Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari. Reja: Kasb-hunarga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlarining xususiyatlari va ahamiyati
“Barkamol avlod” sport musobaqlariga tayyorgarlik va o‘tkazish yo‘llari
Download 42.53 Kb.
|
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari.222
3.3.2. “Barkamol avlod” sport musobaqlariga tayyorgarlik va o‘tkazish yo‘llari.
Jismoniy madaniyat va sport harakati tizimida shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va kasb-hunarini e’tiborga olgan holda xilma-xil sport tadbirlari mavjuddir. Mamlakatimizda uzluksiz ta’limning yuqori darajada olib borilishi va o‘quvchi yoshlar hamda talabalarning barkamol tarbiyalanishida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sport, turizm va xalq milliy o‘yinlaridan keng va maqsadli foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonlar akademik litsey, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’limi tizimida ham o‘z xususiyatlari yo‘lida amalga oshirilmoqda. Mazkur ta’lim tizimida darsdan tashqari ijtimoiy-tarbiyaviy tadbirlar tarkibida bir qator sportga doir amaliy tadbirlar ham mavjud. Ularning turlarini quyidagi yo‘nalishlarda aynan ko‘rish mumkin: “Barkamol avlod” sport o‘yinlari musobaqalari; Sport turlari bo‘yicha birinchiliklar, turnirlar; “Alpomish” va “barchinoy” maxsus testlari bo‘yicha musobaqalar; O‘quv xonalari (darsgacha va darslar oralig‘ida) va o‘quvchi-talaba yoshlarning yotoxonalarida (uy sharoyitida) ertalabki sog‘lomlashtirish mashq-o‘yinlari, bo‘sh vaqtlardagi turli o‘yin-mashqlar; O‘quv amaliyoti (praktika) jarayonida o‘yin-mashqlar, musobaqalar; Dam olish kuni va ulug‘ sanalarda sayohatlar; Ta’til paytlarida sog‘lomlashtirish sport maskanlarida jismoniy tarbiya va sport, sayohatlarni o‘tkazish; Aholi istiqomat joylari, mahalla va qishloq sharoitlaridagi o‘yin-sport maydonlarida mustaqil ravishda (yakka, juft, guruh bo‘lib) jismoniy tayyorgarlikni oshirish va h.k. Respublika miqiyosida 860 ta o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida 465.264 ming o‘quvchilar mavjud bo‘lib, ularning 432.665 nafari jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadi (2004 y.) sport sektsiyalarida 228.001 ming sportchilar shug‘ullanadi. II-III razryadlilar soni -29328 va I- razryadlilar - 4704, sport ustalari – 155 kishini tashkil etadi. “Barkamol avlod” sport musobaqalari eng avvalo guruhlar, bosqichlar (kurslar) va o‘quv muassasi birinchiligi tartibida o‘tkazilib, saralab olingan yoshlarni jamoalar tizimida va ular tuman-shahar bosqichida ishtirok etadi. Tartib qoidalarga asosan shahar-tuman jamoalari viloyat bosqichida bahslashib, g‘oliblar respublika musobaqalarida ishtirok etdi. “Barkamol avlod” sport musobaqalarini o‘tkazishga asos solinib, u ilk bor 2001 yil Jizzax shahrida tashkil etildi. Birinchi bosqich va keyingi bosqichlarda ishtirok etgan o‘quvchi talaba yoshlar 538.000 ming kishini tashkil etgan. Xudud va tarmoqlar bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda esa 12.341 nafar kishi ishtirok etishgan. Respublika – final musobaqalarida sportning 9 ta turi bo‘yicha 1568 sportchi o‘zaro kuch sinashgan. Andijonda (2003 y.), Tsohken-Chirchiq (2005 y.), Qoraqalpog‘iston (2008 y.), Termiz (2011 y.) da o‘tkazildi. O‘tkazib kelinayotgan musobaqalarning natijalari Respublika prezidenti I.A.Karimov Respublika Oliy Majlisining XIV sessiyasida (1999) takidlagan “O‘zining salomatligi haqida shaxsan g‘amxo‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, oila, maktab, mahalla, sog‘liqnni sqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko‘magiga singdirish kerak ” degan mulohazalarining amalda tantana qilayotganligidan dalolatdir. E’tirof etish lozimki, istiqlol taraqqiyoti va aholining ijtimoiy turmush madaniyatining tobora yaxshilanib borishi, iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyoj va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan turli sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash, ishchi va xizmatchilar bilan tayyorlash jarayonlari doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Shu asosda kasb-hunar ta’limi-tizimida o‘quv muassasalarini ko‘paytirishni davr taqozo etmoqda. Mamlakatda mavjud bo‘lgan 900 ga yaqin o‘rta maxsus, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 80-85% dan ko‘prog‘I mustaqillik yillari davrida tashkil etilib, ular yangi o‘quv binolari, sport inshoatlari bilan ta’minlangan. O‘quv va sport anjomlari, uskunalari, texnologik vositalar bilan jihozlangan. Bunday sharoitlar o‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiy va sport bilan qiziqib shug‘ullanishlariga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, deyarli barcha o‘quv yurtlarida “jismoniy tarbiya” dasturidagi sport turlari va yoshlarning sevib shug‘ullanadigan sporti bo‘yicha to‘garaklar, sektsiyalar tashkkil etilib, ularga iqtidorli yoshlarni jalb etish faoliyatlari ham yangilanib, ularning tarkibi oshib bormoqda. Natijada esa har bir o‘quv muassasida, shuningdek tuman-shahar, viloyat va respublika miqiyosida sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, yetuk va mashhur sportchilarni tarbiyalash ishlari yaxshi samaralar bermoqda. Markaziy osiyo, osiyo o‘yinlari, birinchiliklari, shuningdek jahon birinchiliklari, xalqaro turnirlar, olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik hamda ularda faol ishtirok etishda mazkur tizimdagi sportchilar ham salmoqli o‘rin egallashmoqda. “Barkamol avlod” Respublika musobaqalarining o‘tkazilishiga bag‘ishlab o‘tkazilib kelinayotgan ilmiy-amaliy anjumanlardagi (2001-Jizzax, 2003-Andijon, 2005-Toshkent-Chrichiq, 2008-Qoraqolpog‘iston) ma’ruzalar maxsus to‘plam shaklida nashrdan chiqarilib kelinmoqda. Ularda asosan o‘quvchi-talaba yoshlarning jismoniyi va ular bilan uzviy bog‘liq muammolarning yechimi haqida qiziqarli mulohazalar, dalillar berilayotganligi muhim ahamiyatga egadir. Kasb-hunar tizimidagi o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya, sport, turizm va xalq milliy o‘yinlarini tashkil qilishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish muammolari ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini jalb etmoqda. Bu sohada T.X. Xoldarov, F.Q. Axmedov, A. Sodiqov, A.H. Atoyev, J. Toshpo‘latov, R.A. Qasimova, R. Abdumalikov, R.Q. Qudratov, J.E. Eshmuradov kabi olimlarning ilmiy-nazariy maqolalari (Jizzax to‘plami) e’tiborga sazovordir. 2003 yil Andijon shahrida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallarida o‘rin olgan ko‘pchilik maqolalar ham mazkur mavzuga bag‘ishlanganligi bilan muhim ahamiyatga egadir. J.H. Husanov, M.M. Akbarova (O‘zDJTI), O. Axmadjonov, X. Soliyev, (Andijon), F. Yusupov, A. Sodiqov kabi istedotli va tajribali mutaxassislarning ilmiy tadqiqot natijalari ta’lim-tarbiya va sportni ommalashtirishda xizmat qiladi. Mamlakatizmizda ta’limning uzluksizligi va bu yo‘lda jismoniy tarbiya va sportning maqsadli qo‘llanilishi, ularni tashkil qilish va boshqarish usullarini takomillashtirish muammolari hozirgi davr uchun o‘ta mas’uliyatli faoliyatlardan biridir. Bu sohada respublika davlat idoralarining mas’ul xodimlari ham ijodiy ravishda mehnat qilib, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari va o‘quvchisportchilar uchun maxsus qo‘llanmalarni tayyorlab, nashrdan chiqarishlari olqishlarga sozovordir. Bu yo‘lda M.S. Ahmatovning nashr ishlari e’tiborga sazovordir. Takidlash lozimki, kasb-hunar tizimidagi o‘quv muassalarining o‘quvchi-talabalari faoliyatida sog‘lomlashtiruvhi ommaviy jismoniy madaniyat va sport turlari ko‘p. ularning asosiy turlari, maqsad va vazifalari, mazmun hamda tashkiliy qismlari haqida so‘nggi boblarda atroflicha bayon etiladi. “Barkamol avlod” sport musobaqalarini tashkil qilish xususidagi asosiy faoliyatlarga xulosa tariqasida aytish lozimki, mazkur ommaviy tadbir o‘quvchi-talaba yoshlarning jismoniy markamolligini tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Shun sababdan ham har bir o‘quv muassasi jismoniy tarbiya va sportn ishlarini yuqori natijaga ko‘tarishlari, o‘quvchi-talaba yoshlarni yangi ravishda sportga jalb etishni yangi talablar asosida amalga oshirishlari lozimdir. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlari haqida so‘z borsa, uning barkamol avlodni tarbiyalaydigan o‘rni va mohiyati ancha ustuvordir. Buning boisi shundaki, akademik litseylar, o‘rta maxsus va kasb-hunar o‘quv muassasalarining o‘quvchi-talaba yoshlari barkamollikni egallash, kasb-hunarli bo‘lish hamda mehnat va mudofaa ishlariga qodir, layoqatli kishilar darajasiga yetish arafasida turadi. Shu sababdan mazkur o‘quvchi-talaba yoshlar uchun maxsus testlarda ularning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlilariga qarab tegishli sinov mashqlari turlari va me’yoriy talablar ishlab chiqilgan (Jadval №7). Sinov va me’yoriy turlari (17 yosh) 7-jadval
Download 42.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling