Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari. Reja: Kasb-hunarga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlarining xususiyatlari va ahamiyati


Download 42.53 Kb.
bet1/6
Sana16.03.2023
Hajmi42.53 Kb.
#1278531
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari.222


Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari.
Reja:
1.Kasb-hunarga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlarining xususiyatlari va ahamiyati.
2. Darslikda ifoda etilgan jismoniy tayyorgarlikni baholash tartibi
3. “Barkamol avlod” sport musobaqalari
Umumta’lim maktab o‘quvchilarini kasb-hunarni tanlash yo‘lidagi ta’lim-tarbiya ishlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muvaffaqiyatli ravishda davom ettirilmoqda.
Boshida takidlanganidek, akadeik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchi-talaba yoshlari har tomonlama barkamollikka qadam tashlashlari va unga erishishning dastlabki davri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublika prezidenti I.A. Karimov “O‘zbekiston xalqiga yangi yil tabrigi”da (“Xalq so‘zi” gazetas, 2010 y. 1 yanvar soni) takidlaganidek: “Ayni paytda barchamiz yaxshi anglaymizki, …. Orzu-niyatlarimizni oshirish, ko‘p jihatdan, bugun unib-o‘sib kelayotgan, bizning davomchimiz, suyanchimiz va tayanchimiz bo‘lgan yosh avlodning zimmasi va ma’suliyatiga tushadi. Shu bois barchamiz o‘zimizning muqaddas ota-onalik burchimizni jondan aziz farzandlarimizni nafaqat ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom qilib o‘stirish, shu bilan birga, ularning har tomonlama avlod bo‘lib, eng zamonaviy, biz yashayotgan XXI asr talab qilayotgan intellektual bilim va boylikka ega bo‘lgan insonlar bo‘lib hayotga kirib borishini ta’minlashda ko‘rishimiz ham qarz, ham farzdir”.
Bu murojaat va mulohazalarning tagida beqiyos ko‘p va ulkan mehnat jarayonlari, ayniqsa ta’lim-tarbiyadek bebaho pedagogik faoliyatlar mujassamlangandir.
Barkamollikni jismoniy tassavur qilish mumkin emasligini xalqimiz, shuningdek har bir oila, mahalla, o‘quv muassasalari va barcha davlat idoralari, jamoatchi tashkilotlarining rahbar xodimlari yaxshi his etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining o‘n to‘qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori va (2010 y. 30 iyun, “Xalq so‘zi” gazetasi, 2010 y. 1 iyul soni) ko‘rsatilganidek “Mamlakatimizda qabul qilingan muhim ijtimoiy dasturlar, jumladan, “Barkamol avlod yili” davlat dasturining ijobiy samarlarini, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning ham ma’naviy, ham jismoniy sog‘lom bo‘lib kamol topayotganini aniq va ta’sirchan hayotiy misollar yordamida yoritib borish” lozimdir.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchi-yoshlarini tarbiyalash va ta’lim berishda boshqa fanlar kabi “Jismoniy tarbiya” darslari ham davlat ta’lim standartlari asosida olib boriladi. Bu soha bo‘yicha mukammal ishlangan va amalda qo‘llanilayotgan “Jismoniy tarbiya” dasturlari orasida T.S.Usmonxo‘jayev, S.G.Arzumanov va B.A.Qodirov tomonidan tayyorlangan dastur (2001) va darslik (2003) muhim ahamiyatga egadir.
Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun “Jismoniy tarbiya” o‘quv dasturidagi mashg‘ulotlarining turlari va ularga ajratilgan soatlar miqdorini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
Akademik litsey uchun jismoniy tarbiya fani uchun soatlar taqsimoti
5-jadvlal




Download 42.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling