Sifatning gapda predikativ vazifasida kelishi Элмуратова Умида Мамадиёровна Самарқанд чет тиллар институти
Download 49.5 Kb.
|
Yangi maqola Umida Elmuratova Sifat
- Bu sahifa navigatsiya:
- (bo`lmoq, his qilmoq, aylanmoq, bo`lmoq, o`smoq )
- Dengiz pasayib ketdi.(
- Foydalanilgan adabiyotlar
Sifatning gapda predikativ vazifasida kelishi Элмуратова Умида Мамадиёровна Самарқанд чет тиллар институти таржима назарияси ва амалиёти факултети 2- курс магистранти. +998937269092, elmuratova.umida@mail.ru Kalit so`zlar: Predikativ, semantika, morfologik, temporal, lokativ, stativ, kauzal, leksik ma`no. Sifatning gapda asosiy funsiyasidan biri bu-predikativ vazifasida kelishidir. Predikativ vazifasidagi sifatlar egani to`ldirib, 느끼고, 돌리고, 자라고, 성장하다 (bo`lmoq, his qilmoq, aylanmoq, bo`lmoq, o`smoq ) va shunga o`xshash ko`p bo`glovchi fe`llardan keyin keladi. Mana shu sifat va bog`lovchi fe`l birgalikda gapning kesimini tashkil qiladi va ular predikativ vazifasida sifat deyiladi. Koreys tilida o`zbek tilidan farqli o`laroq bu guruh so`zlar, gapdagi sub`ektni ifodalaydi va tuslanadi. Bu guruhga fe`l hamda sifat kiradi. Predikativ gap bo`laklari holat orqali aniqlanadi. Fe`llar harakat ma`nosini ifodalaydi. Fe`l predmet bilan bog`Ianib, uning harakatini, aktiv holatini anglatadi. Fe`l anglatgan harakat va holatning ob`ektga munosabati turlicha. Bir xil fe`llar harakatning biror narsaga o`tganligini bildiradi. Ba`zi fe`llar esa harakatning predmet-ob`ektga o`tmaganligini bildiradi, ular tushum kelishigidagi so`zni boshqarmaydi. Fe`llar harakat va holatning predmet ob`ektga munosabatiga qarab ikki turga bo`linadi; 1) o`timli fe`llar (전이 동사) 2) o`timsiz fe`llar (비 동사 동사) O`timsiz fe`llarga "yugurmoq (“달리기,) yayov yurmoq, ( 걷기,)bormoq(가기,)o`ynamoq ( 놀기,) yashamoq (살기)" kabi fe`llar misol bo`la oladi. O`timli fe`llarga esa, "tutmoq ("잡기,) bosmoq (누르기,) yondirmoq (화상,) olib chiqmoq (꺼내기")" kabi fe`llar misol bo`la oladi. Sifat esa, predmetning rangi, hajmi, shakli, maza-ta`mini, xarakterini, o`rin vaqtga munosabatini anglatadi bunga (shirin), (chiroyli) kabi fe`llar sifatga misol bo`la oladi. Bunday fe`llar asosan predmetning sifati va holatini anglatib, "sub`ektiv fe`llar" hisoblanadi. (bunday), (shunday), (ana unday)" kabi fe`llar esa, ko`rsatuv sifatlari hisoblanib, olmosh kabi holatni ifodalaydi. Koreys tilida predikativ fe`llarning o`ziga xos xususiyallari shuki ular gapdagi vazifasiga qarab holatini o`zgartirdi. Predikativ nafaqat sifat bilan balki ot, olmosh, predlogli ot yoki olmosh, son, infinitiv, gerundiy, ravish, sintaktik so`z birikmalari bilan ham ifodalanadi. bog`lovchi fe`llar odatda yarim – yordamchi fe`llar deb ataladi (semi-auxiliary). Odatda predikativ vazifasidagi sifatlarning aksariyati qismi boshqa bog`lovchi fe`llardan ko`ra ko`proq “ bo`lmoq”( 될) bilan ifadalanadi. Boshqa bog`lovchi fe`llar ham “bo`lmoq” bog`lovchi o`rnida kela oladi va ularning semantikasi (ma`no - mazmuni) o`zgarmaydi. Masalan: Dengiz pasayib ketdi.(바다가 물러났다) Yuqoridagi fikrlarning isbotlash uchun transformatsiya yordamida ya`ni pasaymoq bog`lovchi fe`li bo`lmoq bilan almashtirish orqali isbotlanadi: Dengiz past edi. (바다가 낮았습니다.) Koreys va o`zbek tilida sifatning gapda yana bir funksiyasidan biri aniqlovchi vazifasida ishlatilishidir. Aniqlovchi – sifatning asosiy sintaktik funksiyasi hisoblanadi. Aniqlovchining mazmunini ifodalagan so`zlarni sifat o`z ichiga oladi (yaxshi, qiyin, oson(좋고, 어렵고 , 쉬움) va u gapdan avval kelib uni aniqlaydi ( erta qish, kech kuz(이른 겨울, 늦은 가을). Ko`p sifatlar ham aniqlovchi ham predikativ bo`lib, kelishi mumkin, ayrimlari esa faqat aniqlovchi holatida keladi. Ulardan bir guruhi ravishga aloqador bo`ladi. Bizga ma`lumki, sifatga maxsus qo`shimchasini qo`shish orqali ravish yasaladi va harakatning holatini aniqlaydi. Sifatning gapda predikativ vazifasida ishlatilishini, hamda sintaktik va semantik xususiyatlarini har tomonlama amaliy va nazariy jihatdan o`rganib chiqilgan. 1 Shu bilan birga gapda sifatning predikativ funksiyasini yasashda, sifat va bog`lovchi fe`llarining bir-biriga uzviy bog`liqligini, hamda ular bir-birlarini inkor etmasliklarini kuzatamiz. Shu o`rinda umumiy akademik kitoblarida “동사 연결” (bog`lovchi fe`l) tushunchasi haqida, u nafaqat bog`lashi, balki unga qo`shimcha qancha – qancha ma`no berishi haqida aytib o`tildi. 2 Bundan tashqari biz ishimizda sifatning aniqlovchi vazifasida kelishi to`g`risida ham to`xtalib o`tdik. Shuningdek, sifatning yana bir gapidagi asosiy vazifasini so`z birikmalari bilan kelishidir. 3 Predikativ funksiyasidagi sifatlarni tadbiq qilishda temporal, lokativ, stativ, kauzal sintaksemalaridan foydalangan xolda aniqlanadi. Xulosaning yakunida shuni aytishimiz kerakki, koreys tilshunosligida sifat haqida ko`p narsa aytilmagan bo`lsada, olimlarning sifat haqidagi muammoga qiziqishi ancha katta. Hali tilshunoslarning ko`plab hal qilinmagan masalalarni oydinlashtirish, amalga oshirilmagan vazifalarni bajarish zarurligini ko`rsatada, zamonaviy koreys va o`zbek mualliflarining badiiy asarlarida sifat va predikativ funksiyali sifatlardan keng foydalanilgan. Shuningdek, u o`zining leksik ma`nodorligi bilan, ko`pgina ma`no nozikliklarini bo`rttirib ifodalash orqali koreys va o`zbek badiiy adabiyotini bezab kelgan, hamda ko`tarinkilik ruhini berish uchun zarur bo`lganligini ko`rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar Kim Mun Uk, Ismailov Akmal, Kim Chun Sig, v.h . Samarqand,2006. Xolmatova Z.T , Tilshunoslikka kirish. Toshkent. 2007. Nurmonov A. va boshqalar O`zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. – Toshkent. 2001. Download 49.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling