qilinadi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. Bu o‘rinda ot omonim so‘zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti.
2.Sinonimlarning uslubiy xususiyatlari. Sinonimlarni qo‘llashda hissiy-ta’siriy bo‘yoq mavjudligi jihatdan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, diydor sinonimikqatoridagi yuz so‘zi ma’nosi betaraf so‘z bo‘lsa, bet, aft so‘zlari salbiy bo‘yoqqa ega, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turq so‘zida bashara so‘ziga nisbatan ham kuchliroqdir; chehra ijobiy bo‘yoqqa ega, jamol so‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. Shuningdek, sinonimlarning ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo‘ysafid sinonimik qatoridagi qari so‘zning ishlatilish doirasi keng, qolganlarniki esa chegaralangan.
3.Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to‘g‘ri foydalanmaslik ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi: ... choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi.Bu gapdagi issiq-chuchugini juftligini o‘rnida achchiq-chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deyiladi.
Paronimlarning uslubiy xususiyatlari. Paronimlarni to‘g‘ri qo‘llamaslik orqasida ham xatoliklar kelib chiqadi: Chanoqlardagi lo‘ppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so‘zi o‘rnida tovlanadi so‘zi ishlatilishi kerak.
5. Mubolag‘a (yoki giperbola) uslubiy vosita bo‘lib, ifodalangan tushunchaning ko‘pirtirib, orttirilib tasvirlanishidir.Mubolag‘a xalq dostonlarida, ertaklarda, aytishuv va loflarda faol ishlatiladi: To‘qson molning terisidan kovushi... (“Alpomish” dostonidan).
6.Sifatlash (yoki epitet) narsa, shaxs, hodisalarning belgisini ifodalash vositasidir. Bu vazifada tilimizdagi belgi bildiruvchi so‘z turkumlari (asosan, sifatlar) qo‘llanadi: Zolim jallod bilmaganim bildirgin... (“Kuntug‘mish” dostonidan)
Grammatik uslubiyat ikkiga bo‘linadi: morfologik va sintaktik uslubiyat. Morfologik uslubiyatda so‘z turkumlarining uslubiy qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shundan ayrim so‘z turkumlarining uslubiy xususiyatlari bilan tanishamiz.
Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar.
1.Kelishik qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Kelishik qo‘shimchalari o‘zaro almashib qo‘llanishi mumkin:
1) –ni va -dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Qani oshdan (-ni) oling, mehmon.
2)-ni va -ga qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin : Gapingizga (-gizni) tushunmadim.
3) –ni va -da qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Dalani (-da) aylandim.
4) –ning va -dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: kelganlarning biri – kelganlardan biri.
5)kelishik qo‘shimchalari hamda ko‘makchilar almashib qo‘llaniladi:
a) –ga qo‘shimchasi o‘rnida uchun ko‘makchisi qo‘llanadi: Ukamga oldim-Ukam uchun oldim.
b)-da qo‘shimchasi o‘rnida bilan ko‘makchisi qo‘llaniladi: Xatni qalamda yozdim-Xatni qalam bilan yozdim.
c)-dan qo‘shimchasi o‘rnida orqali ko‘makchisi qo‘llaniladi: Xabarni radiodan eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik.
d) –ni qo‘shimchasi o‘rnida haqida ko‘makchisi qo‘llaniladi: Akasi kelganini gapirdi – akasi kelgani haqida gapirdi.
2.Egalik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
1)otlarda qo‘llangan egalik qo‘shimchasi qaratqich kelishigi qo‘shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi esa egalik qo‘shimchasining mavjudligini ko‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab.
2)egalik (qarashlilik ma’nosi) -niki qo‘shimchasi yordamida ham ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qo‘shimcha shaxs-son ko‘rsatmaydi: Bizning maktab-maktab bizniki.
3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qo‘llanishi ham mumkin: Mening uyim shu yerda - Kaminaning uyi shu yerda.
3.Ot yasovchi qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Bu qo‘shimchalar orasida o‘zaro sinonim bo‘lgan qo‘shimchalar ham uchraydi: adabiyotshunos-adabiyotchi, mehnatkash-mehnatchi.
Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi –roq qo‘shimchasi o‘rnida –mtir, -imtil, -ish qo‘shimchalari qo‘llanishi mumkin: ko‘kroq – ko‘kish, qoraroq – qoramtir.
2. Sifat yasovchi qo‘shimchalar orasida sinonimlik hodisasi ko‘plab uchraydi: aybdor – aybli, serg‘ayrat – g‘ayratli, chopqir – chopag‘on, beg‘ubor – g‘uborsiz, bama’ni – ma’nili.
3. Bu qo‘shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi: suvli – suvsiz.
Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. U, bu, shu olmoshlari o‘rnida bir so‘zi (yoki bir xil so‘zlari) qo‘llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbullar giryon. Bir xil (shunday) odamlar tushunmaydi.
2. Men olmoshi o‘rnida kamina so‘zi, siz o‘rnida o‘zlari so‘zi qo‘llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yo‘q. Siz va’da bergan edingiz – O‘zlari va’da bergan edilar.
3. Ilmiy ishlarda, rasmiy hujjatlarda, yig‘ilishlarda men olmoshining o‘rnida biz olmoshi ishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshlarining xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.
4. Hurmatni ifodalash uchun sen olmoshi o‘rnida siz olmoshi ishlatiladi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha hurmatsizlikni ifodalash uchun esa sen olmoshiga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar.
5. Ko‘rsatish olmoshlari ta’kidlash, ajratish ma’nolarini ifodalaydi: Kitob – bu dono maslahatchi.
Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar
1. Shaxs-son qo‘shimchalarining sinonimiyasi:
1) fe’lning 2-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llanadi: Amaki, ertaga kelasizmi?
2) fe’lning 1-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs birlik qo‘shimchasi ishlatiladi: Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi.
3) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 1-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llanadi: Bolalar, bugun diktant yozamiz.
4) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 3-shaxs birlik qo‘shimchasi ishlatiladi: U norozi ohangda dedi: - SHunaqa ish bilan hazillashib bo‘ladimi?
2. Zamon qo‘shimchalarining sinonimiyasi:
1) hozirgi zamon davom fe’li o‘rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qo‘lla-nadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti).
2) kelasi zamon o‘rnida hozirgi zamon shakli qo‘llanadi: Ertaga terimga tushyapmiz.
3) hozirgi zamon o‘rnida o‘tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi.
3. Mayl qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli o‘rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar.
2) ijro mayli shart mayli o‘rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak.
4. Nisbat qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) birgalik nisbati qo‘shimchasi ko‘plik qo‘shimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi – Ular keldilar.
2) nisbat qo‘shimchalari ichida o‘zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor: -l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz.
5. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi:
1) ba’zi yasama fe’llar iboralarga sinonim bo‘ladi: gulladi – gulga kirdi.
2) qo‘shimcha yordamida yasalgan fe’llar qo’shma fe’llarga sinonim bo‘ladi: himoyaladi – himoya qildi.
3) fe’l yasovchilar o‘zaro sinonim bo‘ladi: sizlamoq – sizsiramoq, suvsamoq- suvsiramoq.
Sintaktik uslubiyatda gar va uning turlarini, gap bo‘laklarining uslubiy qo‘llanilishi o‘rganiladi.
1.Gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlari
sifatlovchi-aniqlovchilar ot bilan ifodalansa, majoziy ma’no ifodalaydigan bo‘lib qoladi: Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo‘ynida uxlab yotadi.
sifatlovchi-aniqlovchilar turli so‘z turkumlaridan tuzilib, sifatlash vazifasini bajargan ibora va so‘z birikmalari bilan ifodalanadi: Osmon o‘par tog‘lar, bag‘rikeng inson, cheki yo‘q qirlar, fikri tiniq insonlar.
sifatlovchi-aniqlovchi takroriy so‘zlar bilan ifodalanganda ma’no kuchayishi yuz beradi: Baland-baland binolar tezz uchray boshladi.
izohlovchi ham uslubiy vazifa bajaradi.Ma’lumki, izohlovchi laqab, qarindoshlik, o‘xshatish kabi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunda ma’lum shaxsga nisbatan munosabat seziladi, ya’ni uslubiy ma’no yuzaga keladi.Mamajon quruq, Ali tajang, Soli sovuq va h.k.
ajratilgan bo‘laklar jumla tarkibidagi ayrim bo‘laklarga urg‘u berish, ularni alohida ajratib ko‘rsatish, shaxs va narsa haqida qo‘shimcha ma’lumot berish belgi xususiyatlarini ta’kidlash kabi vazifalarni bajaradi: Biz yoshlar, ota-bobolarimiz merosini ko‘z qorachig‘imizdek asrashimiz lozim.
undalmalar ham turli uslubiy vazifalarni bajaradi, ular gap boshida va o‘rtasida kelsa, chaqiriq va murojaatni ifodalaydi:Uka, mening yo‘qligimni bilintirma. Gap oxirida kelgan undalma tinglovchiga nisbatan hurmat, muhabbatni ifodalaydi.Tuprog‘ingni zar bilarman, ona-Vatanim! Bulardan tashqari undalmalar iltimosni, so‘zlovchining his-tuyg‘usini, kuchli ehtirosni, ko‘tarinki holatni, piching va kinoyani ifodalash uchun ham xizmat qiladi.
7) kirish so‘z va kirish birikmalar so‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildiradi. Bu munosabat sifat, son, olmosh, fe’l va modal so‘zlar yordamida ifodalanib, gumon, tasdiq, inkor, fikr tartibi, fikr izohi, e’tiborni tortish, xulosa, ikki fikrni o‘zaro bog‘lash kabi ma’nolarni aks ettiradi: U bugun kelmaydi, shekilli.
Ayrim gap turlari o‘rtasidagi sinonimiya
1) ayni bir fikr gapning har xil turlari bilan ifodalanadi:
a) sodda gap bilan: Har kim ekkanini o‘radi. b) qo’shma gap bilan: Kim nimani eksa, shuni o‘radi.
2) bir bosh bo‘lakli va ikki bosh bo‘lakli gaplar o‘zaro sinonim bo‘ladi: Bugun ketamiz – Biz bugun ketamiz.
3) darak va so‘roq gap sinonim bo‘ladi: Vatanni kim sevmaydi – Vatanni hamma sevadi.
Qo’shma gaplarning uslubiy xususiyatlari
1) bog‘langan qo’shma gaplar tarkibida biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari o‘rnida –u, -yu, -da yuklamalari sinonim holatda qo‘llanishi mumkin: Havo bulutlashdi va yomg‘ir yog‘a boshladi. Havo bulutlashdi-yu, yomg‘ir yog‘a boshladi.
2) ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar sodda gaplarga sinonim bo‘ladi: Shunisi aniqki, biz bugun yo‘lga chiqa olmaymiz - Bizning bugun yo‘lga chiqa olmasligimiz aniq.
3) sabab, maqsad, o‘xshatish ergash gaplarning kesimlari sifatdosh, harakat nomi, ot bilan ifodalansa, sodda gaplarga sinonim bo‘ladi: Tog‘ etagi juda go‘zal edi, go‘yo chiroyli gilam to‘shalganday – CHiroyli gilam to‘shalganday tog‘ etagi juda go‘zal edi.
4) payt, sabab, shart, to‘siqsiz, natija, ravish ergash gaplarni o‘z doirasida sinonimlari bilan almashtirish mumkin:
U kelsa (kelgan paytda, kelar ekan), hamma ketib bo‘libdi.
5) bog‘lovchisiz qo’shma gaplar bog‘langan va ergashgan qo’shma gaplarga sinonim bo‘ladi: Qor yog‘di – don yog‘di (Qor yog‘sa, don yog‘adi. Qor yog‘di-yu, don yog‘di).
Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarning uslubiy xususiyatlari
Birovlarning hech o‘zgarishsiz berilgan gapi (ko‘chirma gap) o‘zgalarning mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan holda berilgan gapi (o‘zga gap) bilan sinonimik holatda bo‘ladi: O‘qituvchimiz dedi: “Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaring” – O‘qituvchimiz topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi haqida gapirdi.
Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda quyidagi o‘zgarishlar yuz beradi:
1. Ko‘chirma gap birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi: “Hamma yig‘ildi”, - dedi navbatchi. Navbatchi hammaning yig‘ilganini aytdi.
2. Ko‘chirma gap tarkibidagi undalma vositali to‘ldiruvchiga aylanadi: “Rasulbek, biz bilan yuring”, - deb taklif qildi do‘sti. Rasulbekka do‘sti o‘zlari bilan yurishni taklif qildi.
3. Ko‘chirma gap tarkibida kirish so‘z vazifasida kelgan undovlar, taqlid so‘zlar tushiriladi: “Voy, qo‘rqib ketyapman”, - dedi xotini. Xotini qo‘rqib ketayotganini aytdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G`ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
2. Mamajonov A. Qo’shma gap stilistikasi.- T. : Fan, 1990.
3 . Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent: «O‘zbekiston», 1992.
4. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. –Toshkent : «Fan», 1975.
5. O‘zbek tili grammatikasi. II tom.-Toshkent : «Fan», 1976.
6. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-2 - tom.- Moskva, 1981.
7. Hojiyev A. Lingvistik atamalarning izohli lug‘ati.- Toshkent, 1985.


1 K.Nazarov, B.Egamberdiyev. О‘zbek tili ishora-imlo qoidalari. –Toshkent: О‘qituvchi. 1996. –B.5.

2 K.Nazarov. Tinish belgilari va yozma nutq.-Toshkent: Fan, 1974.-B.7.

3 K.Nazarov. Ko‘rsatilgan asar. 8-b.

4Qarang. Shoabdurahmonov Sh. Punktuatsiya qoidalari. –T., 1953; Shu muallif. О‘zbek tilida punktuatsiya. -T., 1955; K.Nazarov. Tinish belgilari va yozma nutq.-Toshkent: Fan, 1974. 65-b; K.Nazarov, B.Egamberdiyev. О‘zbek tili ishora-imlo qoidalari. –T.: О‘qituvchi. 1996. 79 b; G‘.Abdurahmonov. Punktuatsiyani o‘rgatishmetodikasi. –Toshkent: О‘qituvchi. 1968.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling